Qudrat | 1000+

Description
Oʻrganish - o'zgarish demakdir. Agar o'zgarmagan bo'lsak demak, o'rganmabmiz.

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/qudrat

Tarmoqlar:

https://youtube.com/@Qudratjon

https://instagram.com/Qudrat.john

https://twitter.com/Qudratjohn

@Qudratjohn
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 months, 4 weeks ago

Qachondir buni yozaman deb oʻylamaganman...

Shogird olaman!

Oʻzim haqimda:
- Kimyo oʻqituvchisiman
- Oʻquv markaz rahbariman
- Kitoblarni yaxshi koʻraman
- Fanga oid You Tube sahifa yuritaman
- Shaxsiy You Tube kanalimni yuritaman
- Yana bir qancha oxiriga yetmagan loyihalar asoschisiman
- Pulsiz tirik qolish boʻyicha 25 yillik tajribaga ega ekspertman)

Hech qaysisini hozircha qoyillatmaganman!

Imkoniyatlar:
- Ingliz tiliga kurs pulini toʻlab beraman
- Shaxsiy rivojlanish yoʻlida oʻqishi uchun kitoblarni qarzga berib turaman
- Oʻzim bilgan va unga qiziq boʻlgan hamma narsani oʻrgataman
- Tayyor boʻlganda (2025) yaxshi ishga joylashishiga yordam beraman

Talablar:
- Oʻgʻil bola boʻlishi kerak
- 16 yoshdan katta boʻlishi kerak
- Part taym (yarim kun) boʻsh boʻlishi kerak
- Kitob oʻqishga qiziqishi kerak
- Topshiriqlarimni vaqtida bajarishi kerak
- "Deep work" qila oladigan, sabrli boʻlishi kerak; "Dead line" muhlat bilan ishlay olishi kerak
- Bazi kichik ishlar aytsam ogʻrinmasligi va vaqtida bajarishi kerak

Kimga qiziq boʻlsa oʻzingizni maqtab rasmingiz bilan menga yuboring - @Qudratjohn

2 months, 4 weeks ago

Zoʻravonlik darajasidan qat'i nazar noprofessionallik belgisidir
Ota-ona farzandini qaysidir qilgan xatosi uchun urayotgani yoki qattiq urishayotgani bu ularning toʻgʻri tarbiya yoʻlini bilmasligining belgisidir.

Ustoz oʻquvchilarini urayotgani yoki urishayotgani uning qotib qolgani, chorasizligi, oʻz ustida ishlamasligi va kitob oʻqimasligi belgisidir.

Rahbar oʻz qoʻl ostidagilarini urayotgani yoki urishayotgani notoʻgʻri tizim belgisidir.

Bir davlat boshqasiga urush qilgani notoʻgʻri siyosat belgisidir.

Baland ovozlar, baqir-chaqirlar bolalar oʻyin maydonchasiga yarashadi.

Yigʻi-sigʻi, soʻkish-urish, baqir-chaqir xatolar bisyor, tizim rivojlanmagan joyda boʻladi.

Tayyor boʻlganingizda ota-ona, ustoz, rahbar boʻlishingiz shart emas, oʻz ustingizda ishlash kerakligini unutmasangiz bas.
Jilmayish, kitob oʻqish, aql bilan hamma narsani uddalash mumkin.

Zoʻravonlik darajasidan qat'i nazar insoniyat kelajagiga urilgan bolta boʻlib qolaveradi.

@Qudrat

3 months, 2 weeks ago

Onlayn kurs boshladim! Yana)

5 months, 4 weeks ago

Boʻpti hayotga yengilroq qaraymiz...

Meni Hold Coin imga start bosib oʻynanglar. Oxirgi kartani ochish uchun 10 ta odam qoʻshish kerak.

Iltimos...

5 months, 4 weeks ago

Kambagʻalni tuyani ustida it qopadi

Mana shu joyni Fargʻonada koʻpchilik biladi. Bir oʻtsangiz albatta qulogʻingizga "dollar, rubl bormi?" degan gap chalinadi.

Bir necha oy avval bir tanishim 200 $ ni bank ishlamaydigan payt pul zarur boʻlgani uchun shu yerda maydalagan. Menga dadam bu yerda hech qachon pul olib boʻlmasligini, albatta "uxlatib" ketishlarini, pulni bankdan maydalash kerakligini yoshligimdan qulogʻimga quyib keladi. Lekin bu akam Namanganlik boʻlgani uchun bilmay, 200$ dollar pulidan 700 ming soʻmga "uxlagan".

Bugun shu yerdan oʻtib ketayotsam, bir odmiroq kiyingan aka 100 $ maydalayotgan ekan. Atayin 1-2 metr uzoqroqda kuzatib, eshitib turdim. Aka kamida 100 ming soʻmga "uxladi". "Sarrof" pulni berdi, aka sanab, 1 mln 200 ming ekan dedi, "sarrof" pulni qayta sanab "ha rostdan kam ekan" degancha tahminan 100 minglarcha pulni orqa choʻntagiga urdi. Boshqa choʻntagidan 50 ming soʻm olib berdi. Orqasidan borib "pulingizni qayta sanab oling" deb bir necha marta ogohlantirdim.  "Sanadim" deb menga jaxl qilib ketdi.

Bir nechta "dollarfurushlar" kelib menga doʻq qila ketishdi. "Aralashma, u qivoraman, bu qivoraman", eng yumshoq gap "oʻldirvoraman" boʻldi.

Hech qanday video dalilim, isbotim yoʻq, boʻlgandayam birovga arz qilmasdim. Chunki huquq organlari xodimlariga umuman ishonmayman. Bogʻdagi sevishganlarga jarima yozishayotgan, yoki nimalardir qilayotgandir hozir. Bu sarroflar haqida yillar davomida hamma biladi, lekin hech qanday chora koʻrilmaydi. Balki tepasida judayam kuchli odamlar turar.
Susambilda baʼzi masalalarda haq boʻlsang ham albatta nohaq ekaningni isbotlab berisha oladi. Bitta organ xodimi, haqqimni talab qilganimda, koʻchadagi stolbani ham oborib qamay olaman, nimadir qilishing shartmas deb aytgan. Bu xulosam bitta xodimdan emas, bunaqalardan bir qancha koʻrganman.

Unda bularni nega yozdim.
Shunchaki "surish"ga motivatsiya bermoqchiman, imkoningiz boʻlsa tezroq bu yerdan ketinglar, boʻlmasa imkon uchun harakat qiling, tezroq IELTS oling va suring. AES bitganda chet elda boʻling.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

Valyutani bunday sarroflar bilan almashish, qonun buzilishi holati hisoblanadi. Ham qonunni buzib, ham choʻntagingizga zarar qilmang. Bankka boring tinchgina...

6 months ago

Xudo hammaga rizqini saqlash uchun idish berganda men gʻalvir olib olganman shekilli bilmasdan

8 months ago

Vaziyatni oʻzgartira olmaganimizda, oʻzimizni oʻzgartirishga toʻgʻri keladi.

(c) Viktor Frankl

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago