Rashid Tojiboev

Description
Koreya respublikasi, Inha universiteti, Davlat boshqaruvi sohasida tahsil olayotgan Magistr talaba - Rashid Tojiboyevning kanaliga xush kelibsiz.

Savol va takliflar uchun:
telegram: @rashidtojiboyev
facebook: https://www.facebook.com/rashidtojiboev
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

2 months ago
[​​](https://telegra.ph/file/6fcad208c5d1a5c1746ca.jpg)Aviabiletlarning narxi: nega yoningizdagi yo‘lovchi sizdan …

​​Aviabiletlarning narxi: nega yoningizdagi yo‘lovchi sizdan arzon (qimmat) to‘lagan? Nega Amazon’da bir xil mahsulot narxi bir necha barobar farq qiladi? Starbucks’dagi qahvaning boshqalarida qanday farqi bor, yoki McDonald’s burgerlarini-chi? Nima uchun Nike kompaniyasining Vyetnamdagi ishchilari oyiga 1$ evaziga ham ishlashga rozi? Nega 2008-yilgi inqirozda kompaniyalar kelajakda qurilishi kerak bo‘lmagan uylarni qurdi va oqibatda Yevropa va Yaponiya davlatlari zarar ko‘rdi?

Bir mahsulot ichki bozordan ko‘ra tashqi bozorda arzonroq sotilsa, nega uni qayta bojxonada ichki bozorda foyda bilan sotmaymiz? Tahoe haydash orzungiz shimolliklarga qanchaga tushishini bilasizmi? Nima uchun foyda daromaddan ustunroq? Kichik (katta) guruhlarning o‘zaro tez kelisha olishining (olmasligining) sababi nimada? Hammamiz pirogdagi ulushimizni emas, uni kattarishini o‘ylashimiz kerakmi? Xalqaro savdoda bir davlatning muvaffaqiyati boshqa davlatning mag‘lubiyatini anglatadimi?

Ushbu savollarning javobini "Yalang‘och iqtisodiyot" kitobidan topasiz. Bu kitob sodda insonlar uchun iqtisodiyotni o‘rgatuvchi kitob emas. Aksincha, u iqtisodiyotni hech qachon o‘qib o‘rganmagan aqlli kishilarga atalgan.

👉@rashidtojiboev👈

2 months, 2 weeks ago
[**Rashid Tojiboy**](https://t.me/rashidtojiboev) **juda ham kitobsevar yigit: …

Rashid Tojiboy juda ham kitobsevar yigit: har doim qo'lida kitob!
Va deyarli har safar uchrashuvlarga 5-6 ta kitob bilan keladi, sovg'a qilish uchun. Bu safar yaqinda Adabiyot yo'nalishida Nobel mukofotini qo'lga kiritgan Koreyalik Han Kang'ning "The Vegetarian" asarini sovg'a qildi.

"Sham bo'ling, nur bo'ling... Atrofga ham nur tarating!"

🍉 @v_turakulov_stories

2 months, 3 weeks ago
Sobiq Inha bitiruvchilari bilan uchrashuv – …

Sobiq Inha bitiruvchilari bilan uchrashuv – bu oddiy muloqot emas, fikrlar va tajribalar almashinuvi boʻldi. Koreyada boshlangan yoʻllar vatanda yangi gʻoyalarga tutashdi. Fikrlar qayerda rivojlanadi? Kitoblarda emas, suhbatlarda emas, balki yangi savollar tugʻilgan joydadir. Ayniqsa stol tennisida fikrlar va zarbalar qarama-qarshiligi boʻldi. Men oʻzimni stol tennisi boʻyicha “Master” deb oʻylasam, bu yerda “PhD”lar bor ekan.

👉@rashidtojiboev👈

4 months, 1 week ago
4 months, 2 weeks ago
[​​](https://telegra.ph/file/60e881d1eeede482cbdf9.jpg)Ilk bor elektron shaklda ovoz berdim. …

​​Ilk bor elektron shaklda ovoz berdim. Juda ham qulay va yengil ekan. Bu yilgi parlament saylovlari bir qator ijobiy oʻzgarishlar asosida boʻlib oʻtmoqda:

1⃣ Aralash saylov tizimi: majoritar va proporsional usullari joriy qilinganligi;

2⃣ Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga xalq deputatligi kengashi raisi lavozimini egallashi taqiqlanganligi;

3⃣ Ayrim saylov uchastkalarida elektron saylov amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi;

4⃣ Nomzodlarning kamida 40%ini ayollar ulushi tashkil etilganligi;

5⃣ Markaziy saylov komissiyasi raisi bir marta besh yillik muddatga saylanish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi.

Shunday boʻlsa-da, bir qator eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda.

1⃣ Toshkent shahar va viloyat hokimlari senator boʻlish imkoniyati mavjudligi (tiyib turish va muvozanat tamoyiliga zid);

2⃣ Proporsional saylov tizimida nomzodi qoʻyilgan boʻlajak deputatlar (misol uchun amaldagi vazirlar), saylovdan keyin ular oʻz deputatlik oʻrinlaridan voz kechish imkoni mavjudligi;

3⃣ Mustaqil partiya tuzish uchun kosmik cheklovlarni saqlanib qolayotganligi;

4⃣ Xalq deputatlari institutini kuchaytirish bilan bogʻliq ishlar yetarli daraja emasligi (misol uchun moddiy taʼminot yoʻqligi, tuman/shahar hokimlari rais lavozimida qolayotgani)

5⃣ Partiyalar gʻoyalarida xilma-xilliklar, muxolif qarashlar yaqqol koʻzga tashlanmayotganligi.

?@rashidtojiboev?

4 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago