Utopia

Description
Hamma narsa va hech narsa. Signal.

Qizlar clubi:
https://t.me/+Bz6brEy6eSllMGM6
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago

AK45. #mood 🫡

1 month ago

Qachonlardir oshni oyda bir yeydigan odam edim. Osh qilishni eng oxirida oʻrgandim. Yillar oʻtib har ikki haftada osh qiladigan odamga aylandim. Oxir-oqibat esa, shunchaki oʻzim qilgan oshni rasmini koʻrib qolib, yarim kechasi mana osh buyurtma qiladigan darajaga kelibman. Yillar ilgari «shunday boʻlib qolasan» desa kimdir mabodo ishonmas edim. Yillar odamni oʻzgartiradi. Yoshlik qilib «men ana shunaqa boʻlmayman, bunaqa qilmayman» degan gaplarni ishlatmaganim uchun oʻzimdan minnatdorman. Kechasi osh yegingiz kelib qolsa, uzr. Xayrli tun. #mood 🦦

1 month ago

Bahorni sogʻindim.

2 months, 2 weeks ago

Oʻzingizni issiq tuting. Oyogʻingiz va boshingizni issiq tuting. Kasal boʻlmang.

3 months ago

Hamma narsa keladi-ketadi. Bizda biz bilan xotiralar va hislar qoladi. Bizdan odamlarga esa qilgan ishlarimiz.

3 months, 1 week ago

Birinchi qor bilan, yaxshilar!

5 months, 3 weeks ago

Yashil joylarni sogʻindim.

5 months, 3 weeks ago

Hozir 1-sinfga chiqqan kunimni esladim. Sochlarimni lenta bilan oʻrab qoʻygandi onam. Kiyimlarimni kiydirib… oyoq kiymimni lekin doim dadam kiygizib qoʻygan. Sumkamni ham dadam taqib qoʻyardilar.

Ertalab oilaviy oʻtirib nonushta qilish menga rosa yoqar edi. Ayniqsa, ota-onam doim birga nonushta tayyorlashgan.

Uygʻonib hech qachon shoshmaganman. Ishonar edim — kechikmayman.

Maktabdagi ilk kunim boshlandi: meni oxirgi partaga 1 oʻzimni oʻtqizib qoʻygan sinf rahbarim. Nega? Hali ham bilmayman. Rosa yigʻlagim kelgan, gʻalati boʻlganman. Boʻyim sinfdagi eng past boʻylilardan edim albatta. Juda kichkina boʻlganman.

Menga akam bilan bir joyda oʻqish orzu edi. Endi esa armon boʻlib ulgurdi.

«Prezident sovgʻasi» degan narsalar boʻlardi. Sumka va ichida kerakli oʻquv qurollari. Hech bir narsasini ishlatmaganman lekin biror marta ham. Oʻqituvchim bir gal urushib bergan: «Nimaga biz hammaga tarqatgan narsalarni ishlatmayapsan?!» deb. Baribir ishlatmaganman. Men hamisha dunyodagi eng qulay va eng zoʻr oʻquv qurollarini ishlatganman. Buning uchun ota-onamga rahmat albatta! Oshiqcha narsa qolib ketmas edi, ayni kerakli narsalarni olib berishgan. Men vaziyatdan unumli foydalanib hamma narsamni ishlatganman, hech narsamni yoʻqotib qoʻymasdan, sindirmasdan, ehtiyot qilib. Qalamlarim va qalamdonlarim alohida mavzu edi…

Yana 1-sinfimdagi stullar menga yoqmagan. Oyogʻim yerga tegmas edida oʻtirganimda. Qiynalib oʻtirardim. 4-sinfimgacha shu stullar qoldi ishqilib.

Jismoniy tarbiya oʻqituvchimni yomon koʻrar edim. Alohida kiyim olib bormasak, qizlarni kalgotkida tashqariga chiqarib mashq qildirar edi. Bir safar meni kiymimni uyda qoldirganman. Keyin kalgotkida tashqariga chiqasan unda hammaga oʻxshab deganiga yoʻq deganim uchun kaltak yeganman, shu kuni uyga yigʻlab ketib qolganman sumkamni maktabda qoldirib.

Maktabdagi hamma daraxtlarni sevganman. Hozir ham sevaman. Maktabim juda katta. Hovlisi keng daraxtzor. Yashil daraxtlarni koʻrganda juda quvongan edim birinchi marta ham, soʻnggi kuni ham.

Menga oʻqish, ilm olish hamisha yoqqan. 7 yoshga toʻlmay maktabga chiqqanim uchun imtixon bilan olishgan, erta borganman. Yangi narsa oʻrganib kelish uchun oshiqqan oʻquvchi boʻlganman har kuni. Maktabdagi oʻzim bilan faxrlansam boʻladi bemalol.

Qisqasi, yaxshi-yomon xotiralarim koʻp maktab bilan. Ammo, maktabga qaytib borib qolishni istamayman muhit sabab. Oʻquvchilar sabab. Shu uchun deyarli maktab haqida soʻzlab bermaganman odatda. Xay mayli. #mood ?

5 months, 3 weeks ago

Oʻzbekistonda kunlar ancha salqinlashib qoldi. Issiq koʻrpa yopinib uxlaydigan.

9 months, 2 weeks ago

Sevgi bor.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago