Bolalar yozuvchisi

Description
Yozuvchi, adabiyotshunos (PhD) Sa’dullo Quronovning fantastik qarashlari 😊

Bog’lanish: @yozuvchigaXat_bot

[email protected]
https://quronov.uz
https://www.facebook.com/squronov/
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks, 2 days ago

Hayotimdagi jiddiy oʻzgarishlar taqdirning biror “hazili” bilan ro‘y berishiga oʻrganib qolganman. Ishimni necha marta oʻzgartirgan boʻlsam, doim shunday boʻlgan.

Respublika taʼlim markazidan boʻshaganimdan soʻng ilmiy ishimni yakunlab qoʻyish uchun 6 oy davomida uyda boʻldim. 2023-yilning dekabr oyiga kelib bir doʻstimning tavsiyasi bilan xususiy universitetda ishlamoqchi boʻldim. Universitet rektori bilan bogʻlanib, uchrashuv vaqtini belgiladik. Oʻsha kuni kostyum-shimlarni kiyib, qoʻlimga rezyumeni olib uydan chiqdim. Uchrashadigan vaqtimiz telegramdan rektor yozib qoldi, zarur ishi chiqib qolibdi.

Endi uyga qaytaman deb tursam Mehrinoz Abbosova qoʻngʻiroq qilib qoldi. Agentlikka taklif qilib, “Mutolaa” nomli loyiha ish boshlayotganini, loyiha rahbari men bilan maslahatlashmoqchi boʻlayotganini aytdi. Oʻsha holimda toʻgʻri Yoshlar ishlari agentligiga keldim. Agentlik rahbari Alisher Sadullaev, loyiha rahbari Sirojiddin Olimov, Mehrinoz va men biroz suhbatlashib masalani hal qilib qoʻya qoldik.

Mana oradan bir yil oʻtibdi. Oʻtgan vaqt mobaynida koʻp ishlar qildik. Masalan, 750 ta (400 dan ortigʻi roman va qissalar) kitobning audiolashtirilishiga bosh-qosh boʻldim. Umuman olganda hozir natijalar haqida yozmoqchi emasman. Oʻsha kungi taqdir “hazili”dan hamon minnatdor ekanimni yozgim keldi. Agar kelajakda biror jiddiy oʻzgarishni kutsam, taqdirning “hazili”ga albatta qarayman.

Bu oʻziga xos, gʻaroyib qonuniyat!

3 weeks, 5 days ago
3 weeks, 6 days ago
4 weeks ago

Esingizda boʻlsa, “Galaktika - 2”dagi voqealar oradan 300 yil oʻtib boshlangan edi.

Endi “Galaktika - 3” ham 300 yillik kelajakni tasvirlasa, Margol, Dumgom, Mitnik, Toʻgʻrivoylar boʻlmaydi.

Siz bunga qanday qaraysiz?

1 month ago

Oʻquvchilarim tomonidan keladigan e’tirozlardan:

  1. Nega asaringizda qiz bola qahramon yoʻq?

  2. Nega biror qahramoningiz vafot etmaydi, bolalar ayriliqni his qilmaydi?

Javobim:

  1. Qiz bola boʻlsa, Ahmad uni sevib qoladi.

  2. Haligacha javobim yoʻq.

Siz bu e’tirozlarga qanday qaraysiz?P.S
3-kitobda nimadir qilaymi?

1 month ago

“Mutolaa” milliy futbol jamoasi :))

1 month, 1 week ago
Jamoamiz ajoyib-da. Kecha xonaga endi kelib …

Jamoamiz ajoyib-da. Kecha xonaga endi kelib oʻtirsam, kastyum shimlarni kiyib olgan Sa’dullo aka telefonda jiddiy oxangda “Meni biliglarim qani? Men kap-katta odam yarim soatdan beri biliglarni kutaman. Koʻrinmayapti. Yoshlar nima qiladi unda” deb dasturchimiz Asilbekka telefon orqali e’tiroz bildirayaptilar. Chetdan qaraganda bu vaziyatda huddi million dollarlar haqida gap ketayotganga oʻxshaydi : ) Aslida esa gap million dollar emas balki millionlab biliglar haqida edi.

Bilig — mutolaa valyutasi. Endilikda, mutolaada har bir oʻqigan daqiqangiz uchun bir bilig beriladi. Bilig qadimgi turkiy tilda "ilm", "bilish", "hikmatli soʻz" ma'nosini anglatuvchi soʻz. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" asarida koʻp qoʻllangan. Ushbu toʻplangan biliglarni keyinchalik ilova ichidagi sovgʻalarga alishtishingiz mumkin boʻladi.

Asilbek kechroq ofisga kelib, barcha kitobxonlarga bir sekundiga ham hiyonat qilmasdan biliglar berilganini aytdi😅. Jamoamiz ajoyib! Sizda nechta bilig bor izohlarda yozib qoldiring.

1 month, 1 week ago
Ayni damda “MilliyTV”da koʻring.

Ayni damda “MilliyTV”da koʻring.

1 month, 1 week ago

Hozirgi yoshlar Sun’iy idrokka qattiq suyanib qolishibdi.

Kecha oʻtkazilgan tanlov shartiga koʻra, ishtirokchilar “Mutolaa” ilovasiga kirib, “Galaktikada bir kun” asarining bosh gʻoyasi haqida izoh qoldirishi kerak edi. 500 dan ortiq izoh yozilgan boʻlsa, ularning deyarli teng yarmi ChatGPT orqali yozilgan 😐

Avvaliga, AI matnlarini sezmadim. Lekin deyarli oʻxshash va bir turdagi jumlalar takrorlanavergach AI’ni tanib qoldim 😁

Doʻstlarim, Sun’iy idrokka bunchalik bogʻlanib olmanglar. U miyaning ishlashiga xalal bera boshlaydi. Oʻzingiz fikrlashni, yaxshi matn yozishni mashq qiling.

Tanlovda oddiy, sodda va samimiy yozilgan matnlargina gʻolib boʻldi.

Ming jimjimador boʻlmasin, AI matni “sovuq miya”dan hosil boʻlgani sezilib turadi.

@bolalar_yozuvchisi

1 month, 2 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago