Usmonip

Description
Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida


? Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere

? Iqtiboslar: @sanduvoch_uz

? Donat qivorila: https://tirikchilik.uz/usmonip

? Aloqa: @munshaotbot / @qori_ishkamba
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

6 months, 1 week ago
[#sanʼat](?q=%23san%CA%BCat)

#sanʼat

29-iyun 19:00 da Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida buyuk rassom Vinsent van Gog asarlarining reproduksiyalari jamlangan “Gʻayritabiiy van Gog” nomli koʻrgazma ochilarkan.

Koʻrgazma 29-iyulgacha naq bir oy davom etadi. Kirish 15 000 soʻm.

Manzil: Sodiq Azimov koʻchasi, 20A

@usmonosphere

6 months, 1 week ago

#tavsiya

Anchadan beri @ruhbon kanalini sizlarga koʻz-koʻz qilaman deb yurgandim.

Kirib koʻringlar, chin soʻzim, birov soʻramasidan oʻzim xohlab tavsiya qilyapman. Juda saviyali kanal.

?? @ruhbon

6 months, 1 week ago
Bugun metroda ajoyib reklama koʻrdim. Ajoyibligi …

Bugun metroda ajoyib reklama koʻrdim. Ajoyibligi uning chiroyli dizayni yoki ijodkorona yondashuvida emas, oddiygina qoʻl uchida qilingan reklama. Lekin menga ajoyib koʻringan jihati: reklama Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga tegishli ekan.

Qaysidir davlat oliygohi qabul boshlangani va mavjud yoʻnalishlar haqida reklama berganini birinchi koʻrishim. Xususiy universitetlarga gap yoʻq, ular oʻz kunini koʻrish uchun aylanib-oʻrgilib reklama berishga, koʻproq talaba jalb qilishga majbur. Davlat tasarrufidagi OTMlarga shundogʻam abituriyentlar yopirilib kelaveradi. Shu sabab ularda imij ustida ishlash, reklama va marketing haqida bosh qotirishga hojat yoʻq, deb yozgʻirardim.

OʻzJOKU ning reklamasini koʻrib xursand boʻldim. Bu birinchi qadam, menimcha. Qolgan universitetlar ham imiji haqida qaygʻursa, oʻz maskotlariga ega boʻlsa, taʼlim sifatini oshirib, qadriyatlarini mustahkamlasa, oʻzini ommaga kengroq tanitsa goʻzal ish boʻlardi.

@usmonosphere

6 months, 1 week ago
**Muhammadali marsiyasi**

Muhammadali marsiyasi
Motam manim boʻgʻzimdan
Oʻrlab borar, yaxshilar.
Ketsam kimlar ortimdan
Soʻrab borar, yaxshilar?

Boqsam, koʻngli chogʻdayman,
Dengizsiz qirgʻoqdayman,
Suvda qolgan togʻday man
Nurab borar, yaxshilar.

Dunyoga kim ham bogʻliq,
Bir menmidim bogʻlogʻliq,
Ichimda sim-sim ogʻriq
Burab borar, yaxshilar.

Koʻzda yoshim shashqator,
Bir nor yigit, koʻkda sor,
Koʻz oʻngimdan umidvor
Qarab borar yaxshilar.

Ketsam, kimlar ortimdan
Soʻrab borar, yaxshilar?!

Kamoliddin Azzamov

@usmonosphere

6 months, 1 week ago
Hozirgina shumxabar eshitdim. Muhammadali degan yigit …

Hozirgina shumxabar eshitdim. Muhammadali degan yigit bugun vafot etibdi. Yaqindan tanish emasdik, lekin loyihalarda birga ishlaganmiz, oromgohlarda birga qatnashganmiz, har qalay salom-aligimiz bor edi. Adashmasam, yigirmaga kirgandi endigina.

Kechagina vafotidan bir kun oldin oʻzi boshqa birovning vafoti haqidagi xabardan hayratlanib izoh qoldirganini koʻrdim. Yuragim boshqacha boʻlib ketdi. Bir kun keyin taqdiri nima kechishini chindan ham bilmas ekan odam.

Siyqa boʻlsa ham oʻsha gap toʻgʻri, ajal yoshga qarab oʻtirmaydi. Ertaga bormizmi, yoʻqmizmi faqat Xudoga ayon. Shuning uchun ham hozirdan yaxshi odam boʻlishga ulgurib qoling, hozirdan umringizni qadrlang.

Kimningdir koʻnglini ogʻritgan boʻlsangiz, kechirim soʻrang. Kimnidir yoʻqlamay qoʻygan boʻlsangiz, albatta, yoʻqlang. Ortingizdan yaxshilik qolishiga harakat qiling. Hammamiz omonatmiz, doʻstlar.

Oʻtganlarni Xudo rahmat qilsin.

@usmonosphere

6 months, 1 week ago
[#tarmoqdan](?q=%23tarmoqdan)

#tarmoqdan

Kecha Turkiya – Gruziya oʻyinida turklar gʻalaba qozondi. “Real Madrid” futbolchisi Arda yana sehrgarligini koʻrsatdi.

Hozirgina Instagramdagi “Real Madrid” profiliga kirdim. Klub ijtimoiy sahifalarida adminlar Ardani tabriklab post qoldirishibdi. Izohlarni oʻqib chiqdim. Bunisi diqqatimni tortdi: “Turkcha yozing, zotan e-tarjimon bor”.

Buni yozgan kishi esa, Arda Gyulerning eski klubi “Fenerbahche” mutasaddilaridan — prezentator, kommentator ekan. Bu hech qachon mustamlaka boʻlmagan avlodning xarakteridir?! Rostan ham Vatan tuygʻusi mutloq ozod yashagan nasllarda kuchliroq, muazzamroq boʻlar ekan. Nasllarimizni ozod va xorij inson etib tarbiyalaylik!

© Islom Ibodulla

@usmonosphere

6 months, 1 week ago

#mulohaza

Meni bir narsa anchadan beri oʻylantiryapti. Negadir bizda aforizmlar va hikmatlardan iborat kitoblarning bozori chaqqon emasday, talab kamday tuyuladi. Shu sababmikan, bunday nashrlar ham kam.

Yaqinda iqtiboslar joylab boradigan kanalimda obunachilarga “Aforizmlardan iborat kitoblarni sotib olarmidingiz?” degan savol bilan yuzlandim. Koʻpchilik yoʻq deb javob qaytardi.

Ilgariroq Jubron Xalilning boshqa asarlariga qoʻshib “Qum va koʻpik” nomli aforizmlar toʻplamini ham chiqarsak-chi, deganimda noshir rad qildi. Demak, savdosi koʻngildagidek boʻlmaydi.

Oʻzim esa bunday kitoblarni juda yoqtiraman. A. Muxtorning “Tundaliklar”, Oʻ. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”, A. Qahhorning “Hikmatlar” va hokazo asarlaridan zavq olaman. “Ibrohim Haqqul haqiqati” ham bor, unga ham buyurtma berib qoʻygandim. Undan tashqari, “Sharq mutafakkirlaridan hikmatlar”, “101 mumtoz/zamondosh faylasuf” “Jaloliddin Rumiy: Hikmatlar” kabi kitoblar ham ayni tipda.

Jahon adabiyotida ham Dostoyevskiy, Tolstoy, Mark Avreliy, Nitshe, Shopengauer kabilarning purmaʼno soʻzlari jamlangan toʻplamlar uchraydi. Baʼzilari uyoq-buyoqdan terilgan, baʼzilari esa atay shu uslubda yozilgan. Misol uchun, Kafkaning “The Zürau Aphorisms” kitobini doʻsti tuzgan. Jubron Xalilning “Qum va koʻpik”, Nassim Talebning “The Bed of Procrustes”, Stanislav Yeji-Letsning “Taralmagan oʻylar”, Antonio Porkyaning “Nidolar” kabi asarlari esa avvalboshdan hikmatlar koʻrinishida yozilgan.

Lekin faqat katta avlod va jahonga mashhur adiblargina aforizmlar yozgan deb oʻylamang. Zamondoshlarimiz Shuhrat Orif va Farmon Toshevlarning ham chiroyli hikmatnamo bitiklari bor. Qolaversa, rahmatli Sharof Boshbekovning asarlari va suhbatlaridan terib chiqsa, eh-he, qalingina aforizmlar toʻplami dunyoga kelardi.

Menga qolsa, bunday kitoblar koʻpaygani yaxshi. Shunda mualliflarning yangi qirralari kashf etilardi yoki ora-orada ogʻir mutolaadan soʻngmi, ish oralabmi toʻrtta-toʻrtta oʻqishga juda qulay “desertlar” dunyoga kelardi. Ijtimoiy tarmoqlarda tiqilib yotgani-ku mayli, lekin tarmoqdagi hammasi ham ishonchli emas, Rumiy bilan Konfutsiyning aytmagan gapini ham yopishtiraveradi baʼzilar.

Xoʻsh, endi shu mavzuda sizning fikringiz qanday? Aforizmlar toʻplangan kitoblarni sotib olasizmi yoki kerak deb hisoblaysizmi?

@usmonosphere

[​](https://telegra.ph/file/173c982582010edb1a7e1.jpg)[#mulohaza](?q=%23mulohaza)
6 months, 1 week ago
Insonning hamma xatolarining mohiyati toqatsizlik, izchillikdan …

Insonning hamma xatolarining mohiyati toqatsizlik, izchillikdan barvaqt voz kechish, soxta ishga diqqat-eʼtiborini qaratishdadir.

Frans Kafka

@sanduvoch_uz

6 months, 2 weeks ago
[#parcha](?q=%23parcha)

#parcha

​​— Haqiqiy shoir Yesenin edi! Xalqni ham, oʻgʻrini ham oʻylardi. Senlar Stalinni maqtashdan boshqa nimani bilasanlar? Gapirishga ham qoʻrqasanmi? Senlarni hammangni qamash kerak... Xafa boʻlma, ogʻayni, hammang bichilgansan.

© Shukrullo, “Kafansiz koʻmilganlar”

P.S: foto muallifi Javhar opamgila

@usmonosphere

6 months, 2 weeks ago

Odamlar tarjimonning qadri qancha qimmatga ishlashiga qarab belgilanadi, deb oʻylashadi. Bir tomondan toʻgʻri, yaxshi tarjimon yaxshi haq oladi. Lekin tarjimonning salohiyati doim ham sahifasiga necha dollar olishi yoki nechta kitobni sharillatib oʻgirib tashlagani bilan oʻlchanmasligi kerak.

Faylasuflarga oʻxshab gapni uzoqdan boshlaganimning sababi bor. “Zabarjad Media” nashriyoti bilan hamkorligimizni maqtanmoqchiman. Yuqorida tarjimonning qadri unday emas, bunday boʻlishi kerak deb vaysaganim shundan.

Xabaringiz boʻlsa kerak, birinchi tarjima kitobim “Zabarjad Media” tomonidan chop etilgan. Taklifni ustozim, opam, nashriyot rahbari Maʼmura Qutliyeva bergan. Shu taklif bahona boʻlib, kitobi chiqqan tarjimonga aylandim. Kitob koʻpchilikka juda maʼqul keldi. Qaysidir kuni universitetda bir ayol bilan toʻqnash kelib qoldik. Ayol bolasiga yaqindagina oʻqib tugatgan kitobini men tarjima qilganimni aytdi. Bolakay tarjimon oʻzi nima vazifa bajarishini bilmasa kerak, lekin baribir kitob yoqqanini aytdi, rahmat dedi. Koʻnglim juda koʻtarildiki, taʼrifga til ojiz.

Bular-ku tashqaridagi gaplar. Lekin “Zabarjad Media” nashriyoti har doim menga yaxshi munosabatda boʻladi, har doim qoʻllab-quvvatlaydi, har doim mehnatimni qadrlaydi va har doim xuddi oʻsha bolachadan rahmat eshitganday koʻnglim koʻtariladi.

Koʻzingiz tushgandir, yaqinda nashriyot kanalida barcha tarjimonlar haqida postlar tayyorlashdi. Boshqa nashriyotlar hali bunday tashabbus qilganini koʻrmagandim. Aminmanki, bundan barcha tarjimonlarning koʻngli togʻday koʻtarilib, bir qop-bir qopdan semirgan!

Salimov aytganidek, chindan ham bugun “Zabarjad Media” atrofida yaxshi tarjimonlar yigʻilgan. Hali asta-sekin yana isteʼdodli yosh tarjimonlar kashf etilib, nashriyot atrofida birlashishiga va eng sara asarlarni oʻzbek oʻquvchilariga taqdim etishiga ishonaman.

Takrorlayman: tarjimonning qadri faqatgina gonorari bilan oʻlchanmaydi. Hali bittagina kitobim chop etilgan boʻlsa-da, doim nashriyot uchun qadrli ekanimni eslatib turishganidan minnatdorman. Nasib etsa, “Zabarjad Media” bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi va bir-biridan goʻzal xushxabarlarni yetkazamiz!

Surat: Kamina va Maʼmura Qutliyeva “Bolalar va oʻsmirlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida (2022)

@usmonosphere

[​](https://telegra.ph/file/ccf9a9735175a4b710ece.jpg)Odamlar tarjimonning qadri qancha qimmatga ishlashiga qarab belgilanadi, deb oʻylashadi. Bir tomondan toʻgʻri, yaxshi tarjimon yaxshi haq oladi. Lekin tarjimonning …
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago