JIDU Besh muhim tashabbus markazi

Description
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Besh muhim tashabbus markazi rasmiy sahifasi
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago
***📢*** **Diqqat kitobxonlar!

📢 **Diqqat kitobxonlar!

"Kitobxon talaba" loyihasida navbatdagi uchrashuvimiz Said Ahmadning mashhur trilogiyasi – "Ufq" asari**ga bag'ishlanadi!

Said Ahmad ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. Qahramonlarning ichki dunyosi, orzu-umidlari, quvonch va tashvishlari sizni befarq qoldirmaydi.

Trilogiyani o'qigan yoki qayta mutolaa qilgan barchani munozaralarga boy va esda qolarli uchrashuvimizga taklif etamiz! Fikrlaringiz, savollaringiz va tahlillaringiz bilan bahsni yanada qizdiring! Faol ishtirokchilarni esdalik sovg'alari kutmoqda.

📅 Sana: 27-yanvar
📌 Manzil: Eko kutubxona
** Vaqt: 11:00

Bizning sahifamiz:*👇*
@jidu_5tashabbus

1 month ago
JIDU Besh muhim tashabbus markazi
1 month ago
***🌳*****JIDUda “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” …

🌳JIDUda “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi!

📅 2025-yil 24-yanvar kuni JIDU Eko-kutubxonasida “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas’ul xodimlari, tutorlar va talabalar ishtirok etishdi. Suhbatni Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh. Shakirova ochib berib, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrab-avaylashning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritdi.

🔹 Tabiat obyektlarini muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari – Yoqubov Mirjalol va Sindorov Feruz O‘zbekistondagi milliy bog‘ va qo‘riqxonalarning tarixi, ularning tabiatni muhofaza qilishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etishdi. Shuningdek, mutaxassislar O‘zbekistonning tabiiy ob’ektlariga tashrif buyurganlarida orttirgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tabiat go‘zalligini asrashning ahamiyatini ta’kidlashdi.

🌱 Davra suhbati talabalarning ekologik mas’uliyatini oshirish, ona tabiatimizni asrab-avaylash borasida fuqarolik ongini shakllantirishga katta hissa qo‘shdi.

Bizning sahifamiz:👇
@jidu_5tashabbus

3 months, 3 weeks ago
*****?***JIDU talabasi** Besh tashabbus olimpiadasi doirasida …

*?JIDU talabasi Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil qilingan"Yoshlar ishlari agentligi kubogi" turnirining Respublika bosqichida uchinchi o’rinni oldi!*

30-oktabr kuni Buxoro shahrida shaxmat sport turi bo’yicha "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" turnirining Respublika bosqichi tashkil etildi.

Musobaqada xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi, Sofiya Mamadaminova sportchilar o’rtasida uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi va Xalqaro musobaqaga yo’l oldi!

UWED.UZ |Facebook | Telegram |YouTube | Instagram

3 months, 3 weeks ago
***⚡️*** **JIDU KUZATUV KENGASHIning yangi tarkibda …

⚡️ **JIDU KUZATUV KENGASHIning yangi tarkibda birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

?**Batafsil...

⚡️Состоялось первое заседание НАБЛЮДАТЕЛЬНОГО СОВЕТА УМЭД в новом составе
?Подробнее...

⚡️The inaugural meeting of the UWED ADVISORY BOARD in its new composition took place

?Read more...

UWED.UZ |Facebook | Telegram |YouTube | Instagram

3 months, 3 weeks ago

⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Saylov 2024-talaba-yoshlar nigohida” nomli esselar tanlovi o'tkazildi.

?"Xalqaro munosabatlar" fakulteti tomonidan universitet talabalari oʻrtasida O‘zbekiston Respublikasida Parlament saylovlariga bag'ishlangan “Saylov 2024-talaba-yoshlar nigohida” nomli esselar tanlovi tashkil etildi.

Shunga muvofiq, mazkur tanlovning universitet bosqichi g'oliblari:
1-o ‘rin - Oynazarova Mohina, Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi
2-o ‘rin - Qodirova Jasmina, Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi
3-o ‘rin - Zoyirov Abdulla, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabasi.

?Nizomga asosan Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida;
2-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida;
3-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida.

Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Bizning sahifamiz:??****
@jidu_5tashabbus

3 months, 4 weeks ago
JIDU Besh muhim tashabbus markazi
3 months, 4 weeks ago
JIDU Besh muhim tashabbus markazi
3 months, 4 weeks ago
JIDU Besh muhim tashabbus markazi
4 months ago
***✅***”Yangi O’zbekiston” universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti …

”Yangi O’zbekiston” universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari hamkorligida 27-oktyabr – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov kuni munosabati bilan partiya vakillari va talabalar o’rtasida ochiq muloqot tashkil qilinmoqda.

?Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi, Adolat sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi va O’zbekiston Ekologik partiyasi vakillari saylov bilan bog’liq talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

?2024-yil 23-oktabr*
*18:00*
?*JIDU “B” bino Kino zalBizning sahifamiz:?****
@jidu_5tashabbus

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago