MIGRATIONuzkr

Description
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi
facebook.com/migrationuzkr1
https://www.instagram.com/migration.uz.kr/

Murojaat uchun telefon:
02-2285-1341
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 8 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 2 years ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 2 years ago

5 months, 2 weeks ago

👍 "Vatandoshlar" jamoat fondi g'azal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining
584 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
📚 Tanlov quyidagi yosh toifalari o'rtasida o‘tkaziladi: *7-14 yosh
15-30 yosh
* 30 yoshdan yuqori bo'lgan vatandoshlar

🔖 Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi: “Nazm” *“Navo” “Sahna ijodkorligi”*✅ "Insho yozish"
"Tasviriy san'at"
*📨 Ijodiy ishlar *28-yanvardan 5-fevralga qadar Fondning quyidagi telegram bot manzilida qabul qilinadi: @NavoiyTanlovBot *📃 Tanlov bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun
👉🏻havolaga o'ting*.
*✈️Kanalga ulanish:https://t.me/vatandoshlar_fond Bizni kuzatib boring.
📱Facebook | 🌐Instagram |
📹YouTube | 🌐*Web-site

5 months, 2 weeks ago
***🇰🇷*** **Hurmatli Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan …

🇰🇷 Hurmatli Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan opa-singillar!

Joriy yilning 8-fevral kuni soat 11:30 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Migratsiya agentligi hamda Vatandoshlar uyushmasi vakillarining tashriflari kutilmoqda.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish.
1. Qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam ko‘rsatish.
2. O‘zbekistonga qaytgan ayollarga qanday imkoniyatlar yaratilganligi hamda ayollarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Prezident tomonidan imzolangan Farmon va Qarorlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish.
3. Oilasida muammolari bor ayollarga Qarorda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish.
4. Koreya Respublikasida qiyin vaziyatda qolgan, qaytib ketish uchun imkoniyati yo‘q yoki biron to‘sqinliklarga uchragan xotin-qizlarni O‘zbekistonga qaytishida amaliy yordam.
5. O‘zbekiston Respublikasida hozirda ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetkazish.

Uchrashuv davomida Koreya Respublikasida ish hamda o‘qish faoliyatlarini yakunlab, O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish, Farmon va Qarorlarda belgilangan qulayliklarni tushuntirish, kim tomonidan yordam ko‘rsatiladi? shu kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📍Manzil: O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi.

99, Donhwamun-ro 11ga-gil, Jongno-gu, Seoul🇰🇷주소: 서울 종로구 돈화문로11가길 99
📱 Google mapsda manzil

🗺 Kakao mapda manzil

Bizning rasmiy sahifa
✈️https://t.me/koreya24soat
📧https://t.me/koreya24soat_bot

5 months, 4 weeks ago
*****🇰🇷*** Koreya Respublikasida faoliyat olib borayotgan …

*🇰🇷 Koreya Respublikasida faoliyat olib borayotgan yurtdoshlar diqqatiga*!

Koreyaning eng katta bayramlaridan biri bo'lgan Seolnal (설날) bayrami munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Koreyadagi Elchixonasi, Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi va E9Pay kompaniyasi "Oshga marhamat" nomli uchrashuvlar tashkil etmoqda. Uchrashuv kunlari bepul osh tarqatiladi.

Bu uchrashuvda:

* *Ish joyidagi muammolar, viza muddatini cho'zish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar**E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga almashtirish tartibi yuzasidan ma'lumotlar.
* *Viza turlarini almashtirish va oilangizni Koreyaga chaqirish yo‘llari.* *Nolegal hamda "otkaz" holatidagi fuqarolarga qanday chora ko'rish
* *Chetdan tillarni o‘rganish, yoshlar uchun qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma'lumot.
* *Osh dasturxoni va bayram kayfiyati!

Sizni o‘ylantirayotgan savollarga javob topishga, fikr almashishga va bir piyola choy ustida iliq suhbat qurishga chorlaymiz.

📌 Uchrashuvlar qachon va qayerda?

📆 26-yanvar, yakshanba – Mokpo shahri,
Registon restorani 12:00-13:00

👉 Manzilni ko‘rish uchun bosing

📆 28-yanvar, seshanba – Gunsan shahri,
Madina restorani 12:00-13:00

👉 Manzilni ko‘rish uchun bosing

Barcha vatandoshlarni taklif qilamiz!

Bizning rasmiy sahifa
✈️https://t.me/koreya24soat
📧https://t.me/koreya24soat_bot

7 months, 3 weeks ago
8 months, 2 weeks ago
*****✔️***** **KIIP Testi uchun Ro'yxatdan O'ting!**

*✔️ *KIIP Testi uchun Ro'yxatdan O'ting!

KIIP (Korea Immigration and Integration Program) — bu Koreya Immigratsiya va Integratsiya Dasturi bo'lib, chet elliklarni Koreya jamiyatiga moslashishiga yordam berish uchun tashkil etilgan. Dastur doirasida ishtirokchilar koreys tilini va Koreya madaniyatini o'rganishadi. KIIP'ni muvaffaqiyatli yakunlaganlar, turli vizalar olish va rezidentlik huquqini qo'lga kiritishda qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lishlari mumkin. O'zbekistondan Koreyaga kelgan va kelmoqchi bo'lgan barchaga ushbu dasturda o'qishlarini tavsiya qilamiz.
Ushbu dastur hozircha faqat Koreyada mavjud.

? Noyabr oyidagi KIIP testlari uchun ro'yxatdan o'tish kunlari:

? 사전평가 Oldindan sinov tariqasida Kompyuterda test topshirish uchun ro'yxatdan o'tish: 6-noyabrdan boshlanadi.

? 사전평가 Oldindan sinov tariqasida Qog'ozda test topshirish uchun ro'yxatdan o'tish:
12-noyabr kuni o'tkaziladi.

⚠️ KIIP testlarida 41 balldan yuqori natija olsangiz, E-9 vizasidan E-7 vizasiga o‘tishda qo‘shimcha yordam beradi.

?Ro'yxatdan o'tishni unutmang va imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzatib boring?
✈️https://t.me/koreya24soat
✍️ https://t.me/koreya24soat_bot

8 months, 3 weeks ago
10 months, 4 weeks ago
10 months, 4 weeks ago
11 months, 2 weeks ago
***??***Koreya Respublikasida **ishlab chiqarish** sohasida vaqtincha …

??Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar uchun joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tgan edi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishlab chiqarish sohasi bo’yicha malaka imtihonidan jami 6774 nafar nomzod muvaffaqiyatli o'tgan.

?Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar

Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga 13-avgustdan boshlab taqdim etish so‘raladi.

?Anketani yuklab olish
?Hududiy filiallar manzillari

*? Bizni kuzatib boring?
?* https://t.me/koreya24soat

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 8 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 2 years ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 2 years ago