?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago
“Xo‘jayin bir nimani qil desa ho‘p deb turgin. San yangisan.” shunaqa maslahat berishgan menga Toshkentda ishlab yurganimda. Norvegiyadagi yangi ishimda 20 yillik tajribasi bor odam “Men yozgan kodlarini yaxshilab ko‘rib chiq va yaxshiroq yo‘lini bilsang ayt. Tajribasi bor, xato qilmaydi deb o‘ylama.” dedi. Katta farq lekin bu o‘zimizda yomon, chetda yaxshi degani emas.
Qaysidir millatlar yuqori kontekstda (high-context) gapirishni yaxshi ko‘radi. Misol uchun, o‘zimizda mehmonga borsangiz ming qornim to‘q desangiz ham sizga majburlab ovqat berishadi. Bu holatda sizni yo‘ldan kelganingiz va katta ehtimol bilan qorningiz ochligini, odob yuzasidan qornim to‘q deyishingizni mezbon biladi. G‘arb davlatlari nisbatan past kontekstda (low-context) gapiradi. Misol uchun shu holat Yevropada bo‘lsa, qornim to‘q degan javob ovqat berilmasligiga yetadi. Mezbon odamni so‘zlarini boricha qabul qiladi va “gap tagida gap” izlamaydi.
Xalqaro kompaniyalarda har xil millatlar birga ishlaydi. Bunaqa muhitda birinchi marta ishlayotgan odam qiynalishi mumkin. O‘zbeklar yuqori kontekstda muloqot qilishini hisobga olsak, ba’zi gaplar bizga tegib ketishi yoki bizning gaplar boshqalarga to‘g‘ri yetib bormasligi mumkin. Bunga misollar ko‘p, ruslar qol ostidagilarga qo‘polroq muomalada bo‘lishi, gollandlar hammani oldida sizni tanqid qilishi, amerikaliklar nima ish qilishingizni yuzma-yuz gaplashib bo‘lganingizdan keyin e-mailda yozib yuborishingizni so‘rashi mumkin (go‘yoki gaplaringiz yozuvda bo‘lmasa ishonmaydi). Ularning maqsadi sizni kamsitish yoki sizga ishonmasligi ko‘rsatish uchun emas , balki shunchaki ularda muloqot madaniyati shunaqa.
“The Culture Map” kitobida shunaqa holatlar juda yaxshi tasvirlangan. Misol uchun, amerikaliklarning juda past kontekstda (gapni boricha tushunish) gapirishiga sabab Amerikaning tub aholisi har xil millatli va tarixdan qarasak, ular bir-biri bilan muloqot qilishi uchun aniqlik bo‘lishi muhim bo‘lgan. Faraz qiling, amerikalik o‘zbekka telefon qilib kelyapsanmi desa o‘zbek yo‘lga chiqyapman deydi. Boshqa o‘zbek odam bo‘lsa bilardi, u odam hali uyida ekanligini. Amerikalik bo‘lsa ha yo‘lda ekan deb tushunadi.
Boshqa millatlar bilan ishlaganda gaplarimizda ochiqlik, aniqlik va xushmuomalalik juda muhim. Bu tushunmovchiliklarni kamaytiradi. Biror nimani bilmasligingiz yoki qila olmasligingizni aytish sizning obro‘yingizni tushirmaydi.
Odamlarni xilma-xil ekanligini tushunish va ularga mos muomala qilish ishga kirishdagi intervyularda va ishda muvaffaqiyat qozonishda juda muhim.
Rasmda davlatlar yuqori/past kontekstga va tanqid qilish uslubiga qarab guruhlarga bo'lingan.
t.me/datascience_azamat
Eidsvoll Verk, Norvegiya
01/12/2024
Dev –> Test –> Prod muhitlari (environments)
Development, Test, Production muhitlari. Ishda shunaqa so’zlarga duch kelasiz. Bu huddi maktab o’quvchisini she'r yodlashi (dev), uni ota-onasiga aytib berishi (test), maktabda she'rni aytib berib baho olishiga oxshaydi (prod).
Misol uchun menga kecha private_portfolio_intr.sql nomli tablega 7 ta ustun qo’shish vazifasi berildi. Yangi tablelarni to’g’ri ulab (JOIN) 7 ta ustunni qoshdim va yangilangan private_portfolio_intr.sql ni ozimni databazamda (DEV) yaratdim. Uni keyin tekshirib ko’rdim, yangi ulangan tablelar bor datani buzib yubormaganligi va data men kutgan holatda ekanligiga amin bo’lgach kodni Gitga yubordim.
Gitda o’zgargan kodni PRODda ishlab turgan kod nusxasiga qo’shib barcha kodlar avtomatik tarzda tekshiriladi. Maqsad men qilgan koddagi o’zgarishlar PROD muhitiga qoshilganda data qanaqa holatda bo’ladi. Bu jarayon TEST muhiti.
Men o’zgartirgan kod hech narsani buzmaganligiga amin bo’lgandan so’ng kod PROD muhitiga qo’shiladi va kompaniyaning ishlab turgan kod bazasiga o’zgartirish kiritiladi.
Kodni o’zgartirish uchun bir nechta to’siqlardan o’tish kerak. Maqsad, o’zgartirilgan kod butun sistemani buzmasligini taminlash.
t.me/datascience_azamat
25/11/2024
Data analitik ish jarayoni 2-qism
Otkan safargi videoda Metabase BI ilovasini kompyuteringizda ishlatishni o’rgangan edik. Bugun kompyuterda Postgres databazasini ishga tushirib unga data yozishni o’rganamiz.
https://postgresapp.com/downloads.html saytida ko’rinishi oson bo’lgan Postgres dasturini yuklab olish. Bu dastur kompyuteringizdagi kichik-server va 5432 portiga turadi. Bu portda (Postgres ilovasida) bir nechta databazalar yashashi mumkin.
Sizga har xil loyiha uchun alohida databazalar kerak bo’lsa ularni Terminal yoki Powershellda Postgresga “request” (so’rov) jo’natish orqali yaratishinhiz mumkin. Lekin birinchi ochganingizda “postgres” nomli databaza avvaldan yaratilgan va undan foydalansa bo’ladi.
Metabaseni [Settings>Admin settings>Databases>Add databaze] shu postgres databazalariga ulaymiz. Bu bilan databazaga yozilgan datani tahlil qilish mumkin.
Endi databazaga internetdan data olib yozamiz. Birinchi databazada Terminal yoki Powershell orqali bo’sh table yaratamiz (kod commentda). Bo’sh tablega https://www.alphavantage.co/ saytidan stock narxlarini Python kodi bilan olib yozamiz (kod commentda va ChatGPT orqali yaratilgan).
Databazaga yozilgan ma’lumotni Metabaseda tahlil qilishni boshlaymiz.
Men duch kelgan muammo: datani databazaga yozganimda raqam bo’lishi kerak bo’lgan ustunlar (column) string ko’rinishida yozilibdi. Shu sababli Metabase u ustunlar ustida arifmetik amallarni (summarize) qila olmadi. DBeaver ilovasi oqali ustunlar ko’rinishini raqamga o’zgartirdim, Metabase ishlay boshladi. Endi shu tablega yangi datani qo’shaman desam ustunlar ko’rinishi (string>raqam) o’zgarganligi sababli Error chiqdi. Keyin yangi datani boshqa stock_prices_raw tableiga yozdim. Bu keyingi videoda dbt ni ishlatishni ko’rib chiqishimizga yaxshi sabab.
Videoni qisqaroq qilishga va muammoli joylarini kesmaslikka harakat qildim. Sababi ishda ham shunaqa muammolar ko'p chiqadi. Videoda ishlatilgan hamma narsa haqiqiy ishda ishlatilagan/qilinadigan narsalar.
t.me/datascience_azamat
Norvegiston
24/11/2024
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 1 month ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 1 week ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago