Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Global isish fayzlari (tungi mutolaa)
Yual Noah Hararining "Sapiens,insoniyatning qisqacha tarixi" kitobidan bir-ikki fikrlar :
"??????? ????????? ????? ??'??? ????????? ??'??? ???????,??????-??? ???????? ??????????? ??????? ???'??????? ?????? ℎ?????????? ????? ???????.????? ???????? 12 ?????ℎ? ??? ????? ?????? ????? ???ℎ?????,??? ???? ?????,????? ??'???? ??ℎ???? ??????? ??????? ?????ℎ?? ??????? ????? ?????? ???ℎ???? ?? ????? ???'? ??'???? ???ℎ????? ????'?? ?????????? ????????.?ℎ???ℎ? ????? ?????? ?ℎ??????? ????? ?'????? ?? ?????ℎ?? ?'?????????? ???????,??????? ?????? ??????? ????????? ?? ???????????? ?????-????????? ??? ??????ℎ??.??????????????? ????????? ??'?ℎ?? ?ℎ?????? ?ℎ???????? ????? ?'????????? ?? ??????? ??????????? ?????????????? ,??????? ?ℎ?'??????? ?? ???????? ??????????? ????ℎ?? ?ℎ?????????????? ?'????ℎ????? ..."
Janubiy yarimsharda shimoliy yarimsharga nisbatan boʻronlarning nega koʻp kuzatilishi xususinda
Albatta kimgadir bu mavuz qiziq boʻlmasligi mumkin.Ammo bu men oʻrganuvchi-oʻquvchi uchun muhim va admin tomonidan aynan shu jihat fokus ostiga olingan.Yaʼni, shunchaki,altruistik bilim uchun.
Oʻylab koʻrganmisiz Janubiy yarimsharda nima sababdan boʻronlar koʻproq sodir boʻladi? Asrlar davomida ashaddiy,odam jonini oluvchi boʻronlarning sodir boʻlishini uchar dengizchilar yaxshi bilishgan.Albatta kuzatishlar va intiutiv bilimga tayangan holatda.Aynan hozirgi kungacha hattoki,olimlar ham bunga deyarlik intuitsiya bilan yondoshishgan.Biroq,
2 yilcha avval Chikago universiteti olimlari tadqiqot oʻtkazishmaguncha.
Tadqiqotchilar bunga dominant ikkita sababni topishgan. Topografiya va okean-atmosferadagi energiya almashinuvi.
Topografiya yaʼni,relyef iqlim hosil qiluvchi va iqlimga taʼsir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.Geografiyani maktabda yaxshi oʻqiganlar biladiki, shimoliy yarimsharda orografiya anchayin murakkab.Misol uchun Alpdan to Himolaygacha tizmalarning qator tizilganini va aynan ushbu tizmalar shimoliy yarimsharda boʻronlarning chastotasini kamayishiga, ularning kuchini kamaytirishga hissa qoʻshadi.
Yana bir sabab bu okean-atmosfera oʻrtasidagi energiya almashinuvi.Asosiy ishni bu yerda katta masshtabli hududlar uchun suvning molekulyar fizik xossalari muhim roʻl oʻynaydi.Yaʼni,oqimlar shimoliy yarimsharda Arktika suvlarida okean tubi boʻylab harakatlanadi, aksincha, janubiy yarimsharda esa Antraktida yaqinida koʻtariladi va sirtda oqadi.Bu esa ikkala yarimsharda katta gradientli energiya balansini keltirib chiqaradi.
*Janubiy yarimsharda, shimoliy yarimsharga nisbatan 24 % boʻronlar koʻproq sodir boʻladi.
Tadqiqotni shu yerdan oʻqishingiz mumkin : https://www.pnas.org/doi/10.1073/pnas.2123512119
www.google.com
3D Raised Relief Map Europe small (english) - georelief GbR
Googledan topildi. Manba: georelief.de
Oʻtgan asrning 50-60 yillarida globus tayyorlash jarayoni.
#Climate #Economy Iqtisodiyotning asosi bo'lgan ishlab chiqarishning ikki muhim komponenti mavjud : Resurslar va ishchi kuchi. Iqlim o'zgarishi esa resurslar miqdoriga va narxiga, ishchi kuchining yashash sharoitiga ta'sir qiladi. Shu bois iqlimning iqtisodiyotga…
Iqtisodiyotning asosi bo'lgan ishlab chiqarishning ikki muhim komponenti mavjud : Resurslar va ishchi kuchi. Iqlim o'zgarishi esa resurslar miqdoriga va narxiga, ishchi kuchining yashash sharoitiga ta'sir qiladi. Shu bois iqlimning iqtisodiyotga ta'siri katta. Ozroq shu haqda.
P.S. Vaqtingizni ayamaysiz degan umiddamiz)
Telegraph
Iqlim va iqtisodiyot
Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining tez sur'atlar bilan o‘sishi, tabiatdan pala-partish foydalanish va o‘zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib, ekologik muammolar yuzaga keldi. Ekologik muammolar o‘z vaqtida hal qilinmasa…
**Tunggi mutolaa
Neptun qanday kashf qilingan? Neptun matematika yordamida kashf qilingan. "Mavjud boʻlmagan narsa''ning matematikasi mavjud boʻlsa demak oʻzi ham mavjud
Bu yerda gap Neptun haqida emas
Ming jon kuydirib gapirganimiz bilan Olamda massa va energiya taqsimoti qandayligini bilmagunimizcha hech narsaga javob topa olmasak kerak
Massa taqsimoti bu zichlik degani. Zichlik aslida biz uchun hali kashf qilinmagan sayyoradek gap. Biz u sayyorani shaklini bilamiz xolos.
Matematiklar Olam yaralishida fizikadan oldin matematika tugʻilgan degan gapida jon borga oʻxshaydi...?
1) 3D Olamda zichlik bu massaning 3 oʻlcham - hajm orqali taqsimlanishi
2 oʻlchamda yuza orqali va 1 oʻlchamda uzunlik orqali
2) Zichlik termini faqat massa uchun emas, energiya, elektr zaryad uchun ham oʻrinli
3) Zero Olamning yaralishida massaga ega boʻlmagan yorugʻlik zarrasi ishtirok etgan ekan. U qanday qilib moddiy tarafdan oʻta zich materiyani hosil qildi? Qilgandaki atom yadrosining zichligi Qora Tuynuk zichligiga yaqin.
4) Agar zichlik koʻp narsani hal qilsa biz va biz koʻrib turgan narsalar Qora tuynukchalardan iborat dalmatin itlariga oʻxshaymizmi, yoki Shvetsariya pishlogʻigami?
5) Zichlikning biz bilgan xossalariga qaytamiz
Moddiy nuqtaning zichligi cheksiz katta boʻladi
Matematik jihatdan zichlikni toʻplam oʻlchovi hisoblanadi. Fizik tarafdan nimaga 400dan ortiq kvant zarralardan u-kvark(anti u-kvark), d-kvark(anti d-kvark) va glyuonlargina 3D Olamda zichlikni orttirdi, kamiga uni muvozanatda ushlab turibdi. Balki buning sababi matematikadan chiqmas lekin...
Bu nazariya 2 turga boʻlinadi
a) Oʻlchamlar nazariyasi
b) Toʻplamlar nazariyasi
Eng qizigʻi klassik integrallashdan farqli hisoblanib ham 3D formatda, ham moddiylikka dahldor sifatida tuman ichida turgan kvant zarralar fizikasiga fonar yoqishi mumkin
Yuqorida aytilganlar XVII-XIX asrlarda yashagan matematiklarga tegishli boʻlib XIX asrga kelib Olam murakkab tuzilganligi sababli keskin burilish kuzatildi. Bu burilishlar Geyne-Borel lemmasi, Askoli-Arsel teoremasi, Veyershtrass-Stoun teoremasi, Fatu lemmasi, Lebeg teoremasi sifatida roʻy berdi. Bu teorema va tenglamalar hammasi
σ -algebra hisoblanib rostdan toʻgʻri maʼnoda sigma-aqllilar uchun
Sodda tarzda bularning har biriga batafsil qaytamiz. Lekin uchini chiqaradigan boʻlsak zichlikni tushuntirishda koʻp oʻlchamli Olamda moddiyatmas energiya pastki oʻlchamlarga uzluksiz yoki uzlukli energiya uzatsa demak klassik integrallashni qoʻllash Eynshteyn aytganidek oʻz burnimizdan tortib yurishga oʻxshaydi
Hozircha qisqa qilib aytishimiz mumkinki, katta oʻlchamli olam oʻzidan kichiklarini energiya bilan taʼminlaydi va eng muhimi matematik nazorat qiladi
Mabodo shubha boʻlsa surishtirib koʻrish doimgidek ixtiyoringizda...@Intellektual_yumor?**
Doʻstlar! Meteorologik hodisalar ichida bulutlar oʻziga xos insonga kayfiyat ulashadi(yoki aksincha).Shuningdek,biz har doim hayotimiz davomida kuzatadigan yogʻinlarning bosh sababchilaridan biri ham aynan bulutlardir.
Shu bois,bulutlar va ularning turlari haqida mana bunday qoʻllanma tayyorlashga harakat qildim.Aʼlo darajada deyish qiyinku-ya lekin nimalarnidir olsa boʻladi degan umiddaman.Ishlatinglar doʻstlar!
Aqlingizni charxlang)
Odamlar ucha olar...
Space Perspective birinchi marta stratosferaga uchish uchun tayyor Neptun sinov kapsulasini ko'rsatdi.
Neptun kapsulasi quruqlikdan yoki maxsus kemadan uchiriladi, apogeyga yetib borish uchun taxminan olti soat vaqt ketadi.
Neptunning sinovlari bu yil bo'lib o'tishi kerak va kapsulaning stratosferaga sayyohlar bilan tijoriy parvozlari 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Wikipedia
Apogey
Apogey (yun. apogejos — Yerdan uzoqda joylashgan) — Yer yoʻldoshi or-bitasining Yer markazidan eng uzoq nuqtasi. Mas, Oyning A.i 405000 km.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago