Maktub

Description
Loyiha muallifi: © Aliy ibn Vohid
https://t.me/aliyibnvohid2023
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 неделя, 3 дня назад

Raziliklarni koʻrib, gʻazablansak profilimizni suratini o'zgartirdik. O'zimizga turtki berib, qamchilash uchun hesh-teglar bilan soʻzlar yozdik, tarmoqqa joyladik. So'ngra yana hech narsa bo'lmagandek inimizga kirib oldik.

Bitta ayol uchun qo'shin tortib borganimizda unutdik…

O'shanda bir muslima ayol “essiz Islom, essiz…” deb baqirgan edi. Musulmonlar halifasi “Labbay… Senga shunday qo'shin jo'natdamanki, boshi mening huzurimda bo'lsa, oxiri sening huzuringda bo'ladi” deb uni himoya qilgan edi.

Bir muslima ayol baniy Qayniq’o ( yahudiylar ) qalasiga kirganida bir yahudiy uning boshidagi ro'moldan tortib tushirgan, uning boshi ochilib qolgan edi, shunda muslima ayol “essiz islom, essiz Muhammad…” deb baqirgan edi. Shunda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam yahudiylarni Madinadan surgin qilgan edilar.

Bugun ko'z o'ngimizda bir ozod ayol xorlansa isterij’o aytib o'tiradigan ummatga aylanib qoldik…

Umar roziyallohu anhu o'z voliysi qo'lida bir nasroniyni xorlanganiga rozi bo'lmagan edi.
Musulmonlar islomga amal qilib yashashgan davrda xorlik nimaligini bilishmagan edi. Hatto nasroniylarga qilingan adolatsizlikka qarab turishmagan.
Bizga bugun farqi yo'q…
Atrofimizda musulmonlar azoblanyapti, o'ldirilyapti. Biz esa “menga nima” deb o'tiribmiz!

Bir paytlar bizning xalifamiz Madinada turib: “Iroqdagi qoqilgan tuya uchun qanday javob beraman, Alloh yo'llarni nega tuzatmading, ey Umar desa nima deyman?” deb yig'lagan.
Biz buni unutdik…

Lekin, bir narsaga umidim bor, hali ummatni ichida uygʻoq qalb egalari bor, hali hammasi tugamadi. Bir kun kelib yana Islom g'alaba qilishga ishonaman. O'sha uygʻoq kishilar maktubimizni o'qib turgan siz bo'lishingizga umid qilaman… Aliy ibn Vohid*

1 неделя, 3 дня назад
1 месяц, 2 недели назад

Orzular deya dunyoda qildimku isyon,
Nelar uchun ne deya bo’ldimku hayron…

Asl haqiqat ila izlagan tomon,
Mudroq qalblar menga qarab hayrondir hamon…

O’tdi kunlar izlab hikmat ila,
Qalb ko’zin ochildi uning ishqi deya…

Asl baxtni izlagan inson,
Qalbin burib, yursin Mavlosi tomon.

Aliy ibn Vohid*

3 месяца назад

Malomat qilmaslikni o’rgangan yutar ekan, nega?…

Bir kun o’ylab qoldim va o’zimga o’zim savollar bera boshladim; nega umuman insonlar insonlarni ya’ni birini boshqasi qo’rqmay muhokama qiladi? Nega umuman olganda boshqa kishini shaxsiy hayoti qiziq? Axir Alloh bizlarni ham biz muhokama qilib, hatto malomat qilishgacha boradigan kishilarni holiga solishga qodir emasmi?, albatta qodir! Nega o’zimizni amallarimizni hissoblash o’rniga, boshqalarnikiga qiziqib qolamiz? Axir u amallar ustida biz emas ularning o’zlari hisob berishmaydimi?

Yahshilab eshiting!…
Ular ham bir odam, ular ham, biz ham xato qilamiz, bilib-bilmasdan gunohlarga qo’l urib qo’yamiz! Hech kim oppoq(aybsiz) emas, hamma birdek inson bolasi.
Insonni ilmli bo’lishi uni umman xatoga qo’l urmaydi degani emas, ba’zan inson nafs yo’liga ham yurib qo’yadi. Va buni oddiy holat deb qabul qilish kerak deb hissoblayman.
Yanachi Robbimiz bizlarni ancha gunohnalirimizni satr qilib turadi…

Hulosa qilinadigan joyi shuki; umuman o’zgalarni hayotiga qiziqmang!, ularni qilgan amallarini muhokama qilib, malomat qilmang!, ayniqsa ahli ilmlarni, o’zimizdan ilmli bo’lgan kishilarni muhokama qilishdan va malomat qilishdan juda-juda ehtiyod bo’lishimiz kerak! Malomat qiladigan boshqasi bor! Bu ham bo’lsa “Nafsimdir

Mana nima gapingiz bo’lsa shu nafsga gapiring, nima malomatingiz bo’lsa shu nafsga qiling, chunki u hamma boshimizga keladigan musiybatlarni boshida turadi!

Aliy ibn Vohid*

3 месяца, 1 неделя назад

Qo'rquv yoki orzu.

Avvallari saodat asrida yasholmaganimdan, Rasululloh salollohu alayhi vasallamni ko'ra olmaganimdan, sahoba boʻlish nasib qilmaganidan qattiq qayg'uga tushardim.

Men uchun ular bilan yashashlik ushalmas orzudek edi go'yo…
Rosululloh sallollohu alayhi vasallamning sahobalari, qanday ham go'zal axloqliy kishilar edilaraa…
Chunki ular Rosululloh salollohu alayhi vasallamni madrasalarining talabalari edida. Alloh ularga sahoba bo'lishdek, islom bayrogʻini birinchilardan bo'lib ko'tarib, islom g'oyasini dunyoga tarqatishdek baxtni nasib qilgan.

Ular shu maqomga loyiq kishilarda.

Har bir insonni o’zini kumiri (ideali, oʻsha insonga o'xshashlikni juda xohlaydigan, qahramonidek koʻradigan kishisi) bo'ladi.

Shu jumladan mening kumir bu hazrati Ali karramAllohu vajhahu, Abu turob, Abu Hasan kunyalarni olgan buyuk sahobadir.
• U zot haqida qancha gapirsak ham oz aslida
• Ali roziyallohu anhu- islomdagi eng avval iymon keltirgan yosh bola
• U zot Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni kuyovlari
• U zot jannat sayyidalaridan bo'lgan Fotimai-Zahroni zavjasi, jannatni ikki rayhoni bo'lgan Hasan va Husaynning otasidir
• U zotga to’bo bo'lsin, islom olamidagi yirik shaxsiyatlardan biridir
• U zotni Madinada Rosulimiz sallallohu alayhi vasallam hijratni avvalgi yillarida, muhojir va ansorlarni birodar tutintirib qoʻyganlarida, Aliy roziyallohu anhu “Ya Rosululloh menga birodar tayinlamadingiz” deganlarida “ey Aliy seni dunyo va oxiratdagi do'sting, birodaring men bo'laman” deganlari u zotni naqadar oliy o'ringa qo'yganlarini anglatadi
• Aliy roziyallohu anhu, tarixda u zotni ham jangdagi shuxratlari, ham ilmdagi zakiyliklari, ham dindagi shijoatlari, Alloh va Uning Rosuliga bo’lgan muhabbatlari haqida ko'p izlar qolgan

• Handaq g’azotida mushriklardan bo'lgan bir nechta otliqlar handaqdan sakrab o'tib, musulmonlarni janga chorlashgan va ularni kamsitishgacha borgan, 60 yildan oshiq janglarda bo’lgan, tajribali va jussasi juda katta bo’lgan Amir ibn Vudni, chorlovini birorta musulmon qabul qilolmagan bu buyuk sarkadani atiga 25 yosh bo’lgan Allohning arsloni bo’lgan bir yigit yer tishlatadi. Aynan manashu islomni quvatli yigiti ham Ali roziallohu anhudir…
•Suyukli habibimiz, Rosululloh sallallohu alayhi vasallam “Men bir bog’man, Ali bu bog’ning eshigidir” deganlarini o’zi u zotni qanchalar muhim inson ekanliklariga dalolatdir…
• U zot haqidagi vazilatlarni haqida gapirishni davom ettirishga qancha tunlar, qancha kunlar kerak bo’ladi?, Alloh bilguvchi

Vallohi u zotni juda yahshi ko’ramiz.

Endi tarixda bo’lib o’tgan, islom kelganidan keyingi voqealarga nazar solaylik. Tarixni, siyratni o’rganyotgan insonlar yahshi bilishadi, bu ummatning boshiga Hazrati Aliydek zotni halifalik davrida qanday daxshatli fitnalarni boshdan keshirilganini.
Jamal, Siffin, Karbalo kabi hatto tilga olishga ham qiyin bo’lgan daxshatli voqealarni aytishga ham qo’rqadi kishi.

Bu voqealarni o’rganish asnosida balki Alloh meni o’sha davda yashatganida fitnalarga bardosh qilolmasmidik degan fikr aylandi. Orzularga qurquvlar aralashdi…

Unutmang har narsani o’z vaqti, o’z hikmati bor…
Holimizga Uning jamoli va saltanati qudraticha hamd bo’lsin.

Amin…
Aliy ibn Vohid*

3 месяца, 1 неделя назад

Ba'zida hammasini tashlab uzoqlarga ketgin keladi.

Dunyo sinovlariga boshing egilib qolgan payt ko’nglingga hech narsa sig’maydi.

Robbingni roziligi yo'lida amallaringni hisob qilib, amal ozligidan qalblaring mag’zun bo`ladi.

Axloqingga qaraysan, axloqing ham “Nabaviy xulq” bilan bezalmaganini ko'rib oʻzingni battar koyiysan.

Qiyomat kunida Allohning huzurida qanday turishni o'ylab hijolat, uyat va ilojsizlikdan yuraklaring tilka-pora bo'ladi.

Yuzsiz holatda, Robbingni huzuriga qaysi amallar bilan borishni o'ylab qattiq qayg’uga cho’mib qolasan.
Shundaa…

Toʻsatdan kitob ochgim kelib qoldi, qo’limga tushgan birinchi kitobni birinchi ochgan betida ne ko'z bilan qarasam, buyuk bo'lgan Alloh taoloning Az-Zummar surasining 53-oyatiga koʻzim tushib qoldi.
SubhanAlloh
Tog’risi gunohkor ko’zlarimni ko'z yoshdan tiya olmadim. Bunday holatda xatto oʻzingni erigan qalbingni tiyib tura olmay, his-tuygʻularga to'la ohangda Robbim deb yuborganingda bilmay qolasan!

Qara … ey banda.
Robimni rahmatini qara…

Aliy ibn Vohid*

6 месяцев, 1 неделя назад

Yosh yigitga maktub.
Ey Aliy…

Oilaning ilk davrlaridan sen uchun Allohning omonati bo’lgan Fotimaga go’zal muomalada bo’l. Chunki u o’z uyidan, o’z yaqinlaridan kechib, sen uchun umuman o’ziga boshqa, begona bo’lgan uyga keladi. Unga uyning har burchagi begonadek, uni o’zidan nari qilmoqchidek bo’ladi, u o’zining eski (qizlik) uyini sog’inganda, otasini, onasini, yaqinlarini mehrini qumsaganda sen unga cheksiz muhabbat eshiklari ila unga suyanadigan tog’ bo’lgin.
Axir u Allohni omonatidir, u seni yarimta qovurg’angni tik qilish, qadringni ko’tarish uchun, o’zidan, yaqinlaridan voz kechgan ojiza, nozik va go’zal qalb egasidir. Uning tuyg’ularini va ko’nglini rioyasini qil, unga aslo ozor berma!!!

Ey Aliy…
Vaqt o’tishi bilan uning qalbi va aqli senga moslashadi, u sendan dunyo emas samimiy va sof etibor ila muhabbat kutadi. Ularni rioyasini qilsang u senga vaqt o’tgan sari o’zini mustaxkam bog’ich ila bog’laydi, bitun vujudi bilan o’zini sening himoyangga topshiradi, seni himoya qo’rg’oni deb biladi. Hayot sinovlaridan charchaganida dam olish uchun sendan boshqani izlamaydi. Uning ham mehribon otasi, rahmdil onasi, sirdosh opa-singlisi ham faqat o’zing bo’lasan.

Ey Aliy…
Fotimaga go’zal muhabbat ila muomalada bo’l, u senga Allohning bergan hadyasidir.
U bir og’iz yahshi gaping, birgina tabassuming, undan rozi bo’lishing uchun o’zini qurbon qilib yuboradigan parvonangdir.

Shu aytganlarimni rioyasini qilib, Allohga tavakkul qilsang, sekin asta ikki vujud, ikki qalb va ikki ruh bir butun bo’lish uchun tayyor bo’ladi.

Ey Aliy…
Robbingni yuzi ishqida unga yetishlik yo’lidagi hamrohingni, Fotimangni ehtiyod qil!!!

Aliy ibn Vohid*

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago