Bibliophile Asqaraliyeva

Description
Kitob va uning atrofidagi olam haqida...
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 2 weeks ago

#nimadir

menga kitob o'qib ber

@mahinsworld

1 month, 2 weeks ago

Bugun shoir Xurshid Davron tug’ilgan kun edi. Umrlari uzoq bo’lsin ustozning.

Qo’shiq esa aynan she’rning go’zalligi bilan ham mukammal.

Peshonamga taqdir bitgan
Yuragimni abgor etgan
Otabegim deya kutgan
Siz o’shamu? Siz o’shamu?

✍️Xurshid Davron

@asqaraliyeva

1 month, 3 weeks ago

Kecha universitet guruhida bir tortishuv boshlandi. Magistraturadagi qizlardan biri yakuniy imtihon haftasining o'rtasida hech kimga aytmay viloyatiga ketib qolibdi. Odatda bunday masalalar guruhda muhokama qilinmas, to'ppa-to'g'ri dekanatga berilardi. Ammo, bu gal kafedra rahbarining chindan jahli chiqqan, qizni o'rtaga olib, 'razbor' qilmoqchi bo'ldi.
Guruhda u qiz qanchalik hech narsa bo'lmadi, o'zim ketdim, desa ham bosim o'tqazilaverdi. Biz ham domlaga qo'ying, dedik. Lekin, domla aynan bizga ibrat bo'lsin, deb qizdan javobni sug'urib olishga intilardi.
Qiz oxiri yorildi. Tajovuzga uchradim, dedi. Bir kunda ikki marta.
Bu hikoyani qizning o'zidan ruhsat olib yozyapman.
Qisqasi, u va dugonasi yashaydigan kvartiraning pastki qavati notinch edi. Baqir-chaqir, kechasi ikkida ham shovqin-suron. Bu qiz garchi ikki-uch marta politsiya chaqirgan, domkomga shikoyat qilgan bo'lsada, kor qilmabdi. Keyin kechadan oldingi kun bir narsa aniq bo'ladi: pastki qavatdagi ikki yigit avval turli qizlar bilan sevgili bo'lar, ularni uyga olib kelgach esa turli dorilar berib... ishqilib, u uy fohishaxonaning o'zi ekan. Bizning qiz bundan bir hafta avval o'sha kvartiradagi yigitlardan biri tuzni bahona qilib chiqqani va u bilan gaplashmoqchi bo'lgani, ammo o'zi qattiq gapirib, 'tuz yo'q' degancha haydaganini eslaydi.
Bu ishlardan dahshatga tushgan kursdosh qiz domning pastidagi do'kopnchaga tushadi. Chunki, uyoqdagi sotuvchi amaki ham o'sha domda yasharkan. Qizning gaplarini eshitib, 'buni bilardim, men ham politsiyaga aytganman, lekin u bolalar politsiyaga ham pora berishgani uchun hech kim ularga tegmaydi', debdi. Qiz shokda. Keyin esa sotuvchi amaki shunday debdi:
'Sen bu mahalladagi qizlarga o'xshamaysan. Kiyimingdan meni ol, degandek bo'lasan. Seni uyimda bir mehmon qilaymi?'
Qiz, u amakidan yordam so'rab chiqqan qiz ikkinchi shokni ko'tarolmay o'z uyiga qochadi... Ertasi kun esa azbaroyi depressiyadan avtobusga o'tiradiyu ota-onasining yoniga ketadi...

Bu voqea albatta achinarli. Ammo, qizning undan chiqargan xulosasi battar dahshatli edi.
"Men faqat o'qimoqchi edim. Bilasanmi, o'sha kuni kalta yo tor ham kiymagandim. Bitta shim, kofta va ustimga universitet bergan birinchi oyligimdan olgan paltomni kiygandim. Endi u paltoni kiyolmayman, chunki har qaraganimda ayollarni xo'rlagan haligi qo'shnilar va yordam deb kelgan ayolga ham tajovuz qilishdan tap tortmaydigan isqirt chol keladi xayolimga. Bor yo'g'i o'qimoqchi edim. Nega yoshi katta ayollarning biz qizlardek shodon, baxtiyor bo'lmasligini endi bildim. Erkaklar ularga tajovuz qilaverib butun tiriklik istaklarini o'ldirib yuborarkan. Bizning shahvatimizni qo'zg'ama, bizdan yordam so'rama, biz istaganimizni bermasang, seni qopqondagi sichqondek xo'rlaymiz, deb ayollarni ezib tashlasharkan. Men endi avvalgi qiz emasman. Hatto kelajakda bir erkakka to'liq ishonolmasam ham kerak. Dadamdan nafratlana boshladim. U ham balki biron qizga tajovuz qilib, u ayolning ichidagi yorug'likni o'ldirgandir? O'zimdan, o'z vujudimdan jirkana boshladim. Men yonidan o'tib ketayotganda ko'zini lo'q qilib turgan erkaklar meni bulg'agandek. O'zimdan nafratlanaman endi..."

Qizning bu gapiga domla tushunaman, uzr deb javob berganida qiz tutaqib ketdi. Tushunmaysiz, bir erkak tajovuzga uchragan ayolning ichidagi o'lik isini hech qachon to'liq tushunolmaydi. Siz balki ko'chadagi ayolga gap otganingizda buni arzimas sho'xlik deb o'ylarsiz, lekin bu u ayolning nafaqat butun kuni, balki butun umriga yetarli travma bo'lishi mumkin...

Buni Bobilga yozyapmanu sababini bilmayman. Qizning aytishicha, opasi homilador ekan. Qiz bo'lmasin, deb duo qilyapman, dedi... Uning gaplaridan keyin o'yladim. Men o'zim bilmay qancha ayolning o'zidan nafratlanishiga sabab bo'ldim ekan?
Ba'zi ahmoqlar ''bugun haqiqiy erkaklik yo'qoldi, ayollar gapini o'tqaza boshladi, erkaklar erkaklikdan uyaltirilyapti
, deb qoladi. Agar ayollarni asrlar davomida shunday xo'rlagan narsa ular nazdida erkaklik bo'lsa, balki chindan nafratga arzir. Ammo, biz erkaklik, deganda buni nazarda tutmagandik.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

3 months, 3 weeks ago

#xotira

Shu kunlarda eng ko’p sog’inayotganim o’qitish, maktab, o’quvchilarim. May oyida bir oylik davolanishdan qaytib borganimda maktabda ko’rsatuv olinishini aytishdi. Asosiy jarayon to’garagimiz haqida ekan. Odatda, televideniyaga alohida tayyorgarlik ko’rishadi, o’quvchilar ham, o’qituvchilar ham rol o’ynashadi. Bizda tayyorgarlik bo’lmadi, tabiiyki bunga hojati ham yo’q edi.

O’quvchilarim mendan ko’p she’r bilishadi. Mendan ham zo’r yozishadi. Bu maqtovmas, ochiq tan olish))
Ko’rsatuv uchun bahr-u bayt o’ynaganimizda Nurmuhammad “Ko’k bo’ri”ni o’qiganida ko’zimga yosh to’lgandi. Nega? His qilib o’qiyotganiga, o’zi ham qaysidir ma’noda shoirga taqlid qilib, she’rlarining mag’zi shirinlashib borayotganida.
To’garakka hali bironta she’rni oxirigacha yoza olmagan o’quvchilar yilning oxirida tuppa-tuzuk hikoyanavis bo’lib ketishgandi xuddi Hanifaxondek.
Shalola va Shahzoda maxsus olimpiadaga ham borishgandi. Shabnam kuz haqida yozishni boshlagan. Doniyorga bir she’r qarzim bor, “Real Madrid” haqida yozishim kerak))
Dilnoza juda kamsuqum, ko’p kitob o’qiydi, qishloq hayoti haqida shunday zo’r she’r yozgandiki, kamida “Mushtum”ga chiqqulik.
Sardor degan masalchi yigitimiz bor edi. Tinmay masal to’qirdi o’ziyam))
To’garakda Qodiriy avlodidan bo’lgan Nozima Qodiriy bor edi, bu menga yanayam mas’uliyat yuklardi. Yana Dilnoza, Zebo, Xadicha, Muxlisa, Umida, Farangiz, Dinora, Ruxshona, Solihalar bor edi. Hammasining o’z o’rni bor.

Yaqinda o’quvchim Marjonaning Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” turkumida mitti kitobchasi chiqdi. Shogird ustozdan rasman o’tdi! Aslida, men ularga kichik yo’l-yo’riqlar berganman xolos. Hammalari o’zi yozgan, o’zidan chiqqan.

Biz “Mujda” edik. Tilaymanki, shu to’garak a’zolari qachondir adabiyotga o’z mujdalarini taqdim etadi. Hatto boshlashmoqda ham.

Bugun qor yog’ganida eslagan birinchi narsam o’tgan yili ular bilan “Qorxat” yozganimiz bo’ldi…

Sizlarni yaxshi ko’raman, “Mujda”chilar

@asqaraliyeva

3 months, 4 weeks ago
[#siz\_nima\_deysiz](?q=%23siz_nima_deysiz)

#siz_nima_deysiz

Dostoyevskiy qanday ijodkor?

Eynshteyn:
​​— Buyuk yozuvchi, u menga Gausdan ham koʻproq narsa bergan.
Nitsshe:
​​— Eng zoʻr psixolog, uning asarlari bilan hayotimda quvonchli kunlar boshlangan.
Markes:
​​— Men orzu qiladigan choʻqqilar Dostoyevskiy va Sofokl.
Kafka:
​​— Dostoyevskiy mening “qon qarindoshim”. Uning “Oʻsmir” romani mening asarlarimda koʻp narsani belgilagan.
Folkner:
​​— Dostoyevskiy inson qalbiga kira olish borasida har bir yozuvchi havas qiladigan daraja.
Freyd:
​​— “Aka-uka Karamazovlar” adabiyotning eng buyuk asari.
Tolstoy:
Dostoyevskiy oʻlganda yigʻladim.
Akutagava:
​​— Uning romanlari iblisni ham ma’yus torttiruvchi masxaraomuz obrazlarga boy.

...

Boqivoy:
​​— Dostoyevskiy hech kim emas...

@usmonosphere

4 months ago
[​](https://telegra.ph/file/ed5f5472d584274af1279.jpg)[#tarjima](?q=%23tarjima)

#tarjima

Yunon mifologiyasidagi bir hikoyaga ko’ra, xudolar odam baxtni qidirsin va shu tufayli qiymatini bilsin, deb uni yashirib qo’yishga qaror qilishadi.
Biri “Ko’k toqining eng cho’qqisiga saqlaylik”, desa, boshqasi “Dengizning eng tubiga”, yana biri “O’rmonning eng burchagiga, kimsaning oyog’i yetmaydigan joyga yashiraylik”, deb taklif beribdi.

Oxirida boshqa biri “Ichlariga yashiraylik. Baxtni u yerdan qidirish xayollariga ham kelmaydi”, deb javob beribdi.

@asqaraliyeva

6 months, 3 weeks ago

#tarjima

– Menga uzun bir so’z ayt-chi, Olrij
–Unutmoq, afandim
– Bu so’z 7 harfdan iborat, Olrij
– Ammo davomiyligi bir umr, afandim.

Og’uz Atay “Tutunamayanlar”

@asqaraliyeva

6 months, 4 weeks ago

– Ўшанда жуда чиройли кетдинг... – деди эркак. – Йигирма йилки кетишингни унутолмайман.
– Раҳмат, – деди аёл.
– На жанжал, на зуғум, на бир оғир сўз.... 
Фақат эсимда, 
кетаётганингда елканг бетўхтов силкинди...
Йиғлаган эдингми?
– Йиғлаган эдим.
Ёшим тўхтагани йўқ 
ҳали-ҳануз ҳам...
Сукунат.
Эркак бош эгди.
Қанча уринмасин кўтаролмади бошини.
Елкаси эса
силкингани-силкинган... 

5.10.2020
Усмон Азим

@asqaraliyeva

7 months ago
7 months ago

#ikir_fikr

Hozir pul ishlashning zo’r yo’li endi chiqib kelayotgan ijodkorlarga xalqaro antologiyani taklif etib, sifatsiz, muallifning o’zidan boshqa hech kim o’qimaydigan kitoblarni chiqarish.
Afsus, o’zim ham 3 yil avval chiqartirgandim. 50$ ga.

Ijodkor ijodini pullamaydi. Ijodining o’zi uni boy qiladi. Yaxshi yozsangiz, nashriyotlarning o’zi kelib oladi uyingizga. Martin bo’ling, pulingizni yozadigan qog’ozingizga sarflang. Uning buyurtma bilan bosilishiga emas.

Afsus, endi yozmayman-da.

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago