Munisadan...

Description
..Salqin edi u payt saharlar,
Men barini tilandim Undan.
Solgan ham U qalbga bahorlar,
Dardi ham shu yolg'iz Xudodan.

Ijodiy blog Munisadan...

Adabiyot - bu dunyoga e'tibor bermaslikning eng yoqimli yo'li

Muallif ruxsatisiz tegilmasin!
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago
[6-palata](https://youtu.be/ev7W9zrO-SI?si=7pUdh-yQBA7Txv9r)

6-palata

Axxxaaxxaaxxaaxxaaaxa
6-palatada yashayapman,
qiziq -a?
Har kuni bir qissa yozilar,
Har kun tug’iladi yangi latifa.
Kulgularim chuqur edi qayg’ularim qadar.
Eng avj pardalarda xandon otardim.
Endi kulsam, og’riq beryapti, og’riq.
Chuqur kulolmayapman...
Nafasim yetmay qolyapti,
Uxlasam, o’lib qolaman, deb o’ylayapman,
uyg’onsam, yashashni eplolmayman, deb qo’rqyapman, ona.
Jin ursin,
tug’ilgan kuningiz edi-ku bugun,
6-fevralni 6- palatada kutyapmiz, kechiring.
Qachon o’rnashgandi ko’zingizga mung,
Qachon tikilgandim nigohingizga?
Iltimos, menga yig’latadigan dori ichiring.
osmonni to’ldirib yig’lashni istayman.
Dunyoni silkitib, siltab yig’lashni.
Kulaverib charchab ketgan ekanman,
Kulaverib, og’rib ketgan ekanman,
Sezmagan ekanman, ona.

Siz esa sokinsiz,
kulgungiz va yig’ingizni ajratib bo’lmaydi.
Jimir-jimir, mayin-mayin
inja-injadir bari.
Nuqul shoshilasiz joynamoz sari.
Istig’for aytasiz mening o’rnimga.
Gunohdan tiyilmas telba qizingiz.
Qayerdanam shoir tuqqan ekansiz
Esi kam, mehri oz qiz bo’ldim, essiz….

Holimdan bexabar, mast-u mastona,
Qanday shuncha yashadim,
Nechun shuncha yashadim,
Qachon shuncha yashadim, ona?

Axxxaaxxaaxxaaxxaaaxa
Butun xalq 6-palatada yashayapti,
qizziq-a?!

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

1 month, 1 week ago

#YANGI
#IJRO

YORIJON

Hijrondan gulladi toʻrtta tomonim,
Visol deb yonmoqda bagʻrimda jonim.
Eng yaxshi oʻzingsan ham eng yomonim,
Yorijon...

Osmonga tutashib boradi yelkam,
Bilganim - senda ham nimalardir kam.
O, koʻzim koʻzingni sogʻingan ekan,
Yorijon!..

Munisa Hilol

P/s Izoh va reaksiyalaringizni kutib qolaman.😍

Instagram sahifamga obuna boʻlish esdan chiqmasin:
(@ bn muni_seemmm)

@munisahilol

1 month, 2 weeks ago

#Parcha

Ishqilib, Xudoga ayon bo'lsin-da,
Seni ich-ichimdan yaxshi ko'rishim!

Bobur Elmurod

@MunisaHilol

3 months, 1 week ago
[#Xiyobon\_Oqshomlari](?q=%23Xiyobon_Oqshomlari)

#Xiyobon_Oqshomlari

6-dekabr kuni soat 17:00 da XIYOBON OQSHOMLARIda SHE'RIYAT TEATRIda iste'dodli shoirlardan she'r tinglaymiz.

Go'zal RO'ZIYEVA,
Nurmuhammad AZIZ,
Nargiza ODINAYEVA,
Xurshid ABDURASHID

Barchangizni taklif qilamiz!

3 months, 1 week ago

Yangisi bor

3 months, 2 weeks ago

#YANGI
#PARCHA

Soching - tuman, ko'zlaring - sohil
Qay burjidan kelding dunyoni...

6 months ago

Yaxshi qolinglar??

6 months, 1 week ago
6 months, 1 week ago

#MTRK Namangan telekanalidan NOVDA filmi bo'lyapti????

6 months, 1 week ago

Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.
Yuragim yumshab ketishidan qo'rqaman.

Yashab bo'lmay qolgan yumshoq qalb bilan...

Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.

Meni qiynaydigan haqiqatlarning
omborxonasiga o'xshaydi qishloq.

Аldanib yashashga o'rganib qoldim...

Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.

Qorako'zlardagi umidning yuki
yanchib yubormasin tag'in loshimni...

Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.

Men bir tosh shaharning "komfort"lariga
hislarini sotgan odamman.

Yuzim chidamaydi qaytishga...

Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.

Biroq shaharning ham sig'dirgisi yo'q,
bilib qolgandir-da xoyinligimni...

* Qishloqqa qaytgim kelmaydi, dada.

Qishloqda odamlar yashaydi!**
Muallif: Shaxzod Shodmon

@Karamazovlar

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago