Nabaviy Hadislar

Description
Nabiy sallallohu alayhi vassalam aytdilar:
"Mendan bir oyat bo'lsa ham yetkazinglar. Bani isroildan rivoyat qilaveringlar haraj (qiyinchilik) yo'q, kim menga qastdan yolg'on gapirsa do'zaxdan o'z o'rnini tayyorlayversin".

[رواه بخاري ٣٤٦١]
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 months, 1 week ago

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning huzuriga kirdilar va uning ko‘zlari ochiq holda yotardi. U zot ko‘zlarini yumdilar va aytdilarki: "Qachonki insonning ruhi olinsa, ko‘zi unga ergashadi". Shunda uning ahlidan ba’zilari yigʻlab yubordi. U zot aytdilar: «O'zingiz uchun yaxshilikdan boshqa narsani so'ramanglar. Zero, farishtalar sizlar aytgan soʻzlarga "Omin" deb turadilar". So‘ngra u zot duo qildilar: “Ey Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil va uning mavqeini hidoyat topgan bandalaring safiga ko‘targin. Ortidan qolganlarga oʻrinbosar boʻlgin. Bizni ham, uni ham mag‘firat qil, ey olamlar Robbisi, qabrda unga keng joy ber va unga nur bergin. [Bir rivoyatda]: "Uning ortidan o'rniga o'rinbosar boʻl. Ey Alloh, uning qabrini keng qilgin"- dedilar.

Roviy: Mo‘minlarning onasi Ummu Salama roziyallohu anho;

Manba: Sahihi Muslim: 920.

#Sharh:

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ustoz va tarbiyachi bo‘lganlar, jumladan, musulmonlarning biror yaqini vafot etsa, ularni sabrli qilib tarbiyalaganlar. Xossatan yaqinlar vafot etsa baland ovozda qadarga norozilikni anglatadigan so'zlardan saqlanishga chaqirganlar.

Bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salama Abdulloh ibn Abdul-Assad al-Maxzumiy roziyallohu anhuning vafot qilgan yeriga tashrif buyurganlar. U zot Abu Salamani koʻzi ochilganini koʻrgach xunuk holatda turmasligi uchun koʻzini yopib qoʻydilar. Soʻngra bayon qildilarki, insonning ruhi tanasidan chiqqach, uning koʻzi bu ruhga ergashadi va ochiq turishi endi foyda bermaydi. Oʻsha yerda turganlar uning vafot etganiga ishonch hosil qilishdi va uning oila a'zolaridan ba'zilari oʻzlariga yomonlikni tilab duo qilib yigʻladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni bu so'zlardan qaytardilar va yaxshilik so'rashga buyurdilar. Bas, islomdan oldingi davrlardagi kabi oʻzingizga halokatni tilamang, balki yaxshilikni soʻrang. Sababi farishtalar yaxshi yoki yomon duolariga "Omin" turadilar. Bu esa duoning qabul bo‘lishiga dalolat qiladi. Farishtalarning duosi ijobat bo'lib, inson o'ziga ham boshqalarga ham zarar keltiradigan narsalarni duo qilishi joiz emas. Farishtalardan murod, o'lim farishtasi va uning yordamchilari yoki oʻsha yerga tashrif buyurgan qolgan farishtalar. Bu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning o'z ummatlariga mayyitning oldida inson oʻzini tutishiga taalluqli odob ta'limotlarining bir qismidir.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning haqqiga duo qildilar: “Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil”, ya’ni uning gunoh va yomonliklarini mag‘firat et. "Uning mavqeini hidoyat topgan bandalaring safiga ko‘targin", ya’ni: unga ilgari Islomga hidoyat qilgan zotlaring kabi jannatda yuksak darajalarga koʻtar. "Ortidan qolganlarga oʻrinbosar boʻlgin", ya'ni: oilasi va farzandlarining manfaatini saqlashda unga oʻrinbosar boʻl, ularni boshqa birovga tashlab qoʻyma. “Allohim, uning qabrini keng qilgin”. Chunki qabr yo o'z egasiga kengaygan bo'ladi yoki uning uchun tor boʻladi. "Unga yorug'lik ber", ya'ni: qabridan va undan zulmatni olib tashla, bu ham qabr saodatning bir qismidir.

Hadisdan oladinadigan foydalar:
- O'liklarning ko'zlarini yumish sunnatligi;

- Yaqin vafot qilganlarg sabr-toqat va yaxshi so'zlar haqida ko'rsatmalar berish lozimligi;

- Mayyit uchun, uning oilasi va oxirati uchun duo qilish kerakligi;

- Amirlar qoʻl ostidagilarni kasallarini koʻrgani kelib turishi lozimligi;

- Inson vafot qilishi taalluqli koʻpchilik bilmaydigan ma'lumotlarni berish sunnatdan;

- Munkarni koʻrganda rad etish kerakligi, hattoki u janozada bo'lsa ham. Albatta buning oʻz fiqhi bor!

- Farishtalar inson qanday duo qilsa ham "Omin" deyishga buyurilganligi;

- Mayyit uchun birinchi soʻraladigan narsa magʻfirat ekani;

- Sizdan keyin yaqinlaringizga qarab qoluvchi eng ishonchli oʻrinbosar Alloh ekani;

- Birovga magʻfirat so'rayotgan paytida inson oʻzini ham qoʻshib ketishi joizligi;

- Keng va yorugʻ hovli dunyoda ham oxiratda ham yaxshi deb hisoblanishi.

@nabaviy_hadislar1

3 months, 2 weeks ago

#Sharh:

Islom odamlar bilan muomala qilishda go‘zal odob-axloqni targ‘ib qiladi. Ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga va muloyim bo‘lishga chorlaydi.

Bu hadisi sharifda qattiq xusumatlashuvchi insonga ogohlantirish berilmoqda. U Alloh taologa insonlar ichida eng yoqimsizi hisoblanadi. Xusumatlashuvchi inson janjalni yaxshi ko‘radigan kishi boʻladi. Alloh taolo undan nafratlanganidan unga doim gunoh yogʻilib turadi. Chunki u botil  ustida bahs yuritadi va bu haqni yo'qotishiga sabab boʻladi. Natijada haqni tutganlarga zulm qiladi va botilni qo'llab-quvvatlaydi.

Alloh taolo aytadi:

(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi, hayoti dunyoda Sizga qiziq tuyuladi. Va oʻzi (Islomga) ashaddiy xusumatchi boʻlgan holida dilidagi “iymoniga” Allohni guvoh keltiradi [Baqara: 204].

Hadis haq ustida bahslashuvchi insonga ham tegishlidir. U xatolik darajasiga ko'ra bahslashishi kerak, agar ortiqcha nizo qilib soʻng xusumatga oʻtadigan boʻlsa, ushbu hadis ostiga kiradi.

Bazilar oʻz haqqini talab qilishda ortiqcha soʻzlarni ishlatib yuboradi yoki ilmsiz tortishadi. Ular ham mana shu hadisdagi ashaddiy xusumatlashuvchi kishilardan boʻladilar.

@nabaviy_hadislar1

3 months, 3 weeks ago

#hadis:

Odamlarni ma'dan kabi ekanini ko'rasiz. Ularning johiliyat davrdagi yaxshilari islomda ham yaxshilari boʻladilar, agar ular dinda faqih boʻlsalar. Bu ish(amirlik)da eng yaxshi kishilar, uni eng yomon ko‘radiganlar ekanini ko‘rasiz. Odamlarning eng yomoni esa ikki yuzli kishilardir. Ularga bir yuz bilan, bularga bir boshqa yuz bilan keladilar.

Rivoyatchi: Abu Hurayra
Manba: Sahihi Buxoriy
Sahifa yoki hadis raqami: 3493.

#Sharh:

Odamlar bir-biridan tushuncha va fiqh darajasida farqlanadilar. Ba'zilari esa mavqei, boshqalarga ta'sir kuchi va ko'p sonli ergashuvchilari bilan boshqalardan ajralib turadi.

Bu hadisi sharifda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam odamlarning turlarini bayon qilib, "Odamlar ma'dana kabi", ya'ni: turli xil, qimmatbaho va arzon boʻlishini xabar bermoqdalar. Har bir mineraldan aslidagi narsa chiqadi va shunga o'xshab har bir insondan aslidagi izzatliligi yoki pastligi chiqadi. Agar uning asli sharafli bo'lsa, ko'pincha uning avlodi ham shunday bo'ladi. Islomda afzallik taqvo bilan oʻlchanadi va lekin unga nasl izzati qo'shilsa fazilati ortadi. Bundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, islomdan oldingi davrdagi eng yaxshi va olijanob insonlar, Islomni qabul qilib, uning asos va hukmlarini tushungan bo‘lsalar, Islomdagi eng yaxshi va eng oliyjanob kishilar boʻladilar. Eng yaxshisi islomdan oldingi davrdagi izzat bilan Islomdagi izzatni jamlagan, soʻngra unga dinda faqih boʻlishni qoʻshgan insondir.

U zot (sollallohu alayhi vasallam) amirlikka eng loyiq odamlar, uni eng yomon ko‘radiganlar ekanligini tushuntirdilar.  Ular amirlikning vojibotlari, Allohning va odamlarning haqqi  ogʻir boʻlib ketishidan qoʻrqadilar. Bir rivoyatda: “Toki unga tushmagunicha”, ya’ni: toki amirlikni yaxshi koʻrib qolsa, undan bu yaxshilik sifati yo'qoladi. Aytiladiki: “Manosi shuki, agar ular amirlikka egalik qilsalar, Alloh taolo ulardan amirlikka bo‘lgan nafratlarini ketkazadi.  Toki ular unga nisbatan o'z burchlarini ado etsinlar.  Aytiladiki: Bu yerda ishdan murod Islomdir, ya'ni odamlarning islomni eng yomon ko'rganlari islomga kirgach eng yaxshilariga aylanadilar. Masalan: Umar ibn Al-Xattob, Xolid ibn Valid, Amr ibn Al-Os, Ikrima ibn Abu Jahl, Suhayl ibn Amr, Alloh ulardan rozi bo'lsin va boshqalar...

So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallam tabiatan nopok kishilarga bir misol keltirmoqdalar. U har bir toifa odamlariga yoqadigan narsani qiladigan ikki yuzli munofiqdir. U ulardan biri ekanligini so'z va amal bilan ko'rsatadi. Soʻngra ularning dushmanlarini rozi qilish uchun boshqa yuz bilan keladi. Bu hukm yer yuzida buzg‘unchilikni yo‘lga qo‘yish uchun shu ishni qiladigan kimsalarga tegishlidir. Lekin u bu ishini ikki tarafni yarashtirish uchun qilgan bo‘lsa, bu gaplar unga taalluqli emas. Ikki yuzlilik vasfiga odamlar orasida yaxshilik va solihlikni ko'rsatadigan va o'zi yolgʻiz qolsa ma'siyatlarni tap tortmay qiladigan insonlar kiradi.

Hadisdan olinadigan foydalar:

- Insonlarni jonsiz narsalarga oʻxshatish joizligi;

- Johiliyat koʻrgan insonlardan ham yaxshi insonlar chiqishi;

- Islomga kirgach diniy ilimlarni oʻrganish lozimligi;

- Ba'zan yomon insonlardan, islomga xizmat qiladiganlar chiqishi;

- Amirlikka harislik yaxshi sifat emasligi;

- Amirlik bilan ikkiyuzlamachilik o'rtasida bog'liqlik borligi;

- Isloh uchun ikki tarafga ikki xil gapirish ikkiyuzlamachilikka kirmasligi;

- Amirlikni yomon koʻradigan insonlarni amir qilish kerakligi.

@nabaviy_hadislar1

4 months ago

#sharh:

Aqli butun erkak kishini yoʻldan ozdirish uchun yomon ayoldek qodir inson yoʻq. Shu sababdan ayol kishi soliha boʻlsa, jamiyat isloh boʻladi yoki fasodi kamayadi. Agar u buzilsa, jamiyat buziladi magaram dini quvvatli insonlarning oilasi qolishi mumkin.

Ushbu hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ummatlarini ayollar fitnasidan ogohlantirmoqdalar. Fosiqa ayollar erkaklar uchun eng zararli fitna hisoblanadi. Agar biror solih insonning ayoli fosiqa boʻlsa, erini xatarli ishlarga da'vat qiladi yoki sababchi boʻladi. Masalan: eridan dunyo talab qiladi va er shuni deb din ishlariga vaqt ajrata olmaydi. Misr vazirining ayoli ham Yusuf alayhissalomni oʻziga chorlab zino qilmoqchi boʻldi. Hatto agar u ishni qilmasa, qamatish bilan tahdid qildi. Bunday fitnalardan Alloh saqlagan insonlargina chiqa oladilar.

Shu sabab moʻmin erkak doimo Alloh taoloni arqonini mahkam ushlashi va ayol fitnasidan panoh berishini soʻrab duo qilishi kerak boʻladi.

Alloh taolo aytganidek:

Odamlarga ayollardan, bolalardan, toʻp-toʻp tillo va kumushdan, goʻzal otlardan, chorvadan, ekin-tekindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi (Oli Imron: 14).

Oyatda ayollarga boʻlgan shahvat dunyodagi barcha shahvatlardan avval zikr qilinmoqda.

Hadisdan olinadigan foydalar:

- Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga mehribonliklari va nasihat qilishlari;

- Ba'zan kuchli insonlarning fitnasi arzimas hisoblangan ashyolarda boʻlishi;

- Jamiyatda birinchi boʻlib ayol kishini islohiga etibor qaratish kerakligi;

@nabaviy_hadislar1

4 months ago
Nabaviy Hadislar
4 months ago
#303

#303

#nasihat #ayollar

Ayollar yoʻl chetidan yursinlar!

Hamza ibn Abu Usayd al Ansoriy roziyallohu anhu otasidan rivoyat qiladi, u Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga namozdan chiqib kelayotgan edi erkaklar bilan ayollar yoʻlda aralashib ketdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga aytdilar: "Ozroq kutib turinglar. Sizlar yoʻlni oʻrtasidan emas, chetidan yurishinglar kerak". Shundan keyin ayollar devorga yopishib yuradigan boʻldilar, hatto ba'zi ayollar devorga yopishib yurganisan kiyimlari devorga ilinib qolar edi" (Abu Dovud: 5272).

Sharh:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam erka-gu ayol sahobalarning holatini kuzatib, ularni isloh qilib turar edilar. Hatto har bir sinfga oʻz haqqini taqsimlab berganlar.

Ushbu hadisda ayollarning koʻchada yurish odobi bayon qilinmoqda. Ular agar koʻchaga chiqsalar, yoʻlning oʻrtasida emas, balki chetida yurishlari lozim boʻladi. Umar roziyallohu anhu aytadilar: "Menga yetib kelishiga qaraganda, ayollaringlar bozorda qul erkaklar bilan aralashib savdo-sotiq qilayotgan ekan. Ogoh boʻlinglar rashk qilmaydigan erkakda yaxshilik yoʻq" (Imom Ahmad musnadlari).

Hadisdan olinadigan foydalar:

- Sahobalarning ogʻillari ham ilmga haris boʻlishgani va otalar oʻgʻillariga hadis aytib bergani;

- Nabiy sollallohu alayhi vasallam davrida ayollar jamoat namoziga chiqqanligi. Hozir ham masjidlarda ayollar uchun namoz oʻqishga imkon boʻlsa, chiqishlari joiz. Albatta bunda shar'iy normalarga rioya qilishlari kerak;

- Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga xitob qila olganlari. Hozirda ham biror jamoaga bosh ahli ilm yoki amir koʻchada ayollardan nojoiz ishni koʻrsa, nasihat qilishga haqqi bor;

- Agar ayollar bilan erkaklar bir yoʻldan chiqib qolsa, ayollarni kutib turishi sunnatga muvofiq boʻladi;

- Muso alayhissalom ham shu sunnatga amal qilib, Shuaybning qizlarini oldida ketganliklari;

- Sahobiyya ayollarning nasihatga tez amal qilganliklari;

- Taqvo qilish kiyimni ehtiyot qilishdan muqaddam turishi;

- Nabiy sollallohu alayhi vasallam davridagi devorlar notekisligi va hatto kiyim ilinib qoladigan darajada boʻlgani.

@nabaviy_hadislar1

4 months, 2 weeks ago
#302

#302

#jihod #riyo

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Gʻazot ikki xil boʻladi. Kim Allohning yuzini xohlab, amiriga itoat qilib, qimmatli molini ehson qilib, sherigiga yengillik qilib, fasodlardan chetlansa, bas uning uyqisi va uygʻoqligining barchasi savobdir. Ammo kimdir faxr va riyo qilib gʻazot qilsa, amiriga itoat qilmasa va yerda fasod qilsa, yetarli savob bilan qaytmaydi" (Sahih Abu Dovud: 2515).

@nabaviy_hadislar1

4 months, 3 weeks ago
[#sadaqa](?q=%23sadaqa) #301

#sadaqa #301

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Har bir musulmon sadaqa qilmoqligi lozim". Bir sahobiy soʻradi: "Qodir boʻlmasachi?". U zot javob berib aytdilar: "Ishlab oʻziga foyda keltiradi va sadaqa qiladi". Sahobiy soʻradi: "Unga qodir boʻlmasachi?". U zot aytdilar: "Ogʻir holdagi hojatmand kishilarga yordam beradi". Yana soʻradiki: "Unga ham qodir boʻlmasachi?". U zot javob berdilar: "Yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaradi". Sahobiy yana soʻradi: "Bu ishni qilmasachi?". U zot javob berdilar: "Yomonlikdan tiyiladi, chunki bu ishi sadaqa hisoblanadi" (Muttafaqun alayhi).

Xulosa qilib aytganda, musulmon kishi har qanday holatda sadaqa qila oladi!

@nabaviy_hadislar1

5 months ago

#020 #taom

"Agar sizlardan biringiz ovqat yesa, tovoqning tepasidan emas, pastidan yesin. Chunki baraka uning yuqorisiga tushib turadi".

Rivoyatchi: Abdulloh ibn Abbos
Muhaddis: Al-Albaniy
Manba: Sahih Abu Dovud
Sahifa yoki raqam: 3772
Hadis hukmi: Sahih

Sharh:

Ovqatning barakali bo‘lishining sabablaridan biri insonning ovqatlanish odobiga amal qilishi bo‘lib, u odoblar qatorida Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida targ‘ib qilgan soʻzlari ham turadi. Hadisning ma’nosi: Agar toʻplanib taom yesanglar taomni tepasidan olmanglar, balki pastidan olinglar. Hadisda aytilgan uning pastki qismidan yeyishdan murod, har kim oʻz oldidan yeyishligi. Chunki taomning oʻrtasiga yaxshilik va ziyodalik tushib turadi, oz taom boʻlsa ham koʻpchilik toʻyadi.

Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilganidek: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: "Ey Allohning Rasuli, ovqatlanyapmiz-u va lekin toʻymayapmiz"- dedilar. Shunda u zot: "Nima alohida-alohida yeysizlarmi?"-dedilar. Ular: Ha, dedilar. U zot aytdilar: "Bas, taomingiz ustida to'planib, Allohning ismini zikr qilinglar" (Alboniy Hasan sanagan).

@nabaviy_hadislar1

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago