Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Toʻraqoʻrgʻon, Namangan va Kosonsoy
tumanlaridagi tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida
navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi
Joriy yilning 13-sentabr kuni Toʻraqoʻrgʻon, Namangan va Kosonsoy tumanlaridagi davlat aktivlari, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda 200 nafarga yaqin tadbirkorlar va ishbilarmonlar, mahalliy hokimliklar hamda tumandagi sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Taqdimot Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi Sherali Qosimov, Davaktiv agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Bekzod Matmusayev, Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Akramjon Axmadaliyev hamda “E-auksion” viloyat vakili Alisher Mirzahmedov boshchiligida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Bekzod Matmusayev soʻzga chiqib, xususiylashtirish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar, tadbirkorlar uchun bir qator yangilik va qulayliklar yaratilganligini taʼkidlab oʻtdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-sentyabr kuni “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-135-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Bunda: Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida, boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan, shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida toʻliq toʻlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.
“Roadshow” ishtirokchilariga “e-auksion” elektron savdo platformasi boʻyicha nazariy, ham amaliy tushuntirilib, savol-javoblarga boy oʻtgan tadbirda berilgan bir qator savollarga tegishli javoblar berilib, mahalliy tadbirkorlarning bir qator takliflari qabul qilindi.
Navbatdagi “Roadshow” taqdimoti Pop, Chust va Mingbuloq tumanlarida oʻtkazilishi belgilangan.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago