?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Andijonlik boʻlmaganlar ham bogʻning saqlab qolinishiga oʻz hissalarini qoʻshishi mumkin! Shunday vaziyatlarda insonlar oʻzining fuqarolik pozitsiyasini koʻrsata olishi kerak, nazarimda. Ushbu postda barchasi batafsil tushuntirilgan. Tanishib chiqing va oʻz yordamingizni ayamang)
Do'stlar bir qancha birodarlarimiz o'z tadqiqotlari uchun so'rovnoma qilishibdi. Ular insonlarning xulq-atvori va uning savdoga ta'sirini o'rganishmoqda (saqich misolida).
Soʻrovnomada qatnashib saqich tanlash odatlaringizni biz bilan bo‘lishing! 👇
Differensial Tenglamalar va Sevgi: Murakkablik, Muvozanat va Cheksizlik
Sevgi — inson qalbining eng chuqur, eng nozik va bir vaqtning o'zida eng murakkab tug'ularidan biri. Differensial tenglamalar esa tabiat qonuniyatlarini matematik nuqtai nazardan ifodalash uchun xizmat qiluvchi vosita. Tashqi dunyo va ichki olam o'rtasidagi bu kutilmagan bog'liqlik, aslida, hayotning o'zi kabi murakkab va go'zal. Ushbu ikki tushunchani qiyoslash orqali biz sevgining falsafiy mohiyatini anglashimiz mumkin.
Murakkablik: Differensial tenglamalar va inson qalbi
Differensial tenglamalar hayotning har bir o'zgarishini ifodalashda ishlatiladi. Tabiatda sodir bo'ladigan kichik o'zgarishlar, kuchlar, dinamikalar — bularning barchasi matematik tenglamalar orqali tahlil qilinishi mumkin. Sevgi ham xuddi shunday murakkab va ko'p qirrali: inson qalbidagi his-tuyg'ular, orzular, qo'rquvlar va quvonchlar doim bir-biriga bog'langan holda o'zgaradi.
Sevgi birinchi qarashda "aniq" yoki "mantiqiy" ko'rinmaydi. Lekin uning murakkablik darajasini ifodalash uchun tasavvur qiling: ikki qalbni, ikki shaxsni o'zaro birlashtiruvchi munosabatlar qanday qilib o'zgaradi? Bu munosabatlar differensial tenglamalarning (nonlinear)aks-chiziqli tizimlariga o'xshaydi: kichik bir xatolik yoki e'tiborsizlik butun tizimni o'zgartirishi mumkin.
Muvozanat: Stabillik va harmoniyaning izlanishi
Differensial tenglamalar ko'pincha muvozanat nuqtasini izlaydi — biror tizim barqaror bo'lishi uchun qanday sharoitlar talab qilinadi? Sevgi ham muvozanatni talab qiladi. Har bir munosabatda bir tomonning boshqa tomondan ko'proq sevishi yoki e'tibor qaratishi tizimning barqarorligini buzishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, sevgining muvozanati ikki shaxs o'rtasidagi o'zaro hurmat, ishonch va bir-birining ehtiyojlarini tushunishda namoyon bo'ladi. Xuddi differensial tenglamadagi stabillik nuqtalari kabi, sevgida ham muvozanatga erishish uchun doimiy harakat talab qilinadi.
Cheksizlik: Sevgi va vaqtning o'lchovsizligi
Differensial tenglamalarda cheksizlik tushunchasi juda muhim. Ba'zi tenglamalar vaqt o’tishi bilan o‘zgarishlarni abadiy davom ettiradi yoki biror aniq nuqtaga yaqinlashadi. Sevgi ham shunday — u vaqtning cheksizligida yashaydi. Sevgi nafaqat hozirgi onni, balki o'tmishni va kelajakni ham qamrab olishi bilan e'tiborga molik.
Bir qarashda, sevgi ikki shaxsning bir lahzada tug'ilgan hissiyotidek tuyulishi mumkin. Ammo, aslida, bu hissiyotning ildizlari o'tmishda yotadi va u kelajakda qanday shakllanishi ko'pincha hozirgi harakatlarga bog'liq. Xuddi differensial tenglamalar vaqtga nisbatan o‘zgaruvchan jarayonlarni ifodalagani kabi, sevgi ham doimiy o‘zgarish va rivojlanishda.
Nima demoqchiman: Matematik go'zallik va insoniy hislar
Differensial tenglamalar tabiatning go'zalligini va murakkabligini ochib beradigan vosita bo‘lsa, sevgi — inson qalbining shunday murakkabligining ko‘rinishi. Ikki shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni matematik tenglamalar orqali to‘liq tushuntirish, albatta, imkonsiz. Lekin ularning o‘xshashliklari bizga shuni ko‘rsatadiki, hayotning har bir murakkab jihati o‘z ichida mukammal bir uyg‘unlikni yashiradi.
Sevgi xuddi bir differensial tenglama kabi — murakkab, lekin hal qilishga arziydigan sirli masala. Balki inson qalbining go‘zalligi va boyligi ham aynan shu murakkablikda yotgandir.
Dilshodbek Ikromov
22.01.2025
Toshkent, O'zbekiston.
Strategik vaqt tanlovi haqida
Yangi tadqiqot g'oyalari paydo bo'lsa, ularni tezda qayd qilishga odatlanib qolganman. Vaqt topganimda, bu g'oya ilgari o'rganilganmi yoki yo'qmi, internet orqali tekshiraman. Agar g'oya batafsil o'rganilmagan bo'lsa yoki avvalgidan yaxshiroq ma'lumot to'plamlari mavjud bo'lsa, shu mavzuga yaqin tadqiqot olib borayotgan professorlarimga bu g'oyani og'zaki tahlil qilish uchun elektron pochta orqali murojaat qilaman. Odatda uch xil natija kuzatiladi: bu mavzu oldin batafsil o'rganilgan bo'ladi, mavzuga oid ma'lumot to'plamlari deyarli yo'q bo'ladi yoki professor yaxshiroq mavzuni o'rganishni tavsiya etadi. Men iqtisodiy rivojlanish va unda siyosatning roli bilan bog'liq mavzularga qiziqaman.
Kecha Yale universitetida tahsil olgan professorim bilan AQShda siyosiy reklamalarning mazmuni va ularning bir qator ko'rsatkichlarga ta'siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, internetda hali yaxshi o'rganmagan, ammo anchadan beri intuitiv ravishda o'ylab kelgan bir g'oyam ham bor edi. Uni professorim bilan asosiy suhbatdan so'ng baham ko'rishga qaror qildim.
Suhbatdan parcha:
Men: "Menda shunday taassurot paydo bo'ldiki, Isroil hujumlarini asosan AQShda muhim hodisalar yuz berganda kuchaytiradi. Masalan, The New York Times gazetasida asosiy maqola shu mavzuda bo'lib, Falastinda 20 dan ortiq tinch aholi halok bo'lganligi haqidagi xabarlar boshqa yangiliklar orasida e'tibordan chetda qoladi. Masalan, Al Jazeerani o'qiganimda, urush mavzusi baribir bosh sahifada bo'ladi. Isroil hukumati uchun amerikalik fuqarolarning fikri eng muhim hisoblanadi. Bugun erta saylovlar ham bor. Menimcha, Isroil o'z hujumlarini AQShda bosh sahifani egallaydigan boshqa yangiliklar paydo bo'lganida ko'paytiradi. Shu mavzuni o'rganib ko'raymi?"
Professor kulib javob berdi: "Bu mavzuda 5-10 yil oldin yetakchi jurnalda chop etilgan maqola bor. Uni Ruben Durante va Ekaterina Juravskaya yozgan, bir o'qib ko'r, ajoyib maqola", dedi. "Ular ham aynan shu natijani tizimli ravishda topishgan".
Maqolani bu yerdan topishingiz mumkin. Uning mazmuni qisqacha quyidagicha:
"Siyosatchilar ommabop bo'lmagan choralarni ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni chalg'itadigan muhim yangiliklar bilan bir vaqtda amalga oshirishni strategik ravishda rejalashtirishlari mumkin. Biz bu gipotezani Isroil-Falastin mojarosi doirasida sinovdan o'tkazdik. Tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, Isroil hujumlari AQShda keyingi kundagi yangiliklar muhim va oldindan ma'lum bo'lgan voqealar bilan band bo'lganda ko'proq sodir bo'ladi. Strategik vaqt tanlash fuqarolik qurbonlari xavfi mavjud bo'lgan va kechiktirish juda qimmatga tushmaydigan hujumlarga tegishli. Mazmuniy tahlil Isroil strategiyasining ayniqsa salbiy hissiy mazmun bilan to'ldirilgan keyingi kundagi yoritishni minimallashtirishga qaratilganligini ko'rsatadi. Falastin hujumlari esa AQSh yangiliklariga mos ravishda vaqt tanlanmagan ko'rinadi".
Qoʻshilaman shu fikrga
~~Adam Smit’mi yoki Jon Nesh?~~Adam Smit’ni toʻldirgan Jon Nesh!
Taxminan III asr oldin yashab oʻtgan olim, iqtisodiyot otasi Adam Smit oʻzining “xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqida tadqiqot” kitobida bozorning erkin boʻlishi raqobat muhitini shakllantiradi va unda har bir ishtirokchi oʻz ulushini maksimallashtirishga harakat qilib, jamiyat farovonligini oshiradi deb aytgan edi. Shuningdek, u raqobat va bozor erkinligi har bir ishtirokchiga oʻz qobiliyatlari va resurlaridan maksimal darajada samarali foydalanishga imkon beradi deb ta’kidlagan. Bu nazariyani biz “Koʻrinmas qoʻl” deb ataymiz. Menimcha, bu nazariya amaliyotda ham ishlaydigan nazariyalar ichida eng samaralisi boʻlsa kerak.
Biroq, hayotining soʻngi yillarini XXI asrda yashab oʻtgan matematik va oʻyinlar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan professor Jon Nesh Adam Smitning gʻoyasi har doim ham toʻgʻri boʻlmasligini, ba’zi hollarda individual manfaatlarga asoslangan raqobat eng optimal natija bermasligini koʻrsatgan. Unga koʻra, ayrim hollarda har bir ishtirokchi oʻz manfaatini koʻzlab harakat qilsa , umumiy natija na individ uchun va na jamiyat uchun optimal boʻlmasligi mumkin. Bunga klassik misol sifatida “mahbus dilemmasi” («дилемма заключенного») ni keltirish mumkin. (Izohda mahbus dilemmasini tushuntirganman)
Demak, agar ishtirokchilar oʻz ulushini maksimallashtirishga intilib raqobatga kirishsa, har ikkalasi kelishuv orqali erishishi mumkin boʻlgan kattaroq manfaatdan ayriladi. Buni biz “Nesh muvozanati” deb ataymiz.
Jon Nesh bu orqali individual manfaatlardan kelib chiqib raqobat qilish ba’zi hollarda umumiy manfaatni potensialdan pastroqda belgilashini, shuning uchun “Nesh muvozanati” bor nuqtalarda kooperatsiya (hamkorlik) qilish koʻproq foyda olib kelishini koʻrsatgan.
Xoʻsh, Nesh’ning gʻoyasi Smitning gʻoyasini inkor etadimi? Menimcha, yoʻq! Chunki, Smitning “koʻrinmas qoʻl”i asosan jamiyat farovonligi va resurslarni maksimal darajada toʻgʻri taqsimlashga qaratilgan boʻlsa, Nesh, ba’zi hollarda individual manfaatlarni koʻzlab raqobat qilganda har bir oʻyinchining manfaati hamkorlik qilingan ssenariyda olinishi mumkin boʻlgan manfaatdan koʻra kamroq boʻlishi haqida gapirgan. Ya’ni ikkisining yondashuvi ikki xil tizim va sharoitlar uchun edi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Nesh Smit’ni inkor etmagan balki toʻldirgan.
Iqtisodchilar nafasi sovuqmi?
19-asrda yashagan Thomas Karlayl iqtisodni "yoqimsiz" deb ataydi. Kapitalistlardan bezigan xalq orasida bu ma'lum mashhurlikka erishgandi. Darhaqiqat, iqtisodchilarning da'volarini eshitsangiz, ularning aksari juda yoqimsiz. Keng ko'cha va yo'llarimizni toraytirib, avtomobilda yurish narxini oshirish va shu orqali o'rta qatlamni avtobusga tiqib, faqat oz sonlio boylar avtomobilda yuradigan eko-shahar qurish. Ishsizlarni ishlatish uchun ularga beriladigan nafaqalarni to'xtatish. Davlatning saxiylik bilan qiladigan bayramoldi narxlarni tushirishni tanqid qilish. Tekin ta'lim va tibbiyotni qisqartirish. Taqchillik yuzaga kelib, xalq boshiga kulfat tushganda narxlarni oshirish qo'llab-quvvatlash. O'zlari ham amin bo'lmagan qandaydir uzoq muddatli o'sishni o'ylab bugungi baxtli onlarni "qurbon qilish".....
Sirtdan qaragan inson uchun bular juda razil, xudbinona ko'rinadi. Biz ishongan yorug' va baxtli jamiyatga qarshilik qilishayotgandek go'yo. Aslida-chi ?
Biz insonlar ko'pincha dalillarga emas, balki ishonishni xohlagan “haqiqatimiz”ga ishonamiz. Bizning ma’lumotlarni qabul qilishimiz, voqelikni kuzatishimiz o'zimiz va atrofimizdagi dunyo haqida tasavvurlarimizga moslashadi. Biz nafaqat kognitiv tarafkashliklarga duchor bo'lganmiz, balki ularni mustahkamlaydigan asoslarni ham qidiramiz. Biz faktlarni e'tiqodimiz prizmasi orqali izohlaymiz; biz gazetalarni o'qiymiz va unda e’tiqodimiz tasdiqlaydigan xabarlarni qidiramiz. Yel universitetining huquq professori Den Kaxan demokratlarga ovoz bergan amerikaliklar antropogen omil (insonning global isishga ta'siri)ning ilmiy isbotlari bilan to’qnash kelganida ularni chin dildan qabul qilishganini, biroq, respublikachilar shu ma'lumotlarga skeptiklik qilishgan kuzatgan. Bundan ham hayratlanarlisi, bu ta'lim yoki aqliy salohiyat bilan bog’liq emas. Respublikachilarning yuqori salohiyatli vakili, o’rta ta’limni arang tamomlagan trampchilar kabi faktlarni rad etishgan. Hech kim bunga qarshi immunitetga ega emas. O'z kelajagimiz haqida o'zimizni ishontirish istagi ham iqtisodiy hodisalarni tushunishimizda muhim rol o'ynaydi. Biz global isishga qarshi kurashish va bir vaqtda iste'molimizni kamaytirmaslikni xohlaymiz. Shu sababli siyosiy munozaralarda "yashil o'sish" tushunchasi mashhur. Bu atrof-muhitga zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, shu bilan birga, avvalgi narxda sotishni anglatadi. Ammo agar bu shunchalik oson bo'lsa, nega mamlakatlar allaqachon yashil o’tishni amalga oshirmadi? Biz baxtsiz hodisalar va kasalliklar ancha uzoqda, faqat boshqalarga ta'sir qiladi deb o'ylashni yaxshi ko'ramiz. Bu xavfsizlik
kamarisiz mashina haydashga yoki nosog’lom ovqatlanishga sabab bo’ladi. Davlat qarzining ko’payib ketishi bizning ijtimoiy xizmatlarimizga xavf tug'dirishi mumkinligiga ishonishni xohlamaymiz - yoki hech bo'lmaganda, boshqa birov hisobni to'lashiga aminmiz. Biz hamma odamlar yaxshi xulq-atvorga ega bo’ladigan, kompaniyalar ixtiyoriy ravishda ifloslanishni va soliqlardan qochishni to'xtatadigan, odamlar politsiya xodimlarisiz ham ehtiyotkorlik bilan harakatlanadigan dunyoni istaymiz. Shuning uchun Gollivud rejissyorlari bizning kutilmalarimizga mos yakunlarni havola etishadi. Bu baxtli yakunlar adolatli dunyoga ishonchimizni, yaxshilik yomonlik ustidan g’alaba qozonishini tasdiqlaydi. Populistlar tomonidan ilgari suriladigan utopik iqtisodiy takliflarni rad etadiganlar esa insoniyatning dushmani sifatida ko’rinadi. Shu bois, chiroyli xayolotdan ko’ra, achchiq haqiqatni namoyon etuvchi iqtisodiyot ko'pincha "yoqimsiz" deb ataladi.
Iqtisodchilar ham insoniyatning baxtli va farovon yashashini hech birimizdan kam xohlashmaydi. Ular shunchaki, imkoniyatlarimiz chegarasini yaxshi bilishadi. Ular biz hamma narsani yarata oladigan Xudo emas, ojiz bandalar ekanimizni eslatib turishadi. Kuchsizligimizni, imkoniyatimiz yetmasligini eslatadigan narsalar pushti ko'zoynakni yechishga majbur qiladi va bu og'riqli. Garchi "og'riq" foydali bo'lsa-da, biroq hammaga ham yoqavermaydi.
Olimpiada Top-15. O'zbekiston - kutilmagan "underdog".
Olimpiadadagi o'rin va mamlakatning iqtisodiy holati o'rtasida korelatsiya borligi sir emas, lekin ba'zida bu qoidadan chetga chiqadigan istisno holatlar ham bo'ladi. O'zbekiston yalpi ichki mahsulot bo'yicha 67-o'rinda tursa-da, Olimpiadada esa 13-o'rinni oldi. Agar oltin medallar sonini aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot (GDP per capita) nisbatida hisoblasak, O'zbekiston Top 15 dagi davlatlar orasida 1-o'rinni egallagan ekan.
YaIMga nisbatan o‘lchangan reyting [(oltin medallar soni) / (YaIM jon boshiga)]:
1) O'zbekiston
2) Xitoy
3) Vengriya
4) Janubiy Korea
5) Italia
Journalofsports
A study of relationship of Olympic medal ranking with GDP and per capita income
The emerging markets now claim half of all Olympic medals. They are now claimants of around 50 percent of gold, silver, and bronze medals, which is quite surprising.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 4 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago