O'tkirbek Sobirov

Description
🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

3 weeks ago

Buyuk tavsiya

Juda ko'p maslahatlar eshitdim: virtual hayotdagilardan; hayotni tartiblashtirish, o'z maqsadiga erishish haqida. Videolar shu qadar yoqdiki, hammasini saqlab oldim.

Keyin ularni qayta ko'rmadim. Chunki har kuni yangidan-yangi tavsiyalar chiqaverardi.

O'zimni to'g'rilayapman. Endi faqat onamni eshitaman, akamni eshitaman.

U kim bo'lishi ahamiyatsiz, bizga eng to'g'ri maslahatni ota-onamiz, aka-ukamiz beradi, virtual maslahatchilar emas.

Qarz bo'lib qolsak, diqqatchilik bo'lib qolsa, imtihondan yiqilsak, ularni gapini eshitib dardimizni yengillashtirmaymiz.

Tavsiyalar Ota-Onadan eshitilishi kerak!

Videolardagi 5 minutda esdan chiqadi.

Ertalab dasturxona ustida ularning yuziga qarab energiya olamiz )

@srsobirov

2 months, 2 weeks ago

Oltin qoidalar (I qism)
- Endi yettinchi sinfman, maktabni bitirishimga hali 4 yil bor deb yurgan o'quvchi ertaga 25 yoshni qarshilab turib, tasavvuriga yillar tez o'tib ketganligini sig'dira olmay, o'ylanib qoladi.

- Birovning haqqi birovda qolib ketmaydi.

- Halol pul topish qiyin emas. Keraksiz narsalarga xarajatlar ko'p xolos. Shunga qo'lda pul turmay qoladi ko'pchilikda.

- Ma'ruzalar, podkastlar va boshqalarning fikri bilan o'zgarib bo'lmaydi. O'zgarishga bo'lgan shijoat, jasorat insonning ich-ichidan yonib chiqadi - 30 sekundlik, chiroyli studiyada olingan gaplardan emas.

- Sayohat qilish kerak, universitetda o'qish kerak, tabiatga safar qilib turish kerak. Miyyadagi xayollarga ozroq dam berib turish kerak )

- Oila qurishga harakatni ertaroq boshlash kerak.

- Uxlayverish faqat dangasalik emas, balki kasalliklarning boshlanishi hamdir: qon yaxshi aylanmasligi, hazm qilish yomonlashishi, tananing harakatsiz yashashga o'rganishi.

- Ibodatda bardavomlik, chiroyli muomala va kitob o'qishga muhabbat.

- Ota-ona va oilaning oldida har doim ham birga bo'la olmaslik mumkin, asosan, ular bilan maroqli vaqt o'tkazish kerak. Ko'chadagi hayotni afzal ko'rmasdan; chunki inson uydagina o'zini yaxshi his qilishi mumkin.

Bayramlarni qanday o'tkazish haqida baxslashish hech qachon tugamaydi, instagramda saqlangan videolar boshqa kirib ko'rilmaydi, ota-ona va aka-uka sizni ko'proq yaxshi ko'radi, oila qursangiz "U" ham )

@srsobirov

2 months, 2 weeks ago

O'tkir bo'ldim

Bir yarim yil oldin o'qishim uchun sarflangan barcha pullarni qayta tiklayman (ishlab topaman) deb o'zimga va'da bergandim.

Yarim soat oldin hisobladim. Barcha pullar qaytarilibdi. Endi u pullarni oilamga va yana o'zimga sarflayman.

Universitetda o'qiganimdan, diplomli bo'lganimdan xursandman. Onam sababli shu davrlargacha yetib keldim.

Gap faqat diplom orqasidan ishli bo'lish yoki pul topish emas, balki dunyoqarashni oshirishda, insonlar bilan muomala qilishda, mazmunli umr kechirishda, qiyinchilik ko'rishda.

Eng maza qiladigan joyini aytsam. 2024-yilni uyimda o'tkazdim: bugun 364-kun. Ungacha, qarindoshlarnikida, universitet yotoqxonasida yashaganman. Qiziqarli damlar, o'tib ketdi bir zumda.

Bugun O'tkirbekka katta rahmatlar aytaman. Endi O'tkir bo'ldi, shekilli, menimcha.

Ilmga tikilgan investitsiya bir kun qaytadi!

@srsobirov

2 months, 4 weeks ago

Xorij tillarini biladigan yoshlar uchun eng ko'p daromad keltiradigan sohalar:

  1. Turizm. Sayyohlik agentligi ochishingiz mumkin. Odamlar allaqachon yaxshi daromad topishni boshlashdi. Sayohatlar davri boshlanadi.

  2. Tarjimonlik. Gidlik qilishingiz mumkin yoki kitob tajrima qilish. O'zbek tiliga jahon adabiyotining 1 foizi ham tarjima qilinmagan.

  3. Sayohat blogi. Avvaliga viloyatlarimizdan, Markaziy Osiyodan boshlaysiz. Keyin okean orti va Yevropaga sayohat qilasiz. Ko'pchilik tavakkal qilishga qo'rqadigan soha. Boshlash uchun katta mablag' talab etilmaydi.

  4. Ingliz tili blogi. Sertifikatga tayyorlaydigan emas, balki har qanday mavzuda maksimal darajada fikr bildira olishga qaratilgan loyiha tuzib chiqish va uni rivojlantirish.

  5. YouTube. Avval kimdir boshlagan yo'nalish bo'lsa ham siz noyob taklif bilan, noyob uslublar bilan yuriting. Keyinchalik daromad ham topasiz.

Yana kengaytirish mumkin. Lekin bu yo'nalishlar hammaga tushunarli va boshlash uchun katta tajriba va sarmoya talab qilmaydi.

Yo'l-yo'lakay o'rganib ketaverasiz.

@srsobirov

4 months ago

Hikoyaning davomi bor.

Men qishloqdaman: o'z uyimda, ona shahrimda.

Hozir yaxshi ishda ishlayman. Oylik maoshim men kutgandan-da zo'r.

Hozirgi oyligimni yuqoridagi hech bir kompaniya bera olmasdi (hozir ham )).

Qishloqda turib poytaxtda ham berilmaydigan yuqori maoshni olish ba'zida matematikaga ham to'g'ri kelmaydi.

Shunaqa gaplar.

@srsobirov

4 months ago

2019-yil. Toshkentga o'qishga ketdim. Yangi shaharga, madaniyatga moslashib bo'lgach, ish izlay boshladim. O'zimni o'zim ta'minlashim kerak edi.

Bir o'quv markazida ish boshlaganimda karantin boshlanib qoldi: uyga qaytdim (2020-yil. 15-mart)

2021-yil. Yanvarning oxirlari. Bir necha nufuzli kompaniyalarda bo'sh ish o'rinlari bor edi. Ariza topshirdim. Deyarli barchasining so'nggi suhbat bosqichiga o'tdim. Lekin oxirida men kutgan natijalar bo'lmasdi: ba'zan rad javobini olardim, ba'zan ish menga yoqmasdi (Mashhur kompaniyalar bo'lsa ham).

2023-yilgacha bu holat takrorlanaverdi. Men qaysidir gigant tashkilotdagi ish haqidagi e'lonni ko'rsam, o'sha zahoti ariza topshiraverardim: yana intervyular, yana rad javoblari, yana o'sha ishdan ko'ngil to'lmaslik.

4-kurs ham tugab bo'ldi.

Men bolalik paytlarimda qiynalib pul topganim uchun o'zimga faqat eng oliysini ravo ko'rardim. Ofitsiantlik, kuryerlikdan ko'ra yaxshiroq ishlarda ishlay olaman deb yuraverganman.

Lekin o'z sohamda 0 dan turib, yagona fokus bilan ishlaganimda, meni "talashib yurishgan" bo'lar edi.

Xullas, chiroyli gulni qidiraman deb gulzordan chiqib ketib qoldim.

Hozir talaba bo'lsangiz, "Osmon" narsalarni orzu qilmang. Avval, 0 dan ko'tariling.

Akam aytganidek, "Amalga oshirsa bo'ladigan narsalar maqsad bo'lsin, erishib bo'lmaydigan narsalar orzuligicha qolaversin". Masalan, men hozir O'zbekiston Havo Yo'llarida ishlay olmayman: to'g'rirog'i vaqtim endi yo'q bu sohaga. Lekin qachondir orzu edi.

4 yil eng zo'r davr. Qimmatli vaqtingizni isrof qilib, keyin afsuslarga ko'milib qolmang.

"Talabalar kuni" muborak bo'lsin!

Reference

Men ishga topshirgan kompaniyalar, tashkilotlar ro'yhati: Edu-action, WorldUz xorijda o'qish agentligi, Najot Ta'lim, Uzbekistan Airways, O'zbekistondagi Yevropa Delegatsiyasi, O'zDJTU xalqaro bo'limi, O'zbekiston Milliy Universiteti, Yoshlar ishlari agentligi, Target ta'lim markazi, "Mutolaa" loyihasi.

4 months, 3 weeks ago

Umrni faqat sayohatda, ma'lum bir sohada kariyera qurish bilan yoki diplom ko‘paytirish bilan o‘tkazish inson qiladigan eng katta xatolardan biridir.

Kun kelib sayohatlarga yaramay qolamiz. Payti keladi ishdan ham to‘yib ketamiz. Ko‘p pul topamiz, ammo hayotimizdan ma'no izlashni boshlaymiz; xotirjamlik topilmay qoladi.

Oilamizda ota-onamiz, aka-ukalarimiz, jigarbandlarimiz allqachon qarib bo‘lishgan bo‘lishadi.

Hammasini boshidan o‘ylab chiqib, qayerda xato bo‘ldi deb o‘ylaganimizda kech bo‘lgan bo‘ladi.

Afsuslar bilan qolamiz.

Fursatlar tezlashib ketayapti. Lekin oilamiz bilan ko‘p vaqt o‘tkazsak, ularning tabassumini, shodligini ko‘ramiz; dardini eshitamiz; xursand qilamiz, asosiysi, duosini olamiz.

11 yil u joydan bu joyga ko‘chib yuraverib oilamni ham kam ko‘rdim. Hamma narsani tashlab, imkoniyatlarga ham eshik yopib uyimga qaytganman.

Yuqoridagi eng mazmunli joyini o‘tkazib yubormaslik uchun!

Avvalo o‘zimga yozdim, keyin sizlarga.

@srsobirov

4 months, 4 weeks ago

Kun bo‘yi kimningdir qo‘lida ishlab, uyga asabiy holatda qaytib nimani ''qoyillatish'' mumkin.

Oylik tushadigan kunni kutish uzoqdek tuyuladi, uni sarflash bir necha soatlarda hal bo‘ladi.

Yakshanbani esa odatiy uy yumushlari bilan o‘tkazib ortda qolgan stressli haftani yana davom ettirib, miyyaga bosim beraverish insonni rivojlantirmaydi, jismonan va ruhan tetiklikka yo‘l bermaydi.

Siz atrofdagilar uchun zo‘rsiz: chunki ishlaysiz. O‘zingiz esa xuddi "robotday" hayot kechirasiz. Ishlab-ishlab qarib qolganingizni ham sezmay qolasiz.

Davomi:

Bu hayotning matoxlari, marosimlari, yumushlari tugamaydi.

Farzandlarim yaxshi hayot kechirsin, chiroyli to‘ylar qilay, mashina olaylik deb Rossiyaga ketgan birodarlarimiz ham yosh edi. Hozir erta qarib bo‘lishdi. ''Temir-tersak'' olaman deb, uyni yaxshi remont qilaman deb.

To‘y qilib qizlarimni yaxshi joyga uzatay degan akalarimiz 50 ga qarab ketishyapti.

Yo‘qolsa, qo‘ldan ketsa, qaytib keladigan narsalarga siqilib yurish, umrni foydasiz ishlarga yutkazishda juda tajribalimiz.

Buyog‘i qancha qolgani noma'lum, lekin o‘zingizni OXIRIDA ham sharmanda qilmaydigan ishlarga "sarf eting''.

Ishlang. Tirikligingizni ham eslab turing!

Birinchi o‘zimga yozdim, keyin sizlarga!

@srsobirov

5 months, 2 weeks ago

Juda ko‘p mashhur insonlar bilan ko‘rishdim, hamkorlikda ishlab ko‘rdim.

Lekin deyarli hech biri kamera qarshisida gapirganichalik qadriyatlariga, fikrlariga mos kelmagan.

O‘zingizga o‘zingiz eng to‘g‘ri maslahatni bera olasiz. Etni titradigan musiqa yoki qovoq solib, jiddiy ohangda, fantastik montaj bilan ishlangan videoga ishonib asl haqiqatlaringizni berkitmang.

Ha, ular mashhur, taniqli. Oldin gaplashib ko‘ring, fikringiz o‘zgaradi.

Hamma ''Hayotingizni o‘zgartiring, shaxsiy rivojlaning. Shunda hayotingiz yaxshilanadi'' deyishadi.

Asl hayot mazmuni moddiy boyliklarni ko‘paytirishda emas, qalb xotirjamligida. O‘zida xalovat topa olgan odam, ertalab nonushtaga non-choy ichsa ham, rozi bo‘lib, Yaratganga shukrona keltiraveradi.

Hamma ham ertalabga apelsin sharbat icha olmaydi.

(Kitoblar haqida alohida yozamiz, nasib qilsa).

@srsobirov

7 months, 4 weeks ago

Jiyanim hali 2 yoshga ham to‘lmagan: tafakkuri juda kuchli. Atrofidagi ko‘p narsalarni nomini biladi. Uyda hovlimizni birga aylanamiz. Mevalarning nomlarini o‘rgataman, "Bu suv"," Bu qush" shunaqa usulda hamma narsalarni o‘rgatishga harakat qilaman; keyin ortimdan qaytaradi: nutqida deyarli xato qilmaydi.

Boy berib qo‘ygan vaqtlarimiz bor. Lekin ulardan olingan xulosalar va tajribalarni farzandlarimizning hayotiga bag‘ishlay olamiz.

Bir kuni opoddamning oldiga borganimda "Seni yo‘laydigan odam bo‘lmadi" deb yig‘lagandi.

Lekin men avlodlarimni yo‘lay olaman. Chunki ularda mazmunli hayot kechirish yo‘lida harakat qilayotgan amakisi bor. Nasib qilsa otasi ham!

O‘zimiz erisha olmagan bo‘lsak-da, bizdan keyingilarga to‘g‘ri yo‘nalishlar ko‘rsata olamiz, o‘zimiz yutqazgan bo‘lsak-da, bizdan keyingilar yutishiga yordam bera olamiz.

@srsobirov

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago