Факат Эълон бериш учун⬇️
👉 @ishboruz_elon
💬 NATIJALAR - @ishbor_otziv
🙏 Xush kelibsiz ❗️
Kanalimizda siz o‘zingizga mos ish yoki ishchilar topasiz.
👉 https://t.me/+hm6Ihq9d7okxNTZi
Last updated 1 month, 1 week ago
? Телеграм тармоғидаги энг оммабоп савдо канали “ @Bek_uysavdo ” га хуш келибсиз !
Реклама : ? @Uysavdo_admin47
?? Эълон бериш ПУЛЛИК!
?? Размещение объявления ПЛАТНОЕ!
Иш вақти 8:00 дан 23:00 га қадар
Last updated 1 year, 3 months ago
? ??????? ?????: @manegerrr
⚡️ ?????????? ??? ?????? ????????
Last updated 1 year, 1 month ago
Assalomu alaykum
🇹🇷Hurmatli kanalimiz a'zolari, xabaringiz borki, yaqinda A1 daraja noldan guruhimizning qabullari ochildi va davom etmoqda. Hozirda guruhga 10 ta o'quvchi joy band qilgan, yana 10 ta o'quvchi uchun joy qoldi!
Qabullar yaqinda tugaydi, tezda o'zingizga joy band qilib, yozilib qolishingiz mumkin.
✅Ushbu guruhning darslari haftaning toq kunlari (Dushanba, Chorshanba, Juma) soat 20:00-22:00 da bo'lib o'tadi.
✅Birinchi probniy dars 15.11.2024 (Juma kuni) soat 19:00 da boshlanadi. Probniy darsiga qatnashish mutlaqo TEKİN.
❗️Kursga yozilish uchun @NUMONNASR manziliga yozishingiz mumkin! Yanada manfaatli boʻlishi uchun ushbu postni kurs qidiruv yurgan tanishlaringizga, shaxsiy kanal va guruhlaringizga yuborib qoʻysangiz xursand boʻlamiz.
P.S: Kurs haqida soʻrab yozganlar sizga yuborilgan maʼlumotlarni yaxshilab oxirigacha oʻqib chiqing va u yerda yozilganlarga rioya qiling, iltimos!
Assalomu alaykum
Kecha TYS sertifikat egalarining ba'zilarini sizlar bilan baham koʻrgan edim. Bugun yana bir kurs qatnashchisi yozib qoldi. Eslayman, juda yaxshi oʻqir edi. Nimadir boʻlib tanaffus berishga toʻgʻri kelgan edik. B2 darajani tugatgach, C1 daraja darslarida yarimlarigacha oʻqib, guruhdagilar bilan kelishib, tanaffus bergan edik, adashmasam.
Oʻzbekoyimning aytishiga qaraganda keyin Hilol.eduga borib yana oʻz ustida ishlabdi. TYS sınavı natijalarini olgach men bilan ham baham koʻrgisi kelibdi.
Shu munosabatdan foydalanib Hilol.edu jamoasi va Oʻzbekoyimga xayrli boʻlsin demoqchiman. Alloh yoʻlingizni ochiq qilsin. Mehnat uchun, mujodala uchun alohida rahmat!
Assalomu alaykum
📝Turk tilini oʻrganish boʻyicha bugungi kunda oʻrgatuvchi va kurslar koʻpayib ketdi. Bu, albatta, yaxshi holat. Ya'ni, men shundayligiga ishongim keladi.
Yaqinda bir reklamani menga yuborishdi, oʻqib koʻrsam, "30 yillik tajriba ega ustozlar" - deb yozishibdi. Ustozning oʻzi 25 yoshda, boringki 30 yoshda, mayli 35 yoshdadir. U qachon turk tilini o'rgandi-yu, qachon dars berishni boshladi? Mening hisobim boʻyicha enasining qornida turk tilini oʻrganib, tugʻilishi bilan oʻqitishni boshlagan-da a!?
Yana bir xabarni oʻqib qoldim, "Oʻn minglab oʻquvchilarni natijaga olib chiqqan ustoz". Men 3,5 yillik turk tili boʻyicha onlayn kurs oʻtishim davomida butun oʻquvchilarni yigʻib chiqsam zoʻrgʻa 500'taga boradi yoki bormaydi. Shulardan 20 foizi ya'ni 100 kishi sertifikat olgan boʻlsa men uchun juda katta natija.
Oʻzi bugun Oʻzbekistonda turk tilidan haqli sertifikatga ega odamlar oʻn minglab emas, oʻn mingtani oʻzida chiqadimi?
Eng meni azoblagan xabar, "Bir oyda B2 darajaga olib chiqib qoʻygan shogirdim" - degani boʻldi. Gapning ochigʻi mening oʻzim hozir oʻtirib bir kishi bilan har kuni 5-6 soat turkcha individualni shugʻullansam 15 kundan keyin miyam tormiz boʻlib qoladi. 😊Men yoki robot emasman, yoki ular inson emas robot.
Qiziqib birisining darsiga kirib koʻrdim. Oʻzbek alifbosini toʻgʻri ayta olmagan odamni koʻrib toʻgʻrisi gʻijinib ketdim. Chidab, darsda kuzatib oʻtirdim. Mikrofonimni ochishni soʻradim, ammo, ochmadi. Ochganda bormi!? "Rahmatlarimni" boʻgʻziga tizib qoʻyar edim! 😊
📌Men aslo va aslo oʻzimni kamchiliksiz birisi sifatida baholamoqchi emasman. Men oʻqituvchi va turk tilini oʻrgatuvchi sifatida hurmat qiladiganlarim va shaxsan taniydiganlarim Sherzod Davlatov, Gʻulomjon Sobirov va umrimda koʻrmagan, tanishmagan boʻlsam ham Ulugʻbek Hoca degan kishi.
Men kurs ochishimni va bu ishda mening oʻrnim bor ekanligini Sherzod menga aytgan, sogʻ boʻlsin. Ammo, uning ham kamchiliklari yoʻq emas. Yuziga aytaman doim va buni u ham menga ayta oladi. Gʻulomjon Sobirov* ham hali turk tilida juda koʻp narsalar borligini biladi, biz ham bilamiz. Lekin, "voy" deysizmi, "dod" deysizmi oʻsha odam turk tilini Oʻzbekistonda yoyilishi va oʻsishida katta hissa qoʻshib kelyapti va bu ishda Alloh madadkor boʻlsin. Alloh ajrini bersin. Ammo, fikrlarga ochiq, mushohadali hurmatim cheksiz inson.
Ulugʻbek Hoca nega yaxshi degan fikrdaman? Chunki, menga kelgan bir ikkita oʻquvchilar bazi darajalarni oʻsha oʻqituvchida oʻqigan ekan. Va til mohiyatini yaxshi anglab olishibdi. Yodlab emas, his qilib, anglab olishibdi. Bundan tashqari yana boshqa kelgan oʻquvchilari bilan suhbatimda samimiyati haqida ham aytishdi.*
✅Men bilmagan va tanimagan turk tilidan oʻqituvchilik qilayotgan va tilni chin mohiyatini sevdirayotganlar ham borligiga ishonaman. Ular bilan tanishishni ham istayman. Kim oʻzarga emas, til ta'limi xususida mulohazalari menga qiziq.
❗️Men haqli ravishda oʻz kamchiliklarim va tajribalarimni boshqalar bilan muhokama qilish hamda ulardan oʻrganishga ochiq insonman.
🎯Nima demoqchiman?
Biroz mantiqli fikrlang!
Nafaqat turk tili, bir tilni oʻrganishda ustozni toʻgʻri tanlash juda-juda muhim. Siz yoki u tilni sevasiz yoki oʻsha tildan bezib ketasiz!
Xoʻsh sizning bu boradagi fikrlaringiz qanday?
Assalomu alaykum
👨🏫📝Turk tilida yozish koʻnikmasini (kampitensiyasi) shakllantirish va rivojlantirishda nimalarga diqqat qaratish kerak?
(Shaxsiy fikr va tavsiyalar asosida)
1. Soʻz boyligingiz yaxshi boʻlishi va oʻsha soʻzni nima ma'nolar bera olishini yaxshi bilishingiz kerak.
Masalan: Sen müsait misin? - boʻsh vaqting bormi?
Müsait bir yerde konuşalım - holi bir joyda gaplashaylik.
Ortam müsait değil - Oʻrtam(vaziyat,holat) mos emas (yaxshi emas, holi emas)
2. Grammatikangiz yaxshi boʻlishi kerak!
(Asosan murakkab matn yozishda va yuqori darajadagi A2 darajadan keyin juda koʻp bilinadi). Ya'ni gapning zamoni, shaxsi, soni, yuklami va berayotgan urgʻusi, ma'nosini chiqarib berish uchun bunga majbursiz.
Oʻrnak: "Men kecha kitob oʻqiyapsan ekan" degan gap tuza olmaysiz demoqchiman.
3. Toʻgʻri savol bera olish!
Siz gapirganingizda ham, yozganingizda ham gapingizning oxiri ikkita soʻzdan biri bilan tugaydi. Yoki fe'l yoki ism. Gapingiz biror bir harakat va holatni bildirgan soʻz bilan tugasa u fe'l kesimli gap, fe'ldan boshqa soʻz bilan tugasa unda u ot kesimli gap boʻladi. Siz esa oʻsha fe'l yoki ot kesimga toʻgʻri savol bera olishni bilishingiz kerak.
Masalan: oʻqi
a. qachon?
Kecha oʻqidim.
b. kim oʻqidi?
Men kecha oʻqidim.
c. qayerda oʻqidim?
Men kecha uyda oʻqidim.
d. nima oʻqidim?
Men kecha uyda kitob oʻqidim.
e. qaysi payt kitob oʻqidim?
Men kecha kechqurun uyda kitob oʻqidim.
f. qay holatda oʻqidim?
Men kecha kechqurun uyda yotib kitob oʻqidim.
g. kim bilan oʻqidim?
Men kecha kechqurun uyda ukam bilan yotib kitob oʻqidim.
❗️Demoqchimanki, keyin yuqoridagi uch omil yozish koʻnikmasining eng asosiy uch tamoyillaridir. Soʻzlarni bilib grammatik qoʻshimchani toʻgʻri qoʻshgancha savol berish orqali gaplarni tuza olasiz yoki kengaytirishingiz mumkin!
4. Qoʻshimcha qilib aynan turk tili uchun toʻgʻri talaffuz meʼyorlarini bilish yozish koʻnikmasi uchun ham muhim ekanligini aytmoqchiman. Chunki, 95% talaffuz qilinganidek yoziladigan bu tilda toʻgʻri talaffuz qilish sizga soʻzning yozilishini eslab qolish va qoʻllanish imkoniyatini beradi.
5. Bundan tashqari gapdagi tinish belgilarining ishlatilishi, grammatik birliklarning soʻzga qoʻshib yoki ajratib yozilishi, bosh harflar imlosini yaxshi bilish ham sizga yozish koʻnikmasini rivojlantirishda xizmat qiladi.
Misol uchun, "Sen saat 12:00'da Ahmet'in babasını 5.okulun yanında gördün mü?". Sen soat oʻn ikkida Ahmetning dadasini beshinchi maktabning yonida koʻrdingmi?.
Nega raqamdan keyin, Ahmetdan keyingi qoʻshimchalar tutuq belgisi bilan ajratib yozilgan?
Raqamdan keyin nuqta qoʻyilishi, soʻroq yuklamining doim bitta ajratib yozilishi beradigan ma'no haqidagi maʼlumotlarni demoqchiman!
☝️Qolgan bosqichlar ham bor, u matn yozarkan birgalikda koʻriladigan masalalaridir. Misol uchun, matnni daraja hamda ma'no oʻlaroq koʻtarish, murakkab gap tuzish texnikalarini, soʻzlarni ma'nodoshi ishlatish uslublari, maqol yoki iboralarni qoʻllash jarayonlari, boʻshliq yaratib olish va uni toʻldirishdagi "ayyorliklar" bilan kursdagi ishtirokchilar albatta tanishib kelmoqda.
👨💻Xoʻsh, siz yozish koʻnikmasi uchun muhim deb bilganingiz qaysi tamoyillarni bilasiz? Sizni matn yozar ekan qiynayotgan muammolar nimalardan iborat? izohlarda yozib qoldiring.
↗️Post manfaatli boʻlishi uchun til oʻrganayotgan yaqinlaringizga, shaxsiy kanal va guruhlaringizga yuborib qoʻysangiz xursand boʻlamiz.
Assalomu alaykum
Dardlarini, alamlarini, qiyinchilik va tashvishlarini sabr bilan ichida yashash biz ojizlar uchun, qalbi koʻrlar uchun oson emas.
🕌 Aslida, ichimizda yashashimiz uni "manzilida" oʻz haqiqiy "Egasiga" borib shikoyat qilishimiz kerak. Ammo, manzildan shu qadar adashganmiz-ki, boshqalardan malham kutamiz. Darmonni Oʻzi bermasa qiyin. Bizga bergan aql hamda farosatni ishlatmasak, "arz daftarimizni*" har joyda ochib yursak, boshqalar koʻzida ham noluvchan, shukronasiz biri boʻlib koʻrinamiz.
❗️Bu esa bizning ayni damdagi koʻrinishimizdir. Hech boʻlmasa Tolstoy qadar boʻla olmaganimizdan "Iqrornomamiz"dan qoʻrqamiz. Jamiyat va shaxslarni ayblab oʻtib ketamiz. Nafs jangida biz doim magʻlubmiz. Shuning uchun kimdandir, Alloh yaratgan bandasidan ustun boʻlishga harakat qilamiz.*
👩❤️👨Oilada ham shunday nafs doim kim ustun ekanligini izlab, inoqlikka putur yetqazadi. Erkak kuchi va ovozi bilan, ayol kishi koʻzyoshlari hamda makri bilan. Bu kuch, bu ovoz, bu makr-hiylalar kimningdir ustunligi uchun emas oila farovonligi, ravnaqi yoʻlida "ter toʻksa" olam guliston. Bilaman, hozir "Bu oson emas-da" - deyapsiz. Shuning oʻzi nafsga qanchalar yengilganligimizni bildiradi.
Xoʻsh sizning fikringiz qanday?
P.S: Shunchaki kelgandaliklar, avf etgaysiz!
#xorijiystajirovka
Koʻpchilik soʻragan narsani sizlar bilan ham boʻlishdim. Hozirgi vaqtda ta'limda stajirovka masalasi suv bilan havodek boʻlib turgan bir vaqtda yangilikning yaxshisi baribir yaxshida.
Turkiya, Karabük Üniversitetida 15 kundan 1 oygacha almashinuv va tadqiqot olib borish uchun stajirovka!
**🎓 Kimlar qatnasha oladi?*
Magistratura, PhD bosqichi talabalari,
universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar.*
*🔖 Qanday imkoniyatlar mavjud?***
✅Eng ilg'or ilmiy tadqiqot markazlarida tadqiqot olib borish
✅ Yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan labaratoriyalarda tadqiqot olib borish yoki o'tkazish
✅ Stajirovka davomida yuqori natijalarga erishgan talabgorlar Karabük Üniversiteti ilmiy jurnallari va to'plamlarida maqolalari chop etish
🗓 Qabulning so'nggi kuni har oyning 20-sanasi.
Murojaat uchun: @NUMONNASR
Assalomu alaykum
Turk tili oʻrganayotganlar uchun maxsus! Koʻring, faqat, tilingiz jingalak boʻlib qolsa, ayb menda emas ?
https://www.facebook.com/share/r/EY2DhW4t87ZeHDaU/?mibextid=xCPwDs
Turk tilidagi tez aytishlarning bir qanchasini oʻrganib oling ??
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Assalomu alaykum!
BIR TIL NEGA O'RGANILADI?
Bir tilni oʻrganish ushbu tilda soʻzlashuvchi davlatlar va millatlarning iqtisodiy, siyosiy va ilmiy rivojiga koʻra belgilanadi.
✅Dunyo tillarining asosan uch sabab tufayli oʻrganilishini koʻz oldimizga keltiradigan boʻlsak:
-Ilmiy tadqiqot va tarjima uchun (dissertatsiya, maqola, tarjimonlik faoliyati...);
-Ta'lim va yashash uchun (taʼlim tili ushbu oʻrganilayotgan davlatda oʻqish va ijtimoiy hayot guzoronligi uchun);
-Qiziqish uchun (shaxsiy qiziqish hamda hobbilarni rivojlantirish uchun), kabilarni asosiylari sifatida sanash mumkin.
❓Bir tilni chet tili yoki ikkinchi til sifatida kimdan va qanday qilib qulay hamda oson oʻrganish mumkin?
Oʻrganayotgan tilingizning ona tilingiz bilan bir oiladan boʻlib boʻlmaganligiga ham diqqat qaratishingiz kerakligi bilan birgalikda, oʻsha tilni oʻz ona tilingizni qanchalik faol qoʻllanish darajangizda oʻrgana olasiz. Diqqatli boʻling, ona tilingizning grammatikasini bilganingizchalik demayapman!
Bir tilni chet tili yoki ikkinchi til sifatida oʻqish va oʻrganish jarayonida men doimo Benjamin Bloomning "Oʻrgana olmaydigan oʻquvchi yoʻqdir, oʻrgata olmaydigan oʻqituvchi bordir" fikriga tayanaman. Toʻgʻri, balki siz bir oʻqituvchining oʻqitish metodikasi va darsni tashkil qilish shartlariga mos kelmassiz, bu degani ushbu tilni oʻrgana olmaysiz degani emas. Oʻzingizga toʻgʻri mutaxassis va oʻqituvchi tanlay oling!
❗️Oʻrganmoqchi boʻlgan tilingizni oʻylab tanlang!
Siz bir tilni oʻrganar ekansiz, faqatgina ushbu tilni oʻrganmaysiz (aslida desa ham boʻlaveradi). Ushbu tildagi xalqlarning madaniyati, urf-odati, hayoti, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarini oʻrganasiz! Dunyoviy bilimlaringizni aynan oʻsha til orqali kengaytirish imkoniga ega boʻlasiz!
Xulosa oʻrnida:
❗️Toʻgʻri yerda, toʻgʻri vaqtda, toʻgʻri insondan ta'lim olish lozim!
P.S1: John Dweey aytganidek, "Oʻrganish (ta'lim) bu umr boʻyi davom etadigan jarayon, qachonki toʻgʻri imkoniyatlar yaratilsagina inson oʻrgana oladi, boshqa vaqtda faqat yodlaydi".
P.S2: Bu post foydali boʻlishi uchun yaqinlaringizga yuborib qoʻying! Sizga til oʻrganishdagi yana qanday masalalar qiziq, izohlar qismida yozib qoldiring!
Assalomu alaykum
@gulomjonsobirov kanalida ovozli chat boʻlib oʻtyapdi kirib koʻring, foydali boʻlib qolar.
?
https://t.me/gulomjonsobirov?livestream
Oʻzingizga kerakligini oling, foydali boʻladigan joyini ishlating, manfaatli boʻlgan joyini boshqalar bilan ham baham koʻring ?
Факат Эълон бериш учун⬇️
👉 @ishboruz_elon
💬 NATIJALAR - @ishbor_otziv
🙏 Xush kelibsiz ❗️
Kanalimizda siz o‘zingizga mos ish yoki ishchilar topasiz.
👉 https://t.me/+hm6Ihq9d7okxNTZi
Last updated 1 month, 1 week ago
? Телеграм тармоғидаги энг оммабоп савдо канали “ @Bek_uysavdo ” га хуш келибсиз !
Реклама : ? @Uysavdo_admin47
?? Эълон бериш ПУЛЛИК!
?? Размещение объявления ПЛАТНОЕ!
Иш вақти 8:00 дан 23:00 га қадар
Last updated 1 year, 3 months ago
? ??????? ?????: @manegerrr
⚡️ ?????????? ??? ?????? ????????
Last updated 1 year, 1 month ago