@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Piter Pen – Azroilmi?
Piter Pen haqidagi bolalar ertagi hamma o‘ylaganidek oddiy emas. Eslatib o‘taman, bu ertakda bolalar katta bo‘lishni istashmaydi, uchishni o‘rganib, Neverlendga ketishadi. Uchishni Piter Pen va kichik qanotli feya o‘rgatadi. Ertak yakunida ular yana uyga qaytadilar, o‘zlari bilan boshqa bolalarni ham olib keladilar. Ular katta oila bo‘lib yashashadi…
Yoshligimda bu haqda chuqur o‘ylamagan edim, lekin hozirgi dunyodagi siyosiy vaziyat ertakka boshqacha qarashga majbur qildi.
Bu bolalar ulg‘ayishni istamaganining sababi urush bo‘lsachi? Balki ular urushga borgisi kelmagandir? Ertak tarixini o‘rgandim, kitob Birinchi jahon urushiga 3 yil qolganida yozilgan ekan. O‘sha paytda vaziyat ancha taranglashgan edi…
Uchishni o‘rganishlari esa – ular urushda halok bo‘lganini anglatadi. Bu haqda ham izlandim. Muallifning ukasi 13 yoshida vafot etgan va uning onasi: “Ukang endi hech qachon ulg‘aymaydi, u abadiy yosh bo‘lib qoladi”, — degan ekan. Bu narsa Jeyms Barriga qattiq ta’sir qilgan.
Ular uchratgan yo‘qolgan bolalar esa – urushda halok bo‘lgan bolalardir.
Nega bolalar keyinchalik ota-onalari bilan yana uchrashishdi? Chunki bu vaqtga kelib ota-onalari ham vafot etgan edi.
Piter Penning asosiy vazifasi – odamlar dunyosidan bolalarni Neverlendga olib kelish edi.
Ha, bu interpretatsiyada ertak tragediya tusini olmoqda. Bolalarni Neverlendga olib boruvchi Piter Pen agar o‘lim farishtasi bo‘lsa, u holda puflab uchishni o‘rgatgan qanotli feya qaysi farishta? Neverlend – qayer?
✍️ Akmal Kadirov
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔺 A+, A darajali sertifikat uchun— tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔺 B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi✅ 2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
📝 Imtihon natijalariga ko‘ra 37 nafar talabgorning 2 nafari C1, 11 nafari B2, 10 nafari B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.
❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 24–26-fevral kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
*? *Hozirda respublikamizda 208 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, talabalar soni 1 mln 400 ming nafardan ortdi
◾️ 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dasturlari tasdiqlandi.
?Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.
?Xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi.
?Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasbga o‘qitildi.
?418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi.
?Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.
?Oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi.
? Talaba.uz rasmiy kanali ?
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
??????? ???
⚡️ Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.
? Talaba.uz rasmiy kanali ?
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin
❗️ Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.
Yanvarda e'lon qilingan tartibga asosan, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.
Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.
✔️ Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.
? Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.
Amaliyot o‘tayotgan korxona talabani qo‘shimcha rag‘batlantirishi ham mumkin.
? Talaba.uz rasmiy kanali ?
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
*⚡️ *Rasman: endi kambag‘al oiladan chiqqan talabalar davlat yotoqxonalarida bepul yashaydi
*✅ *Prezident qaroriga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
? 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
? 2025/2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
? 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.''
? Talaba.uz rasmiy kanali ?
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❓ Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️ o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️ uslubiy ish rahbari;
➡️ o'qituvchi-psixolog;
➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ pedagog-targ'ibotchi;
➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.
? Talaba.uz rasmiy kanali ?
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago