Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
✍?..... Internetdan.
? Nurmamatova Jasmina.
Yaqinlaringizga ham ulashing. Obuna boʻlishni unutmang ????
✍?Zohid Ziyo.
? Nurmamatova Jasmina.
Obuna boʻlishni unutmang ????
@yozganlarim_yozmaganlarim
???????????
? Nurmamatova Jasmina.
✍?Abdulla Oripov.
Yaqinlaringizga ham ulashing. Obuna boʻlishni unutmang ????
@yozganlarim_yozmaganlarim
??????????
Oʻzinggiz chun...?
Buncha yeldirasiz hayotning otin,
Biroz toliqqanga oʻxshaysiz dada,
Gʻamning qushlarini kesib qanotin,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
Umringiz oʻtdiku biz deya faqat,
Hayot deganlari qilmabdi shafqat,
Tashvishlarni qoʻying , bir kun, bir soat,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
Yiqilsak, zum oʻtmay suyab olasiz,
Doim baxt gullarin qalbga solasiz,
Axir buvim uchun siz ham bolasiz,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
Siz borsiz gullaydi umrim boʻgʻlari,
Dard kelsa boringgiz toʻshaysiz dada,
Siz borsiz , tegmaydi tuhmat dogʻlari,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
Qoʻlingizga naqshlar chizibdi yillar,
Qalbingizni tildi , siz qurgan dillar,
Ozgina tin oling , boʻldi-da , boʻlar,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
Oʻylamang , tugamas dunyo tashvishi ,
Shu tashvish-la , yashab oʻtarkan kishi,
Qoʻl siltang , qurisin bu olam ishi,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
Buncha yeldirasiz hayotning otin,
Dardlar qiynaganga oʻxshaydi dada,
Alam qushlarining kesib qanotin,
Qachon oʻzinggiz chun yashaysiz dada...?
✍? Nurmamatova Jasmina
Muallif ruxsatisiz foydalanish mumkin emas ❌
Yoshing oltidami yoki oltmishda,
Mayli, qay ish bilan mashg'ulsan, bandsan.
Qaysi kenglikdasan, qay muyulishda,
Baribir Vatanga farzandsan.
Barchaga bag'rini ochar shu Vatan,
Munavvar kunduzu qorong'u tunda.
U seni farzand deb olgaymikan tan?
Hamma gap shunda.
©️Abdulla Oripov
Dunyoda o'ta kambag'al insonlar bor. Ularning mol - dunyodan bo'lak hech vaqolari yo'q.
ONAMDAN XAT
___________
O'g'lim, jigargo'sham, aytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelsang bir ko'rsamu... o'lsam mayliga.
___________
Chakka o'tgan eski tomga o'xshayman,
Ko'zimdan yomg'irlar to'kilar tinmay.
Bu yorug' dunyoda bormi, bilmayman,
O'z o'g'li yo'liga intizor menday...
___________
Hayhotdek hovlida qoldim bir o'zim,
Nima xayollarga bormasman ba'zan.
Sog'misan ishqilib, qo'rqaman, qo'zim,
Podsholar haqida she'rlar yozasan.
___________
O'ynashib bo'larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she'rdan ne huzur?
Zeriksang - bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang - dashtlarda ot choptirib yur!
___________
Faqat xayolingdan chiqargin she'rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg'omni),
Axir, sen yozmasang o'sha Boburni,
Shoirning urug'i qurib qolganmi?..
___________
O'g'lim, jigargo'sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelib bir ko'tarib chiqqin hovliga.
Qo'lingda jon berib o'lsam mayliga
___________
✍ Muhammad Yusuf Sheʼri**@yozganlarim_yozmaganlarim
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago