Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Обидхон Мамадалиев

Description
Сен мени йўқотдинг, мен сени топдим!
Advertising
We recommend to visit

По рекламе - @Hymmka

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Reklama va hamkorlik bo'yicha: @oshigi_jannatim

Hamkor kanal: @xazilbek

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Сотрудничество: esaul@mediar.pro
Телега со стилем и шмотом: https://t.me/esaulstyle
Это ютуб крутой бабы: https://youtube.com/c/vika02032000
Дискорд: https://discord.gg/HPzQ85rZck

Last updated 3 days, 12 hours ago

2 years, 5 months ago

Кайфият.

Умр Оллоҳ берган энг катта неъмат,
Ортимга боқаман, қандай яшадим.
Иймон туҳфа этдинг, этдинг марҳамат.
Елкасида ҳуржи бордай яшадим.

Кўчага чиқаман ажиб нигоҳлар.
Ажиб бир одамлар, орзуси катта.
Аммо учраб турар қаршингда чоҳлар.
Индамай кетаман йўлимга шартта.

Прадоим ранги ёқмас деб нолир.
Униси Жентра миниб тўймайди.
Бир жойда туфлиси йуқлиги учун.
Боласини она дарстга қўймайди.

Бу ажиб, тескари бефойда дунё.
Пайғамбарларга ҳам вафо қилмаган.
Айт, сендан нима яхшилик кўрдим.
Унинг йўқ, сасинг йўқ бир сўз билмаган.

Майли умр ўтар, ўтар бу кунлар.
Тоза нигоҳларга чиройли олам.
Фақат юрагимни сиқади тунлар.
Деразага боқиб ётар бир одам.

Обиджон Мамадалиев
,2 декабрь чоршанба.
@obidxon_mamadaliyev

2 years, 7 months ago

——
Қушлар ташлаб кетди яшил боғларни ,
Дарахтлар қайгадир тонгдан шайланар .
Кўнглимни безатиб турган доғларни ,
Устидан калхатлар олис айланар

Бир ўзим кезаман ёлғиз оёқ йул ,
Қуёш хам уфққа чўкиб борар тиз .
Ичимда бир одам чўзиб турар қўл ,
Ичимда бир аёл йиғлайди ёлғиз .

09.04.2014

2 years, 7 months ago
Ўзбекистон ҳалқ шоири Усмон Азим билан. …

Ўзбекистон ҳалқ шоири Усмон Азим билан. Дўрмон 07.10.2021.

2 years, 7 months ago
Анвар Ботир билан дийдор.

Анвар Ботир билан дийдор.

2 years, 7 months ago
"Do'stlarim"

"Do'stlarim"

Ot ustida menga hamrohlar,
Doim haqdir aytgan so'zlarim.
Otdan tushsam, qaziydi choxlar,
Do'stingman deb yurgan do'stlarim!

Davrim kelsa yonma-yon turib,
Do'stingman deb ko'krakka urib,
Borligimda menga yuz burib,
Yo'g'imda yuz burgan do'stlarim!

Yonimdasiz gullasa bog'im,
Sizga qaynab tursa o'chog'im,
Ziyofatlar aylagan chog'im,
Uyimga in qurgan, do'stlarim!

Sizga shayton berganmi ta'lim,
Kami yo'ldan urgani ma'lum,
Betoblanib qolgan mahalim,
Sekingina "surgan" do'stlarim!

Xudo menga tanlab dard bergan,
Dard berganki, sarbaland bergan,
Yonlarida tursam qand bergan,
Ortimdan pand bergan, do'stlarim!

OLLOH boylik etganda noil,
Atrofimda bo'ldingiz moyil,
So'ng yurakka urdingiz...Qoyil!..
Yashavoring, "mergan" do'stlarim!

OBIDXON
06.10.2018.
21:00
@obidxon_mamadaliyev

2 years, 7 months ago
Qo'lingizdan tutishga,

Qo'lingizdan tutishga,
Yolg'iz o'zim haqliman!
Hammasi o'xshar tushga,
Men judayam baxtliman!

Ishqdan boshqa g'amim yo'q,
Sizdan boshqa kamim yo'q,
Ko'zlarimda namim yo'q,
Men judayam baxtliman!

Qog'oz va qalamim bor,
O'zgacha olamim bor,
Yuragimda yo'q g'ubor,
Men judayam baxtliman!

Omad yurgan yo'limda,
Baxt bor o'ngu so'limda,
Hammasi o'z qo'limda,
Men judayam baxtliman!

Meni qo'pol degan siz,
Gul bo'lmaydi tikansiz,
Siz yonimda ekansiz,
Men judayam baxtliman!

Sizdan go'zal olam yo'q,
She'rdan bo'lak nolam yo'q,
Menga yetar odam yo'q,
Men judayam baxtliman!

Noz qilasiz nega siz,
Yo'q deb boshim egasiz,
Bir kun menga tegasiz!
Bir kun menga tegasiz!
Men judayam baxtliman!

Ey, qalbimning egasi!!!

OBIDXON
02.11.2018
21:40
@obidxon_mamadaliyev

2 years, 7 months ago

Bir aqlli qiz bo'lardi shu qizning kollejiga Kitobimning taqdimotiga bordim, qarasam u qizning singlisi turibdi. Savol-javob boshlangan paytda, o'sha qiz savol berib qoldi:

Yoshlikda kim bo'lishni orzu qilgansiz?

Sevgilimning singlisiga. (hazil)

Senga aytar javoblarim ko'p,
Yolg'on aytsam, kim ham bilardi?
Savolingga eng to'g'ri javob -
Sening pochchang bo'lgim kelardi!

Opangga gul tutardim bilsang,
Mahallangda kutardim bilsang,
Ko'changga ko'p o'tardim bilsang,
Sening pochchang bo'lgim kelardi!

Yurar edim opangni asrab,
Yosh boladay quvonib, yayrab,
Mening uchun eng katta mansab,
Sening pochchang bo'lgim kelardi!

Otang bizga bo'lmaganda yov,
Bo'lmas edi qarshimizda g'ov,
O'sha qaysar otangga kuyov -
Sening pochchang bo'lgim kelardi!

Ayrildigu ko'zlarimda nam,
Yuzni ajin, dilni bosdi g'am,
Yaxshi shoir bo'lish uchun ham,
Sening pochchang bo'lgim kelardi!

Tugab bitdi nihoyat she'rim,
Sal bo'shadi dil degan yerim,
Yoshligimda opangning eri -
Sening pochchang bo'lgim kelardi!

OBIDXON
19.10.2018
17:00
@obidxon_mamadaliyev

2 years, 7 months ago
TUN

TUN

Ikki yurak, ikki dil
Bir - biriga intilar.
Derazaning roxiga
Oy nurlari tindilar.

Ikki nigoh, ikki ko'z,
Bir-biriga to'ymaydi.
Tashqarida hazonlar
Shamol bilan o'ynaydi.

Tun zim-ziyo, jimtitlik
Sukutda butun olam.
Yurakning dukurlari
Eshitilar hotirjam.

Ikki yurak, ikki dil
Bir - biriga pichirlar.
Osmon guvoh, yer guvoh
Yechilar qancha sirlar.

Xatto tunning o'zi ham,
Orom oladi bunda.
Faqat ikki yurakning
Uyqusi yo'q bu tunda.

Mayin esgan shabboda,
Daraxtlar sochin tarar.
Ikki dilga jilmayib
Derazadan oy qarar.

Uhlamaydi oymomo,
Oymomoning aqli yo'q.
Butun borliq uyquda
Ishqqa buning dahli yo'q.

Ey azizam, siz bilan
Ishq yo'lini tanladim.
Tizzangizga bosh qo'yib,
Men shularni angladim.

Bu dunyoda yashab ham
Bizlar o'zga olammiz.
Ikki yurak, ikki dil,
Biroq bitta odammiz!

OBIDXON
16.07.2018
1:30
@obidxon_mamadaliyev

2 years, 8 months ago
Обидхон Мамадалиев
2 years, 8 months ago
Бугун устоз Шавкат Раҳмоннинг таваллуд айёми. …

Бугун устоз Шавкат Раҳмоннинг таваллуд айёми. Ўтган барча устозларимизни Оллоҳ раҳматига олган бўлсин ! 🤲🤲🤲

We recommend to visit

По рекламе - @Hymmka

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Reklama va hamkorlik bo'yicha: @oshigi_jannatim

Hamkor kanal: @xazilbek

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Сотрудничество: esaul@mediar.pro
Телега со стилем и шмотом: https://t.me/esaulstyle
Это ютуб крутой бабы: https://youtube.com/c/vika02032000
Дискорд: https://discord.gg/HPzQ85rZck

Last updated 3 days, 12 hours ago