Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses
Video operator kerak
Hozirda instagram ijtimoiy tarmogʻida sport yangiliklarini yoritib boruvchi loyiha ustida ishlayapmiz.
Loyihamiz yangi va baʼzi xodimlarga, aniqrogʻi video operatorlarga ehtiyoj bor.
Biz hali daromadga chiqmadik. Ammo bu uchun tinimsiz harakatdamiz.
Loyihamiz uchun video operator izlayapmiz. Video oeratorlik boʻyicha bilimlarga ega boʻlishi kerak, tajriba talab qilinmaydi, lekin boʻlsa yaxshi)
Biz bilan ishlamoqchi boʻlsangiz @J_Isaqov ga murojaat qilishingiz mumkin.
Jurnalist kerak.
Hozirda instagram ijtimoiy tarmogʻida sport yangiliklarini yoritib boruvchi loyiha ustida ishlayapmiz.
Loyihamiz yangi va baʼzi xodimlarga aniqrogʻi jurnalistlarga ehtiyoj bor.
Biz hali daromadga chiqmadik. Ammo bu uchun tinimsiz harakatdamiz.
Loyihamiz uchun jurnalist xodim va xodima izlayapmiz (soha boʻyicha bilimlarga ega boʻlishi kerak, tajriba talab qilinmaydi, lekin boʻlsa yaxshi)
Biz bilan ishlamoqchi boʻlsangiz @J_Isaqov ga murojaat qilishingiz mumkin.
GOST?!
Talabalar oliy ta'limni bitirish uchun topshiriladigan davlat imtihonini og‘zaki nutqda, demak, ijtimoiy tarmoqdagi muloqotda ham "gost" deb ishlatganiga bir necha marta guvoh bo‘ldim.
Biz talabaligimizda hamma "Gos" deb ishlatardi va uning "госэкзамен" ya'ni государственный экзамен ni anglatishini hamma bilardi.
Rus tilining ta'siri kamayganini "gos" ning "gost" deb xato ishlatilishida va buni hozirgi talabalar kelib chiqishi nimadan ekanligini bilmasligida ko‘rishimiz mumkin. Ular, katta ehtimol bilan, turli mahsulotlar qadog‘idagi ГОСТ so‘ziga ko‘zi tushgani uchun yoki ruschada гос emas, гость so‘zi bilan tanishligi uchun oxiriga t qo‘shishgan bo‘lsa kerak.
Tinchgina, davlat imtihoni deylik... O‘zimizning ona tilimizdan qo‘ymasin.
Men bu mavzuda yozishdan iloji boricha qochaman. Lekin jamiyat holiga qarab, baʼzan dilimdagi tilimga chiqib turadi.
Masalan, yomgʻirni yaxshi koʻraman. Lekin mashina yuvgan kunim yomgʻir yogʻib qolsa yoqmaydi. Shuncha mehr berib yuvgandan soʻng hech boʻlmasa bir-ikki kun chang yoʻllarga kirgim, yomgʻirda qolgim kelmaydi.
Yoki Rumiyni ilk bor oʻqiganimda bir qator illatlarimdan qutulgandim. Bunday teran va koʻngilga yaqin soʻzlarni oʻqigach yana oʻsha-oʻsha hayotni davom ettirishim mumkin emasdi.
Men tushunmayman, jamiyat yoppasiga dindorlashyaptiyu, nega axloqiylashmayapti? Dindor jamiyat axloqli jamiyat degani emasmi axir? Mantiqiy jihatdan shunday natija kutishim xatomi?
Bugun kimki pul topsa masjid qurdiryapti. Kimki pul topsa Umraga joʻnayapti. Kimniki koʻrsak, hijob oʻrayapti. Soqol qoʻyyapti. Jumaga chiqyapti. Namoz oʻqiyapti. Roʻza tutyapti. Leksikoni diniy istilohlar bilan boyiyapti.
Biroq yurtimiz hamon dunyodagi eng korrupsion davlatlar qatorida turibdi. Davlat tashkilotlarini qoʻyib turaylik. Uy bozori, mashina bozori, texnika bozori, tovuq bozori, qoʻyingki hatto kitob bozoridayam sergak boʻlmasangiz kiydirib ketishadi. Odam odamning boʻrisi boʻldi.
Universitetda bizga Al-Azharda oʻqib kelgan kishi dinshunoslikdan dars berardi. Shu kishining ovozi baland chiqqanini eshitmaganman. Har qancha muammoli vaziyatda ham yengil kulib turardi. Yuzida oʻzgacha nur bor edi. Bugungi dindorlar esa asabiy, koʻngli tor, sal narsaga yoqangga yopishadi. Boshida hijobi bor-u, ogʻzi shaltoq. Soqoli koʻksiga tushadiyu, nafsi buzuq.
Faqat oldi-berdida emas muammo. Oddiy insoniy, oilaviy masalalarda ham tuban ketdik. Birovga rahm qilmayapmiz. Yo qoʻl bilan, yo til bilan ozor berishdan chekinmayapmiz. Bugunning odami oldingi rejimlardagi odamdan koʻra axloqsiz. Undan koʻra dilozor. Undan koʻra xaromga oʻch. Undan koʻra bilimsiz.
Ilgari oʻqimagan odam oʻqigan odamni hurmat qilardi. Oʻqigan bilan oʻqimagan teng boʻlurmi axir? Bugungi yuzaki dindorlik esa odamlarga johillik jasoratini berdi. Ular qaysidir domladan eshitganini yoki ibratli vaynda koʻrganini ilm hisoblab, oʻzini ziyoli bilan teng koʻryapti. Savodi chiqmasidan tili chiqyapti. Ilm soʻzining mazmuni oʻzgaryapti.
Men bugungi dindorlikni hammomdan nopok chiqishga oʻxshataman. Qachonki jamiyat halol boʻlsa, halim boʻlsa, oʻshanda sizning dindorligingizga ishonaman.
✍ Qora qalam sohiblarini biz ham qutlaymiz yozib chizishdan aslo tòxtamang.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses