Arabic Ta'lim

Description
🔹Arab tilidan online darslar
🔹Arab tiliga oid foydali video materiallar va manbalar
🔹Arab tiliga bo'lgan qiziqishni oshirish
🔹Shaxsiy fikrlarni bo'lishish
⚠️ Manba ko'rsatilsin!
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

10 months, 2 weeks ago

Arabic Listening Comprehension for Intermediate Learners
https://youtube.com/playlist?list=PLsr1ERsR7y1myCVp5E5fQ06Q0R1OyTaY0&si=-aDOyr85l6YFVh-M

1 year, 2 months ago
**Shaxsiy xat (personal letter) yozish texnikasi.**

Shaxsiy xat (personal letter) yozish texnikasi.

🟤Eng avvalo imtihon topshirilayotgan shahar nomi bo'lsin: Toshkent, Andijon, Farg'ona...
🟤Shahar yonida xat yozilayotgan sana
🟤Undan so'ng bir qator pastga tushib xat yozilayotgan inson ism sharifi: Do'stim Mahmud, akam falonchi kabi
🟤Ana endi ko'pchilik ahamiyat bermaydigan nuqtaga keldik. Albatta xatni ochib beruvchi so'zlar bo'lishi kerak. Suratda keltirilgandek ism-sharifdan keyingi qatorga xat ochilish qismi yoziladi.
🟤Keyin esa mavzuga qarab asosiy qism mavzudan chetdan chiqmagan holatda yoziladi.
🟤Xatni ochilish qismi bo'lganidek, xotima ham alohida bir qator pastga yozilishi shart. Senga baxt, omad, sog'liq tilayman jumlalari aynan shu qismda beriladi.
🟤So'ngida esa chap tarafga qadrli do'sting, qo'shning, hamkasbing falonchi deb o'z ismingizni yozib tugatasiz.
🟤Xat bilan inshoni harakatsizlar yozing, erobni noto'g'ri qo'ygan bo'lsangiz xatoyingiz ko'paygani qoladi.

🟤P.S. Xatni to'g'ri strukturada yozish C1 darajadagi lug'atlar ishlatish kabi juda muhim.

✔️Surat Mustafo Lahlalining "How to write in arabic" kitobidan olindi.

*📧***@muarrib_uz

1 year, 2 months ago

Tolibi ilmni halok qiluvchi illatlar...

Maqtanchoqlik. Alloh taologa yoqimsiz illatlardan. Yuqorida aytilganidek, obro' insonga uning atrofidagilar tomonidan beriladigan baho. O'ziga-o'zi bergani emas.

Inson qadrini namoyon qilish uchun o'z o'brosini oshirishga harakat qilgan onlaridanoq bori ham bir tiyin bo'lishni boshlaydi.

O'z sharafini ko'tarishga vosita bo'ladigan ishlardan o'zini-o'zi maqtash.

Inson o'zining yaqin do'stlariga, yaqinlariga maqtanishi unda maqtanchoqlik xastaligi borligiga dalolat qiladi.

Chunki, yaqinlariga, do'stlariga, ahllariga maqtanib, notanish yoki sal uzoqroq insonlarga maqtanmas ekan, kun kelib shu notanish yoki uzoq odamlar eng yaqiniga aylansa, ularga ham maqtanadi.

So'nggida baribir bu illat namoyon bo'ladi.

Odatda maqtanish o'zini maqomini bilmaslik, kimgadir nimanidir isbotlash, kimdandir ustunligini ko'rsatishga harakat qilish, aslida unday bo'lmasa-da o'zini kimdir qilib ko'rsatish, qilgan ishidan faxr tuyish, birovga hasadini yashirish, men ham borman ?‍♂ deya e'tiborni o'ziga qaratishga urinish kabi qalbiy xastaliklardan kelib chiqadi.

Ahmoq, johil, esi past nodonlar bilan tortishish.

Imom Zarnujiy rohimahulloh o'zlarining تعليم المتعلم في طريقة التعلم (Ilm olish sirlari) kitoblarida ilm johillarni "mot" qilish, ahmoq, esi pastlar bilan tortishish uchun o'rganilmaydi deydilar.

Ba'zida ayrim talabalarning katta fiqh, aqida maktablari olimlariga qayerlardandir eshitib olgan gaplari bilan tosh otib yurganlariga guvoh bo'lamiz.

Vaholanki, siz yomonlayotgan olimning asl kitobidan bir donasini ustoz bilan tartibli o'qiganmisiz? desangiz bir bet ham o'qimagan bo'ladilar.

Achinarlisi shunday johil kimsalar bilan tuppa-tuzuk tolibi ilmlarning tortishib, bahslashib yurganlaridir. Tortishgandan ko'ra haqqiga duo qilgan manfaatlirog'dir. Yana Alloh bilguvchi.

Do'stlarini ko'pchilik ichida sharmanda qilish.

Birodarining aybi yoki xatosini o'ziga aytish yaxshilik, ko'pchilik ichida bilmay yoki qasddan mazza qilish uchun obro'sini to'kish dindagi eng og'ir gunohlardandir.

Ko'chada yoxud yaqin bo'lmagan tanishlarga Islomning tavoze, halimlik, shirinso'zlik, ehtirom, saxiylik kabi go'zal axloqlari bilan ziynatlanib, yaqinlariga, ahli oilasiga har ko'y bilan qo'pollik, katta-kichikni hurmat-izzatini joyiga qo'ymaslik, maqtanchoqlik, hasad, mensimaslik, ustidan kulish, ko'rolmaslik, qo'pol muomala qilish, dilozor gapirish kabi qabohatlar bilan muomala qilish ayni munofiqlikning o'zidir.

Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam:
المسلم من سلم المسلمون من لسانه ويده
Ya'ni, (komil) musulmon inson, musulmonlar (sharh. jamiyki insonlar) uning qo'li va tilidan salomat bo'lganidir deya marhamat qilganlar.

Insonlarga tili, qo'li bilan ozor bergan kimsa komil musulmon hisoblanmas ekan. Alloh hammamizni komil musulmonlardan qilsin.

Iqtibos. Ko'ringaningdek bo'l yoki bo'lganingdek ko'rin. Jaloliddin Rumiy rohimahulloh.

Maqolani o'qiganimizda kimnidir bizga qilgan ishini emas, balki men kimgadir shunday xatolik qilmaganmikinman degan tafakkur ila o'qisak foydali bo'libdi.

Maqsad talabalar qalbiga qorong'u kechada toshda o'rmalagan chumoli kabi shunday illatlar kirib qolishidan saqlanish, alomatlari kuzatilayotgan bo'lsa davolashga undash.

Yaqin yoru-birodarlarga ulashib qo'ying.

@arabictadriys

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid