Psixosfera

Description
Psixologiyaga bir finjon qahva ustida nazar ☕️
Obyektiv va subyektiv fikrlar

@psychosphere_bot
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 month, 1 week ago
Psixosfera
1 month, 1 week ago
Daraxt ayni, fasllar boshqa..

Daraxt ayni, fasllar boshqa..
Unutmang, hamma narsa vaqtinchalik.

@aytilmagan_bitiklar

1 month, 2 weeks ago

🪶Masalan qimor mavzusi menga umuman qiziq emas. Ammo Dostoyevskiy o‘z asarlarida hatto eng kichik epizoddagi qahramonlarning ham ruhiy holatini mohirona tarzda ochib berishi uning har bir asarini jon quloq bilan o‘qish-eshitishga undayveradi meni. Xususan, "Qimorboz" asaridagi mana bu jumlalarning beqiyosligiga qarang:

"Muhabbat sharpasi tekkan, tortinchoq, injiq va mas‘um odamning nigohi qanchalar ko‘p narsalarni ifoda qilishi mumkin. Yana u shunday paytda so‘z bilan va yo ko‘z qirida bir narsani aytish yoki ifoda qilishdan ko‘ra — yer yorilsa-yu, yerga kirib ketishni afzal ko‘radi.."

1 month, 2 weeks ago

✏️Shu kunlarda eng ko‘p amin bo‘layotganim: insonning o‘zini qadrlash darajasi — uning nosog‘lom munosabatlardan qanchalik uzoqda turishga qodirligi bilan ham belgilanadi. Sog‘lom chegaralarni belgilash va toksik aloqalardan voz kecha olish, aslida o‘zimizga ko‘rsatgan eng katta hurmatdir..

1 month, 3 weeks ago
Psixosfera
1 month, 3 weeks ago

Sen meni shunchaki yaratganing yo'q, shunchaki yashashni men odat qildim..

1 month, 3 weeks ago
"Sevgi – bu boshqa bir odamni …

"Sevgi – bu boshqa bir odamni aynan o'zi bo'lib qolishga imkon berish san'atidir. U na egolik talablar bilan, na o'z-o'zini anglash bo'shlig'i bilan aralashmasligi kerak. Chinakam sevgi bir insonga cheksiz o‘zini o‘zi anglash va kuchli ichki ozodlik tuyg‘usini beradi."

@psycho_sphere 🤍

2 months ago

Men xotin-qizlarning teng huquqli bo'lishlariga, albatta, qarshi emasman, biroq bu sa'y-harakatning ijobiy jihatlari bizlarni aldamasligi kerak. Bu tafovut-farqlarni yo'qotish umumiy tamoyilining bir qismi, xolos. Tenglik ayni shuning evaziga qo'lga kiritiladi: xotin- qizlar erkaklar bilan teng huquqli, chunki endilikda ular bir-birlaridan farq qilmaydilar.

Ma'rifat davri falsafasi ilgari surgan «Qalb jinsdan xoli» qoidasi to'la ro'yobga chiqdi. Jinslararo ziddiyat, qarama-qarshilik barham topayotir, shuning barobarida ayni shu ziddiyatga asoslanuvchi erotik-jinsiy muhabbat ham barham topmoqda.

Erkak va ayol qarama-qarshi qutblar sifatida teng huquqli bo'lish o'rniga bir xil, yakrang bo'lib qoldi. Hozirgi zamon jamiyati bu tenglik g'oyasini individuallikdan xoli tarzda targ'ib qilayotir, chunki banibasharni yaxlit mexanizm sifatida to'xtovsiz va uzluksiz faoliyat yuritishga majburlash uchun insonlarni bir xil «atomlar»ga aylantirishga muhtoj.

Barcha aynan bir xil buyruqlarga itoat qilgani holda har bir inson go'yo o'z xohish-irodasi amri bilan ish tutayotganiga ishonchi komil bo'lishi kerakligi ham e'tibordan soqit qilinmagan. Zamonaviy ommaviy ishlab chiqarish insonning muayyan qolip-andozaga tushishini talab qilganidek, ijtimoiy taraqqiyot ham insonning shunday holga tushishini taqozo etayotir. Ayni shu standartlashuv «tenglik» deya talqin qilinmoqda.

Erix Fromm
#mutolaadan

@psycho_sphere

2 months ago
"Erkaklari latta bo‘lgan jamiyatning qariyalar uyi …

"Erkaklari latta bo‘lgan jamiyatning qariyalar uyi ko‘p bo‘ladi"

Keling, umumlashtirishdan oldin real keyslarga nazar solaylik: jamiyatimizda ayollar ko‘proq dominantmi yoki patriarxal struktura sababli, uyda abyuzer – ovqat tayyor bo‘lmagani uchun ayolini haqoratlaydigan, salga do‘pposlab, pampers yediradigan, ko‘cha xandoni, uy zindoni bo‘lgan erkaklarmi?

"Shuncha yurtlar kezib tushundimki.."

Shuncha yurt kezganingiz masalaga neytral qarashga yo‘l ocholmabdi. Qariyalar uyining ko‘payishi faqatgina ayollarning qistovi bilan bo‘lganmi? Yoki jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis, uydagi yetishmovchiliklar, qariyaning "yoshlikdagi xatolari" yoki shaxsiy qarori kabi kompleks sabablar ham bo‘lishi mumkinmi?

"...erkaklar, oiladagi rolingizni ayol kishiga topshirmang!"

Oiladagi erkak qanday bo‘lishini erkak sifatida ochiqlab ketish kerak edi, erkaklik faqat qorin qo‘yib, choyxonalarda kun o‘tkazish bilangina iborat deb o‘ylaydigan so‘taqo‘zilar uchun. Yoshlikda bolangga emotsional yaqinroq bog‘lan, kelajakda u sendan nafratlanishga asos qoldirma. Erkakning oiladagi o‘rni – himoya, mehr va mas'uliyat. Ota bo‘lish faqat moddiy tomondan ta'minot emas, balki ruhiy tayanch ham. Herolar ham qalbimizni faqat yaxshiliklar bilan qozongan ahir, degan maslahatlar ham zoye bo‘lmasdi.

Bir jamiyatga qarata bong urayotganda, u yerdagi aholining ijtimoiy, ruhiy holatini hisobga olish kerak. Agressiv qatlamga yanada agressivroq bo‘lishni uqtirish keskinlikni yanada kuchaytiradi xolos.

@psycho_sphere

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid