Кушербаевга мурожаат

Description
Расул Кушербаевга йўлланадиган мурожаатлар учун очилган махсус канал.

Мурожаат йўллаш тартиби:👇 https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/16

Алоқа: @Kusherbayevga_murojaatbot
We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 month ago

O‘zbek tili o‘qituvchilari vazirlikdan norozi bo‘lishmoqda

Assalomu alaykum, hurmatli Rasul Kusherbayev!

Yanvardan boshlab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga milliy sertifikatdan A+,A, B+ daraja olsa 50 foiz ustama qo‘shib berish boshlanmoqda.

Yuzlab o‘zbek tili (davlat tili) o‘qituvchilari norozi bo‘lmoqda. Chunki vazirlik faqat ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarigagina 50 foiz to‘lashini, boshqa tilda taʼlim beradigan maktablarning o‘zbek tili (yaʼni boshqacharoq aytganda davlat tili) o‘qituvchilariga esa avvalgidek faqat 20 foiz berishmoqda ekan.

Aslida esa 2024-yil 24-maydagi  MMTV, OTFIVazirligi, Iqtisodiyot vazirligi imzolagan qo‘shma qarorda ona tilidan olingan sertifikatlar davlat tili o‘qituvchilariga ham o‘tishi belgilangan edi.

Bu yerda vazirlik juda chalkashib ketdi: Birinchidan, yuqoridagi qarorda sertifikat davlat tili o‘qituvchilariga ham o‘tadi degan.

Ikkinchidan,  davlat tilida milliy sertifikati alohida yo‘q. Ular ham ona tili o‘qituvchilari bilan birga kirib ular yechgan testni bajarib chiqyapti.
Uchinchidan, nega ona tili va adabiyot fani alohida Davlat tili alohida deb qaraladigan bo‘lsa shu paytgacha ona tili va adabiyoti qatori ularga ham 20 foiz ustama bir xil to‘lab kelindi?

Vazirlik qaysidir qarorlarini qayta ko‘rib chiqqan holda o‘qituvchilar foydasiga o‘zgartirish kiritishi yaxshi bo‘lardi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib davlat tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama bersa adolatdan bo‘ladi. O'zi bu fan o‘qituvchilari soni kam,  ular ichidan sertifikat olganlari undan ham kam.

Dilnoza Normurodova,
Angren shahar 17-maktab o‘zbek tili-davlat tili o‘qituvchisi.

? @Kusherbayevga_murojaat

1 month ago
Кушербаевга мурожаат
1 month, 1 week ago

"Укам ноҳақ қамалиб кетмасин, илтимос!"

Мен Сурхондарё вилояти, Термиз шахрида яшайман.

Мени укам Вохидов Фаррух Абсаломов бундан 5 ой олдин Қашқадарёда Ғузорда машинасида тўқнашув бўлиб автоҳалокатга учради.

Укамни машинасида 2 та одам вафот этган. Укамни оқ рангли 75 441 номерли Кобалт машинаси бор.

Рўпарасидан келган қора рангли Коболт устига тез ҳайдаб келган.

Нариги ҳайдовчи озодликда юрибди. Урда хам бир одам вафот этган. Аммо укамни сохта хужжатлар килишиб, айбдор килиб ноқақ қамаб қўйишди.

Кари онам бор, нафакада. Боқувчиси йўқ бошка.

Ўзим 2-гуруҳ ногирониман. Бизни ҳеч ким эшитмаяпти. Ҳозирда иши Гузор судида курилаяпти.

Укам Вохидов Фаррух Абсаломов ноқақ қамалиб кетмасин, ёрдам беринглар илтимос!

Вахидова Фарида Абсаламовна, Сурхондарё вилояти, Термиз шаҳри, А.Дониш кўчаси 18 а-уй.

? @Kusherbayevga_murojaat

3 months, 2 weeks ago

Qachongacha o'qituvchi saviyasi quruq "oshiriladi"?

Assalomu alaykum!

Men Farg'ona viloyati, Oltiariq tumanidan Yunusova Mahfuzaxon Bahodirjon qizi, respublika fizika ustozlari nomidan yozyapman.

Maktablarda deyarli 80% fizika ustozlari ayol ustozlar. 31-oktabr kuni fizika fanidan navbatdagi attestatsiya jarayoni Farg'ona shahar 28-maktabda bo'lib o'tdi.

Bu testda qatnashgan viloyat fiziklaridan deyarli ulush hisobida 1-2 foiz odam toifaga o'tdi.

Shu 2-3 yildan beri test jarayoniga chet el kitoblari tarjima qilib bizga berilmoqda. Bu testlar tushishi haqida, manba haqida ustozlarga ma'lumot berilishi kerak emasmi? Adabiyotlar ro'yxatiga kiritilishi kerakmasmikin? Qachongacha o'qituvchi saviyasi quruq "oshiriladi"?

Ehtimol, bizni saviyasiz, shu testni ishlolmaysanmi, deb kulishingiz mumkin. Ammo juda ko'pdan beri faoliyat yuritayotgan, tajribali ustozlar ham bu jarayondan keyin ruhiy tushkunlikka tushib qolmoqda. Biz fidoyi bo'lishimiz bizga bo'lgan e'tiborda emasmi?

Ruhan tushkun odam qandoq jamiyatga lider insonlar tayyorlaydi?! Iltimos, test jarayonlari qayta o'tkazilib, darsliklar asosida tuzilishida ko'mak bering!

? @Kusherbayevga_murojaat

3 months, 2 weeks ago

Biz ustozlar attestatsiya jarayonlaridan norozimizJizzax

Men Jizzax viloyatidanman.

31 oktabr kuni bolib òtgan Fizika fanidan Atestatsiya jarayonlaridan barcha fizik ustozlar norozimiz.

Mening aytmoqchi bolganim shuki, men jarayonda qatnashib juda kop masalaning tog‘ri javobini variantlar qatoridan topolmadim.

Iloji bolsa o‘zimning blankamni bazadan ochib berishsa isboti bilan taqdim etaman.

Qolganlar bilan o‘tsa bolardi-ku deyishingiz mumkin. Ammo shuning o‘zi bizga ishonchsizlik olib keldi.

Demak tog‘ri deb belgilaganimiz ham kampyuter tomonidan xato ketgandir. Ahir bu 4 Yoki 5 ta savol oliy toifa olish uchun kerakli baldir.

Yillar davomida uy yumishlari bilan birga atestatsiya uchun o‘zining farzandidan oilasidan vaqtini ajratib tayyorlanganlar qancha edi.

Ular rozg‘orlarini shugina bilan oz bolsada rozg‘ori-ku maylli maktabdagi obroyarichi shuni o‘ylab sizga murojat qildim.

Iloji bolsa xato va kamchiliklarsiz ustozlarga atestatsiya jarayonini muammosiz qayta tashkillashtirib berishda amaliy yordam bersangiz.
Biz sizga ishonamiz xalqimiz xizmatidan charchamang.

Farxodova Dilnoza Oybek qizi

? @Kusherbayevga_murojaat

3 months, 2 weeks ago

Суд қарорига беписандлик қилишмоқдаТермиз
Ассалому алайкум!

2024 йил 26 август куни фуқаролик ишлари бўйича Термез шаҳар туманлараро судининг ишга тиклаш ва компенсация тўлаш тўғрисидаги хал қилув қарори чиқди ва ижрога қаратилди.

Жавобгар Сурхондарё вилояти "Ягона буюртмачи хизмати" ДУК.

Мен демократик хуқуқий давлатимизда биз сайлаган депутатлар томонидан тасдиқланган қонунлар судлар томонидан чиқарилган қарорларга беписандлик билан қаралаётланига ҳайрон қолаяпман.

Сиздан қонун устуворлигини таъминлашда амалий ёрдам беришингизни илтимос қилиб сўрайман.

Фарход Чоршанбиев

? @Kusherbayevga_murojaat

3 months, 3 weeks ago
Кушербаевга мурожаат
We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago