SARVINOZ SADAF she'rlari

Description
Barchasi yaltiroq barchasi soxta
Bir yoni baxt bo'lsa biri g'amxona
Soxta tabassumlar jondan o'tdi , rost...
Haqiqat izlashdan charchadim ona...



@SarvinozSaDaF
telegram.me/sarvinozsadaf
🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊🌊
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

Bir daraxt bo'lginki, ey dil
Shamollarda to'kilsin dardlar,
Kay xazonlar to'kilur butkul,
Shundan keyin ochar kurtaklar...

Ko'mgin kõngil qabristoniga
Umri tugab qolgan tuyg'uni,
Toki qaytib bezovta ruhi,
Baxsh etmasin mangu qayg'uni...

Daraxt bõl dil, ko'lankasi keng,
Har yaxshiga mayli bõl panoh
Majnuntol bõl egilgin "HAQ"ga,
Tomirlaring kesmasin gunoh...

Bir daraxt bo'lginki ey dil...

Sarvinoz Sadaf

24/10/19
08:43
@SarvinozSaDaF

2 months, 2 weeks ago

Kech mahali, salqin... Namozshom...
So'ragandek kunning hisobin,
Shitirlashib kuzaklar , go'yo...
Varaqlaydi umr kitobin...

Sarvinoz Sadaf
12/10/24
15:14

@SarvinozSaDaF

5 months, 3 weeks ago

Non tuzida minnatlar yo'qdir,
Hotamtoyim sizsiz Otajon
Ne so'rasam ortig'i bilan,
To'shab qo'ygan so'zsiz shu zamon...

Mehringiz ham eng toza eng pok,
Dard ko'rmang, g'am ko'rmang hech qachon,
Onajonim bilan uzoq yil,
Yashang bedard, yashangiz omon...

Sarvinoz Sadaf

04/07/24
11:32

@SarvinozSaDaF

6 months, 1 week ago

Men seni unutib qo'ysam ham,
Ko'p kechirding, dardlarim olding...
Har holimda , marhamat aylab
Yonginamda faqat sen qolding...

Yurakkinam chekkanda ozor
Borligingni yodimga solding,
Rad etilmas huzurga shoshdim...
Yonginamda faqat sen qolding...

Asli senga  nafim yetmas hech
Borligimcha faqat sen suyding
Qayta qayta meni avf etib
Yonginamda Robbim sen qolding...

Men seni unutib
        qo'ysam ham...

Sarvinoz Sadaf
18/06/24
@SarvinozSaDaF

6 months, 3 weeks ago

Sershovqin, sertashvish shahar...
Orom olmas tunda ham bir on,
Qalbim aytar boladek, bir dam...
Qishloq, Ota hovlingda uyg'on...

Bugun bari hisob kitobli
Inson o'tar dunyo talashib
Yana qaytsam bola chog'imga
Yulduzlarni sanab adashib...

Netay, bizdan so'roq aylamay
Yurar ekan xayollar daydib,
Bolalikning qo'lidan ushlab,
Ketgim kelar o'tmishga qaytib...

Bola chog'im , seni almashdim
Kattalikka bo'lgan havasga,
Bemanfa'at , beg'am tuyg'uni
Kimlar solib qo'ydi qafasga...

Sarvinoz Sadaf

01/06/24

16:31

@SarvinozSaDaF

6 months, 3 weeks ago

Kuy taralar ,olisdan, mahzun,
Kuyga cho'kib ,og'ringanmisiz?
Qalbingizga boqib, mendayin
O'zingizni sog'inganmisiz?

Chang yutib, dard yutmagan chog'ni,
Etak to'lgan, dovchali bog'ni,
Kapalakka to'lgan gulbog'ni,
Eslab siz ham og'ringanmisiz?
O'zingizni sog'inganmisiz?

Araz nima alam ne bilmay,
Hech birovning qalbini tilmay,
Ulg'ayishga oshiqqan tinmay,
Endi qumsab ezilganmisiz?
O'zingizni sog'inganmisiz?

Goho to'yib sohta yuzlardan,
Bahor ketib, bezib kuzlardan,
Rost axtarib ,yolg'on sòzlardan,
Xayollarga ovunganmisiz?
O'zingizni sog‘inganmisiz?

Niqoblanib bugun turlicha
Dil topib, dil yo'qotib necha,
Bugundamiz qaytmas deb,kecha,
Bolalikka sig'inganmisiz?
O'zingizni sog‘inganmisiz?

Kuyga cho'kib og'ringanmisiz?!

Sarvinoz Sadaf
00:43
16/05/19
@SarvinozSaDaF

7 months, 2 weeks ago

Noto'g'ri tushunmang...

Dardlashay dil to'ldi desam gar.
Holimga aziz döst kuyunmang.
Bu dardni dasturxon qilmoqmas.
Iltimos noto'g'ri tushunmang...

Goh g'amgin xayolchan yursam gar.
Ey g'ariz g'animlar suyunmang...
Qoqilsam turolmas demang hech!
Iltimos noto'g'ri tushunmang...

Ey hayot, ey dunyo men uchun.
Bu qadar siz qiyin tuyulmang.
Yashashdan to'ymadim, shunchaki.
Charchadim, noto'g'ri tushunmang...

She'r yozmas endi u desalar.
Siz aslo bu so'zga ishonmang!
Dardlar bor baxtlar bor demak she'r...
Yozilar, noto'g'ri tushunmang...

Sarvinoz Sadaf

13/02/17

08:18

@SarvinozSaDaF

7 months, 2 weeks ago

Goho yaxshi so'zu e'tibor
Isrof ekan bazi birlarga
Har joyda ,har tusga kirguvchi
Oqlik so'rgum qalbi kirlarga...

Qo'ying mayli ketishsin davom
Yo'li ochiq..., oq bölsin mudom.
Bilishsinlar neni yo'qotgach,
Va o'shanga zor bo'lar inson...

Hayot davom, hayot to'xtamas,
Hozirgacha davom etgandek,
Kifoya qil parvardigorga...
Baxtlar kutar o'zing kutgandek...

Sarvinoz Sadaf

12/05/24

19:14

@SarvinozSaDaF

8 months, 3 weeks ago

Katta hovli, bog'u gulzorlar,
Endi sizsiz tongni qarshilar...
Ko'ngli toza , beozor bobom,
Ruhi jannat tomon shoshilar...

Endi har tong buvijonimga
Kim keltirar bir shox, rayhonlar...
Taqdir ekan , bersin allohim
Sizsiz qolgan qalbga darmonlar...

Qizday ko'rib kelinlarni ham
Hech birovga bermay, ozor, g'am...
Nevara-yu farzandlaringiz.
Endi sizsiz ko'zlarida nam.

Garchi abad qolmagay hech kim,
Bu sinovli, qisqa dunyoda,
Obod bo'lsin oxiratingiz,
Sizchun bizlar doim duoda...

Sarvinoz Sadaf

04/04/24
20:12

@SarvinozSaDaF

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid