Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Shunchalar sog'indim sizni onajon,
Hattoki bitta she'r yozolmayapman.
Borolmaganimdan uyalib har on,
Hatto sog'inganim aytolmayapman.
Ona suratizga qarolmayapman,
Yig'lamayman deya berganman vada.
Buzmoq istamayman, lek chidolmayapman,
Sizdek mehribon yo'q netay hech qayda.
Yomg'irim...
Osmon ancha yig'lamagandi,
Quyoshi-la kulib turgandi.
Atrof chang-g'uborga to'lgandi,
Sog'intirib qo'ygan yomg'irsan.
Kelding, yuvib dard-u alamni,
Chang-u g'ubor bosgan qadamni.
Sen uchun men oldim qalamni,
Sog'intirib qo'ygan yomg'irsan.
Vanihoyat yog'moqda yomg'ir
Ichin to'kar osmon ham axir
Har birchakda har qanday taqdir
Sog'intirib qo'ygan yomg'irsan!
Muallif:@bonuushax
Osmon yig'lar...
Yig'ladi... yig'ladi... osmon yig'ladi
Ichi to'lganidan tinmoq bilmadi
Bechora charchabdi nohaqliklardan
Kun bo'yi yig'lashdan hech ham tinmadi
Bir yengil tortvolib, kuladi yana
Kulmoqqa majburdir qilolmas tana
Insonlar taqdirin ko'ravergandan
Osonmas unga ham, yig'ladi mana
Muallif:@bonuushax
Talabalar bayram muborak!?
Birpasda o'tdibdi shoshib kun-u tun
Kelib qoldi mana sizlar kutgan kun
Talabalar sizning kunizkan bugun
Bayramiz muborak talaba yoshlar!
Qancha harakatlar samarasi bu
Oltin davr derlar bu katta baxt-ku
Butun jahon ichra kezmoqda shukuh
Bayramiz muborak talaba yoshlar!
Dugoshimga?
Dugosh bugun ekan-da,
Sening tug'ilgan kuning.
Mana yetib ham keldi,
Qara qanchalar kutding.
Biz ham shu bois seni,
Tabriklamoq istadik.
Bugun o'tirib bir-bir,
Tabrik so'zimiz yozdik.
Laziza dugoshimiz,
Qutlug' bo'lsin ayyoming!
100 yoshlarga kirgaysan,
Baxtimizga sog' bo'lgaysan.
Bugun sening kuningdir,
Mazza qilib, o'ynab-kul.
Nafaqat bugun, balki,
Doim shunday quvnoq yur.
Senni yaxshi ko'raman,
O'zimni chiroyligim.
Sizsiz dunyoda asli,
Hech topilmas boyligim.
Doim yonimda turding,
Qo'llab-quvvatlab meni.
Rahmat dugoshim, senga
Atadim men bu she'rni.
Bonu, Lazi, Shahzoda
Bir umrlik dugona.☺️
Bir birini sevadi,
Ulardeki yagona?
Mehribonim, Lazushim,
Aqlligim yaqinim.
Kerak bo'lsa sen uchun,
Fido bo'lgay bu jonim.
Faqat hech ayrilmaylik,
Doim bo'laylik birga.
Allohga shukrlarki,
Sizdek do'st berdi menga?
Saboq
She'r yozmay qo'yibman anchadan beri,
Shirin tashvishlar-la bo'lib ovvora.
Ilhom pari keldi bugun aylanib,
Qo'limga qalamim oldim men yana.
Xulosam chiqarib bugungi kundan,
Yozmoqchiman hozir bir hodisani.
Balki foyda tegar sizga ham bundan,
Ilindim bu hayot uqtirgan narsani.
Yo'lda ketyotgandim o'qishim tomon,
Hayolim chalg'itdi yo'lda bir kishi.
Qo'lida telefon, qimmat soati,
Asabiy baqirar, bordi tashvishi.
Avtobus kelguncha kuzatdim uni,
Har xil narsalarni o'yladim shu on.
Balki ayoliga baqiryotgandir,
Balki kulfat kelgan boshiga biron.
U yoqdan bu yoqqa borib kelardi,
Birozdan so'ng kishi yurdi biz tomon.
Bir so'zin bilmasdan eshitib qoldim ,
Asabiy baqirib, minayotgan on.
"Ona bo'ldi qiling, jonimga tegdiz,
Aytdim-ku baribir chiqib ketaman.
Ukamlar qarashsin endi sizlarga,
Ja bo'lmasa, pul ham berib ketaman!"
U yog'in tinglamoq istamadim hech,
Garchi u ham mindi mashinasiga.
So'zlari aylanar hayoldan ketmay,
Ahmoq baqiryapti o'z onasiga.
Ulug' zotdir axir ota-onamiz,
Baqirmoq qanday keldi qalbidan.
Shu qadar nafratim cheksiz ediki,
Borib gapirgim ham keldi ortidan.
Qaniydi borib aytsam bu she'rim,
Lekin hali yoshman, pand beradi shu.
Nima bo'lsa bo'lar baribir barin,
Tepada Allohim kuzatyapti-ku!
Insonlar iltimos bunday gunohga,
Qo'l urmang, agarda nima bo'lsa ham.
Oxiratda og'ir bo'lar jazosi,
Keyin topolmaysiz dardizga malham.
9 oy qornida ko'targan sizni,
Onangiz emasmi qiynalib tug'gan.
Ne desangiz shu on olib berishga,
Otangiz emasmi tayyorlab qo'ygan!
Balki she'rim siz-chun oddiygina she'r,
Lek saboq desangiz hech adashmaysiz.
Shunchaki unutmang bu so'zlarimni,
Erta kech bo'lganda afsuslanmaysiz.
Yaqinlarimga
Mayli ishonmanglar kelajagimga,
Ortimdan gapiring, xohlang yuzimga.
So'ngra boqing-chi bir porloq ko'zimga,
Men baribir yengilib, to'xtab qolmayman.
Onam nomin o'chmog'iga yo'l qo'yolmayman,
Gapingizni tinglab voz kecholmayman.
Bilaman osonmas, lek men tolmayman,
Men baribir yengilib, to'xtab qolmayman.
Ko'zim yetar baribir uddalashimga,
Ba'zan yiqilsam ham tik turishimga.
Mayli, xafa bo'ling, boqmang yuzimga.
Men baribir yengilib, to'xtab qolmayman.
Tanlagan yo'limni o'zim tanladim,
Gapingizni ham men biroz o'yladim.
Qiz bolaman, to'g'ri, lek yanglishmadim
Men baribir yengilib, to'xtab qolmayman.
Jurnalist bo'laman xudo xohlasa,
Barin eplayman men Alloh qo'llasa
Niyatim xolisdir, esdan chiqarmang
Men baribir yengilib, to'xtab qolmayman.
Bekorga urunmang, iltimos sizdan
Rahmat meni o'ylab, aytganiz uchun,
Bilaman men uchun qayg'uryotganiz,
Lekin men baribir voz kecholmayman,
Va'damni unutib, to'xtab qolmayman.
Ancha bo'ldi she'r yozmabman?
Noyabr
Ertalab uyg'ondik, kayfiyatlar chog'
Shukrkim yaqinlar yonda soppa-sog'
Kuz o'tib ketyapti, birpasda eyvoh
Noyabr oyining ilk kuni bugun...
Bu oyga rejalar juda ham ko'pdir,
Barchasin bajarsam, hech g'amim yo'qdir,
Allohim qo'llasa, ko'nglim ham to'qdir
Noyabr oyining ilk kuni bugun...
Kuzning so'ngi oyi bugun noyabr
Yomg'ir erkatoyi bugun noyabr,
Doim to'lin oyi bugun noyabr,
Noyabr oyining ilk kuni bugun...
Dunyo ishi
Bugunn ko‘zim tushdi, bir hikoyaga,
Qiz farzand haqida yozilgan ekan.
Shunchalar ajib his qopladi qalbim,
Nemish, qiz haqiqiy farzand emaskan.?
Naqadar yoqimsiz eshitilar bu,
Shundan ham hikoya yaratishibdi.?
Taajjublanib boqsam satr so‘nggiga,
Mazmunli bir fikr qoldirishibdi.?
O‘qib chiqdim uni men, to tugaguncha,
"Qadim tuzum"i haqda yozishgan ekan?
O‘qib, tushunibman boshini yanglish ?
Bir qizning aqliga ne kelmas ekan?
Haqiqatda asli nima bo‘lyapti?!
Yildan yil oilalar yo‘q bo‘b boryapti.?
Balki tuyulyotgandir, faqat, bu menga,
Menimcha oqibat o‘lib boryapti?
Ba‘zi insonlar bor shunchalar "razil",
Ilk farzand qiz bo‘lsa ayb ham onada.?
So‘nggida ajrashib ketyotganlar bor,
Endi o‘ylab qarang, ayb ne bolada??
Aybi tug‘‘ilgani ekanmi bevaqt,
Yoki berilgani Alloh tomondan?!?
Ey inson o‘zga kel, qara atrofga
Qanday farqing qoldi, endi "yomon"dan?!?
Ba‘zi insonlar bor farzandga zor-zor,
Sening qilayotgan ishingga qara.?
Jannat kalitlari berilmish senga,
Xo‘sh yana nedan san qilasan gina.?
Qarang hayot qanday aylanar,
Balki "oxir zamon" yaqinlashyapti?
Shunchalar noshukur bo'lgan odamlar,
Ajrimlar soni ham keskin oshyapti?
Qiz ham o'g'il qator bitta farzandda,
Asli qiz mehribon o'g'il boladan.
Har birining bordir, o'zgacha o'rni,
Alloh asrab turar turli balodan?
Shunchaki keldi-da menga ham ilhom,
Yozmoqni istadim bir dunyo ishin.
Gar qizing bo‘lsa sen, bilgin, ey inson,
Alloh yo‘llabdi da jannat kalitin?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago