?КАТТАЛАР УЧУН!
?Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @Qoraxabar_aloqabot
☎️Реклама: @Qoraxabarda_reklama
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Тезкор янгиликлар фақатгина
@OPER_UZ 👈🏻да
Воқеа ва ходисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз👇🏻
@oper_uz_bot 👈🏽
Реклама учун 👉🏻 @oper_admin
Last updated 6 days, 16 hours ago
Расмий «ПАТРУЛ УЗ» каналига хуш келибсиз!
Фақат янги, долзарб мавзулар!
Инстаграм: http://Instagram.com/Patruluz
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: @Patrul_Aloqa_bot
Реклама: @Patrul_Admin
Last updated 1 week, 3 days ago
⚡️Aprel oyi CEFR imtihonlarida C1 darajaga harakat qilayotgan talabalar uchun kurs.
📚O‘qiladigan kitoblar:
🔹Asosiy manba Mustafo Hilaliy. How to write in arabic.
🔹Fahmul maqru' (فهم المقروء).
🔹Al-manhajul a'lamiy C1/C2 (المنهج العالمي).
🔹Nahvdan كيف تتقن النحو؟ kitobi.
🔹So‘zlashuv uchun دليل الشراكة اللغوية qo‘llanmasi.
Darsga qatnashish uchun talablar:
▪️B2 sertifikatiga ega bo‘lish yoki shu darajadagi kitoblarni o‘qib tugatgan bo‘lish.
▪️Ko‘p vazifa va bosim bilan ishlay olish.
💻Darslar haftada seshanba payshanba shanba kunlari kunlari 18.00 da. Zoom dasturida.
🗓Boshlanish sanasi: 03. 02. 25
Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy
- أولا - birinchidan
- ثانيا - ikkinchidan
- ثالثا - uchinchidan
- رابعا - to'rtinchidan
كتبت المقال أولا ثم وزّعته على أفراد اللجنة ثانيا و قمت بنشره ثالثا .
📚 How to write in Arabic
Til egasi boʻlmaganlarga arab tili oʻrgatishda zamonga mos, har tomonlama rang-barang qoʻllanmalar koʻp emas, hozircha.
Doktor Xolid Husayn Abu Amsha esa shunday sanoqli qoʻllanmalar tuzishda ustasi farang. Uning "Dalil"i allaqachon tillarda doston-u, qoʻllarda giryon.
Bugun esa doktor oʻzining Academia.edu platformasidagi sahifasiga yana bir ajoyib qoʻllanmasi – "Gapirish va yozish mahoratlarini rivojlantirish uchun suratli 100 qissa"ni joylashtirdi.
Mana oʻsha manba???
Sizlarga ham ilindim. Oling, foydalaning!
Bizning manzil:
https://t.me/arabic_burhan
Ziynat
Inson uchun poklik muhim, lekin odamlarga yaxshi ko’rinaman deb zeb-ziynatga burkanib oladiganlarni hech tushunmasam kerak. Tashqi tomondan yuksak baho berilishi, birinchi taassurotda a’lo baho olish uchun qo’limizdan kelgancha tashqi omillardan yordam olamiz. Balki bu ham kerakdir, lekin haqiqiy ziynat nazdimda boshqacha.
Men haqiqiy ziynat deganda, qalb ziynatini tushunaman. Biz qalbimizni poklik, halollik, yolg’on ishlatmaslik, aldamaslik kabi ezgu fazilatlar bilan ziynatlashimiz kerak.
Eng yaxshi ziynat bu inson uchun go’zal xulqdir. Insonlarga o’lchov berishda biz uchun undan yaxshisi bo’lmasa kerak.
Bir piyola choy
O‘zimcha qilgan xulosalarimdan.
Kichik kuzatishlarimdan shu ma'lum bo‘ldiki, ulug‘ zotlarga, katta ustozlarga talabaning nechog‘lik o‘qib tashlagani, yorvorgani, suv qilib ichib tashlagani unchalik muhim emas.
Balki, ularga talabaning birinchi o‘rinda axloqi + tirishqoqligi muhim.
Alloma Muhammad Avvoma hazratlari: "Keladigan talaba odobli bo‘lsin. Ilmi o‘rtacha bo‘lsa, ilmli qilib olaman. Faqat axloqi bo‘lsin" - degan ekanlar.
Darhaqiqat, odob-axloq, davomiylik, tirishqoqlik bilan inson qancha marralarni zabt etgay.
Talabaning o‘ta darajada tez qabul qilishi ham emas, balki muttasillik bilan qiynalsa-da, to‘xtatmasdan ta'limni davom ettirishi muhim.
Yaxshi olim bo‘lish uchun, albatta, ko‘p bilish muhim.
Lekin undanda ahamiyatlirog‘i bilganiga qancha bo‘lsa ham amal qilishi muhim.
To‘rtta, beshta kitobni ko‘rib qo‘yib olimu zamon, allomayi vallomat yasab olish, uncha-muncha odam bilmaydigan kitoblarni nomini qaytarib yurish emas, bir piyola choyni samimiyat bilan ichib, ko‘rishganda chiroyli tabassum bilan gaplashish muhim.
Gaplashayotgan insonning saviyasiga monand chiroyli, sunnatga munosib muomala qilish muhim.
Dunyoda ketayotgan moda (ijtimoiy tarmoqdan olindi) deymizmi, trend deymizmi, ustuvor qadriyat deymizmi, avvalo, hazrati inson bo‘lish muhim.
Yaxshi olim bo‘lish uchun ixlosli amal muhim.
Sof qalb, toza niyat, muhabbat, samimiyat muhim.
Alloh barchamizni qalblarimizni g‘illi-g‘ashlik, qalbiy xastaliklardan poklasin.
Ilm va amalga oshiq, ixlosli bandalaridan qilsin.
Nabiydan so‘rdi bir so‘rg‘uvchi banda,
Yomonlarning yomoni qaysi inson?
Javobin bermadi anga o‘shal on.
Uch ayg‘on so‘ng javobin berdi oniy,
Yomon olim yomonlarning yomoni.
Yana aydi o‘sha hamrozi mahbub,
Ki xo‘blarni xo‘bi ham olimi xo‘b?
Dedi Payg'ambari olamgʻa hodiy,
Erur do‘zaxda bir shiddatli vodiy.
O‘shal vodiyni huznul jubb ato der,
Riyolik qorilar joyi u vodiy.
Jahannam to‘rtla yuz qatli andin,
Panoh istar Xudoye zul manandin.
Xudovando yirogʻ etgin riyodin,
Ayirma sidqi ixlos-u rizodin.
⚡️Yangi kursga qabul. Kurs shakli: O‘qib tushunish va grammatik ko‘nikmalarni takomillashtirish uchun maxsus kurs.
Kursdan qilingan maqsad:
arab tilida yozilgan arab yoki jahon adabiyotining sara 30 dan ziyod asarlarini o‘qib tushunish;
badiiy tarjima ko‘nikmasini shakllantirish;
grammatik ko‘nikmalarni o‘qib tushunish asnosida mustahkamlash;
kitobxonlikni targ‘ib qilish.
Ishtirokchilarning takliflaridan kelib chiqib mutolaa uchun yana adabiyotlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin.
Kimlar uchun: Darsda qatnashish uchun o‘rta bosqichdagi kitoblarni o‘qib tushuna oladigan;
o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishni xohlovchilar;
nahvdan fundamental bilimlarga ega;
keyinchalik faoliyatini ta'lim va tarjima sohasida davom ettirmoqchi bo‘lganlar;
arab tili ixlosmandlari;
Arab tili o‘qitiladigan ta'lim muassasalari va C1 sertifikatini qo‘lga kiritgan talabalarga qatnashish uchun ustunlik beriladi.
Dars kunlari: Dushanba, chorshanba, juma kunlari.
Kursda qatnashish uchun quyidagi savollarga aniq javob bergan holda @Mutarjimarabiy manziliga yozib qoldiring.
Bismillah...
Bir necha hafta oldin balog‘at fani haqida tasavvur beradigan risola yozishni boshlagan edim. Bugun shu ish nihoyasiga yetdi. Bunga tavfiq bergan Zotga hamd, sababchi bo‘lgan o‘quvchilarimga tashakkur aytaman! Bu risola balog‘at ilmiga «kirish» sanaladi. Uni o‘qib siz «Fan muqaddimasi» bilan «Kitob muqaddimasi» orasini ajratib olasiz. Balog‘at mavzulari va maqsadlari, eng muhim atamalarining ta’riflari bilan tanishib chiqasiz. Risola balog‘at fanini endi o‘rganmoqchi bo‘lib turgan talabalarga manzur bo‘ladi degan umiddaman! _________________________________
? Risola nomi: «Balog‘atning ikki - fan va kitob muqaddimasi haqida risola»(رسالة في مقدمتي البلاغة علما وكتابا)
? Til: arabcha
✍️ Muallif: Shamsuddin Sadruddin
? Risola hajmi: 10 sahifa
? Mavzusi: *balog‘at
Kitobxondan iltimos, risolada uchratganingiz har qanday xato-kamchilik haqida bizga xabar qiling:* @Bayanul_lisan_bot@Bayanul_lisan
?КАТТАЛАР УЧУН!
?Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @Qoraxabar_aloqabot
☎️Реклама: @Qoraxabarda_reklama
Last updated 1 month, 2 weeks ago
Тезкор янгиликлар фақатгина
@OPER_UZ 👈🏻да
Воқеа ва ходисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз👇🏻
@oper_uz_bot 👈🏽
Реклама учун 👉🏻 @oper_admin
Last updated 6 days, 16 hours ago
Расмий «ПАТРУЛ УЗ» каналига хуш келибсиз!
Фақат янги, долзарб мавзулар!
Инстаграм: http://Instagram.com/Patruluz
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: @Patrul_Aloqa_bot
Реклама: @Patrul_Admin
Last updated 1 week, 3 days ago