O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI | SHOHRUX ARABJONOV

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year ago

LOLAQIZG'ALDOQ (O'XSHATMA)

Mendan nima qolar:
Ikki misra she'r
Ikki sandiq kitob
Bir uyum tuproq
Odamlar ortimdan
Nima desa der
Men seni oylayman
Ozimdan koproq
Lola lolajonim
Lolaqizgaldoq

Seni izlab necha
Toglarni kezdim
Mana keldim qani
Quchogingni och
Qon bagring, egilgan
Boshingdan sezdim
Sen ham bir men kabi
Sirdoshga muhtoj
Xo'rsinma bas gulim
Quvonch ila boq
Lola, lolajonim
Lolaqizgaldoq

Darding menikidan
Ming chandon ogir
Ochilding, yashnading
So'lar kun yaqin
Men hali navqiron
Go'yoki Tohir
Ishq o'tini dard deb
Yuribman tag'in
Sevgim pok o'rikning
Gulidanda oq
Lola lolajonim
Lolaqizg'aldoq

O'ksinma chunki sen
Qalbimda mangu
Yashaysan toki men
Dunyoda borman
Avlodlar bilgaylar
Hech chekma qaygu
Sen anduh cheksang gar
Men ham abgorman
Biz hali dillarda
Yashaymiz uzoq
Lola lolajonim
Lolaqizgaldoq

Yondim, bo'ldim yorning
Hajrida figor
U sira tortmadi
Aslo mendek g'am
Alam qilar sevgim
Bilmadi gulyor
Na dardim eshitdi
Bironta odam
Nahot adolat yo'q
Qadrsiz ushshoq
Lola lolajonim
Lolaqizgaldoq

Xudo xohishisiz
Hech bir ish bitmas
O'zidan bo'lmaydi
Hatto tasodif
Bu bir kam dunyodan
Ko'nglimiz to'lmas
Dardga dard qo'shilar
Bo'lmasdan forig'
Haqiqat yiroqdir
Biz undan yiroq
Lola lolajonim
Lolaqizgaldoq

Gulim, senga dildan
Sirim ochayin
Aytayin qaddim dol
Qilgan dardlarni.
Mayliga bagringda
Ko'z yosh sochayin
Chiqarib yuboray
Qalbdan gardlarni
Falak titrar qilsam
Fig'on, cheksam oh
Lola lolajonim
Lolaqizgaldoq

Istamasman aslo
O'lishni men ham
Dunyoda yo'qlikni
Qilolmam xayol
Bu haqda o'ylasam
Ko'zlarimda nam
O'ylab entikaman
Qolmaydi majol
Shamolsiz sadosiz
Yurakda titroq
Lola, lolajonim
Lolaqizgaldoq

Sevgilim eslasam
Bag'rim o'rtanar
Boshqacha uradi
Uni ko'rganda
Netay so'zlolmasdan
Tilim qiynalar
Shunday bo'lar ekan
Qattiq sevganda
Sevgim buyukligi
Cheksizdir biroq
Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq

Vaqt - oqar suv, o'tar
Hech ortga qaytmas
Umr - kamalakdir
Mavhum, noma'lum
Qanday yashamoqni
Hech kim aytolmas
Inson bu jumboqni
Yechmoqqa mahkum
Kimdir sodda yo'lda
Kimdir qiyinroq
Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq

Muhabbat bog'ini
Kezdik ko'p bora
Lekin undan to'yib
Nafas olmadik
Boshga ish tushsa ko'z
Ko'rar nachora
Sevdik devonavor
Erisholmadik
Dunyo shunday bo'lgan
Bo'ladi shundoq
Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq

O'ylar bir xil yana
Kunlar ham bir xil
Kutmoq bir xil lekin
Visol boshqacha
Sabrga bardoshli
Jur'atsiz ko'ngil
Sukut saqlar ekan
Necha yoshgacha
Eh, so'nggi pushaymon
Bo'ladi kechroq
Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq

SHOHRUX ARABJONOV

1 year ago

? #yaxshi_kayfiyat

?Talabalarnomidan dekanlar uchun maxsus qo'shiq

✈️ Talabalarga yuborib qo'yamiz

P/s: rekasiya qoldiring :)

1 year ago

Isib borayotgan dunyoni halokatga yuz tutishdan asrash uchun global isish darajasini 2gradusdan pastda ushlab turish ģoyasini ilk bor 1975-yil AQSHlik iqtisodchi Uilyam Nordhauz ilgari surgan Berilgan gap yuzasidan tóģri javobni toping A) tóldiruvchi kesimga nisbatan bevosita tobelangan B)ega ot kesimga tobelangan C)sabab holi tóldiruvchiga bilvosita tobelangan D)1órinda sifatlovchi aniqlovchi maqsad holiga bevosita tobelangan

1 year ago

Qaysi gapda tire bir xil punktuatsion qoida asosida qòyilgan? 1. Odam qòli -gul, chòlni bòston qiladi. 2.Tòy - tegishliniki, hayit - barchaniki. 3 .Uyda qadam bosgani joy yòq - hamma yoq òyinchoq 4.Til yòq - millat yòq. 5.Qòllar ishlar - tez, mòjizakor. 6.Suv keldi - chòllarda hayot boshlandi.
A) 3,4, 6 B) 1,4,6
C) 1,2,5 D) 1,3,5

1 year ago

Berilgan gap haqidagi to‘gri fikrni toping. Elektron va komyuter texnikasi sanoati obyektlari,ta‘lim va ilmiy tadqiqot markazlari to‘plangan,yuqori malakali mutaxassislar,ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo‘shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o‘zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. A)Qaralmish o‘rin holiga bevosita tobelangan. B)Ravish holi kesimga to‘g‘ridan to‘gri tobelangan C)O‘rin holini o‘ziga bevosita tobelantirgan bo‘lak ega oldidan kelib aniqlovchi vazifasini bajargan. D)Ravish holi aniqlovchi bilan o‘zaro tobe-hokim munosabatga kirishgan.

1 year ago

Berilgan gap haqidagi to'g'ri fikrni aniqlang. Onaxonimiz ta'rifga sig'maydigan ayol edilar, shuncha odam majburlikdan kelgani yo'q. A) Ravish holi ot kesimga to'g'ridan to'g'ri tobelangan. B) Daraja-miqdor holi egaga bevosita bog'langan. C) Vositali to'ldiruvchi kelasi zamon sifatdoshiga bevosita tobelangan. D) Fe'l kesim sabab holini tobelantirgan.

1 year ago

Berilgan gap haqidagi to'g'ri fikrni aniqlang. Onaxonimiz ta'rifga sig'maydigan ayol edilar, shuncha odam majburlikdan kelgani yo'q. A) Ravish holi ot kesimga to'g'ridan to'g'ri tobelangan. B) Daraja-miqdor holi egaga bevosita bog'langan. C) Vositali to'ldiruvchi kelasi zamon sifatdoshiga bevosita tobelangan.

1 year ago

I.Eshik qulf bòladi , óģri esa deraza orqali kiradi
II.Kecha darsdan chiqib parkka bormoqchi edik ammo kech qoldik
III.Jinoyatchi boģdan aylanib ótadi va oshxona orqali uyga keladi 1-ótimsiz fe'l 2-kelasi zamon 3-ótimli fe'l 4-kelasi zamon shaklida ótgan zamon fe'li 5-ótgan zamon shaklida kelasi zamon fe'li 6.sof fe'l A)3,6 B)1,4 C)1,5 D)5,6

1 year ago

I. Bir to'yda Gulandomga ko'zi tushadi- yu, halovatini yo'qotadi. Yotsa ham, tursa ham, ko'zidan Gulandom ketmaydi.
II. Ko'cha tomondan traktorning kelib to'xtagani eshitiladi. Ko'p o'tmay bir qop narsani orqalab Qo'chqor kirib keladi.
1. Kelasi zamon ma'nosidagi fe'l mavjud.
2Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi mavjud.
3.III shaxs birlikdagi fe'l mavjud 4. Bo'lishsiz fe'l mavjud.
5. Ravishdosh shakli.
6.O'timsiz fe'l mavjud.
A) 3,4,6 B) faqat3,4
S) 1,4,6 D) 3,4,5

1 year ago

Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe'l shakklarini aniqlang. I.O‘tgan ming yillikda dunyo tillarining 500 tasi o‘lik tilga aylangan bo‘lsa, oxirgi yuz yillikda esa 1000ta til tarix qa‘riga singib ketdi. II.Hozir aytmoqchi bo‘lgan so‘zlarimni aql chirog‘ingdan o‘tkazib,tafakkur elagida saralab,diqqat qulog‘ing birla eshitib,yuragingga joylab qo‘yginki,bundan ko‘p va xo‘p manfaatlar topgaysan. III.Kech soat o‘n birdan ertalabgi yettigacha lift ishlamaydi,shuning uchun soat o‘n birgacha xonangizga chiqib olishni unutmang. 1)buyruq maylidagi fe‘l 2)qo‘shma fe‘l 3)ko‘makchi fe‘lli so‘z qo‘shilmasi 4)ravishdosh 5)o‘tgan zamon shaklidagi 6)sof fe‘l
A)1 va 4 B) 2 va 6
C) 3 va 5 D) 3 va 6

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago