To‘g‘ri yozamiz — mutaxassis blogi (lotin)

Description
Ushbu kanalda oʻzbek tilida koʻpchilik yoʻl qoʻyadigan turli xatoliklar va ularni bartaraf qilish haqida soʻz boradi.

Ma’muriyat: VAQTINCHA O‘CHIQ
Reklama: @nuqtavergul

Kanal faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash:
t.me/xatoliklar_lotin/507
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 3 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 3 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

4 weeks ago
1 month, 2 weeks ago

Qo‘rqinchli xatomi?

Bunaqa holatlar unchalik ham katta xato hisoblanmaydi, chunki unga savodsizlik tufayli emas, shunchaki terishda shoshqaloqlik va e’tiborsizlik tufayli yo‘l qo‘yilgan.

Matn bilan ishlovchi mutaxassis sifatida ayta olaman: har qanday kuchli muharrir/musahhih ham ba’zida xatolarni o‘tkazib yuborishi, kerakli joylarni ko‘zi ilg‘amay qolishi mumkin. Chunki u inson — toliqadi, diqqati tarqaydi, ko‘zi xiralashadi.

Umuman, inson omili bor joyda kamchilik boʻladi. Shuning uchun hech toliqmaydigan, birorta harfni eʼtibordan chetda qoldirmaydigan texnologiya imkoniyatlaridan ham foydalanib turish kerak. Masalan, Tahrirchi'dan.

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

1 month, 3 weeks ago

So‘zning zavoli haqida ikki og‘iz so‘z...

Tilning milliy tabiatini his etmagan odam nimani tarjima qilmasin, asliyat tili jodusiga berilib, “asliga to‘g‘ri” qilib ag‘darib ketaveradi.

Ruscha “принимать” — eng ko‘p qo‘llanadigan, ammo hamisha xato o‘giriladigan so‘zlardan biri. Ha, uning ilk ma’nosi — “qabul qilmoq”dir. Ammo istalgan o‘rinda emas-da.

“Mы приняли решение” degan kalima o‘zbek tilida “Biz shunday qarorga keldik” bo‘ladi, “Biz shunday qaror qabul qildik” emas. Axir qarorni kimdan qabul qilib olamiz? Shu tariqa “Парламент принял закон”ni tili buzilmagan o‘zbek “Parlament qonun chiqardi” deydi, “Указ, принятый Президентом” jumlasi “Prezident chiqargan farmon” bo‘ladi. Chunki davlat rahbari farmonni birovdan qabul qilib olmaydi, aks holda, farmon bergan emas, bajarish uchun qabul qilgan bo‘lib qoladi.

Manba: Tarjima va til, Zuhriddin ISOMIDDINOV
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

3 months, 3 weeks ago

«Unday emas, bunday bo‘ladi. Sizlar adashyapsizlar!»

Ijtimoiy psixologiyada Danning-Kryuger effekti degan tushuncha bor. Bu nima degani?

— Biror sohada yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan odamda o‘ziga bo‘lgan ishonch juda yuqori bo‘lishini kuzatganmisiz? Bunaqa odam o‘zini professional, tajribali mutaxassis deb hisoblaydi. Qobiliyatlarini yuksak baholagani bois qilayotgan xatolarini ko‘ra olmaydi, boshqalarning gaplarini inkor qiladi.

— O‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘la turib, qobiliyatlarini yetarlicha baholamaydigan, ishonchsizlikdan aziyat chekadigan odamlarni ham uchratgan bo‘lsangiz kerak.

Mana shu hodisa Danning-Kryuger effekti deyiladi. Soddaroq tushuntirsak, bilimi oz bo‘lgan odam o‘ziga katta baho beradi, bilimi yuz chandon ko‘p odam esa o‘zini yerga uradi.

Qiziq jihati, bilimsizning o‘ziga bo‘lgan ishonchi manmanlikdan emas, ko‘proq bilimsizligini bilmasligi tufayli bo‘ladi. Bilimli odamning o‘zini yerga urishi esa kamtarlikdan emas, shunchaki o‘ziga to‘g‘ri baho bera olmasligidan bo‘ladi.

Danning-Kryuger effekti degan tushuncha yaqindagina — 1999 yilda ilgari surilgan bo‘lsa-da, bu haqda odamlar ming yillar avval ham fikr yuritgan. Keling, Suqrotning bir gapini eslaymiz:
Men hech narsani bilmasligimni bilaman, ammo boshqalar shuni ham bilmaydi!
Bu yerda "hech narsani bilmaslik" deb majoziy ma’noda aytilgan. Ushbu iqtibosdan bir nechta xulosalar olish mumkin:
— bilimsizlik o‘z-o‘zidan ayb emas, chunki inson bilib tug‘ilmaydi, hayoti davomida bilib boradi;
— bilimsizligini bilmaslik va tan olmaslik — ayb;
— bilmasligini bilish odamni boshqalardan ustun qiladi.
*_____

Nima qilish kerak?*Birinchi toifadagi odamda o‘ziga bo‘lgan ishonch shu qadar yuqoriki, hatto xatolarini ham yutuqdek qabul qiladi.

Agar siz shunday odamga yo‘liqsangiz, u bilan ortiqcha bahslashmang, foydasi yo‘q. Yagona yechim — u qaysi sohada o‘zini mutaxassis deb bilsa, uni o‘sha sohaning haqiqiy mutaxassislari davrasiga tushirib qo‘yish. Haqiqiy mutaxassislar qanday bo‘lishi kerakligini u o‘z ko‘zlari bilan ko‘rsagina uning shira bosgan ko‘zlari ochiladi, oyog‘i qaytib yerga tegadi, o‘ziga bo‘lgan ortiqcha ishonchi me’yorga keladi.

Agar ikkinchi toifadagi insonga yo‘liqsangiz, shunchaki unga:
— u bilgan narsalarni hamma ham bilavermasligini,
— u qilgan ishni hamma ham qila olmasligini,
— u oson deb o‘ylagan narsalar oddiy odamlar uchun oson emasligini tushuntirish kerak.

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago
6 months, 3 weeks ago
6 months, 3 weeks ago

Insonga qilgan ishlariga¹ ² qarab baho beriladi
«To‘g‘ri kopirayting» mualliflik kursimni ilk bor yo‘lga qo‘yganimga 2 yil bo‘libdi. Shu kungacha kursda o‘qiganlar soni 400 ga yaqinlashib qoldi.

Tan olaman, bitiruvchilar orasida darslarni o‘zlashtirolmay, yarmidan tashlab ketganlar ham, kuchli kopirayter bo‘lib ishlab yurganlar ham bor.

Undan tashqari, shunday shogirdlarim borki, loyihalarimning katta qismini ularga to‘liq topshirib qo‘yganman.

Jamoamga qo‘shilishni istovchilar ko‘p, ammo jamoa kengaygani sari ularni imkon qadar ish bilan ta’minlashim kerak. Agar sizga matn bilan bog‘liq xizmatlar kerak bo‘lsa, bemalol o‘zimizga murojaat qilaverasiz.

Jamoam bilan qanday xizmatlar ko‘rsatamiz?
— kopirayting (sotuv matnlari, sayt uchun matnlar, ssenariylar);
— tarjima (ingliz, rus va o‘zbek tillari);
— tahrir va tashih ishlari (kitob va jurnallar).
— matn bilan bog‘liq boshqa ishlar (sahifalash, kitob dizayni)

Narxlar bozordagi holatdan qimmatroq, ammo nima uchunligini bilasiz — ishimiz sifati borasida ortiqcha gapga hojat yo‘q, menimcha. Ishonmasangiz, sarlavhani o‘qing.

@nuqtavergul
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

9 months ago

Yozuv boshqa, talaffuz boshqa

Dunyo amaliyotiga ko‘ra, brendlar va kompaniyalarning nomlari boshqa tillarda asl holicha yoziladi. Ularni shu shaklda hamma taniydi, biladi, ularning logotiplarida ham shu nom yozilgan. Aytaylik, PHILIPS, SONY yoki MITSUBISHI nomlarini hamma yerda bir xil shaklda uchratamiz.

Biroq bu nomlarni o‘qish va talaffuz qilishda turli chalkashliklarga ko‘p duch kelamiz. Uzoqqa bormaylik, yurtimizda ham nafaqat oddiy fuqarolar, balki jurnalistlar, boshlovchilar, tadbirkorlar, sharhlovchilar nomlarni to‘g‘ri talaffuz qilishda sezilarli xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shu bois ayrim mashhur kompaniya va brendlar nomlarining amaliy transkripsiyasini keltiramiz:

HYUNDAI — HYONDE
XIAOMISYAOMI
DAEWOO — TEU
SAMSUNG — SAMSON
HONOR — ONOR
ZARA — SARA
NIKE — NAYKI
XEROX — ZIROKS
LAMBORGHINI — LAMBORGINI
HERMÈS — ERMES
CHLOÉ — KLOE
LEVI’S — LEVIS
GUCCI — GUCHCHI
LOUIS VUITTON — LUI VYUITTON
PORSCHE — PORSHE
LACOSTE — LAKOST
JAKO — YAKO

To‘g‘ri talaffuz qilishga e’tiborli bo‘lamiz, do‘stlar. Yana qanday brend nomlari sizga qiziq?

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

9 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 3 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 3 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago