Asror Iskandarov | Shaxsiy Brend Qurish

Description
Kanal Asror Iskandarovning, shaxsiy hayoti, tajribasi va bilimlarini ulashish uchun xizmat qiladi
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month, 1 week ago

Ochiq aytsam, ozgina hayajondaman! 😊****Bilasizmi, dars berish o‘zimga juda yoqadi. InshaAllah, kelajakda bir necha millionlik kapitalga ega bo‘lganimda, pul topishim shart bo‘lmagan vaqtda ham, mendan "endi nima ish qilasan?" deb so‘rashsa, "dars beraman," deb javob bergan bo‘lardim!

Bizning avlod o‘qituvchilar bo‘lgani uchunmi yoki bu qondan kelgani uchunmi, dars berganimda, kimgadir nimanidir tushuntirganimda, o‘zimni energiyaga to‘la his qilaman!

InshaAllah, tez kunda juda manfaatli loyiha boshlash arafasidaman. Bu loyiha bilan O‘zbekistonda yangilik qilib, bir necha minglab insonlarga dars berish va bilganlarimni bo‘lishish imkoniga ega bo‘laman, deb reja qilganman. 🔥

Hozirgacha minglab insonlarga offline va online formatda dars berganman va berib kelmoqdaman. Lekin bu loyihachalik o‘zimni to‘lqinlangan his qilmagan edim, chunki bu loyiha g‘oyasi haqiqatan ham yagona! ❤️‍🔥

1 month, 1 week ago

Shaxsiy brend qurishdagi eng qo‘pol xato nima?
Bugungi kungacha O‘zbekistonda keng uchraydigan 16 ta xatoni yozib chiqqan ekanman. Ulardan eng birinchisi haqida aytib o‘tsam 👇

Bu - Aniq strategiya va rejasiz brend yaratishga urinish.

Hozir ko‘pchilik Instagramga kontent qilish, video olish kerak deb shunchaki kamerani yoqib gapirishga kirishib ketishmoqda. Shaxsiy brendni qurish esa kundan-kunga qiyinlashib bormoqda. Raqobat ortmoqda, kontent yaratayotganlar ko‘paymoqda, va har bir sohadan blog yurituvchilar paydo bo‘lyapti.

Avvallari bozor bizga moslashar edi. Kontent qilayotganlar kam bo‘lgan, shunchaki foydali ma'lumot yoki motivatsion videolar qo‘yish e'tiborni jalb qilish va sotuvlar uchun yetarli edi. Ammo u davrlar ortda qoldi!

Endi shaxsiy brend samarali ishlashi, blog egasiga foyda olib kelishi va kuzatuvchilar ortishi uchun blogning aniq maqsadi, strategiyasi va missiyasi bo‘lishi kerak.

1 month, 2 weeks ago
4 months ago

*⚠️ Muhim Eslatma ⚠️***

So'nggi yangiliklarga ko'ra, Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olingan degan xabarlar tarqalmoqda. Garchi bu ma'lumot hali tasdiqlanmagan bo'lsa-da, har ehtimolga qarshi sizga Telegramdagi asosiy ma'lumotlaringizni xavfsiz joyga ko'chirib qo'yish zarar qilmaydi.

Buning uchun siz quyidagi choralarni ko'rishingiz mumkin:

  1. Muhim chatlarni eksport qilish: Chatlaringizdagi muhim ma'lumotlarni Telegramdan eksport qilib, xavfsiz joyda saqlang.

  2. Hisobdagi mablag’ni tekshirish(кошелёк): Telegram hisobingiz bilan bog'liq ma'lumotlarni tekshiring va saqlab qo'ying.

  3. Kontaktlar: kerakli bo’lgan kontaktlarni, telegramdan telefonga saqlab qo’ying
    ————————————
    Kompyuter orqali Telegram Desktop versiyasida:

  4. Telegram Desktop dasturini oching.

  5. Ong tomondagi uch nuqta (...) tugmasini bosing.

  6. "Export chat history" (Chat tarixini eksport qilish) tugmasini tanlang.

  7. Qaysi ma'lumotlarni eksport qilmoqchi ekanligingizni tanlang:
    - Chatlar
    - Rasmlar
    - Videolar
    - Fayllar va hokazolar

  8. Eksport qilingan fayl uchun joyni tanlang va Export tugmasini bosing.

  9. Telegram eksportni yakunlagandan so'ng, faylni ko'rishingiz mumkin.

Mobil telefon orqali (Android/iOS):

Afsuski, mobil ilovalarda chatlarni to'g'ridan-to'g'ri eksport qilish imkoniyati mavjud emas. Ammo siz individual chatlardagi muhim xabarlarni boshqa joyga nusxalash yoki ekran rasmlarini olish orqali saqlab qo'yishingiz mumkin. Kompyuter orqali Telegram Desktop versiyasidan foydalanish eng qulay usul hisoblanadi.

————————————

Ko'shelekdagi pullarni o'tkazish bo'yicha qisqacha qo'llanma

  1. Kartaga o'tkazish: Mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri bank kartangizga o'tkazib, ularni istalgan vaqtda ishlatish qulay bo'ladi.

  2. Boshqa elektron hamyonga o'tkazish: Mablag'laringizni boshqa elektron hamyonga o'tkazib, ularni boshqa platformalarda foydalanishingiz yoki saqlashingiz mumkin.

Xavfsizlik choralari: Mablag'laringizni ko'chirishdan oldin ko'shelek yoki hisob qaydnomangizda qo'shimcha xavfsizlik (masalan, ikki faktorli autentifikatsiya) o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

Xavfsizlik choralari hech qachon zarar qilmaydi.

4 months, 1 week ago
6 months, 2 weeks ago

Shaxsiy Brend orqali pul topishni asosiy 3ta yo'li ?

1- Reklama sotish
Obunachilaringizni ko'paytirasiz va sizga biznes egalari aloqaga chiqishadi qaysidur o'zingizni qoniqtirgan summaga rekalama qilib berasiz shu evaziga pul to'lashadi

Tavsiya: Ko'p reklama olmang, chunki qanachalik ko'p va arzonga rekalama olar ekansiz sizni hurmatingiz shuncha tushishiga, pulini bersa lyuboy narsani rekala qiladi degan fikr paydo bo'lishiga olib keladi

2- Mahsulot yoki xizmatingizni sotish
Bu eng aktual va eng zo'r ishlovchi instrumentdir. O'zingizni mutaxassisligingiz yoki mahsulotingizga aloqador blog yuritishni boshlaysiz va harid qilishni istovchilarga taklif berasiz. Bu biznesingiz rijovida xizmat qiladi.

Tavsiya: Faqat mahsulot reklamasiga o'tirib olmaslik, blogda shaxsiy qarasharingiz va turmush tarzingizni ham yoritib borishingiz sizga nisbatan ishonchi oshiradi va sizdek fikrlovchi auditoriyani o'zingizga yeg'asiz

3- O'quv kurslaringiz yoki shogirtlik dasturlarini sotish
Sohangizda o'qishga talab bor yo'nalish bo'lsa, o'zingizni o'quv kurslaringiz yoki shogirtlik dasturingizni taklif qilishingiz va bu orqali ham pul topshingiz mumkin.

Tavsiya: Agar dars bermoqchi bo'lgan sohangizda tajribangiz yetarlicha bo'lmasa, bunga kirmaganingiz avzal chunki bozorda nomingiz, shaningiz bulg'anishiga vaqt o'tib sizga nisbatan katta negativ paydo bo'lishiga olib keladi

6 months, 2 weeks ago

Kecha shaxsiy brend orqali pul topish haqida gap boshlaganidim, hich kim etmayapkan ma'lumotlani beraman ? Shaxsiy brendni rivojlantirish uchun 2020-yilda ish boshlaganimizada odamlaga o'zim xizamt taklif qilib chiqardim Takflifni eshitgan tadbirkorla bo'sa…

6 months, 2 weeks ago

? pul... Bu haqida gapirishimdan oldin, shaxsiy brend orqali 2023 yilda qancha pul topganimni aytsammikin a? Aniq hisoblab chiqishga ko'p vaqt ketsa kerak, lekin $100.000 dan oshiqligi aniq (hamasi qonuniy, davllatga soliq to'lovchi yosh tadbirkorlardanman)…

6 months, 3 weeks ago

Bugun bayram, bollarni aylantirib kelish esizdan chiqip ketmadimi?

Propka, odam ko’p dib erinmela ? boshqa kun babi borilmidi ?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago