Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
EP: Andijonlik fuqarolar issiqlik tizimi muammosidan norozi
"Assalomu alaykum, jonkuyar ELTUZ jamoasi!
Sizlarga Andijon shahar 2-mavze, 35-uy fuqarolari nomidan murojaat qilmoqdamiz!
Bizning uylarga joriy yil boshlarida markazlashgan issiqlik tizimiga ulanish maqsadida har bir xonadonga radiatorlar o‘rnatilgan edi. Biroq, mana, qishning sovuq kunlari yaqinlashib kelgan bo‘lsa-da, hali ham markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanishdan darak yo‘q. Aksariyat 2-mavze uylarida hozirda tizimlar ulanib, isitish ishlamoqda.
Biz bu masalada murojaat qilsak, "quruvchi yo‘q, quruvchini topish kerak", degan turli bahonalar aytilmoqda. Axir, biz quruvchini yollamagan bo‘lsak, uni qayerdan topib beramiz? Agar quruvchilar ishni to‘liq bajarmagan bo‘lsa, fuqarolarning nima aybi bor? Bunga javobgar hech qanday mas’ul tashkilot bormi yoki yo‘qmi?
Sizlardan iltimos, mazkur masalani nazorat qiluvchi organlarga yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘raymiz. Sizlar bu muammoni yoritib bermasangiz, xalq ichiga kirmagan Andijon shahar hokimiyati rahbarlari bu 2-mavze, 35-uyda yashovchi 64 ta xo‘jalikning ahvoli, qishda qanday yashashi va ishlamaydigan odamlar elektr energiyasi limiti bilan qanday to‘lovlarni qoplashi haqida bilmay yuraveradi.
Hurmat bilan, 2-mavze, 35-uy fuqarolari."
@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: “Kolodes”dan sizib chiqayotgan iflos suv uyimgacha kirib kelyapti”
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidan murojaat yo‘llayapman. “Kolodes”dan sizib chiqayotgan iflos suv uyimgacha kirib kelyapti. Devorlarim zaxlab ketgan. Devor qulab tushsa kim ta’mirlab beradi? Noxush hid, yoqimsiz manzara. Yosh bolalarim bor. O‘zim homiladorman. Iltimos, mutasaddilar sanitariya-gigiyena holatiga zid vaziyatni bartaraf etishsin”.
@eltuzportali - muammolar yechimi!
EP: Buxoro shahrida issiqlik tizimi muammolari
"Assalomu alaykum, Eltuz jamoasi. Buxoro shahridan murojaat yo'llayapman. Murojaatim shundan iboratki, kanalizingizga buxorolik fuqaroning murojaatidan so'ng go'yoki issiqlik tizimi yoqilgandek bo'ldi, lekin umuman issiqlik yo'q. Uylarimiz sovuq, bu ham kamlik qilgandek, issiq suvdan loy aralash zang oqib kelmoqda. Suv uchun qo'yilgan nasos esa bir kunda ishdan chiqdi. 2 kundan buyon ahvol shunday.
Zangli suv bo'lsa ham yuzimizni yuvib olaylik desak, aksiga olib suv hatto iliq ham emas. Bizning sodda xalqimizning andishasini suiiste'mol qilish yaxshi emas. Zang ketsin deb 1 soat suvni ochib qo'ydim, lekin foydasiz. Hisoblagich esa pulni shiddat bilan hisoblab yotibdi. Bularni nazorat qiladiganlar bormi? To'g'risi, yozishga andisha qildim, lekin majbur bo'ldim."
@eltuzportali - muammolar yechimi!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago