Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Yukimiz barobar
Qiyinchiliklarda «qiziq, mening ham ota-onam boy bo’lganida kesib o’tayotgan yo’lim qanday bo’lar edi-a?» deb o’zimni ko’p savolga tutar edim.
Yaxshiroq maktab, yaxshiroq murabbiylar, yaxshiroq uy va hokazo.
Xullas, «hayotim ancha osonroq bo’lar edi» javob berib yurar edim shularni tushunmagunimcha,
Tug’ilishi bilan «yaxshiroq hayotga» ega bo’lganlarni hayotini tahlil qilib fikrim qat’iy o’zgardi.
Ota-onasini «orzu-havaslarini» oqlay olmaslik, borini yo’qotib qo’yish to’g’risidagi fikrlar ularga katta psixologik bosim bo’ladi. Hammasiga ham emas, istisnolar bor.
0 dan boshlagan odamdan esa deyarli hech narsa kutishmaydi. Ota-ona uchun bolasini «sog’ salomat» bo’lishini o’zi katta gap.
Aslida yaxshi hayotni meros qilib olganlarga havas bilan qaramaylik, ularning yuki biznikidan yengil emas.
Ko’pchiligi bizga o’xshab hammasini 0 dan boshlayotganlarga havas bilan qarashadi. Ishonavering.
Fundament
1 dona xonadan iborat uy ko’tarayotgan odam 2 oyda uyni qurib tugatadi.
14 ta xonadan, 1 basseyn, 1 trenajor zal, qishki oshxona va saunadan iborat uy ko’tarayotgan odam 2 oyda fundamentini ham tugata olmaydi.
1 xonali uyga qaraganda karra-karta ko’proq vaqt ketadi. Uyning elektrika va santexnikasi qismiga kelganida esa qurilish to’xtab qolgandek tuyiladi go’yo.
Lekin, uy bitishiga 2 yil ketsa ham arziydi. Chunki bitgandan so’ng uyning egasi 1 boshpana ostida nabiralarini ham sig’dira oladi.
Qo’shnimiz tomini yopayotganida biz hali fundamentni tugatmagan bo’lishimiz mumkin.
Bu degani biz ulardan qolib ketyapmiz degani emas,
Balkim 14 xonali uy solayotgandirmiz? Arqonni uzunroq tashlagandirmiz?
1 xonali uy solayotganlar ustimizdan kulishlari mumkin, «meni aytganimni qilganingda allaqachon zo’r bo’lib ketar eding» deyishlari mumkin.
Rejamiz kattami? Ularni eshitmaylik. Fundament ko’proq vaqt talab qiladi.
Rozi bo'laylik
Atrofga qaradim,
O'ndan to'qqiztasining telefonida Instagramni ko'rdim. Screen time kamida 4 soat kuniga.
"Hamma sarmoya qiladigan joyga sarmoya qilib ulardan o'tib ketolmaysiz" deydi Endi Rahleff, Benchmark Capital asoschisi.
"Hamma qilayotgan narsani qilib hamma olayotgan narsani olasan" deb eslatadi Jim Ron.
Hamma ko'rib yuradigan videolarni ko'rib ular bilan bir xil "haq" olishga rozi bo'laylik.
Hamma o'qigan kitoblarni o'qib ular bilan bir xil "haq" olishga rozi bo'laylik.
Rozi emasmizmi? Ko'pchilik qilmayotgan ishlarni qilaylik. Ko'pchilik qilayotgan ishlarni qilmaylik.
Karra-karra ko’proq qiymat
Pulimiz yo’q payda oldimizga kimdir kelib «pul zaril, shuning uchun Iphone 16’ni $100 ga berib yuboraman» desa qarz olib bo’lsa ham pul topamiz.
Chunki,
Oladigan qiymat sotuvchi so’ragan puldan ancha yuqoriligini ko’ramiz.
Mijoz oqimi pastmi? Beradigan qiymatimiz so’rayotgan pulimizdan karra-karra ko’p emas.
Oyligimiz pastmi? Beradigan qiymatimiz so’rayotgan pulimizdan karra-karra ko’p emas.
Pul haqida bosh og’rityapmizmi? Boshimiz og’rig’i to’xtamaydi.
Qiymatni karra karra ko’paytirish to’g’risida bosh qotiraylik, shunda pul to’g’risida bosh og’ritishimiz kerak bo’lmaydi.
Topish kerak xolos
Ba’zi fikrlar keladi, qo’rqitadi. Yana kimdurdan shu fikrlarni eshitgach qo’rquv ketadi.
Ba’zi fikrlar keladi, xavotirga solib qo’yadi. Yana kimdurdan shu fikrlarni eshitgach sal bo’lsa ham xotirjam bo’lamiz.
Ba’zi muammolarimizni o’ylab ichimizni yeymiz. Yana ubu kimda shu muammolarni ko’rsak yengillaymiz.
Birinchi biznesi bankrot bo’lgan ukamiz siqilib qolgan ekan. «Deyarli hech kimda birinchi biznes o’xshamagan. Menda ham shunday» degan edim - ko’ziga nur to’ldi. O’ziga bo’lgan ishonchi qaytdi.
Fikrlar va muammolar qiynayotganida shuni yodda tutaylik,
100% ehtimol bilan bizni qiynayotgan narsalar faqat bizni qiynamayapti.
Shuni bilishni o’zi ancha xotirjamlik beradi.
Chunki,
Ko’pchilikni qiynayotgan narsa bo’lsa - demak uni yechimi alla qachon bor. Topish kerak xolos.
Xato narxi
16 yoshda biror bir ishni boshlab o'xshata olmasak - shunchaki vaqt yo'qotamiz. Tajriba olamiz.
18-20 yoshda biror bir ishni boshlab o'xshata olmasak - shunchaki vaqt va ozroq pul yo'qotamiz. Tajriba olamiz.
25 yoshda biror bir ishni boshlab o'xshata olmasak - xatomiz narxi ko'proq bo'ladi. Farzandimiz och qolib ketishi mumkin, uysiz qolishimiz mumkin.
30-35 yoshda biror bir ishni boshlash ehtimolimiz 0 ga qarab ketaveradi. Borini yo'qotishdan qo'rqamiz, agar ishlarimiz o'xshamasa muzlatkichimiz bo'sh qolib ketishi va buning oqibatida farzandlarimiz och qolib ketishi bizni qo'rquvga soladi.
Yosh ekanmiz, xato qilishdan qo'rqmaylik. Tajribani bosaylik.
Chunki,
Yo'qotadigan narsamiz kam, deyarli yo'q. Obro'ni asrasak bo'ldi.
Vaqt o'tgach xato narxi faqat tepaga yuradi.
Yolg’on
Aslida uxlab qolib «uzr probkada qolib ketdim» deymiz.
Aslida bilganmiz, lekin «meni xabarim yo’q edi» deb turamiz.
Aslida unday emas, lekin «aka zarariga sotyapman» deymiz.
Aslida yordam qilgani pulimiz bor, lekin «o’zim ham qiynalib turibman» deb rad javobini beramiz.
Yolg’on ishlatar ekanmiz, shuni yodda tutaylik,
Bir odamga yolg‘on gapirganimizdan so‘ng, biz nafaqat aslida nima haqida yolg‘on gapirganimizni, balki adashib ketmaslik uchun qaysi odamga qaysi yolg’on versiyasini aytganimizni ham yodda tutishimiz kerak.
Xotiramiz doim band bo’ladi. Kompyuterda birdaniga 10 ta o’yin ochib o’ynaydigan bo’lsak hamma o’yinlar «qotadi». Miyamiz ham shunday «qotishni» boshlaydi.
O’zimizni himoya qilish uchun yoki manfaat topish yolg’on ishlatmaylik.
Chunki,
Yolg’on birinchi bo’lib yolg’onchiga jabr beradi.
Bunday gaplar eshitilmaydi
So’kish eshitib o’zgargan odam yo’q.
Qo’pol tanqid eshitib o’zgargan odam yo’q.
Hammani oldida kamsitilib o’zgargan odam yo’q.
«Sporlashish» oqibatida o’zgargan odam yo’q.
Ayblovchi gaplar orqali o’zgargan odam yo’q.
O’zimizni eslaylik, hayotimizga tubdan ta’sir o’tkazgan gaplarning barchasi sokin ohangda aytilgan.
Ukamiz, do’stimiz yoki xodimimizni o’zgarishimi xohlaymizmi? Tinch ohangda gapiraylik. Baland ovoz bilan aytilgan gaplar barbir eshitilmaydi.
1 marta o’xshasa bo’ldi
Kitob yozishning yaxshi tomoni - 1 marta o'xshasa bo'ldi. 1 dona bestseller unga sarflagan vaqt va pulimizni x1000 qilib qaytarib berishi mumkin.
Blog yuritishning yaxshi tomoni - 1 marta o'xshasa bo'ldi. 1 dona yurakdan chiqib yurakga yetib borgan video yoki maqola bizni mashhur qilib yuborishi mumkin.
Sportchi bo'lishni yaxshi tomoni - 1 marta o'xshasa bo'ldi. 1 dona olimpiya medali bizni boy va mashhur qilib yuborishi mumkin.
Biznes qilishni yaxshi tomoni - 1 marta o'xshasa bo'ldi. 1 dona o'xshagan biznes 1 oy ichida shu kungacha topgan pulimizdan ko'proq pul olib kelishi mumkin.
Yillar davomida omadimiz kelmaganida, shafqatsiz vaqt o’zimizga bo’lgan ishonchni kamaytirganida,
O’zimizga savol beraylik,
Biz shug’ullanayotgan narsa 1 marta o’xshasa hammasi yaxshi bo’lib ketadimi? Unda davom etaylik.
Sovuqchilik tushadi
Maslahat beramiz, eshitmaydi. O’z bilganini qiladi.
Xato qilib boshini devorga urgan paytda «men senga aytgan edim-ku» deymiz.
Bu gap bilan «meni tan ol» demoqchi bo’lamiz.
Buni tagida esa «men sendan ustunman» degan ma’no yotadi. Bu esa hech kimga yoqmaydi.
Munosabatga sovuqchilik tushirmoqchi bo’lmasak «men senga aytgan edim-ku» degan gapni leksikamizdan olib tashlaylik.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago