✍️Klassik_simfoniya

Description
t.me/Klassik_simfoniya kanalida
Kanal adminlarining shaxsiy qarashlari, ijod namunalari, o'zbek va jahon fani, adabiyoti, sanati, madaniyati, tarixiga oid bo'lgan turfa ma'lumotlar yoyinlanadi.

03.10.2020.
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 7 months ago

hace 1 año, 1 mes

Dostoyevskiy qanday ijodkor?

Eynshteyn:
​​— Buyuk yozuvchi, u menga Gausdan ham koʻproq narsa bergan. Dostoyevskiy boʻlmaganda, nisbiylik nazariyasini yaratishim gumon edi.

Nitsshe:
​​— Eng zoʻr psixolog, u bilan tanishish hayotimning eng baxtli tasodiflari sirasiga kiradi.

Markes:
​​— Men orzu qiladigan choʻqqilar Dostoyevskiy va Sofokl.

Kafka:
​​— Dostoyevskiy mening “qon qarindoshim”. Uning “Oʻsmir” romani mening asarlarimda koʻp narsani belgilagan.

Folkner:
​​— Dostoyevskiy inson qalbiga kira olish borasida har bir yozuvchi havas qiladigan daraja.

Freyd:
​​— “Aka-uka Karamazovlar” adabiyotning eng buyuk asari.

Tolstoy:
- Dostoyevskiy oʻlganda yigʻladim.

Akutagava:
​​— Uning romanlari iblisni ham ma’yus torttiruvchi masxaraomuz obrazlarga boy.

Haruki Murakami:
-14 yoshimdan 20 yoshimgacha men faqat rus adabiyotini o'qidim. Eng ko'pi, albatta, Dostoyevskiyning asarlari edi. "Iblislar" juda kuchli asar, ammo "Karamazovlar " beqiyosdir.

Kamyu:
- Dostoyevskiy bizga oʻzimiz bilgan, ammo tan olishni xohlamaydigan narsalarimizni oʻrgatadi.

Fitsdjerald:
- "Aka-uka Karamazovlar" ni oʻqigandan soʻng Dostoyevskiyni barcha yevropaliklardan koʻra yoqtirib qoldim.

Dostoyevskiy "Hayotiy hikmatlar va tanbehlar" kitobidan.

P.s. Shunaqa odam boʻlgan Dostoyevskiy...

T.me/Klassik_simfoniya

hace 1 año, 1 mes
✍️Klassik_simfoniya
hace 1 año, 2 meses

JONTEMIR sheʼrlari ishtirokidagi videotanlov uchun  yuborilgan sheʼr.  — 5.

#Jontemir

"Qora kuch" sheʼri
Muallif: Jontemir
O’qidi:
Sirojiddin Mamirov

Tanlov haqida batafsil.
@sheriylahzalar

@Jontemir_t

hace 1 año, 2 meses

SONET

"Mana ozod bo'ldi buyuk davlating,
Bechora xalqing ham bo'lsaydi ozod."

Karim Bahriyev.

*I.
Bu yerlar - to'rt yog'i talangan yerlar,
Urho-ur urganlar, narasi oh-voh.
Bu elda qolmagan javonmard erlar,
Bul yerda yurganlar barisi maddoh.

Bu yurtda haqiqat qilingan axta,
O'z nonin yutolmas ezgin odamlar.
Bu vatan vatanmas - ulkan avaxta.
Ko'zlarda abadiy qurimas namlar.

Yep to'ymas yuxolar boshlarida toj,
Xalqning ustindadir ko'lanka, abr.
Adolat - ichidan chirigan og'och,

Barcha bir-biriga kovlaydir qabr.
Yovlashib tish qayrar o'z-o'ziga koj,*
Yutgani zahardir, qilgani jabr.

II.
Madorim qolmadi qadam bosishga,
Mazlumman. Qora kuch ezadir og'ir.
Sollanib turipdi dorlar osishga,
Ruhimning chanqog'in bosmadi chog'ir.*

Alamdan ezilgan xalqni ko'rdim men,
Bu elda jujuqlar doridan o'lar.
Zalolat ichinda tentib yurdim men,
Tar
chechaklar zulm qoridan so'lar.

Zulumot, zalolat urchiydi tinmay,
Chayonlar nish sanchar, so'rar zuluklar.
Alp kelbat o'glonlar bo'lishar malay,

Ohimdan, zorimdan bo'zargan ko'klar.
Raiyat uyquda, uxlaydir tinmay,
Tobora ayniydi axloq, suluklar
.*

____

Yuxo - barchajonivorlarni aralash yeb, yutib yuboradigan afsonaviy maxluq.  Ko'chma yebto'ymas, ochofat.
Og'och -daraxt Koj - egri,qarama-qarshi
Chog'ir - may, boda, mast qiluvchi ichimlik.
Jujuqlar - go'daklar, bolalar
Tar - toza Raiyat -xalq, fuqarolar
Suluk - xatti-harakat va turmush tarz.

**Sirojiddin Mamirov

?**@sheriylahzalar

hace 1 año, 2 meses

QORA KUCH.

JONTEMIR she'ri.

T.me/Klassik_simfoniya

hace 1 año, 2 meses
(Dumbulnisa tilidan).

(Dumbulnisa tilidan).

Tuprog'ingni bulg'odi g'anim,
Toptab, tepib, xo'rladi g'anim,
Gul qizlaring zo'rladi g'anim,
Qonlar yutding sho'rlik,  Turkiston!
Muncha toleng kirlik, Turkiston?

Olchoq xonlar, mayparast beklar,
Bir birgiga saqlashdi keklar.
Alal-oxir ahli O'zbeklar —
Tor-mor bo'ldi yovga, Turkiston
Rusga bo'lding  sovg'a, Turkiston.

Dushmanimdan qo'rqmadim ayon,
Haq so'zimni  tik qildim bayon.
Mehrobimdan chiqqan ul chayon —
Do'stlar meni chaqti, Turkiston!
Qo'lga kishan taqti, Turkiston!

O'ksutmadi kishanlanganim,
Meni yedi ishonganlarim,
Hali kelmas ishongilarim,
Ko'z yoshlarim qotti, Turkiston!
Do'stlar arzon sotti, Turkiston!

Bu turmada qolmadi holim,
Ruhim sindi, qiynaldi jonim,
Ossang osgin, otsang ot, zolim!!!
Tugab bitsin zulm, Turkiston
Qo'rqunch emas o'lim, Turkiston!

Ko'zim ochib men senga keldim,
Seni sevdim, bir umr sevdim.
Ozod bo'lgin, hur bo'lgin devdim.
Bir-u borim mening, jonim Turkiston!
O'lsam dog'ing yuvar qonim, Turkiston.

T.me/Klassik_simfoniya

hace 1 año, 4 meses

O‘ZLIK

Bizlar qora kunlarga yarolmaymiz, jo‘rajon,
Haqiqatning ko‘ziga qarolmaymiz, jo‘rajon.
O‘tganlarning ruhi shod bo‘lsin deymiz, ilohim!
Yo‘qsa, shahdam O‘ziga borolmaymiz, jo‘rajon!

"Vatan" dedik, ko‘zyoshlar ummonida oqmadik,
To‘yga, uyga tashib non, iymonimiz boqmadik,
Otaga tik boqdig-u, o‘limga tik boqmadik.
Bolamizdan oqibat so‘rolmaymiz, jo‘rajon.

Ustimizda yupun losh, boshimizda shamollar,
Umrimizni ming talosh qilib yaxshi yomonlar.
Ne bo‘lsa-da o‘zingiz yaxshisizlar, yomonlar!
O‘zimizni yomonmiz deyolmaymiz, jo‘rajon.

Ustozimiz shaytonga bir paytlar dars bergan,
Bobom hoji bo‘lguncha yetimlarga qarz bergan.
Hayotimiz yaxshi deb "Bechora"lar arz bergan.
Baxtni baxtsiz bo‘lmasdan tuyolmaymiz, jo‘rajon.
"Sharmandaga shahar keng", uyalmaymiz, jo‘rajon.

...
Zanjirlangan it kabi
Uvillaydi jonimiz,
Biz sher edik, na‘rasiz irrillaydi jonimiz.
O‘lsak orsiz qoldim deb tirilmaydi jonimiz,
Nahot yerda oyoqqa turolmaymiz, jo‘rajon?!

2022
Shahrizod SHODIYEV

T.me/Klassik_simfoniya

Telegram

✍️Klassik_simfoniya

t.me/Klassik\_simfoniya kanalida Kanal adminlarining shaxsiy qarashlari, ijod namunalari, o'zbek va jahon fani, adabiyoti, sanati, madaniyati, tarixiga oid bo'lgan turfa ma'lumotlar yoyinlanadi. 03.10.2020.

O‘ZLIK
hace 1 año, 4 meses
" Ёш ўлиб кетган онам, менга …

" Ёш ўлиб кетган онам, менга ўзидан сил(туберкулёз) касаллигига мойиллигини ташлаб кетган , тез эҳтиросга берилувчи, қадимги аслзода сулола вакили бўлмиш,диний фанатизмга муккасидан кетган отам эса, мендаги телбалик уруғини сочиб кетган. Туғилганимдан бери гўё ёнимда хавотир, нотинчлик ва ўлим фаришталари мени доимо ўраб тургандай Кўпинча кечаси сесканиб уйғониб кетаман, ва хонага қарарканман ўзимдан-ўзим сўрайман: "Мен дўзахда эмасмиканман?».

Эдвард Мунк

Сурат Эдмунд Мункнинг энг машхур асарларидан бири:" Қичқириқ "

T.me/Klassik_simfoniya

hace 1 año, 4 meses

Буюк Фаластин шоири Муин Бсисунинг "Ташриф қоғози" китобчаси.

Бу китобча шахсан манга жуда кучли таъсир қилган. Бир умр Бсисудан айрилмай ўтсам керак. Ҳеч қаерда йўқ бу китоб ва электрони ҳам. Сканер қилиб юборган Нодирбек Йўлдошев акага таъзим!

@Jontemir_t

hace 1 año, 5 meses

Hamza Hakimzoda Niyoziy. 5 jildlik to'la asarlar to'plami.

T.me/Klassik_simfoniya

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 7 months ago