🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 6 months, 2 weeks ago
🔔 Reklama: t.me/EduRek/19
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 days, 22 hours ago
Bolalarda statikaning rivojlanishi
Statika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan.
*1⃣Statikaning birinchi belgisi* – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak.
*2⃣Ikkinchi belgi* – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi.
*3⃣Uchinchi belgi* – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi.
*4⃣To‘rtinchi belgi* – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi.
*© Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Bolalar nima uchun tirnoqlarini tishlashadi?
Refleks. Bola ona ko’kragini imitatsiya qilib, so’rg’ich va barmoq so’radi. Har qanday noqulay holatda (agar u nima qilishni bilmasa) yoqimli psixologik holatga tushish uchun so’rish refleksini amalga oshirish istagi uyg’onadi.
Tishlarning almashinishi. Boshqa bir nazariya shuni ko'rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarda tishlarning almashinishi va faol o'sishi davrida biron bir narsani chaynash istagi paydo bo'ladi va boshqa variantlar yo'qligi sababli bola tirnoq plastinkasini tishlay boshlaydi.
Taqlid qilish. Bolalarda onixofagiyaning yana bir sababi boshqa bolalar yoki kattalarga to’g’ridan to’g’ri taqlid qilishdir. Bola boshqa odamning xatti-harakatlarini uning noto'g'ri ekanligini tushunmasdan qabul qiladi.
Stress. Onixofagiya 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda eng ko'p uchraydi. Ushbu davrda bolaning maktabdagi o'quv sharoitlariga murakkab moslashuvi mavjud, katta o'quv jarayoni va psixologik yuk bor.
*©Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Ko'krak yoshidagi bolalarni talabiga qarab emizish lozim
Bolani emishga ehtiyoji bo'lganidagina emizish lozim. Agar bola biron jadval, vaqt-soatga qarab emizilsa, uning organizmi bu tartibga o'rgana olmaydi. Natijada u ko'krakdan bosh torta boshlaydi. Masalan, ba'zi chaqaloqlar kunduz kuni emishni yaxshi ko'rsalar, boshqalari esa tuni bilan onasini emib chiqishni xohlaydilar. Shu yo'l bilan ular o'zining sutga bo'lgan sutkalik ehtiyojini qoplaydilar.
Bola onaning tartibiga emas, ona bolaning tartibiga moslashishi lozim.
❗️Onalar chaqaloqlarni o'zi istagan vaqtda emas, aynan bola xohlagan paytda emizishi kerak. Bola har emganida qancha emishi muhim emas, uning jismoniy ko'rsatkichlarining(tana uzunligi, vazn) normada ortib borishi sut yetarli ekanligidan dalolat beradi.
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Go'daklarda tish chiqish alomatlari
▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi.
▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi.
▪️Tish chiqishidan taxminan bir oy oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi
▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga).
▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi.
▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin.
▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi.
▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi.
▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi
▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda)
*© Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Bolalar najasida qon bo‘lishining asosiy sabablari qaysi kasalliklar?
https://telegra.ph/Bolalarning-najasida-nima-sababdan-qon-boladi-04-04
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Telegraph
Bolalarning najasida nima sababdan qon bo‘ladi?
Bolalar najasida qonning bo‘lishi 1)Jiddiy belgi hisoblanadi. 2)100 ortiq kasallikni klinik belgisi hisoblanadi. 3)Onalar bu belgini ko‘rgan zahoti bolani Pediatr yoki bolalar xirurgiga ko‘rsatishi lozim! Najasda qon bo‘lishi manbasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:…
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!
Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
*💊BIFOLAK-NEO haqida nimalarni bilasiz?*
*❓U qachon qo‘llaniladi?*
✅Bolalarda ichak disbakteriozida ichak mikroflorasini tiklash, ich ketganda va qabziyatda ich kelishini normallashtirish uchun qo‘llaniladi.
*❓Qo‘llash usuli qanaqa?*
✅Chaqaloqlarga ovqatlanish vaqtida ona sutiga yoki sun’iy aralashmalarga qo‘shib beriladi. 2 yoshdan katta bolalarga qaynatib sovutilgan(40 °C dan yuqori bo‘lmagan) 40-50 ml suvga 1 paketcha eritib beriladi.
*❓Qo‘llash dozalari qanaqa?*
✅ 6 oygacha bo‘lgan bolalarga 1pak.dan 1 mahal
✅ 6 oydan 3 yoshgacha 1pak.dan 2 mahal
✅3 yoshdan 7 yoshgacha 1 pak.dan 3 mahal
Qabul qilish muddati 1-3 hafta.
❗️Preparatni Pediatr tavsiyasiga ko‘ra qo‘llang!
*© Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 6 months, 2 weeks ago
🔔 Reklama: t.me/EduRek/19
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 days, 22 hours ago