Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 week, 6 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
❤️?
Og'riqli_mavzu
#sheriyat ❤️* ZAMONAVIY VAHSHIYLIK
Er dedi, xotiniga
Gazeta o‘qib turib:
-Arab bo'lib qolmapmiz
Yaxshiyam xudo urib.
Qara,bu vahshiylarni,
Shunaqayam bo‘larkan.
Qiz tug‘ilsa chaqaloq,
Yerni kovlab ko‘markan.
Xotin dedi:-voy voya
Qaranga o‘z bolasi.
Bu islomdan oldingi
Arablar-da dadasi.
Talonchilik,dinsizlik.
Urushqoq har qabila.
O’g‘il bolalaridan
Tuzar ekan armiya.
Qiz boladan ne foyda?
Noniga bo‘lar sherik.
Boqib boqib birovga
Bervorish aqlsizlik.
Er dedi: — Taxmin qilma
Ja unaqa emasdir.
Balki qiz uzatishning
Qiyinligi sababdir.
Ikki qiz uzatguncha,
Qul bo'lib ishlaydigan
Hali Chorsuda savdo
Hali Xitoy, Rossiya.
Olgan edik chiroyli,
Toshkentning mebelini.
Katta qudang qaytarib,
Yuborgan esingdami?
Zo‘rini olamiz deb,
Bitta domni sotdirding
Molu qizingni berib
Nima foyda ortirding.
Bitta domning puliga
Uchta uyni yasatib
Ora kunda qizingni
Yuborishar qaqshatib.
Kuyovmish qaynotasin
Mebelida yotib ham,
Uchrashganda erinib,
Ko‘rishadilar "akam"
Aytgim kelar qo‘l cho‘zib,
Qotganida ensasi:
"Qalay yumshoq ekanmi,
Turkiyaning ko‘rpasi"
Yoqdimi gilamlarim?
Yungi pati uzunmi?
Turtkilamay boshingda
Ko‘tarib yur qizimni.
Yumshoq mebellarimchi,
Tushdimi uy rangiga?
Ketlaringni qitiqlab
Qiynamayaptimi-a?
Olgan chinni buyumlar
Xurustallarim qalay?
Hali kosa sho‘rvasi
Yoqyotgandir asalday.
Qudangchi osmondalar
Bellarida doim qo‘l
Kelinning moli bilan
Uyingni yasatmay o‘l.
Deptilar almashtiring
Yostiqlarning pari kam,
Choynak piyola kichik
Likoplarning zari kam.
Seplarining ichida
Aptechkasi, dori yo‘q
Pilesos yuragidan
Bo‘lsin," — depti, ori yo‘q.
Yubordimu desamda:
"Ko‘ngling muncha mog‘or-a?
O’sha pilesosimda
Qalbingniyam tozala."
Xotin dedi: — "Ha mayli
Bo‘ldi endi dadasi."
— Kelin topib, shart qo‘ysang,
O’ldiraman onasi.
Qurbilari yetgancha
Sep qibersin, indama.
Xotin:— Menga baribir
Odamlar kuladi-daa.
Er deydi:— Bu xotinlar
Buncha o‘ch-a dunyoga?
O’tib ketdi ishlari
Xo‘ja ko‘rsin, riyoga.
Bularni bir me’yorga
O’rgatib bo'larmikan?
Yo shu "kim oshdi"sini
Qilmasa o‘larmikan?
Erkaklarni ham sekin
Qo‘llariga olishdi.
"Ha shunaqa ekan" deb
Ko‘nib qo‘ya qolishdi.
Ko‘proq pul topayin deb
Yurgan bo‘lsa qay erkak
Miyasida bir fikr:
"Qiz uzatishim kerak".
Lom mim, hatto, alifni
Bilmasak mo‘min bo‘lib,
To‘yshunoslik ilmini
Ichvorganmiz suv qilib.
Sen past bo'lib qudadan
So‘rab olma borini.
Mo‘min kishi qiynamas
Mo‘min birodarini.
Kim qudani qiynasa,
Ta’ma-la berib ozor.
Bolasin tirik ko‘mgan
Vahshiydan ne farqi bor?
U bolasin tuproqqa
Ko‘msa boqmay ohiga,
Bu qudasin ko‘myapti
Ta’ma ta’na chohiga.
Farqi shuki, ular din
Nur ko‘rmagan insonlar,
Biz-chi g‘ururga ketib,
Buzilgan musulmonlar.
Bu hoyu havaslarning
So‘rog‘i ham bo‘ladi.
Marhabo haddan oshsa
Oxiratda ko‘radi.
✍ Marhabo Karimova@Yurakdagi_Marvarid❤️*
Kuz keldi. Takroriy iforlar esar,
Qandaydir buyummi...
ko'ksimda sindi.
Qalb degan sho'rlikni xazonlar bezar,
Jonimni jafoga ko'ndirma endi.
Tuproqning isini tuyaman yana,
Tilimdan qadrdon isming ham tindi.
Kalendar boshqa-yu, dilda shu sana,
Yodingni yodimdan uzoqlat endi.
Kuzakni armonsiz qarshilab olay,
Qahvalar sovumay erisin qandi.
Yomg'irga zavq bilan mahliyo bo'lay
Tushkunlik domiga cho'mdirma endi.
Xazonlar o'rniga surating yoqdim,
Xotira uyin ham yoqolsam edi.
Kuylarning sehrida suvdayin oqdim,
Sozingga satrlar bitmayman endi.
Baxtsizing edimmi, bilmayman endi,
Baxtimni bebaxtlar qilmayman endi.
✍Marvarid...
14.09.24 22:08@Yurakdagi_Marvarid❤️*
Havas qilsa arziydi, ijodlari hamma joyda aylanayotgan aka opalarim, omadingizni bersin?**
Qo'llab yuboringlar?
❤️?
*Erta tushdi sovuq negadir –
Balki kuzak yozning qasdida.
Bahonadir mavsum shunchaki,
Dilda edi sovuq aslida...
© Ogʻabek Sharipov@Yurakdagi_Marvarid❤️*
Oqshom uchun maxsus...❤️*?@Yurakdagi_Marvarid❤️*
Xayrli tun?
Siz baxtim deya Zeboxondan umr yo‘ldoshiga
TABRIKLAR DILISXORI
✨ ???????? | *? Yurakdagi marvarid ? Ijodiy kanal*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 week, 6 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago