Zangiota АКМ

Description
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali.
www.zakm.uz/
Facebook https://www.facebook.com/groups/260891214934968/permalink/
Twitter https://twitter.com/ZangiotaAKM?s=09
Instagram https://www.instagram.com/zangiota_akm
Advertising
We recommend to visit

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Telegram Rasmiy: t.me/KBEuz
Instagram: https://instagram.com/kbe_uz
YouTube: https://youtube.com/@KBEuz
Tiktok: tiktok.com/@kbe.uz

🎵 Musiqa Bot: @Shazamizlabot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Kormotech зобов‘язався скоординувати зусилля з надання допомоги для порятунку тварин і створила ініціативу «Save Pets of Ukraine».

Last updated 1 month ago

1 month ago
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити [табриги](https://president.uz/uz/lists/view/7156)

Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1 month ago

Alohida taʼkidlash kerakki, Abdulla Qodiriy yozgan asarlar xususida oʻsha davrning Vadud Mahmud, Abdurahmon Saʼdiy, Miyonbuzruk Solihov kabi munaqqidlari matbuotda turli yoʻsinda fikr bildirishdi. Sotti Husayning “Oʻtkan kunlar” romani tanqidiga bagʻishlangan alohida kitobi bosildi. Oybek esa “Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli” nomli maxsus tadqiqot yozdi.
Abdulla Qodiriy adabiy merosi oʻzidan keyingi oʻzbek adiblari ijodi uchun mahorat maktabi vazifasini oʻtadi. Qardosh xalqlarning romannavislari adibni oʻzlariga ustoz sifatida eʼtirof etishdi. Oʻzbek adabiyotshunosligida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid I. Sulton, M. Qoʻshjonov, U. Normatov, A. Aliyev, I. Mirzayev, F. Nasriddinov, S. Mirvaliyev, N. Karimov, Sh. Turdiyev, A. Rasulov, X. Umurov, X. Ismatullayev, S. Meliyev, Sh. Rizayev, A. Ulugʻov, M. Qarshiboyev, X. Lutfiddinova, I. Gʻaniyev, A. Boboniyozov, S. Toʻlaganova, A. Qahramonov, L. Toshmuhammedova va boshqa turli avlodga mansub olimlarning kitoblari, oʻnlab ilmiy maqolalari, maxsus tadqiqotlari maydonga keldi. Adib avlodlari – H. Qodiriy “Otam haqida”, “Qodiriyning soʻnggi kunlari”, Sh. Qodiriy “37-xonadon” kabi oʻz ota-bobolari toʻgʻrisida qimmatli kitoblar yozishdi. O. Yoqubov, P. Qodirov, T. Malik, Oʻ. Hoshimov, X. Sulton, X. Doʻstmuhammad, N. Boqiy va boshqa oʻzbek adiblarining eʼtiborga molik adabiy maqolalari, suhbatlari, badiiy asarlari paydo boʻldi. Shuningdek, qodiriyshunos sifatida N. Tun, I. Baldauf, Z. Klaynmixel, E. Olvort, X. Murfi, E. Nabi, A. Merxan kabi xorijlik olimlar adib ijodi yuzasidan tadqiqotlar olib borishdi.
Xullas, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini oʻrganish, adib ijodiy merosidan, xususan, “Oʻtkan kunlar” romanidan bahramand boʻlish – bu doimo davom etadigan, avlodlar nazdida yangilanib turadigan sogʻinchli, ayni damda, oʻtmishga aylanmaydigan adabiy va abadiy qadriyatlar sirasiga kiradi.

📚 t.me/zangiota_akm

Telegram

Zangiota АКМ

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali. www.zakm.uz/ Facebook https://www.facebook.com/groups/260891214934968/permalink/ Twitter https://twitter.com/ZangiotaAKM?s=09 Instagram https://www.instagram.com/zangiota\_akm

Alohida taʼkidlash kerakki, Abdulla Qodiriy yozgan asarlar xususida oʻsha davrning Vadud Mahmud, Abdurahmon Saʼdiy, Miyonbuzruk Solihov kabi munaqqidlari matbuotda turli …
1 month ago

📽AUDIO ERTAK
📚"Daraxtlar nega quriydi?"
✍🏻Oʻzbek xalq ertaklari                                                                  
Tayyorlovchi: Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
📚 t.me/zangiota_akm

1 month, 1 week ago

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob - bilim manbayi
Kitobxonlik kuni
Kitob-dilga nur beradi, dil nuridan esa inson ko‘zi ravshanlashadi, olamni ko‘radi, anglaydi, to‘g‘ri yo‘l ila baxt - saodat topadi. Zaminni, ona-tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, yoritadi va nurlantiradi. Ya’ni quyosh bo‘lmasa olamning,tabiatning, hayotning bo‘lishi shubha ostida qoladi. Kitob bo‘lmasa, ma’naviyatning rivojlanishi ham mavhum bir fikr bo‘lib qolaveradi. Hozirgi axborot asrida, turli vositalardan turfa xil xabarlar olish mumkin. Ammo kitob mutolaasi bilan ham shug‘ullanish juda zarur hisoblanadi.Kitobxonlik kishidan muayyan ko‘nikmalardan tashqari zehnlilikni ham talab qiladi.Shunday ekan, kitob o‘qish kishi ongi va fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Kitobxonlikning bosh sharti - o‘qiganni uqmoq, anglab, tushunib,o‘zlashtirib olmoqdir. Binobarin, har bir kitobxon tushunib, anglab o‘qishga erishish darkorligini muttasil yodda tutmog‘i shart.
Zangiota axborot-kutubxona markazida ilmga chanqoq, bilimdon, izlanuvchan eng muhimi kitobsevar bolalar ishtirokida “Kitob - bilim manbayi”mavzusidakitobxonlik kuni bo’lib o’tdi. Tadbirda 14-umumiy o’rta ta’lim maktabining 5-sinf  o’quvchilari  ishtirok etib, sevib o’qigan badiiy kitoblari, asardagi ijobiy va salbiy qaxramonlar xaqida gapirdilar. O’quvchilar kutubxona bo’ylab sayohat qilib,javonlardagi turfa hil kitoblardan zavq oldilar. Ulargao’qishlari uchun mutahassislar tomonidan yoshlarigamos kitoblar tavsiya etildi.

1 month, 1 week ago
Zangiota АКМ
1 month, 1 week ago
Zangiota АКМ
1 month, 2 weeks ago

📽AUDIO ERTAK
📚"Podshohning qizi nega baxtsiz?"
✍🏻Oʻzbek xalq ertaklari                                                                  
Tayyorlovchi: Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
📚 t.me/zangiota_akm

1 month, 2 weeks ago

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi ushbu kitobni o'qishga tavsiya etadi📖 Biz ko‘pincha yonimizdagi isteьdodlarga beparvo bo‘lamiz yoki bepisand qaraymiz. O‘sha odam xuddi o‘zimizga o‘xshagan oddiy odamdek tuyulaveradi. Uning ongu shuurida nimalar kechayotganini va ijod to‘lqinlarining kuch-qudratini, ming afsuski, asrlar o‘tgandan keyingina anglaymiz.
Hamma davrlarda ham ijodkor haqida davrdoshlari tomonidan xolis fikrlar aytilmagan...
Ammo...
Ammo ushbu kitob zamondosh shoiramiz FARIDA AFRO‘Zning ijodi haqidadir. Quvonarlisi shundaki, akademik adabiyotshunoslardan tortib, to oddiy muxlislargacha bo‘lgan insonlarning shoira ijodi haqidagi fikrlari
o‘ta xolisdir. Ularning talqin, taqriz, ehtirom va e’tiroflari sizni ham samimiylik ohushiga olib kiradi.

1 month, 2 weeks ago

📚Информационно-библиотечный центр Зангиатинского района рекомендует прочитать эту книгу.

📖 Произведения, составившие сборник, написаны в жанре повести-предупреждения и посвящены самой животрепещущей проблеме современности: страшной реальности возникновения ядерного конфликта. В сборник вошли: повесть Хассо Грабнера "Операция "Норск гидро" (ГДР), роман Энтони Трю "За два часа до темноты" (Великобритания) и два произведения американских писателей - роман Мартина Кэйдина "Почти в полночь" и рассказ Конни Уиллис "Письмо от Клири".

1 month, 3 weeks ago
Zangiota АКМ
We recommend to visit

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Telegram Rasmiy: t.me/KBEuz
Instagram: https://instagram.com/kbe_uz
YouTube: https://youtube.com/@KBEuz
Tiktok: tiktok.com/@kbe.uz

🎵 Musiqa Bot: @Shazamizlabot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Kormotech зобов‘язався скоординувати зусилля з надання допомоги для порятунку тварин і створила ініціативу «Save Pets of Ukraine».

Last updated 1 month ago