Doctor Haus

Description
Founder: @Muhammad_Amin
We recommend to visit

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 6 months ago

? Reklama: https://t.me/EduRek/16

?? Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

? Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 1 month, 1 week ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 5 months ago

4 days, 20 hours ago

#Tibbiy_kitoblar *📘 Antibakterial preparatlar*

*☑️* Antibiotiklar haqida yana bir ajoyib qo‘llanma.

❇️ 👉** @Doctor_Haus_1

6 days, 18 hours ago

#Tez_tibbiy_yordam *📘* Anesteziologiya, reanimatologiya va intensiv terapiya.

☑️ 700 betli ajoyib qo‘llanma.!

☑️ Sizlarga aytsam bu kitobni topish oson bo‘lmagan, eng yaxshi kitoblardan biri.!

❇️ 👉** @Doctor_Haus_1

6 days, 22 hours ago
1 year ago

#Hikmatlar_sari

Qur’onni o‘qib chiqdim. Kitobning 90 o‘rnida Allohni bandalarining rizqiga kafil ekanini, faqatgina 1 o‘rnida shayton insonni faqirlik bilan qo‘rqitishini ko‘rdim.
Inson Robbisining 90 va’dasini unutib, shaytonni birgina yolg‘oniga aldanganini ham ko‘rdim.

**Hasan Basriy rohimahulloh

❇️ ?** @Doctor_Haus_1

1 year ago

#Tibbiy_atamalar

Apnoe - nafas olishning to‘xtab qolishi bo‘lib, tiklanadigan (chuqur nafas olganda, suvga sho‘ng‘iganda, yutinganda) va tiklanmaydigan (narkoz dozasi ko‘payib ketganda, insultda, elektr toki bilan shikastlanishda) bo‘ladi.

Dispnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, nafas olish tezligi, ritmi va chuqurligining buzilishi natijasida nafas olish qiyinlashadi. Gipoksemiya va giperkapniya natijasida kelib chiqadi. Yurak yetishmovchiligida, bronxial astmada kuzatiladi.

Taxipnoe - tez-tez "sayoz" nafas olish bo‘lib, zaharli moddalar va gazlar, freonlar bilan zaharlanganda (qonda gipoksemiya, giperkapniya va metabolik atsidoz), ba'zi hollarda isitmada ham kelib chiqadi.

Giperpnoe - tez-tez "chuqur" nafas olish bo‘lib, yuqori jismoniy va kuchli emotsional faoliyatda hamda ba'zi kasalliklarda kuzatiladi.

Ortopnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, asosan odam gorizontal yotgan holatida nafas qisilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemor majburiy holatni egallaganida (stulda o‘tirgan holat, ko‘pincha shunday holatda uxlashiga ham olib keladi) va tik holatga o‘tganida nafas olishi yengillashadi. Yurak yetishmovchiligida, o‘pka kasalliklarida (O‘SOK, o‘pka respirator distress sindromi, o‘pka shishida) kuzatiladi.

Platipnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, tik turganda kuchayadi, yotganda yengillashadi, ortopnoening teskarisi. Yurak nuqsonlarida, intrakardial shuntda, pnevmoektomiyada kuzatiladi.

Trepopnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, bir taraflama o‘pka va bronx kasalliklarida zararlangan tomon bilan yotganda kuchayadi, bemor ko‘proq sog‘lom tomon bilan yotishga harakat qiladi. Yuqorida aytilganidek bir qator bir tomonlama nafas olish tizimi kasalliklarida hamda yurak kasalliklarida kuzatiladi.

Bendopnoe - miokard infarkti, surunkali yurak yetishmovchiligi bor bemorlar oldinga egilganda kuzatiladigan nafas qisilish holati.

*❇️ ?*** @Doctor_Haus_1

1 year ago

#Sinamalar

* Valsalva sinamasi.*
Ushbu test nafas olish paytida qon bosimining o‘zgarishiga asoslangan.

Tekshiriluvchi to‘liq nafas chiqarib, chuqur nafas oladi va 15-20 sekund og‘iz-burunni yopib, nafasni ushlab turadi, so‘ngra sekin nafas chiqaradi. Bunda qon bosimining qaysi sohada o‘zgarishiga qarab, o‘sha joydagi patalogik holat aniqlanadi.

Misol uchun: yurakda qon bosimining o‘zgarishiga qarab yurak shovqinlari aniqlanadi. Ushbu test davomida ko‘krak qafasida bosim oshadi, yurakda esa pasayadi, test oxirida avvaliga yurakni o‘ng tomoniga qon oqib kelishi kuchayadi, so‘ngra chap tomoniga. Agar yurakning 2-3 zarbidan keyin shovqin paydo bo‘lsa, shovqin o‘ng tarafda, agar yurakning 6-8 zarbidan keyin shovqin paydo bo‘lsa, shovqin chap tarafga tegishli bo‘ladi.

Ushbu sinama yurak shovqinlarini, varikoselni, quruq plevritni va boshqa kasalliklarni aniqlashda qo‘llaniladi.

*❇️ ?*** @Doctor_Haus_1

1 year ago

#Shériyat

Unutma

Haromla rizqingni kirlatma!
Iymoning bebahodir, sotma!
Tavba qil, tavbasiz hech yotma!
Unutma o‘lim bor, unutma!

Qo‘rqmagin zolimning shohidan,
Sen qo‘rqqin mazlumning «oh»idan,
Ayrilma Robbing panohidan,
Unutma o‘lim bor, unutma!

Haq bo‘lsang yetarlar qadringa
Sabr et, ajr bor sabringa,
Sen yolg‘iz kirarsan qabringa,
Unutma o‘lim bor, unutma!
*©* Abror Muxtor Aliy

❇️ ?** @Doctor_Haus_1

We recommend to visit

? ELON VA REKLAMALAR ✓
? SOTING YOKI SOTIB OLING ✓
? ENG ISHONCHLI KANAL ✓
? AZOLAR JONLI AKTIF 300,000 ✓
? ID 830125650 ✓

?‍? @VODIY_BOZOR_KANAL_ADMINI

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
? ONLINE SAVDO ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Last updated 1 year, 6 months ago

? Reklama: https://t.me/EduRek/16

?? Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

? Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 1 month, 1 week ago

???
Kanalimizda judayam ko‘p foydali mahsulotlar bor, ko‘rib chiqib buyurtma berishingiz mumkin

✅ Biror bir mahsulotga buyurtma berishga qiynalsangiz yoki qandaydur muammo bo‘lsa quyidagi profilga yozing

? @Sotuvchi_A ?

Last updated 1 year, 5 months ago