Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Ikki yil avval Muqaddima asari bo‘yicha tarjimalarni boshlagan edik. Azon (Hozirgi Ildiz) nashriyoti tarjima qilayotganini e'lon qilgani uchun hurmat yuzasidan to‘xtadik.
Endi o‘zimiz kirishmasak bo‘lmas ekan. Bugundan tarjima boshlanadi. Yana kim istasa qilaversin, lekin biz endi to‘xtamaymiz.
➕ISLOMDAN OLDINGI TURK TIBBIYOTI
Islomdan oldingi turk tibbiyoti shomonlik, buddaviylik, zardushtiylik va xristianlik kabi eʼtiqodlardan oziqlangan.
🐐Qadimgi turk tabobati sehr-jodu va tajribalarga asoslangan asl tabobat usullari bilan ikki tarmoqda rivojlangan. Koʻkturklar tozalikka ahamiyat berishgan, oʻsimliklardan va hayvonlardan olinadigan dori vositalari, ayrim mineral moddalar yordamida davolanishgan.
🪐Qadimgi turk tabobatida tabiblar turli otlar bilan atalgan: qam yoki shaman, oʻtachi, emchi, ata sagʻun, idishchi va boshqalar. Qam olov, tutatqi, raqs va sehr orqali bemordan yovuz ruhlar va jinlarni haydab, davolagan. Oʻtachi, emchi, ata sagʻun, idishchi kasalliklarni oʻsimlik vositalari bilan tajribalar orqali davolovchi shifokorlardir.
🌿Oʻtachi “oʻsimlik, oʻt, dori, ogʻu” maʼnosini bildiruvchi “oʻt” va “davolamoq” maʼnosiga mos keladigan “oʻta” soʻzidan olingan. Emchi — bemorlarga dori-darmon tayyorlovchi shifokordir. “Devonu lugʻatit-turk”da “tabib” maʼnosida em soʻzi ildizi boʻlgan emchi zikr qilingan. “Qutadgu bilig”da esa oʻtakchi (yaxshi tabib) va afsunchi (ruh shifokori) kabi ikki xil tabib tilga olinadi.
Uygʻur tibbiyoti qoʻlyozmalarida 60 ga yaqin, “Devonu lugʻatit-turk”da esa 194 tur dorivor oʻsimlik haqida gapiriladi. Uygʻur tibbiyoti xalq tabobatiga asoslangan boʻlib, bu davrda Xitoy va hind tibbiyotidan tarjima qilingan kitoblarga ham tayangan. ⬇️
🧪Bundan tashqari, qadimgi turklarda dogʻlash, uqalash, sindirish, yogʻlash kabi boshqa davolash usullari va belik (yaraning chuqurligini oʻlchaydigan asbob), qanagu (skalpel), soʻrgu (qon yigʻuvchi qurilma) kabi tibbiy asboblar ishlatilgan.
Manba va adabiyotlar:
📖Mahmud Koshgʻariy "Devonu lugʻatat-turk"📖Yusuf Xos Hojib "Qutadgʻu bilig‘"📖Utku Işik.Karahanlı Türkçesinde Tıp Terimleri (Yüksek Lisans Tezi).
Yevropani oʻzgartirgan kitob
Musulmon olimlarning dunyo ilm-fani va tamaddunidagi oʻrni haqida fikrlarimni eʼlon qilishni boshlagan edim. Avvalgi postimda kimyo otasi Jobir al-Hayyonning lotin tiliga tarjima qilingan asarlari Yevropa universitetlarida asosiy qoʻllanmalar boʻlganligini haqida yozgandim. Ana shu fikrlarimni davom ettirmoqchiman.
Oʻrta asrlar Yevropasida bir qator faylasuf olimlar yetishib chiqdi. Ular tabiiy fanlarning qator sohalarida bir qadar muvaffaqiyatlarga erishishdi. Tabiyotshunoslik, xususan, kimyo, tibbiyot, dorishunoslik va falsafa fanlari rivojida Albert Magnus, Rojer Bekon, Arnaldus de Villa Nova, Nikolas Flamel, Paratsels... Eʼtiborli jihati shuki, nomlari zikr etilgan ushbu olimlar Jobir Al-Hayyonning asarlarini oʻrganishgan. Jobir al-Hayyon Yevropada butun boshli fanlarning rivojiga oʻta kuchli taʼsir koʻrsatadi. Yevropa olimlari Jobir al-Hayyonning asarlariga sharhlar yozishgan. Birgina “Kitab al-Kimyo” asari yevropalik mutafakkirlar orasida juda mashhur boʻlib ketadi.
Oʻrta asrlarning mashhur mutafakkiri Albert Magnus “Kitab al-Kimyo” (lotinchasi “Liber de Alchemia”)ni oʻrganib, oʻzining asarlarida undan koʻp foydalanadi (iqtiboslar keltiradi), “Kitab al-Kimyo”ning butun Yevropada oʻrganilishini targʻib etadi.
Ingliz olimi Rojer Bekon ham Jobir al-Hayyonning ilmiy ishlaridan taʼsirlangan. Ilmiy tajriba va empirik usullarning qatʼiy tarafdori boʻlgan Bekon oʻz tadqiqotlarida “Kitab al-Kimyo”dan foydalanadi.
Kataloniyalik kimyogar va fizik Arnaldus de Villa Nova “Kitab al-Kimyo”ni oʻrganib, unga sharh yozadi, kimyo maʼruzalarida Jobir al-Hayyonning shu asaridan foydalanadi.
Soxta Geber nomi bilan Yevropada mashhur boʻlgan olimning “Summa Perfectionis” va “Liber Fornacum” kabi asarlariga “Kitab al-Kimyo” juda kuchli taʼsir koʻrsatadi. Asardagi koʻp usullarni oʻzlashtiradi.
Farmatsevtika va toksikologiya fanlari rivojiga katta hissa qoʻshgan Paratsels (Paracelsus) “Kitab al-Kimyo”dagi ishlarni davom ettiradi, undagi tajriba usullarini oʻz laboratoriyasida qoʻllaydi.
Xulosa oʻrnida aytajak fikrim shuki, nafaqat musulmon olimlar, balki ularning birgina kitobi – “Kitab al-Kimyo” oʻrta asrlar Yevropasidagi kimyo va unga bogʻliq qator fanlar rivojiga turtki berdi. “Kitab al-Kimyo”ga turli sharhlar yozildi, kimyo maʼruzalari shu kitob asosida tuzildi. Yevropa universitetlari kutubxonalarida asarning lotin tiliga qilingan tarjimalari eng qimmatbaho manba edi.
Umuman olganda, musulmon olimlarining hissasi shu birgina “Kitab al-Kimyo” bilan cheklanib qolmaydi. Nasib qilsa, keyingi maqolalarda har biriga alohida toʻxtalib oʻtamiz.
© Baxtiyor Abdug‘afur
Fazilatlar ikki xil boʻladi: axloqiy va aqliy. Aqliylari ratsional qismning donolik, aql-zakovat, zukkolik, tezkorlik, zo'r idrok kabi fazilatlaridir. Axloqiylari – mo''tadillik, mardlik, erkinlik, adolat kabi qoniqishga masʼul qismning fazilatlari. Xuddi shunday, illatlar ham ayni shu tarzda ikkiga bo'linadi va har bir bo'limning kompasi ichida sanab o'tilganlari va ularning maqsadlariga zidlari joylashgan boʻladi.
Axloqiy fazilatlar va illatlarga ana shu axloqiy odatdan kelib chiqadigan amallarni ma'lum bir vaqt (davr) ichida bisyor marta takrorlash va ularga ko'nikish va ruhda mustahkamlash orqaligina erishiladi. Agar bu harakatlar yaxshi narsalar bo'lsa, biz erishgan narsa fazilatdir. Va agar ular yomon narsalar bo'lsa, biz erishgan narsa illatdir. Yozish kabi san'at turlarida ham xuddi shunday. Zero yozish harakatlarini ko‘p marta takrorlab, ularga o‘zimizni ko‘niktirish orqali biz yozish san’atiga erishamiz va u bizda mustahkam qaror topadi. Agar biz takrorlaydigan va o'zimizni o'rgatgan yozuv amallarimiz yomon bo'lsa, oʻzimizda yomon yozuvni qaror toptiramiz. Agar ular yaxshi (yozuv) amallari bo'lsa, fazilatli amallarni qaror toptiramiz.
– Al-Farobiy (Charlz Batterworz kitobidan)
?Alisher Navoiyning "Mahbub ul qulub asari" ham, ko'plab asarlar kabi, turli hikmatlarga to'la.
"Odil podshoh to‘g‘risida" gi fikrlariga quloq tuting.?
Ramazon hayiti butun musulmon ummati uchun muborak bo‘lsin!
Ramazon haqida Musannif Adham bilan suhbat
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago