Go‘zal Abdisattorova

Description
Kambag‘allarga eng katta yordam sizning kambag‘al bo‘lmasligingizdir!
Ilmsiz jamiyatimizga eng katta yordam sizning va bizning ilmsiz bo‘lmasligimizdir!

@bintu_Sanjar
✍Yog‘du | Shamsiya | Fanoiya | Firoq-ul Shamsiya
Go‘zal Abdisattorova Sanjarovna
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago

"Nelar bo'lmas jahonda yer go'yo tez aylandi" dermidi?

Bugungi kunim ham bir talay voqealar qurshovida o'tib bormoqda. Men sizlarga eng yaxshilarini so'zlab berurmen:)

Bugun ishim erta tugaganligi sababli Samarqandni yayov kezganda deb, avtobusga chiqib oludim, biroz o'tmasdan avtobus ichida bir odam baland ovozda "Qur'on suralaridan o'qiyapti" qiziqsinib qarab qolibman "Ixlos" va "Naas" suralarini juda katta tezlikda buzib o'qidida duo qilib odamlardan pul tilanib turibdi. Juda g'alati ko'rinar ekan. (Duo ham juda tushunarsiz...)

Shu ham tirikchilikmi endi...
U odamning yoshi 40-50 oralig'ida edi. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohi alayhi vasallam "odamlardan tilanganingdan ko'ra o'tin qilib sotganing yaxshi" degan ma'nodagi hadislari bor.

Rizqimizni kafolatlab qo'ygan Alloh nomi bilan, bandalaridan tilanish yarashmaydi. Musulmon kishiga, to'rt muchasi sog'-omon kishiga tilanish yarashmaydi.

Shunday qilib men konstovardan qidirgan narsalarimni topib, yayov qaytib kelayotsam, yoshgina 7-8 yoshdagi qizaloq "Nam salfetka" sotib yuribdi ekan.

"Soqolini sotgan qaridan mehnatini sotgan yosh ortiq" deganlaridek yuqoridagi ikki holatdan xulosa chiqarsak arziydi.

Xulosalar:

  1. Ilm egasi hech qachon xor bo'lmaydi. Qachonki ilm bilan ilmni berganni topsa.
  2. Bandasiga emas egasiga yuzlanish kerak. Bandaga yugursang, yugurtiraman degan.
  3. Halol mehnat qilish, hunar o'rganishlik kerak.

"Naqshbandiya" tariqati haqida eshitganmisiz?

Naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshband rohmatullohi alayh, huzuriga muridlik istab keladigan odamlarning halol kasbi, hunari bo'lmasa muridlikka qabul qilmas ekanlar. "Tasavvuf, so'fiylik bu - tilanish emas, nafsni jilovlash va ruhni poklashdir" deya takidlab, hunar o'rganib kel deb, qaytarib yuborar ekanlar.

Hatto payg'ambar alayhis-salom(lar) ham halol kasb qilganlar...

Kundaligimning bir chekkasidan yulib uzatayapman qaynoqqina:)

01.02.25. Bintu_Sanjar

1 month, 3 weeks ago

Nega hayqirmaysan?
Bintu_Sanjar 22.01.25

1 month, 3 weeks ago

Ertalabdan uyoqqa qarasam ham "Muqaddima"  kitobini maqtayapti, buyoqqa qarasam ham shu kitobdan gap ketyapti...

Grip tekkaniga hech narsa yoqmay ko'rpa to'shak qilib yotvogan joyimdan "Gugurtga ketib" degan kinodagidek "kitobga ketib" deb yo'lga tushib kettim😅
Yo'l yurdim, yo'l yursam ham mo'l yurdim, deyish qayoqda, hamma yo'lni avtobus yurdi😂
Naqd 3 ta kitob do'koniga borib ko'rdim. Birida allaqachon sotilib ketgan ekan. Biri "bu kitob zakritga tushdi" dedi.🥲 Yonib turgan olovga suv sepadiyey... Yana bittasi bu kitob hali Samarqand ro'yi zaminga yetib kelmagan dedi. O'lsin hayhotday Samarqandda bitta kitob topilmasa-ya?😅
Dengizga borib suvsiz qaytamanmi deb, minov kitoblarni ovoluvirdim. Gugurtga ketganlar gugurtsiz qaytgan bo'lsa ham kitobga ketganlar kitobsiz qaytmaydi😁

Katta ishtiyoq bilan kitoblarni sotib oldimku-ya. O'qish uchun ishtiyoq olish esimdan chiqib ketibdi😂

Shu joyiga birovlardan o'g'irlangan juft qator gap :)
O'qib berasan deb olib qo'ygan kitoblarim bor deydiku😂

Eng qizig'i uch-to'rt kundan beri shamollab qolganimgami ishga aranag-barang borib kelib nakaut bo'lib qolayotgandim. Bugun 7ta batareka olib keldim, endi ko'ramiz hayot opa menga ne derkan😅

Negativchilarimga: Kitobni o'zim o'qib olaveraman jahongashta qilib yubormaymiz🙊

Kundan kunga yumorist bo'lib ketyapmaniiyy nima bo'lsa ham oxiri bahayr bo'lsinda:)

Bintu_Sanjar 19.01.25
#Kundaligimdan

4 months ago

11.11.2024. Farg'ona

Safar insonga ko'p narsalarni o'rgatadi. Jumladan kamchiliklarni ham otni qashqasidek qilib ko'rsatadigan ko'zgu desak mubolag'a bo'lmaydi.

Zotan bu hayotda yashar ekanmiz turli xil insonlar bilan ro'baro bo'lamiz. Ba'zan insonlar bilan dunyo qarashlar mos kelsa, ba'zan insonlarning fe'li didimizga o'tirmaydi.

Yo'llar insonlarni maqsadiga yetkazuvchi vositadir. Eng to'g'ri tanlov esa, manzilga yetguncha hamroh bo'lib boradigan insonni to'g'ri tanlashdir.

Alhamdulillah, hamrohlarim bilan tuprog'imiz bir yerdan olingandek yulduzimiz-yulduzimizga mos tushgandi:)

Ajib xotiralar bilan bir uyum tajribalarni xotiramning teshik qopiga solib, olib ketayotgandim, ko'nglimning yoqasiga yetganimda, qora o'nqir cho'nqirlarga urulib, qopimdagilar qalbimning to'riga to'kilib ketdi...?

Anashundan beri ichimda g'alayon...
Umr to'xtab turmas, yo'lga chiqasan qachon?

#safar_Fergana_1
#sahifamdan
@abdisattarova_blog

4 months ago

N25_day

Har bir musulmon kishi, xoh ayol bo'lsin xoh erkak bo'lsin 4 narsaning tarixini bilishi lozim bular qaysilar?

Manba: "Tarixi Muhammadiy"
#savol_challenge

4 months ago

N24_day

Payg'ambirimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam necha yoshligida ko'ksilari yorilib shayton nasibasi olib tashlangan?

#Savol_challenge

7 months ago

"Aslida sabr qilmoqlik ham ibodatdir"

7 months ago

Eslanmoq uchun eslamoq kerak

7 months ago

Mening nazdimda yo'llar yaxshi yo'ldoshlar bilan go'zal bo'ladi:)

Kecha shunday ajoyib kun bo'lgandi men uchun:)

9 months, 2 weeks ago

Ba'zi yopiq eshiklar oldida vaqt yo'qotmasdan, boshqa ochiq eshikdan o'tib ketaverish kerak)))

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago