Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Har birimiz ko'rishimiz shart bo'lgan video!
Bugun 1-paramiz xattotlik)
Shunaqangi zo'r darslar qo'yilgan bizga)
Haa, man haliyam ayfon olmadim, videosmslarim xira)
Menimcha, qanday yashashni endi o'rgandim?
Kunim judayam zo'r o'tdi. Ijobiylikka to'la kun bo'ldi o'ziyam)
Qo'lingda bo'lmagan vaziyatlar uchun umuman asabiylashish kerakmas)
Inson ta'sir doirasini kengaytirmoqchi bo'lsa, 3ta narsani ko'paytirsin: bilimini, resursini, xohishini.
Rejalash yo'qligi kambag'allikning asosiy sababi. (Oleg Makarenko)
Hattoki dam olishni rejalamas ekansan, dam olishing ham bekorga o'tib ketadi.
Reja qil, mayli ishlaring rejadan chiqib ketsa ham, reja qilmay turib kuning rasvo bo'lgandan ko'ra o'sha yaxshiroq.
Rejasiz yaxshi bitgan ishdan ko'ra, rejali bo'lib o'xshamay qolgan ish yaxshi.
To'g'ri, rejaga 100% amal qilolmaysan, lekin borligi yaxshi.
RED PILL IS FUTILE
I have recently posted about the Red Pill project. It claims to provide you discipline. I have taken part in it. I have come to the conclusion that it is futile for two types of people: one is those who are extremely busy like me and the other is extended lazy.
I have endless work. The more I do, the more appears. I work in a learning centre which was set up last year. Even though I do not own the study centre, my job goes beyond teaching (don't wanna open up much). The sole reason for joining was scheduling my sleep. But, the issue was that if I don't get enough percentages, they will kick me from the project. I guess they should have categories for those who have only an hour to work on themselves in a day. Limiting the number of percentages to earn and the time for selecting the winners were problematic as well. For such people, actually, such projects do not help much. They can go far in life without external backup. I know quite a few of them.
Super lazy guys can't benefit from Red Pill, too. It is possible to cheat. These lazy dudes get nowhere in real life. Nothing helps them. They lack the DESIRE. When you have the desire for something, you will find a way of getting it. Everything else is a tool for you to accelerate your journey.
Buyog'iga o'zim
Fevral oyida RedPillga qatnashaman deb loyiha asoschisiga yozgan edim. Shartni bajardim, to'lovni amalga oshirdim va proyektga qabul qilindim. Meni aqliy charchagan miyamga qanday dam oldirishni o'rgatdi bu loyiha. Ko'p dars qilardim, lekin jismoniy aktiv emasdim. Tongda barvaqt uyg'onardim, ammo "cardio" mashqlarini bajarmas edim. Kunning kechki qismida ham "workout" qilmasdim. Shunday qilib, RedPill meni hayotimga jismoniy aktivlik kiritib berdi. Bundan judayam xursandman. Inson faqat aqliy emas balki jismonan ham kuchli bo'lishi shart, buni bilasizlar. Aynan shu narsa yetishmayotgan edi menda. Endi hammasi joyida)
Yana kuchli jamoa berdi. O'z shaxsiyatini ustida 5-6soatlab ishlaydigan, qat'iyatli insonlar guruhiga qo'shildim. Networking uchun kerak albatta bu ham.
Nega buyog'iga o'zim dedim? Chunki endi may oyida bo'lishi kutilayotgan RedPill loyihasida qatnashmayman. Men o'zimga kerakli narsani oldim bu proyektda ishtirok etib. Unda beriladigan missiyalar meni avtomatik odatlarimga aylandi 2oydan ortiq vaqt davomida. Bilaman, jamoa bilan osonroq bo'lardi. Lekin endi RedPillsizlik chellenjini qilmoqchiman) Ko'ramiz, 1oy qanaqa o'tarkan. Qiynalaman deb o'ylamayman. Men L5 ishtirokchisiman ahir, uyerda qat'iyatlilar yig'ilgan! Ana shu qat'iyatni ishga solish vaqti keldi✌️?
O'zimni omadsizdek his qilyapman
Hayotni qiyin deb tasavvur qilsang, u haqiqatdan o'zini qiyin tomonlari bilan ochilishni boshlaydi. Hayotni ajoyib deb tasavvur qilsang, uning barcha go'zallik va ajoyibotlari sen bilan sodir bo'la boshlaydi. Omadli ekaningga avvalo onang, keyin otang va yaqinlaring ishonishsa, bu senga o'zingga bo'lgan katta ishonchni beradi. Alloh seni yaxshi ko'rishiga, U senga albatta berishiga chin yurakdan, butun vujuding bilan ishon. Har qanaqangi katta musibat kelmasin, yaxshilik bilan qabul qil, kulib qarshilab ol. Aniq ishonginki, Alloh taolo senga undan ancha go'zal bo'lgan narsani bermoqchi?. Esla: "Alloh taolo bandalariga xurmoni ipichalik ham yomonlik tilamaydi". Yodingda tut: "Alloh taolo insonni eng aziz qildi, butun borliqni unga bo'yin sundirdi". Alloh bizga yaxshilikni ravo ko'radi faqat sen shu yaxshilikni qabul qilishga tayyor bo'lishing kerak.
"Omadsizlik hissi"ni yo'q qilish uchun aaavval omading kelgan momentlarni yoz (bolalikdan eslab to bugungi kungacha), va uni yaqin bir insoningga gapirib ber. Shunda ichingda positivity to'ladi. Hayotga chiroyli qalb bilan qarashni boshlaysan. Va ana shu palladan muammolaring ham osongina yechilib ketishni boshlaydi.
Shukurda gap ko'p. Alloh taoloni va'dasini esla, shukur qilselar, ziyoda qilaman degan. Allohni va'dasi haq. Shukrona hissi ko'p bo'lgan inson, yaxshi narsalarni o'ziga tortib oladigan magnitga aylanib qoladi. Shukrona hissi katta ilohiy kuchga ega.
Hayot aslida adolatli qilib tuzilgan. Hayot u qadar qiyin emas va u juda qiziqarli.
Murod Nazarovni bir podcastidan ilhomlanib yozdim. Hech qanaqangi psixologni so'zlari emas bular. Hozirgi kunda Murod Nazarov, Hasan-Husan Mamasaidovlar, Muhammadali Eshonqulov va Aziz Rahimovlarni eshityapman.
"O'zim kelajakda orzu qilayotgan hayotda yashayabmanmi?
Hammasi shu savoldan boshlandi. So'radim, Sevinch, o'zi qanaqa hayotni orzu qilasan? Tasvirlab ber-chi menga dedim. Va u Sevinch bir dunyo orzu/maqsad/niyatlarini qatorlashtirib tashladi: hamma namozlarim vaqtida o'qiladi, har kuni kamida 1pora xatm qilaman, nafl amallarni ko'paytiraman, bir haftada o'rtacha bitta kitob tugataman, Qur'ondan ta'lim beraman, va o'zim ham ilmimni mustahkamlashda davom etaman. Arab tilidan CEFR C1 darajam bo'ladi, rus tilidan erkin muloqot qilolaman, turk tilini o'rgangan bo'laman. Bir qancha o'quvchilarim bo'ladi. O'zim mashina olgan bo'laman, o'zim xohlagandek uyim bo'ladi. Va yana bir qancha...."
Xo'sh, endi aytchi, bularga erishish uchun bugun nima qilyapsan? Bugun qilayotgan ishlaring seni o'sha orzularingga etyaptimi yoki aksinchami? Yoki haliyam yuribsanmi "unaqa bo'laman bunaqa bo'laman" deb. Nima uchun bugun emas? (Why not now?) Seni qanaqa faktorlar to'syapti bugun? Hammasini ildizi bilan chopib tashlada yo'lga tush! Nimani yoki kimni kutyapsan? Qulay fursat deysanmi? Elita, qulay fursat kelmaydi, fursat (vaqt) faqat ketadi. Qulay vaqtini kutyabman deb aldama o'zingni. Sharoit deysanmi? Bahona qilma. Senda eng kerakli ne'mat bor, sog'lomsan va tinch yurtda yashayabsan. (Masalan, ayni paytda Falastinda tinchgina o'tirib ta'lim olib bo'ladi deb o'ylamayman) Qolganini hal qilish muammo emas.
Shunaqa qilib o'zim bilan gaplashib olganimdan keyin yuqoridagi katta maqsadlarga etadigan kichik-kichik qadamlarni tuzib/aniqlab oldim. Kurslar sotvoldim, o'qib tugatdim. Va yana davom etyabman o'qishda. Balki hozir o'zim sotvogan mashinani haydamasman, orzuyimdagi uyda yashamasman, 1pora xatm qilmasman har kuni. Lekin, men yo'ldaman. Meni shularga olib boradigan aniq yo'lim bor meni. Hayotim tartibli, nima qilayotganimni yaxshi bilaman. Qayerlardadir yo'qolib qolmaganman. Shaxsiyatimni, irodamni kuchaytirish ustida har kuni tinmay ishlayabman. Xullas shunaqa gaplar. Endi bir so'rab ko'ring o'zizdan, "Qanaqa hayotni orzu qilasiz va bugungi kunda o'sha hayotni qancha qismida yashayapsiz?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago