Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Dugonamga aytilgan gaplar turkumidan
Oʻylab qolaman turmush, qiyinchilikchalarimiz, oila, undan keyin farzand bizni koʻp narsaga oʻrgatdi.
Oʻzimizni tushundik, hislarimizni atay boshladik, kasbimizda yangi yoʻnalishlar topdik...
Oʻzimiz oʻzimizda bor shuncha iqtidorni bilmay oʻtib ketarmidik? Tinch osuda ota uyimizda yashasak?!
Komfort zonamizdan chiqishimiz uchun shu qiyinchiliklarga tushunmovchiliklarga duch kelishimiz kerak. Ota uyda bu biroz imkonsiz edi)
chunki u yerda masʼuliyat kam, tashvish yoʻq. Miyamiz Gavayi orollarida yashagandek yashardi.
Turmush-chi?! Oooo faqat baxtli lahzalardan iborat emas albatta.
Oilali boʻlish dor ustida shodon yurgan dorboz hayoti kabi. Har lahza muvozanatni ushlab turish, oldga qarab ortni unutmay odim borish kerak, oyoq ostidq ingichka ip. Yiqilsang yer yumshoq emas..
Qiz boladir yoki yigit uning hayotida risk boʻlishi kerak. Qiyinchilik chorasizlik kerak. Shunda miya undan chiqish yoʻllarini izlaydi
TAF!24 manifestini e’lon qildi.
Yaxshi va haqqoniy insayt — menga ham ko‘p marta «bilganingni qil» deyishgan. Odatda, onang senga bu gapni aytsa, demak, aniq bilgan narsangni qila olmaysan. Sizda ham shunaqa bo‘lgan, katta ehtimol bilan.
Ajoyib xabar, yaxshi kreativ — umuman olganda O‘zbekistonda TAF! borligi meni judayam xursand qiladi. Ichki bozordagi kreativ rivojlanishi uchun, uni ko‘z-ko‘z qiladigan, raqobat uchun sahna bo‘ladigan tadbirlar judayam muhim. 10-15 yildan keyin TAF! xalqarolashib, yanayam nufuzli bo‘lib ketsa, hayron qolmayman.
Xullas, rolikni ko‘ring, TAF!’ga boring. Kelayotgan shanbani bundan-da foydaliroq o‘tkazib bo‘lmaydi.
— TAF!24 dasturi va spikerlari
— Chiptalar iticket.uz saytida
Hayit muborak ?
?
Odamlar boshqalarning qaygʻulariga, feʼl atvoriga kuyunib (kulib) muhokama qilayotganda jim boʻling deyishga istihola qilib ularning soʻzini jimmm eshitadiganlar...
— Hoy sening darding yoʻqmi? Sening yomon deydigan bir feʼling yoʻqmi? Oʻz hayotingda muammolaring kammidiki, boshqaning kechmishi bilan kuymalanib birovning uyiga tushgan oʻgʻridek koʻrinishingni nahot bilmasang? — deyolmaydiganlar...
Sizning haqqingiz bor, oʻzingizni gʻiybatdan asrashga, miyangizni yana bir muammodan avaylashga, gunohga botmaslikka... Hech boʻlmasa turib ketishga.
Bir koʻngilni avaylayman deb Alloh nazari tushadigan qalbingizni kirlatmang.
dunyo va undagi insonlar bunga arzimaydi.
Hayotingizda uchragan eng "epizodik" insonlar ham sizga nimanidir oʻrgatadi. Nimadir xulosa beradi, u xoh yaxshi xoh yomon inson boʻlsin, muhimi siz ulardan yaxshi xulosa olishingizda!
Assalomu alaykum, yerda yashaydigan marsliklar:)
Omonmisiz?
Bir kuni psixoterapevtim bilan sessiyada hijolatomuz shunday dedim: “Nimagadir qiziqsam, darrov uni biznesga aylantirish haqida oʻylab koʻraman. Xobbilarim shunchaki xobbi sifatida qolsa boʻladi-ku”. Shunda psixologim: «Это же классно, значит у вас очень развита предпринемательская жилка» — “bu zoʻr-ku, tadbirkorlik qobilyatingiz kuchli demak” deb qoldi.
Shu payt his qilgan zavqimni, anglagan insaytimning qanchalik katta boʻlganini ta’riflolmayman.
Men nuqson deb hisoblagan xususiyatni boshqa odam yutuq sifatida koʻrsatdi. Menda men koʻrmayotgan qancha goʻzalliklar bor yana?
Istaklaringiz har doim qoralanadigan, qiziqishlaringiz doim cheklanadigan muhitda oʻsgan boʻlsangiz, katta ehtimol bilan oʻzingizdagi javohirlarni koʻrmaslikka odatlanasiz.
•
Chiroyli kiyinishni xohlasangiz — “Qizim/oʻgʻlimning didi oʻsyapti” deb xursand boʻlishmaydi, “Kimni koʻziga chiroyli koʻrinmoqchisan”, “Shu ahvolimizda yangi kiyim haqida oʻylashga uyalmaysanmi” degan ayblovlar eshitasiz.
•
Biror serialga qiziqib qolsangiz — “Farzandim bu janrdagi seriallarni nega yaxshi koʻradi, balki uni jalb qilgan narsalar haqida suhbatlasharman” deb qiziqishmaydi, “darsingni qil, ekranga yopishmasdan!” degan dakki uchib keladi.
•
Kimnidir sevib qolsangiz — “Oʻziga yoqadigan odamni uchratgani qanday yaxshi, endi bir-birlariga mos kelib sogʻlom munosabat oʻrnatishsa — qanday baxt!” deyishmaydi (nimalarni tasavvir qivordim?), balki “oilangni oyogʻosti qilib, kimlarga ilakishib yuribsan?” degan doʻq-poʻpisalar ostida qolasiz.
•
Turmush qurishga shoshilmasangiz — “qanday mulohazali insonsan”, deyishmaydi, “yoshing oʻtib boryapti, bu turishda yolgʻiz oʻtasan” deya oʻz qoʻrquvlarini sizga proyeksiyalashadi.
•
Biror kasb borasida oʻqimoqchi boʻlsangiz — “hayoti borasida jiddiy qarorlar olishni oʻrganyapti” deb quvonishmaydi, “nimalarni xomxayol qilyapsan” deb hafsalangizni pir qilishadi.
Bunday holatlar yuzlab, minglab takrorlangach, qarabsizki — chiroyli xususiyatlaringiz ham xunuk koʻrina boshlaydi. Oʻzingizga ishonchingiz juda pastligi, sotsial xavotir, potensialingizni roʻyobga chiqarolmaslikdan qiynalasiz.
Yanayam salbiy tomoni — sizni yerga uradigan, kamsitadigan, cheklaydigan odamlarning munosabatiga normal deb qaraysiz. Yana tanqidlarga duch kelmaslik uchun, butun olamdan oʻzingizni yashirasiz.
Holbuki, oʻzingizdagi qadriyatlar, istaklar, hislarni namoyon qila boshlasangiz — ularni sevadigan insonlar topiladi. Sizni qabul qiladigan, gullatadigan, yaralaringizga malham boʻladigan davra, jamoa, jamiyatga intiling?
Insonda oʻtmishga talpinish bor. Balki u oldin qilgan xatolarini qayta qilmaslikni istagani uchundir.
lekin aynan oʻsha qoqilishlar sabab biz toʻgʻri yurishni oʻrganmadikmi?
Dunyoda adabiyotida bolalarni oʻz qoʻrquvlarini boshqarishlari, uni oʻrganishlari uchun butun boshli kitoblar bor. Bir necha xil.
Sening vataningda esa oʻz onalar bolalariga aytadigan:
—Ana babu kelyapti qoch, uyga kir.
Hozir sichqon tishlab oladi.... kabi bolani qoʻrqitadigan millon xil jumlalari bor?♀️
Boshingni urishga tosh shart emas.
Yaxshilar)
Assalomu alaykum
Har xil pulga, unga, bunga ochilish, bloklarni yechish kabi safsatalardan yiroq, haqiqiy psixologning kanalini tavsiya qilmoqchiman.
Kam sonli mutaxassislardan)
Xolis tavsiya ?
"Uchdan keyin kech"da aytilishicha, uyida, oilasida janjallar, notinchliklar koʻp boʻlgan bolalarning koʻzlari mayus tortib qolarkan. Ota onasi bir biriga mehribon va bu mehribonlikni farzandlari yonida bir birlariga koʻrsata olsa bu bolaga ijobiy taʼsir qilib, uning koʻzlari chaqnab turarkan.
— Nima uchun koʻzlaring mayus?
— Dunyoda bir mehribon onam boʻlishini istayman.
Mehrga toʻymagan koʻzlar mungli boʻladi. Qoʻrquv bilan ulgʻaygan koʻzlar dardli boʻladi
Oila qurish, farzand koʻrishga qaror qilishdan oldin dunyoga keltirmoqchi boʻlayotganlari bir inson boʻlib voyaga yetishini taʼminlay olishga aqli yetishi kerak insonni
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago