Bookerberg

Description
📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar...

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz

📺 Kinolar haqida: @nextepisodeplease
✏️ Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist

Murojaat uchun: @Afterway
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago

Do'stlar, bir g'oya kelib qoldi. Men tarjima qilgan kitoblarga taqriz yozgan bo'lsangizlar, shu post ostida qoldiringlar. (Kanalingizga joylagan bo'lsangizlar o'sha postga havola qoldirsangizlar ham bo'ladi).

Hozircha tarjimalarim orasida faqat ikki kitob nashrdan chiqqan: Nassim Talebning "Qora Oqqush" va Tomas Eriksonning "Atrof to'la ahmoqlar" kitobi. (Yaqin orada yana bir tarjimam nashr etilishi kutilmoqda). Shu kitoblar haqida nimadirlar qoralagan bo'lsangiz, ulashing.

O'zimga yoqqanlarini kanalimda ulashaman.

@Bookerberg

2 months, 1 week ago

#kitobhouse

😎

O‘zbek Youtubeda kitoblar haqida qanday kanallar bor?

Ko’pchilik Youtubeda kitob kanallari kam deb nolib qoladi. Oxirgi vaqtda bu tarmoq ham jonlanib qoldi. Keling, ularni bir yerga jamlaymiz.

Ma’rufjon akani sahifalari dinozavrlar davridan beri mavjud, kerakli kitoblar haqida foydali videolar ko‘p. Ashaddiy muxlislaridan biriman:

https://www.youtube.com/@MarufjonOchilov

Mahinning sahifasi ancha rang-barang, videolar did bilan ishlangan, faqat uzoq vaqt ko‘rinmay qolishi yomonda. Eng ko‘p auditoriyaga ega sahifa:

https://www.youtube.com/@MahinReads

Muhiddin Nido shoir, bloger, montaj ustasi va youtuber. Muhiddin akani Instagram orqali ko‘pchilik yaxshi taniydi, Youtubeni ham zabt etishni boshladilar:

https://www.youtube.com/@birburchak

Samandar Instagram taxtiga da’vogarlik qilayotganlardan, videolari yaxshigina trend bo‘ladi. Hozircha Shorts videolar bilan cheklanib turibdi, tezda katta ijodni ham boshlashini tilaymiz:

https://www.youtube.com/@Stoikkutubxonasi/featured

Audio kitob ixlosmandlari uchun Madina opaning kanallarini tavsiya qilaman, ovozlari shirali. Haqiqiy kitob targ‘iboti faollaridan biri:

https://www.youtube.com/@Madnifique

Ilmiy-ommabop kitoblar ustasi Nazarbek aka Youtubeda ham anchagina sermahsul ijod qilib qo‘ydilar. Ilmiy ozuqa olishni istaganlar uchun tayyor manba:

https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz

Choponli aka yaxshi bola, videolarni yaqinda boshladi. Kelajakda Youtuber bo‘lish niyati bor:

https://www.youtube.com/@choponliaka

Tepadagi kanallarga ikkilanmay obuna bo‘lavering. Kitob haqida gapiradigan noyob sahifalar 😎

👉KitobHouse👈

2 months, 1 week ago

Do'stlar, ayni damda kim qanday kitob o'qiyapti?

@Bookerberg

4 months, 3 weeks ago
5 months ago

Do'stlar, yuqorida aytganimdek, kinolar, multfilmlar va seriallar haqida blog ochdim, o'taverasizlar)
Next Episode, Please!

Ha, nomi inglizcha, lekin postlar g'irt o'zbekcha bo'ladi. Zerikmaysiz, kafolat beraman)

@Bookerberg

5 months ago

Siz taniydigan kitob blogerlarning koʻpchiligi oʻz sohasining ustasi faranglari hisoblanadi. Safimizda sanʼatkor va ijodkordan to adabiyotshunosgacha bor.

Quyida esa oramizdagi tarjimonlar bilan tanishtiramiz. Har bir tarjimondan bittadan asarni keltirdik. Qolganini ularning kanallaridan bilib olasiz.

Abu Bakr Fozilov@phaziloff
Tarjima qilgan asari: Jeyms Cheyz — “Venetsiya missiyasi”

Temur Tangriberganov@timur_books
Tarjima qilgan asari: Jyul Vern — "Parij XX asrda"

Raxshona Ahmedova@RaxshonaAhmedova
Tarjima qilgan asari: Shin Kyong Suk — "Onamni asra"

Samandar Nazirjonov@stoik_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Koyoharu Gotoge — "Iblislar qotili"

Ma'rufjon Ochilov@marufjonblogi
Tarjima qilgan asari: Endi Veyer – "Marslik"

Nazarbek Nazarov@bookerberg
Tarjima qilgan asari: Nassim Taleb — "Qora Oqqush"

Nurali Qahramon@santuagaraoflibrary
Tarjima qilgan asari: Allen Ginsberg — "Uvvos"

Nodira Ibrohimova@mittihaqiqatlar
Tarjima qilgan asari: Virjiniya Vulf — "Shaxsiy xona"

Alisher Fayzullayev@perezagruzka_2021
Tarjima qilgan asari: U. Sorayan — "Daho"

Shohrux Usmonov@usmonosphere
Tarjima qilgan asari: Astrid Lindgren — "Uzunpaypoq Peppi"

Mirzohid Muzaffar@bobil_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Jorj Martin — "Taxtlar oʻyini"

Ilhom Salimov@salimov_blogi
Tarjima qilgan asari: Sara Jo — "Londondan muhabbat ila"
Barchasiga birdan a'zo boʻlish uchun quyidagi link ustiga bosing

7 months, 3 weeks ago

"Non-Fiction" loyihasining 7-soni chiqdi! Loyihamizning 7-soni Filipp Zimbardoning "Lyutsifer effekti" nomli kitobi haqida. Ushbu kitobda biz yovuzlik va shafqatsizlik psixologyasini o'rganishimiz, nega ba'zi insonlar juda shafqatsiz odamga aylanishi sabablarini…

8 months ago

Mardlarcha Tasavvur Qil! Bugun tasavvur va fikr erkinligini qo'llab quvvatlash uchun Massaget Nashriyotiga asos solindi. Nashriyot avvalo o'zbek o'quvchisiga o'z ildizlaridan uzilmagan holda kashfiyot ruhini singdirishni maqsad qilgan. Uning nomi, "Massaget"…

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago