Huquq | Bekzod Chorshanbiyev

Description
💻 Shaxsiy blog.

🏛️ Student TDYU 🇺🇿
⚖️ Xalqaro huquq 4/4
✅ Koordinator: «Yuridik ta'lim» — TDYU.
💼 «Legal Education LC» huquq o'qituvchisi.

📱Insta: https://www.instagram.com/chorshanbiyev_bekzod_


📥 Murojaat: @Chorshanbiyev_Bekzod
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 weeks, 5 days ago

Sizningcha inson hayotidagi eng muhim narsa nima ?!

2 weeks, 5 days ago

«LexAI» oʻzbek yuridik olamida katta inqilob boʻla oladigan loyiha.

Bu loyiha qachondir boʻlishi aniq edi. Ammo Adliya vazirligi bu narsani juda tez amalga oshira oldi. Bunga sabab esa Adliyada kreativ kadrlar koʻp ekanligi. Adliya vaziri Akbar Tashkulov ham zamonaviy fikrlovchi inson. Buni bizga Rektorlik vaqtlarida oʻzimiz guvohi boʻlganmiz.

LexAI dan juda koʻp xulosalar chiqarishimiz mumkin. Zamon tez oʻzgarmoqda. 2024-yilda Sunʼiy intellekt hayotimizda qisman boʻlsada oʻz oʻrniga ega boʻldi. Endi u yildan-yilga bu oʻrinni kengaytirib boradi. Har bir sohada sunʼiy intellekt joriy etiladi. Shu oʻrinda yaqin yillarda Yuridik sohada ham juda koʻp vazifalarni sunʼiy intellektning oʻzi amalga oshira boshlaydi.

Bu albatta Yuristlarga boʻlgan talabni qisqartirishi aniq. Chunki oddiy maslahat yoki yuridik konsultatsiya uchun yuristga murojaat qilish ehtiyoji kamayadi. Hujjatlarni tayyorlashni ham sunʼiy intellekt oʻz zimmasiga oladi.

Lekin Sunʼiy intellekt baribir toʻliq yuridik kasbni egallashi imkonsiz. Chunki sohada inson omili saqlanib qoladi. Professional yuristlar real hayotda amaliy yuridik yordam koʻrsatishda davom etadi. Ammo AI sohada yurgan oʻrtamiyona yuristlarni siqib chiqarishi mumkin. Bu degani oʻrtamiyona yuristlarga ishlar deyarli qolmaydi. Ammo oʻz ishining ustalari boʻlgan yuristlarga talab hech qachon oʻlmaydi.

**Bularni yozishimdan maqsad, boʻlajak yuristlarga maslahat: bu sohada yoki eng yaxshisi boʻlasiz yoki oʻyindan chiqasiz. Zamon talabi shu. Shu sababli eng yaxshisi boʻlishga harakat qiling.

© Bekzod Chorshanbiyev

👉** @huquqiyformat

2 weeks, 6 days ago

Yangi yilga ham 10 kun qolibdi.

Yangi yilni Oʻzbekistonda kutib olishga qaror qildim. Reja boʻyicha Oʻzbekistonga 2025-yilning boshlarida qaytishim kerak edi. Lekin bayram tufayli ertaroq qaytishni reja qildim. Sababini hozir tushuntiraman.

Bir safar yangi yilni chet elda nishonlab koʻrganman. Doʻstlar bilan. Lekin ishoning unchalik qiziq emas bu. Toʻgʻri, boshqa davlatlarda bayram, ayniqsa yangi yil boshqacha darajada kutib olinadi. Shoular, konsertlar, bezaklar. Ammo bu narsalar bayram uchun yetarli boʻlmas ekan. Nima kam desangiz oila kamlik qilarkan baribir.

Bayram baribir yaqinlar doirasida bayramdek oʻtar ekan. Bu post ham bayram emas, oila haqida. «Uyda yolgʻiz» kinosini hamma koʻrgan. Kevin adashib Nyu-Yorkka borib qoladi. Otasining kredit kartasida boylardek yashab koʻradi. Lekin oxirida baribir bir oʻzi oiladan uzoqda boʻlgani uchun bayram ham kutganidek boʻlmaydi. Bu ssenariy nafaqat kichik yoshga, balki katta yoshdagilarga ham toʻgʻri kelishini tushunganman. Shunday ekan eng yaxshi bayram oila davrasida oʻtgan bayram ekan. Aslida seni doim kutadigan makoning boʻlishi ham baxt.

Bularni yozishimdan maqsad, kanalimni kuzatuvchilarning koʻpchiligi 16-17-18 yoshdagi, katta hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlar. Bu yoshda koʻpchilik mustaqil hayot orzusida boʻladi. Bu yaxshi albatta. Ammo baribir oiladan ajralib keta olmasligingizni vaqti kelib tushuna boshlaysiz. Insonning hayotida turli davrlar boʻladi. Abituriyentlik, talabalik va katta hayot. Har qaysi davrda sizni qoʻllab-quvvatlovchi faqat oila va yaqinlar boʻladi.

👉 @huquqiyformat

3 weeks, 5 days ago

**Dunyodagi barcha pullar va boylikni butun dunyo aholisiga teng taqsimlab chiqing. Ammo 5 yildan soʻng barcha insonlar oʻz darajasiga qaytadi. Pullar ham oʻz egalariga qaytadi.

© Uorren Baffet**

*👉*** @huquqiyformat

3 weeks, 5 days ago

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi. Muqaddima 📝BIRINCHI BO'LIM .ASOSIY PRINSIPLAR . 📌1-bob. Davlat suvereniteti (1-6-moddalar) 📌2-bob. XaIq hokimiyatchiligi (7-14-moddalar) 📌3-bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi (15-16-moddalar).…

3 weeks, 5 days ago

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi. **Muqaddima

📝BIRINCHI BO'LIM .ASOSIY PRINSIPLAR .
📌1-bob. Davlat suvereniteti (1-6-moddalar)
📌2-bob. XaIq hokimiyatchiligi (7-14-moddalar)
📌3-bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi (15-16-moddalar).
📌4-bob. Tashqi siyosat (17-18-moddalar)

📝IKKINCHI BO'LIM . INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI.
📌5-bob. Umumiy qoidalar (19-21-moddalar).
📌6-bob. Fuqarolik (22-24-moddalar)
📌7-bob Shaxsiy huquq va erkinliklar (25-35-moddalar).
📌8-bob. Siyosiy huquqlar (36-40-moddalar)
📌9-bob. Iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy va ekologik huquqlar (41-53-moddalar).
📌10-bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari (54-58-moddalar).
📌11-bob. Fuqarolarning burchlari (59-64-moddalar).

📝UCHINCHI BO'LIM. JAMIYAT VA SHAXS
📌12-bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari (65-68-moddalar).
📌13-bob. Fuqarolik jamiyati institutlari (69-75-moddalar)
📌14-bob. Oila, bolalar va yoshlar (76-80-moddalar).
📌15-bob. Ommaviy axborot vositalari (81-82-moddalar)(@yuridik_talim).

📝TO'RTINCHI BO'LIM. MA'MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
📌16-bob. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi (83-84-moddalar).
📌17-bob. Qoragalpog'iston Respublikasi (85-90-moddalar)

📝BESHINCHI BO'LIM . DAVLAT HOKIMYATINING TASHKIL ETILISHI .
📌18-bob. O'zbekiston Respublikasi Olly Majlisi (91-104-moddalar).
📌19-bob. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (105-113-moddalar).
📌20-bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (114-119-moddalar)
📌21-bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (120-127-moddalar).
📌22-bob. Saylov tizimi (128-129-moddalar).
📌23-bob. Sud hokimyati (130-140-moddalar).
📌24-bob. Advokatura (141-142-moddalar).
📌25-bob. Prokuratura (143-146-moddalar).
📌26-bob. Moliya, pul va bank tizimi (147-151-moddalar)
📌27-bob. Mudofaa va xavfsizlik (152-153-moddalar)*📝***OLTINCHI BO'LIM . KONSTITUTSIYANI O'ZGARTIRISH TARTIBI (154-155-moddalar).**

*© Manba: «Yuridik ta'lim»*

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

1 month ago

🎁 Bayramga kichik sovgʻa.

🇺🇿 Konstitutsiya kuni munosabati bilan @huquqiyformat kanalidan obunachilar uchun sovgʻa taqdim etiladi.

🎁 Sovgʻalar:

1️⃣ abituriyentlar uchun oʻquv qoʻllanmalar.*2️⃣ *talabalar uchun yuridik kitoblar.

👫 Gʻoliblar soni: 2 kishi.

😀 Sovgʻa sohibi boʻlish uchun @huquqiyformat kanaliga aʼzo boʻlishingiz va pastdagi «Участвую!» tugmasini bosishingiz kifoya.

👥 Ertaga esa Random bot bizga omadli obunachimizni eʼlon qiladi.

Barchaga omad !!!

1 month ago

😈 **Doʻstlar, yuqorida aytilgan sovgʻalar ertangi Konstitutsiya kuni uchun.

Bu sovgʻalarni tanlov emas, Giveway shaklida topshiramiz. (Sovgʻani ham qandaydir shartlar bilan bersak uyat boʻlar😁**).

📌 Shunchaki @huquqiyformat kanaliga obuna boʻlgan boʻlsangiz yetarli. Maxsus botlar bor. Kanal obunachilari orasidan Random orqali gʻoliblarni tasodifiy aniqlab beradi.

🎁 Biz faqat sovgʻalarni kelishib olsak boʻlgani.

📊 Yuqoridagi soʻrovnomaga 500 kishi ovoz bergach, eng koʻp ovoz olgan variantni sovgʻa sifatida beramiz.

*👉*** @huquqiyformat

1 month ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago