🔞КАТТАЛАР УЧУН!
🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated hace 1 mes, 2 semanas
🕵🏻♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
🔞 КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot
💰 Реклама: @Xokimbuvareklama
Last updated hace 1 día, 14 horas
🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!
🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated hace 1 día, 23 horas
Хаёл кучи. Эрталабдан бир хаёл кучимни ишга солиб кўрдим. Мен ҳозир жуда кўпчилик ўзбекистонликларнинг АҚШ сайловларини берилиб кузатишаётганига гувоҳ бўлмоқдаман, умуман умрида кўчасининг нариги бетидаги сайлов участкасига бормаган одамлар ҳам Пенсилвания…
Хаёл кучи.
Эрталабдан бир хаёл кучимни ишга солиб кўрдим. Мен ҳозир жуда кўпчилик ўзбекистонликларнинг АҚШ сайловларини берилиб кузатишаётганига гувоҳ бўлмоқдаман, умуман умрида кўчасининг нариги бетидаги сайлов участкасига бормаган одамлар ҳам Пенсилвания штати ҳаммасини ҳал қилиб қўйса керак деб ўтирибди.
Албатта халқнинг иродасини тинч тарзда ифода этадиган энг кучли қурол сайловлар… шундай сайлов қилсанки, сенинг сайловларингга ўз юртингдан ташқарида ҳам одамлар жуда катта қизиқиш билдириб ўтиришса…
Тасаввур қилинг, 2224-йил… Ўзбекистонда сайловлар бўлмоқда, ҳаммамиз ўлиб кетганмиз… Ўзбекистон энди “вўўўббшим” даҳшат бўлиб кетган, осмонларда учар ликопчалар учиб юрибди, хуллас ўша биз келажаги буюк деб юрадиган давлат келажакда буюк бўлиб кетган…
Ва сайлов қизғин кетмоқда… одамлар турна қатор бўлиб эрталабдан навбат олиб қўйишган, навбатни ҳам қанақа олишган, уйида ишлайдиган робот хизматкорлари келиб эгаси учун навбатда турибди, навбат яқинлашганда робот эгаси оила аъзолари билан етиб келади…
Сайловда 1089 партиядан номзодлар иштирок этишмоқда, ким бекор бўлса, партия очиб олаверган… лекин иккита партия, “Янги Сусамбил” ва “Сунъий адолат” деган партияларнинг номзодлари олдинда кетмоқда…
Лекин ҳали ҳам ким ютиши аниқ эмас, асосий вазиятни ҳал қилувчи туманлар бор. Энди у пайтда ҳозирги туманлар ҳам катта мегополис бўлиб кетган бўлади-да… журналистлар сайлов жараёнларини ёритиш учун уёқдан-буёққа учар автомобилларида учиб юришибди… ҳамма сайлов участкаларида робот назоратчилар… кўпчилик халқаро робот назоратчилар…
Асосий масалани Пахтаобод сити, Шимолий Караката ва Янги Ургут маҳалла фуқаролар шаҳри аҳолиси ҳал қилишади… вазият жиддий, ҳамма миясидаги чиплар ёрдамида сайловни миялайн кузатиб туришибди… охирги дақиқалар кетмоқда…ва ниҳоят икки овоз фарқи билан “Янги Сусамбил” партиясидан номзод T19GHT мия соҳиби ғолиб бўлди…
Hilola Umarova tanlovini qildi
U vazir bo'lib qoladigan bo'ldi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/920
Farosatsizlik...mi? Birovning kontakt ma’lumotlari (telefon raqam, telegram akkaunti manzili v.h.k)ni uning o‘zidan so‘ramasdan boshqa birovlarga berish eng kamida farosatsizlik hisoblansa kerak. Hech qachon boshqa birovning kontakt ma’lumotlarini (hatto…
Farosatsizlik...mi?
Birovning kontakt ma’lumotlari (telefon raqam, telegram akkaunti manzili v.h.k)ni uning o‘zidan so‘ramasdan boshqa birovlarga berish eng kamida farosatsizlik hisoblansa kerak.
Hech qachon boshqa birovning kontakt ma’lumotlarini (hatto u eng yaqin tanishingiz bo‘lsa ham) so‘ramasdan tarqatmang. Bir odam so'rayotgandi, beraveraymi deb bir og'iz so'rab qo'ying...
Telegram akkauntim ta’limga oid savollarga to‘lib ketdi. Kimdir kontakt ma’lumotlarimni tarqatib yuborgan ko‘rinadi. Xabarlar ko‘pligidan yaqinlarim yozgan xabarlarni ham topolmayapman.
Qani endi sun’iy intellekt bo‘lsam, barcha savollarga birdan javob berolsam. Afsuski, ulgurmayman. Savol yozishsa, o'qimay qolib, kimnidir hafa qilib qo'ymay deb savol yuborish uchun maxsus bot tayyorlatgandim ataylab.
Shunchalik, ta'lim eksperti sifatida savol yuborishayotgani uchun bir tomondan xursandman, lekin ulgurmayman rosti. Kontaktimni tarqatgan odamga esa "rahmat".
Bu 2019-yilgi saylovoldi targ’iboti ekan
Agar “Adolat” yutsa… 2024-yil, o’zgarish sezdingizmi?
Telegram ham O’zbekistondagi elektr tokiga o’xshab, tez-tez uziladigan bo’lib qoldi.
Xohlagan vaqti ishlamay qolaveradi. Pavel Durov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rmaganmi deymanda…
⏱️18:18
Juma tabrigini o'zingiz yozing
Bugun, nafaqat bugun, balki har juma kuni juda ko‘plab tanishlardan "Juma tabriklari" keladi. Ularning ichida birortasini ham tabrik yuboruvchining o‘zi yozmagan.
Odatda tabriklarni qandaydir guruh yoki kanallardan shundoq yuborib qo‘yishadi.
Shuni unutmangki, bu tabrigingiz qachonlardir jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin!
Esingiz joyidami, qanaqasiga demoqchimisiz? Gap shundaki, siz juma tabrigi sifatida yuborayotgan material ichida (video, gif, rasm) noqonuniy kontent bo‘lishi ham mumkin.
Siz u materialning ichida nima borligini bilmasangiz ham javobgarlikka tortilaverasiz. Nafaqat siz, balki siz tabrik yuborgan tanishingiz ham shu xabaringni ko‘rib qolgani uchun vaqti kelsa javobgarlikka tortilib ketishi mumkin.
Yaqinda bir ayol, o‘zining turmush o‘rtog‘ini Juma bilan tabriklagani uchun qamalib ketgani haqida eshitgandim. Eng yomoni o‘sha juma tabrigining ichida noqonuniy nashida borligini ikkisi ham bilmagandi.
❗️Eslab qoling: Qonunni bilmaslik, javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Kimnidir juma bilan tabriklashni juda ham xohlayotgan bo‘lsangiz, unda o‘sha tabrikni o‘zingiz yozing. Agar bunga erinsangiz, yaxshisi tabriklamay qo‘yaqoling.
Yaxshi gapim ham, yomon gapim ham shu. Menimcha, tushuntiroldim.
Yana bir loyiha boshlayapman
Ta’limga oid kichik bir ilmiy loyiha boshlayapman. Maqsad — ta’lim sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va asosiysi ta’limni rivojlantirish.
Ochig‘ini aytaman, bu loyihaga ketadigan xarajatlar uchun homiy yo‘q. Loyiha o‘zini qanchalik oqlaydi bilmadim, lekin tavakkal qilib pul tikyapman. Asosiysi bu loyiha orqali ta’lim rivojiga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shish.
❗️Loyihalarimizga endi siz ham homiylik qilishingiz mumkin
Xullas, xalqtaliminfo.uz’ning ko‘plab loyihalariga Profi University homiylik qilib keladi. Lekin bu yetmaydi. Chunki, sarf-xarajatlar ko‘p.
Qani endi yana qo‘shimcha mablag‘ bo‘lsa-yu, o‘ylab qo‘ygan boshqa loyihalarimni ham moliyalashtirsam deb ko‘p o‘ylayman.
Agar siz, ko‘ngilli ravishda xalqtaliminfo.uz’ning loyihalariga homiylik qilib, ta’lim rivojiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bizni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
Buning uchun https://tirikchilik.uz/xalqtaliminfo platformasiga kirib, ko‘ngilli ravishda pul o‘tkazishingiz mumkin.
O‘tkaziladigan moddiy ko‘makning eng kam summasi 5 ming so‘m etib belgilangan. Oz-oz yig'ilib dayro bo'lur, deyishadi-ku...
"Donat"lar bizni yanada ilhomlantiradi va kontentlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
🔞КАТТАЛАР УЧУН!
🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated hace 1 mes, 2 semanas
🕵🏻♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
🔞 КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot
💰 Реклама: @Xokimbuvareklama
Last updated hace 1 día, 14 horas
🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!
🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated hace 1 día, 23 horas