Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
People can relate to other people more when they talk about their struggles, not when they talk about their success.
Insonlar boshqa insonlarni muvaffaqiyatlari haqida emas, qiyinchiliklari yoki kamchiliklari haqida gapirganda ko'proq tushuna olishadi. Ya'ni ko'proq o'zlarini boshqalarni o'rniga qo'ya olishadi. G'alati holat. Masalan, LinkedIn platformasida ham muvaffaqiyat tarixi haqida yozilgan postlardan ko'ra, qiyinchiliklar haqida yozilgan postlar mashhurroq. Menimcha, insonlar "ha, demak bu qiyinchiliklar faqat menda emas ekan, boshqalarda ham bor ekan" deb o'ylashsa kerak.
Shu kunlarda bir masala meni o'ylantirib yuribdi. Bugun do'stim bilan gaplashganimda, uni ham shunga o'xshash narsa qiynab turganini aytdi. Demak faqat menda emaskan-da deb o'yladim. G'alati, bu ham qanaqadir qalb kasalligi emasmikan deb o'ylab qoldim. Chunki inson o'zini qiynab turgan narsa boshqalarni ham qiynayotganini eshitish unga yengillik bermasligi kerak. Bu vaziyatni xuddi imtihondan past baho olgan, lekin boshqalar ham past baho olganini eshitib xotirjam bo'lgan talabani vaziyatiga qiyosladim.
Javoblarni e’lon qilishdan oldin o’ylab qoldim. Bu kitob tanlovida hammaning javoblari yaxshi va aslida ularning javoblari ham tanlanib olishga arziydi. Shu sabab, keyingi oy yana qayta tanlov e’lon qilmasdan, bu tanlovda tanlanmagan yana 3 ishtirokchiga kitob…
Bismillah. Bu kanaldagi navbatdagi kitob tanlovini boshlayapman. Alloh bu tanlovni xayrli va manfaatli qilsin. O’tkan safargi tanlov bilan shartlari bir xil. ❕ Shartlar: Qisqa qilib aytganda qaysi kitob(lar)ni va nega o’qimoqchi ekanligingizni tushuntirib…
Bismillah. Bu kanaldagi navbatdagi kitob tanlovini boshlayapman. Alloh bu tanlovni xayrli va manfaatli qilsin. O’tkan safargi tanlov bilan shartlari bir xil. ❕ Shartlar: Qisqa qilib aytganda qaysi kitob(lar)ni va nega o’qimoqchi ekanligingizni tushuntirib…
Bismillah. Bu kanaldagi navbatdagi kitob tanlovini boshlayapman. Alloh bu tanlovni xayrli va manfaatli qilsin.
O’tkan safargi tanlov bilan shartlari bir xil.
❕ Shartlar:
Qisqa qilib aytganda qaysi kitob(lar)ni va nega o’qimoqchi ekanligingizni tushuntirib 3 ta savolga javob berish kifoya. Bu tanlovda qatnashish uchun hech qanaqa kitobni o’qish shartmas. O’zingiz o’qimoqchi bo’lgan kitoblar bo’lsa (ingliz yoki o’zbek tilida), aynan shu kitoblarni olish uchun imkoniyat bu tanlov.
Qatnashish uchun yagona shart berilgan 3ta savolga javob berish:
1. Qaysi kitobni o’qimoqchisiz? Nega bu kitobni o’qimoqchisiz? Nega bu kitob siz uchun qiziqarli?
2. Tanlagan kitobingiz sizga qanday foyda olib keladi deb o’ylaysiz?
3. Oxirgi siz o’qigan va sizga yoqqan kitob qaysi? Nega bu kitob sizga yoqqan?
Umumiy 4 ta ishtirokchi bu tanlovda g’olib bo’ladi (3 ta ishtirokchi o’zbek tilidagi kitoblarni va 1 ta ishtirokchi ingliz tilidagi kitob(lar)ni).
Bitta kitob ingliz tilidagi kitob. Qaysi kitobni o’qimoqchiligingizni o’zingiz tanlaysiz. Ya’ni ishtirokchi izlanib ingliz tilidagi shu kitobni o’qimoqchiman deb savollarga javob berishi kerak. Buning uchun ingliz tilini bu tildagi kitoblarni yaxshi o’qiy oladigan darajada bilishingiz kerak. Shu sabab iltimos, agar ingliz tilidagi kitob uchun qatnashmoqchi bo’lsangiz, ingliz tilidagi darajangizni ham yozib keting. Ogohlantirib o’tay, ingliz tilidagi kitobni Amazondan buyurtma qilaman va bunga kamida 2-3 hafta ketadi. Shunga tayyor bo’lsangiz qatnashing.
Kitoblarni o’zingiz tanlaysiz. Asosiy shartlar:
- Ingliz tilidagi tanlangan kitobni qiymati $18 dan oshmasligi kerak (+-$2).
- O’zbek tilidagi kitoblarni qiymati 150 ming so’mdan oshmasligi kerak (+- 50 ming so’m). Bitta kitob tanlamoqchimisiz yoki ikkita, umumiy qiymati shunchadan oshmasa bo’ldi.
Tanlov haqida qolgan xabarlar pastdagi postda.
Talabalik davrim juda ijodkor davrim bo'lgan. G'oyalarga va energiyaga to'lib-toshib turgan davrim bo'lgan. Biror g'oyani o'ylashda eng birinchi bu g'oya/fikr foydali bo'ladimi deb o'ylardim, buni qilsa bo'ladimi deb emas. G'oyalarimni qilish mumkinmi buni deb o'ylamasdan, ularni umuman cheklamasdim.
Talabalik davrimda bir joyda ish boshladim. O'sha korxonaga ancha yangiliklar kiritgan edim. U yangiliklar shunchalik foydali ediki, bu o'zgarishlar korxonaga o'n minglab dollarda foyda keltirgan. O'sha g'oyalarimni o'sha korxonadagi tajribasi bor kishilar bilan bo'lishganimda, buni qilishni iloji yo'q deb aytishgandi.
Keyinchalik tajribam oshib bordi va qarasam avvalgidek g'oyalarga to'lib toshmayapman. O'ylab qarasam, talabalik davrimda biror narsani o'ylasam uni qilish mumkinmi deb emas, bu g'oya rostan ham foydalimi deb o'ylardim. Foydali bo'lsa, uni qilish yo'li albatta topiladi deb o'zimni g'oyalardan umuman cheklamaganman. Tajribam oshgan sari pessimistroq bo'lib boshladim. Endi birinchi o'ringa buni qilish mumkinmi degan savol chiqib qolgan ekan. Shu narsani asta o'zgartirishga harakat qilyapman. Chunki hozir imkoni bo'lgan ishlar ham qanchadir vaqt avval imkonsiz bo'lgan.
Juda qiziq holat. Tajriba har doim ham ijobiy bo'lavermaskan. Ba'zan tajriba insonni qo'rqoqroq qilib qo'yarkan. Tajriba bizga o'tmishda biror narsa o'xshamadimi kelajakda ham o'xshamaydi deydi. Shu sabab tajriba g'oyalarni ham cheklab qo'yarkan. Shu sabab ham ijodkorlikka kelganda ba'zi korxonalar talabalarni ishga olishga harakat qiladi. Chunki ularda qo'rquv yo'q sababi ularga qo'rquv beradigan tajriba yo'q). Fikrlarini cheklaydigan tajriba yo'q.
Masalan, 7-8 yoshli boladan kim bo'lmoqchisan deb so'rashsa, kosmonavt, uchuvchi va shunga o'xshagan kasbni aytishadi. Vaqt o'tgan sari bu maqsadlar kichiklashib boradi odatda. Masalan 17-18 yoshga kelib shunchaki blogger bo'laman degan maqsadgacha kichiklashib borishi mumkin).
Inson ongli ravishda o'zini taftish qilib turmasa, tajriba uni g'oyalarini va energiyasini cheklab boshlarkan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago