ZIYO sahifasi

Description
"Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
G‘ofurov Shohrux Mirzo (@Abdurrohman_Muborak)ning rasmiy sahifasi.
- she‘rlar
-shaxsiy fikrlar

Guruh: https://t.me/aziyotv

✍️#bu_maydon_sodiqlar_uchun
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

8 months, 1 week ago

Sham yoqiladi. Atrofiga parvonalar yig‘iladi. Aylanaveradi-aylanaveradi. Olov shabadasi ularni qancha uzoqqa haydamasin, yana kelaveradi. Insonni parvonaga o‘xshataman.

8 months, 1 week ago

Hukumatlar xalqqa qarab moslashadi. Xalqni hukumatga moslash juda qiyin.

8 months, 1 week ago

Qariyalar urush boshlaydi. Yoshlar esa halok bo‘ladi. Ajoyib gap a?

8 months, 2 weeks ago

Yomonliklarni tugata olmaymiz,
ammo, yaxshiliklarni ko’paytira olamiz...

8 months, 2 weeks ago

Hayot ajoyib-da.

Yosh kelin-kuyovlar to‘ydan keyin bir-biriga juda mehribon bo‘lishadi. Er kelinga har xil narsalar olib kelib beradi. Ayol esa uyda eri uchun shirin taomlar tayyorlaydi. Eng qizig‘i, bu narsa asta sekin kamayib boradi. Hatto keyinchalik bir-biridan pulini yashiradigan va berkitib ovqat yeydigan bo‘lib qoladi.

(hayotiy kuzatishlar natijasida yozildi)???

8 months, 2 weeks ago

Dunyoda 8 mlrd dan ortiq qalblar bor. Lekin bu qalb hammasi bilan ham ulfat emas. Alloh qalbimizni solihlar bilan ulfat qilsin.

8 months, 3 weeks ago

U kunda guvohlik berar ko‘zimiz
Qarshi chiqar unga nafsiz so‘zimiz.
Dunyoga nimaga kelganmiz asli?
Lek uni qo‘yib ne qildik o‘zi biz.

Bu sotqin ko‘z nelar ko‘rganin aytar,
Dunyoda bergan chin ahdidan qaytar.
Nafs esa jim qolar. Ojiz so‘zlashga.
Uyalib bor kuchin tiliga haydar.

Derki: dod yetadi ey ulug‘ Robbim,
Avf et gunohkorman. Bilmadim haddim.
Voy bo‘lsin holimga ojizman ojiz
Kechirmasang rahmat aylar boshqa kim?!

Dunyoda qochmagan eh qancha ko‘zlar,
Nahot u kun qochar bir birlaridan.
Qo'rqadimi yoki biror ishidan
va yo ochilishi biror siridan.

Bu qanday dahshatli kun ekan hayhot,
Uning oldida rost o‘likdir hayot.
Abdurrohman shoshil tavbaga tezroq
Toki bo‘lmasidan hayoting barbod.

Uzoq yursam dunyo kazzoblaridan,
Xulqlansam solihlar odoblaridan.
Umidim Allohim avf etar meni
So‘ng saqlar oxirat azoblaridan.

Ya robbiy innaka rohmaniyr rohiym,
G'offarul tavvobul Javvadul Kariym.

@a_ziyotv                 A. Muborak

8 months, 3 weeks ago

#botin

Oppoq qor ustiga to‘kilgan ko‘mir,
Va yo tekis yo‘lda yorilgan o'nqir,
Yoqaga yopishgan istalmas bir kir...
Ne farq o‘rtamizda bo‘lmaydi bilib...

Odamlar ko‘ziga durdek ko‘rinib,
Riyo pardasiga butkul o‘ralib,
O'ylantirmas hatto qolish so'ralib,
Sinovda yuribman nimalar qilib...

Maqtasalar uchib qushdek osmonda,
Ayblasalar debon ayb zamonda,
Javobni o‘ylamay Mashhad maydonda,
Yuribman bo‘ynimga gunohlar ilib...

Umidimni uzmay dunyo tojidan,
Qaramay yetimlar o‘lsa ochidan,
Qo'rqmadim-a Robning istidrojidan,
Yuribman o'n so‘mga kuyib siqilib...

Robbim, shunday holdan O‘zing ber panoh,
Eng qiyin ish bo‘lsin bizlarga gunoh.
Qalbimizni ayla pokiza dargoh
Unda Qur'on tursin joylashib olib!!!

Qalbim tirnalgandi sizib chiqdi qon,
Bu baytlar yozildi o‘sha qon bilan...
Robbim bizga bergin abadiy bir shon:
Borsak huzuringga pok iymon bilan!!!

@a_ziyotv A. Muborak

8 months, 3 weeks ago

Kuz xazoni umidingning ustin yopar,
So‘ngra qishda qor-la yuzi oqaradi.
Lek shunda ham u najotga imkon topar,
Bahor uni maysa qilib chiqaradi.

Balki meva berar bahor chog‘ida,
Balki yozga surar yig‘imi vaqtin.
Ne bo‘lsa qurimas hayot bog‘ida
Shunday ekan ishon bahori yaqin...

@a_ziyotv A. Muborak

9 months ago

{ وَمِنۡ ءَایَـٰتِهِۦۤ أَنۡ خَلَقَ لَكُم مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ أَزۡوَ ٰ⁠جࣰا لِّتَسۡكُنُوۤا۟ إِلَیۡهَا وَجَعَلَ بَیۡنَكُم مَّوَدَّةࣰ وَرَحۡمَةًۚ إِنَّ فِی ذَ ٰ⁠لِكَ لَـَٔایَـٰتࣲ لِّقَوۡمࣲ یَتَفَكَّرُونَ }

Ва сизларга сокинлик топишингиз учун ўзингиздан жуфтлар яратганлиги ва ораларингизда севги ва марҳаматни солиб қўйгани (ҳам) Унинг оят-белгиларидандир. Албатта, бунда тафаккур қиладиган қавмлар учун оят-белгилар бордир.

[Сура Ар-Рум: 21]

@a_ziyotv

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago