?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
*© Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik)
- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.
Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.
Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.
Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.
Bu holat fiziologik - davolash shart emas.
❗️Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.
*©Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Bolaning sut tishlarining tushishi va doimiy tishlarining chiqishi bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Bolaning sut tishlari chiqishidan ko'ra, ularning tushishi og'riqsiz va odatda muammosiz kechadigan jarayondir.
❓Sut tishlari qachon tushishni boshlaydi?
✔️Ko'pincha sut tishlari bolaning 5-6 yoshiga kelib tushishni boshlaydi.
Tajribali onalarning aytishicha, sut tushlari necha oyda chiqishni boshlagan bo'lsa, o'sha yoshda tushishni boshlaydi. Ya'ni ilk sut tishlari 7 oyda chiqqan bo'lsa, ularning tushishi bolaning 7 yoshiga to'g'ri keladi.
❓Sut tishlari qanday tushadi?
✔️Vaqti kelib bolaning yangi tishlari chiqa boshlaganda sut tishlari sekin-asta qimirlay boshlaydi va bir kuni tushib ketadi. Ular o'rnida milklar orasidan oqish rangdagi yangi tish chiqayotgani ko'rinib turadi.
❓Yangi tish chiqayotgan davrda nimaga ahamiyat bermoq lozim?
✔️Bu davrda bolaga kamroq shirinlik yeyish, kalsiy va minerallarga boy ozuqalardan oziqlanish, antibiotiklarni kamroq qabul qilish tavsiya etiladi.
Yangi tishlar chiqayotgan davrda bolaning sut tishlari orasi biroz kengayib ochilib qolishi kerak. Bu degani iyak yangi tishlarni to'g'ri chiqishiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi. Agar chiqayotgan yangi tishlarga bo'shliq joy yetmayotgan bo'lsa, u holda bolani stomatologga ko'rsatish lozim. Bunda kerakli muolajalarsiz yangi tishlar qiyshiq bo'lib chiqishi mumkin.
❓Ildiz tishlari chiqishi qachongacha davom etadi?
✔️Odatda 14 yoshga qadar ildiz tishlari chiqib bo'ladi.
❓Ildiz tishlari qanday tartibda almashadi?
✔️Sut tishlari qanday tartibda chiqqan bo'lsa, ildiz tishlari huddi shunday tartibda ular bilan o'rin almashadi.
❓Qaysi hollarda stomatologga ko'rinish lozim?
Tishlar ustma-ust qiyshiq bo'lib chiqayotgan bo'lsa;
Bolaning daxani deformasiyalanayotgan bo'lsa;
Bolaning gapirishi g'alati bo'lib o'zgarib qolgan bo'lsa.
Ildiz tishlari chiqayotgan davrda ora-orada jarayonning sekinlashuvi ham kuzatiladi. Bunda organizm yangi tishlar uchun muhit va joy tayyorlayapti desak bo'ladi.
Ba'zida sut tishlari tushmay turib yangi tish chiqa boshlaydi. Bunda ba'zida stomatolog yordamida joyni bo'shatmayotgan sut tishini olib tashlash lozim, aks holda ildiz tishlari chiqa olmay qiyshiq o'sa boshlaydi.
*❗️Muhim tavsiya! Sut tishlari karies bo'lib og'riyotgan bo'lsa, ular tushib ketadi deb davolamasdan olib tashlash mumkin emas. Stomatologlarning ta'kidlashicha, sut tishlari vaqtli olib tashlanishi noto'g'ri. Shuning uchun ularni ham oddiy tish singari davolash kerak va ular o'z vaqtida ildiz tishlari tayyor bo'lganida tushgani ma'qul.
Kanalga ulanish*👉@Pediatric_uz
Chaqaloqlarda tug‘ruq travmalaridan keyin yuzaga keladigan - kefalogematoma
https://telegra.ph/Chaqaloqlarda-kefalogematoma-06-03
*© Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish?@Pediatric_uz
Chaqaloqlarda kindik churrasi
Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.
Tug‘ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
*❗️Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo'shlig'iga to'g'rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig'lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko'rigiga olib borish zarur!
*© Doctor Muxtorov**
Kanalga ulanish?@Pediatric_uz
?Ko‘krak suti bilan ovqatlantirishning afzalliklari
1. Ovqatlantirish turining o‘ziga xosligi (Ona o‘z farzandini ona
suti bilan boqadi).
2. Bolalar yuqumli kasalliklari va oshqozon-ichak infeksiyalarining passiv immunoprofilaktikasi (Agar ona suvchechak, qizamiq, parotit va shu kabi kasalliklarni boshdan kechirgan bo‘lsa, bolada bunday infeksiyalar rivojlanmaydi).
3. Intellektual (aqliy) rivojlanish Ko‘krak suti tarkibida mavjud
bo‘lgan polito‘yinmagan yog‘ kislotalari 6–9 oy davomida tabiiy usulda boqiladigan bolalarda yuqori aqliy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladi.
4. Onada sut bezi saratoni profilaktikasi (Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bolasini emizib boqayotgan onaning sut bezi saratoniga chalinishi ehtimoli 30 % ga kamayadi, mastopatiya holati yuzaga kelmaydi).
5. Tug‘ruqdan keyin bachadondan qon ketishi profilaktikasi (Bola
ko‘krak emayotgan vaqtda ona organizmida ajralib chiqadigan oksitosin gormoni bachadonning silliq mushaklari qisqarishiga olib keladi, bu esa tug‘ruq yo‘llaridan qon ajralib chiqishini kamaytiradi).
6. Yaqinlik (tug‘ishganlik) his-tuyg‘ulari paydo bo‘lishi (Tabiiy
usulda boqiladigan bolalar katta boʻlganda keksa ota-onalarini qariyalar uylariga tashlab ketmaydilar, emizikli onalar esa o‘z farzandlarini bolalar uylariga topshirmaydilar).
7. Kontrasepsiya (saqlanish) Laktatsiya yetarli darajada bo‘lganda, yangi hayz davri va homiladorlik boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Gipoallergenlik (Ona sutidagi oqsillarning 1/3 qismi oshqozonda
parchalanmay soʻriladi, begona oqsilga nisbatan oziq-ovqat allergiyasi xavfi kamayadi).
9. Iste’mol qilish osonligi (Ona suti doimo iste’mol qilish uchun tayyor, sterillangan, isitilgan, ko‘krak uchini qaynatish, idishlarni sterilizatsiyalash va qaynatish kerak emas).
10. Bepullik (Emizikli ona to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil qilish kifoya – ikki kishi ovqatlanadi, bolalar uchun mo‘ljallangan sun'iy aralashmalar esa – bu anchagina qimmatga tushadigan ozuqa hisoblanadi).
*© Doctor Muxtorov*
Kanalga ulanish?@Pediatric_uz
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago