Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Telegram
db.chgk.info
https://db.chgk.info va boshqa zakovat kanal va guruhlarda o'ynalgan savollar bazasi!
Усмонли империясидаги эркаклар нега сирға тақишган?
Ушбу анъана турклар маданиятидан келиб чиққан. Агар бир эркак битта сирға таққан бўлса, бу унинг оилада ягона ўғил эканлигини билдирган. Шу сабабли у маълум ҳарбий имтиёзларни олган, масалан, унинг ҳаёти тўғридан-тўғри хавф остида қолмаслиги учун уни олдинги отрядларга юбормасликка ҳаракат қилишган.
Агар бирор киши иккита сирға тақиб олган бўлса, уни ҳарбий хизматдан бутунлай озод қилишлари мумкин эди - бу унинг ўз оиласини ягона давомчиси эканлигини билдирган. Иккинчи сирғани фақат отаси вафот этган одам тақиб юриши мумкин бўлган.
Милоддан аввалги 333 йилнинг бахори. Уша даврнинг икки буюк хукмдори - македониялик Александр ва форс шохи Доро ракобати пайти. кадимий Исса
шахри якинида руй берган жангда кейинчалик шарк тарихида Искандар Макдуний номи билан колган Александр Македонскийнинг кули баланд келди. Маглуб булган Доро сулх тилади ва Дажла дарёсининг гарбий сохилидан бошланадиган барча ерларни, голиб кулида булган оиласи учун катта бойлик ва кизларидан бирини македониялик жахонгирга хотинликка беришини эълон килди. Бу хакда хабар келтирган пайтда Александрнинг ёнида булган энг кекса ва тажрибали саркарда Парменион "Агар мен Александр урнида булганимда, жон деб рози булардим" деб хайкириб юборади. Парменилонинг бу хайкиригини эшитган Александр Македонский "Агар мен Парменион булганимда, Доронинг бу таклифига рози булардим!" деб айтади.
El Greko "Toledoning ko'rinishi". (1600-yil)
Ispan rassomi El Greko qalamiga mansub ushbu kartina rassom qalamiga mansub saqlanib qolgan 3ta peyzajning biri hisoblanadi. Yana bir nomi - "Momoqaldiroq ostidagi Toledo". Yevropa tasviriy san'atidagi ilk peyzajlardan biri hisoblanadi.
Kartinada ispan shahri Toledo shimol tomondan turib tasvirlangan. Uning atrofida o'rmon hamda o'tloqlar mavjud. Osmonida esa yomg'irdan oldingi momoqaldiroq suratini ko'rish mumkin. Taxo daryosi ustida Alkantara ko'prigi ham tasvirlangan. Shahar ichida Alkasar qirollik saroyini hamda Toledo soborini ko'rish mumkin. Chap tomonda esa San Servando qasri surati chizilgan. Shaharning ko'rinishi pastdan yuqoriga qarab yo'nalgan, bu esa muallifga gorizontni baland ko'tarish va nisbatlarning kengayishini kuchaytirish imkonini bergan.
Umuman uyg'onish davri hamda barokko davri ispan rassomlari deyarli peyzaj chizishmagan. Chunki cherkov buni ularga ta'qiqlagandi. Kartinada rassom shahar ko'rinishini erkin usulda tasvirlagan. Shu tufayli ayrim binolar aslidagidan farq qiladi. San Servando qasri pastrog'idagi bino esa umuman mavjud bo'lmagan. Kartina buyurtma asosida chizilgani haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Hozirda Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida saqlanadi.
?Yangi ochilgan fakt kanallar:
? Why
? Tarixiy va mantiqiy faktlar?****
? Tavsiya qilinadigan fakt kanallar:
? Fact.uz
?Adabiyot:
?Kartina:
? Artxiv
?Doimiy savollar va turnirlar uchun:
Yan Lancaster Fleming (28-may 1908 – 12-avgust 1964) – Buyuk Britaniyaning harbiy-dengiz razvedkasi zobiti, keyinchalik jurnalist va yozuvchi. Jeyms Bond haqidagi romanlarning muallifi.
Fleming badavlat oiladan chiqqan. Ikkinchi Jahon urushi paytida Britaniya dengiz razvedkasida xizmat qilgan Fleming "Oltin ko'z" operatsiyasini rejalashtirishda va ikkita razvedka bo'linmasini, 30-hujum bo'limi va T-Force Operatsion birligini yaratish va keyinchalik nazorat qilishda ishtirok etgan. Keyinchalik, razvedka xizmati, shuningdek, jurnalist sifatida ishlashi Flemingga Jeyms Bond romanlarini aniq tafsilotlar va chuqurlik bilan to'ldirishga imkon berdi.
Jeyms Bond haqidagi birinchi roman 1952-yilda Fleming tomonidan yozilgan. Roman juda muvaffaqiyatli chiqdi. 1953-1966-yillarda Flemingning Bond haqidagi o'n bitta romani va ikkita qissasi nashr etilgan. Romanlar syujeti MI6 nomi bilan mashhur Britaniya maxfiy razvedka xizmati xodimi Jeyms Bond atrofida qurilgan. Bond 007 maxfiy kod raqami bilan tanilgan va Qirollik dengiz qo'riqxonasi qo'mondoni edi. Bond haqidagi kitoblar barcha zamonlarning eng ko'p sotilgan ro'yxatida; dunyo bo'ylab sotilgan nusxalar soni 100 millionni tashkil etadi. 2008-yilda Fleming The Times gazetasining "1945 yildan beri eng buyuk ellikta ingliz yozuvchisi" ro'yxatida o'n to'rtinchi o'rinni egalladi.
Dushmanga qarshi kurashish uchun doimiy chaqiruvni anglatuvchi mashhur lotin iborasi.
Boshqa ma'noda, muhokama mavzusidan qat'iy nazar, bir xil masalaga doimiy ravishda qaytishni ifodalaydi.
Rimning birinchi va ikkinchi Puni urushlaridagi Karfagenga qarshi muvaffaqiyatlariga qaramay, ular bir necha sharmandali mag’lubiyatlarga uchraydilar.
Har bir mag’lubiyatdan so’ng, qayta tiklanishga va ularga yetarlicha qarshilik ko’rsatishga imkon topayotgan Karfagen, Rimni havotirga sola boshlaydi.
Aynan shu ruhda, “Karfagen butunlay vayron qilinishi kerak” iborasi paydo bo’ladi.
Faqatgina, uchinchi Puni urushidan so’ng, Karfagen to’liq vayron qilinadi va uning aholisi qulga aylantiriladi.
Afsonaga ko’ra, bu yerlarga hech qachon inson qadami yetmasligi uchun, shaharni tuz bilan qoplaydilar.
Barcha topshiriqlari amalga oshirilganidan jahli chiqqan Evrisfey endi qandaydir ilojsiz mushkulot òylab topishi kerak edi.Va u Yer osti iti Serberni tanladi.Sònggi topshiriq:Serberni olib kelish.
U dunyoga òtgandan sòng qaytish imkonsiz ekanini anglab yetgan Gerakl òzi inilari Germes va Afina yordamida sirli ĝordan u dunyoga yòl topadi. Yòlda u juda kòp maxluqlarni yengishi,kuch sinashishiga tòĝri keladi.Mashaqqat ila Aid oldiga yetib kelgan Gerakl Evrisfey bu dòzax qòriqchisini kòrmoqchi ekanini aytadi.Aid bunga rozi bòladi,faqat bir shart bilan:Gerakl òz qòli bilan Serberni bòysundursa.
Umri jang-u jadalda òtgan Gerakl itni bòysundiradi va Aid uni yer ustiga chiqishiga ruxsat beradi.Quyoshdan kòzlari qamashgan itlar òzini yomon his qilib,qayt qiladi va ushbu joylardan Venus Flytrap yoki Cobra Lily kabi hasharotxòr òsimliklar paydo bòladi.
Kuchli matonat va iroda egasi Gerakl Serberni Evrisfeyga kòrsatadi va òziga yuklatilgan barcha vazifalarni muvaffaqiyatli ado etadi.
Avgiy otxonasi va Gidrani haqiqiy qahramonlik deb baholamagan va hisobga olmagan Evrisfey Gerakl uchun yana ikki shart qo'yadi va uning 11-sharti Gesperidalar va Exidna qo'riqlagan bog'dan Oltin olmalarni olib kelish edi.Bu ishqiyin bo'lishi aniq edi,sababi bu olmalarni Zevsga Geraklning eng katta dushmanlaridan biri bo'lmish Gera tuhfa qilgandi.Olmalar uchun yo'lga tushgan Gerakl xudolar tomonidan lan'atlangan Prometeyga duch kelib uni ozod qiladi.Buning evaziga Prometey Geraklga bu ish mushkul ekanini,bunda faqat Gesperidalarning birini otasi bo'lmish Atlasdan yordam olishi kerak ekanini aytadi.Ba'zibir manbaalarga ko'ra qahramonimiz Atlas yordamida, ba'zi manbaalarga ko'ra esa o'z kuchi yordamida olmalarni qo'lga kiritadi va uni Evrisfeyga taqdim etadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago