@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Namanganlik haydovchi aytyapti:
"Ilgari Toshkent sivilizatsiya boʻyicha bizdan 50 yil oldinda yurardi. Hozir Namangan ham rivojlanib, Toshkentga yetay deb qoldi...".
Shunda Toshkent toʻxtab turgan boʻladimi?
Ovchi kaklik ovlaganda, uni qanday tuzoqqa tushiradi?
Koʻplab ilgaklar va usullar bilan ov qilish mumkin. Biroq ovchilar ikki usulni doim ishlatadilar.
Birinchisi, kaklik nima istashini aniqlaydi, ikkinchisi qòrquvi nimada ekanligini biladi.
Ovchi qushga don taklif qiladi va qush asta-sekin yemli qafasga kiradi. Agar kaklik toʻq boʻlsa, uni ovchi iti bilan qoʻrqitib, tutadi.
Yer yuzidagi insonning eng shavfqatsiz ovchisi esa shaytondir. U oʻzining lashkari bilan kecha-yu, kunduz odamlarni ovlashga harakat qiladi. Qachonki, siz Allohdan boshqasidan hech narsa xohlamasangiz va qoʻrqmasangiz, hech kim sizni qulga aylantira olmaydi.
Quyosh chiqqanda qorongʻuliklar yoʻqolganidek, Allohdan qoʻrqqan qalbdan ham boshqa qoʻrquvlar yoʻqoladi.
https://t.me/MuhammadSodiqAbduolimov
Oliy maqsadlarga faqatgina ogʻir mashaqqatlarni bosib oʻtish va alamli gʻam-gʻussalarni boshidan kechirish bilan erishiladi.
“Talabaning odoblari”
Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil
Yuksalib birlashgandan koʻra, birlashib yuksalish osonroq, deyishadi. Ilm sheriklar bilan muzokara qilish orqali mustahkamlanadi.
“Talabaning odoblari” kitobidan.
"Baynalmilal" so'zi ona tilimizga arab tilidan o'zlashgan so'z bo'lib, aslida ikki kalimadan tarkib topgan so'z birikmasi hisoblanadi. Ya'ni, "بِيْنَ" (bayna) — orasida, aro, "مِلَلٌ" (milal) — millatlar, xalqlar, elatlar.
Demak, "بَيْنَ الْمِلَلِ" (baynalmilal) birikmasi millatlararo, xalqlararo, xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy kabi ma'nolarni ifodalash uchun qo'llaniladi.
Masalan, "baynalmilal atamalar" — millatlararo bir xil qo'llaniladigan atamalar. "Baynalmilal qadriyatlar" — umuminsoniy qaryatlar. "Baynalmilal ahvol" — xalqaro ahvol va hokazo.
Shunday qilib, bu so'z "baynalminal" emas, "baynalmilal" shaklida yoziladi.
Yuqoridagi surat kimnidir tanqid qilish, uyaltirish uchun emas, xatolarimizni to'g'rilash uchun olindi, xolos. Zero, o'zim ham juda ko'p hollarda bunday xatolarga qo'l uraman.
#Kundaliklar
#Shaxsiy_mulohaza
— Asta-sekin qarib borayotganingni qachon, qanday sezasan?
— Avtobus yoki metroda yoshlar menga joy bera boshlaganidan...
Qariyapmiz ?☺️
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago