Studyfree Consulting | Study Abroad

Description
Butun dunyodan va barcha sohalardagi ta'lim olish imkoniyatlari grantlar haqida ishonchli xabarlar.

ОБРАЗОВАНИЕ ЗА РУБЕЖОМ ✈️?

Xorijda ta'lim olmoqchimisiz?
Biz Sizga yordam beramiz!

Savol va takliflar uchun.
@Abbos_eshpolatov
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 months, 1 week ago

(Четдаги) Университетни қандай танлаш керак? 1-қисм

Бир неча ой олдин Твиттерда университетларнинг халқаро рейтинг жадваллари ҳақида танқидий фикр билдирганимда, ўқувчилардан бири "Рейтингларга ишонмасак, университетни қандай танлайлик?" маъносида савол берган эди. Бошқаларга ҳам фойдали бўлар деб, бу саволга шу ерда жавоб берсам. Ёзувда ўзимнинг чет элдаги талаба сифатида бошимдан ўтганларни мисол қилиб келтираман ?

Университет танлаш—ниҳоятда мураккаб масала. Бир қанча омилларни ҳисобга олиш керак. Ўзимнинг тажрибам (уч давлатда—Ўзбекистон, Англия, Японияда—талаба бўлганман) ва Англиядаги иш фаолиятимга асосланиб, уч муҳим омилни ажратган бўлардим. Бу учаласи ҳамиша энг муҳим омил бўлмаса-да, буларни ҳисобга олсангиз, катта эҳтимол билан пушаймон бўлмайсиз.

Бугунги қисмда, шуларнинг биринчиси ҳақида гаплашамиз:

  1. Ўз қизиқишингиз. Энг муҳим омил—ўзингизга қизиқ соҳа ёки илмий иш мавзусини танланг. Ҳамма ҳам шундай қилмайди—баъзилар шунчаки пайтдан фойдаланиш учун, яна кимдир стипендия борлиги учун ўзларига умуман қизиқ бўлмаган, ёки яхши тасаввурга эга бўлмаган соҳаларни танлашади.

Албатта, ўқув программаси яхши бўлса, қизиқиш уйғониб, тортиб кетиш имконияти бўлади, аммо соҳа қизиқ бўлмаса, талаба битира олган ҳолда ҳам энг яхши натижаларга эришолмайди ва катта эҳтимол билан битиргач бошқа соҳа ё ишга ўтиб кетади.

Ҳаёт фалсафам—инсон ўзига қизиқ нарса билан шуғулланиши керак. Ўзи севган ишни инсон барибир яхши бажаради, катта эҳтимол билан йиллар давомида шуғулланиб, у ишнинг устаси бўла олади. Ишини пул топиш учун эмас, уни севгани учун бажарадиган инсон кўп ҳолларда охир-оқибат пул ва обрўга ҳам эришади.

Шу сабабдан, нима ўқишни танлашда ҳам айнан шундан бошлаш керак, фарзандларимизнинг қизиқишларини ҳурмат қилиб, уларни ривожлантиришга уринишимиз керак. Тўғри, ўқиш ҳамиша ҳам касбни белгиламайди, аммо ўзи севган соҳани танлай олган ёш албатта кўпинча ўзига қизиқ касбга эришиш учун кераклича ишончга ҳам эга бўлади.

Шахсан менга ўз қизиқишимни топиш учун бир неча йил керак бўлган. Бакалаврга киришдан олдин дипломат бўлишни орзу қилганман, шу сабабдан Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетига тайёрланиб, кирганман. Кейинчалик, ўзим ўқиган соҳада (халқаро муносабатлар) Англия ва Японияда магистратурада ўқиганман, аммо охир-оқибат менга академик фаолият, университетда ишлаш ёқишига амин бўлганман. Ҳозирда бошқа биронта касб ҳам менга бунчалик қизиқ эмас.

Эртанги қисмда университет танлашдаги иккинчи энг муҳим омил—ўқув программаси ҳақида гаплашамиз.

Яқинларингиз орасида четда ўқишни орзу қиладиган, ёки халқаро таълим соҳасига қизиқувчилар бўлса, бу ёзувни уларга ҳам юборинг

3 months, 3 weeks ago

???

??Rossiya yoki ?? Chexiya?
Savol shundan iboratki,
GRANT, Stipendiya, Yotoqxona, Ishlashni hohlaysizmi?

? Ushbu 2 davlatga oid barcha to’liq ma’lumotlar:
— Grant yutib olish tartibi
— O’qishga kirish talablari
— O’qishga yetib borguncha harajatlar
— O’qishga kirgandan so’ng harajatlar
— O’rtacha oylik maoshi

Bularning barchasini quyidagi ilovamizdan bilib olishingiz mumkin:
https://t.me/Studyfree_consulting

Biz bilan hoziroq bog’laning!!!
? +998 93 605 29 99
? +998 95 515 30 30
? +998 93 406 29 99

? Bizning manzil:
Toshkent sh;
Yunusobod tumani;
Yangishahar ko’ch; 64B uy;
Mo’ljal: Megaplanet;
Metro: Yunusobod.

3 months, 3 weeks ago
Studyfree Consulting | Study Abroad
6 months, 3 weeks ago

⚡️Rasman: Saudiya Arabistonida qabul jarayonlari boshlandi

Saudiya davlatida oliy ta'lim muassasalari uchun qabul jarayonlari bugundan rasman ochildi.

Onlayn ro'yxatdan o'tish:
➡️ studyinsaudi.moe.gov.sa

6 months, 4 weeks ago
***?*** Aynan StudyFree kompaniyasiga shunday savollar …

? Aynan StudyFree kompaniyasiga shunday savollar ko'p uchraydi:

  1. Chet elda o'qishni qanday ustunliklari bor?
  2. O'zbekiston oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ko'chirsa bo'ladimi?
  3. Diplom O'zbekistonda tan olinadimi?

Javoblar esa quyidagicha:

  1. Yuqori ta'lim, xalqaro diplom, byudjet va stipendiya.
  2. Deyarli barcha universitetlardan o'qishni ko'chirsa bo'ladi.
  3. Nostrifikatsiya orqali tan olinadi, TOP universitetlarga nostrifikatsiya talab qilinmaydi.

YouTube | Instagram | TikTok | Website

1 year ago

? Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

?‍♀️Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣Va nihoyat, test.

1 year, 1 month ago

⚡️ Germaniyada bepul oliy ta’lim olsa bo‘ladi. Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Germaniyada davlat OTMlari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir OTMning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi bor.

Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Ingliz tili minimum 6,5 daraja (IELTS);
Nemis tili esa kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

Germaniyada o‘qish uchun nemis tilini bilish shartmi?

◀️ Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarni istalgancha topish mumkin, biroq ularda kontrakt bor.

Bakalavriatdan keyingi darajalarda esa ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichdagi talabalar uchun ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun talab qilinadigan asosiy talablardan biri. Talabgor akademik ma’lumotlarni yozma va og‘zaki darajada tushuna olishi tekshiriladi.

1 year, 1 month ago

?? O’ZBEKISTONdagi XUSUSIY universitetlardan biriga IMTIHONSIZ TALABA bo'ling

? Studyfree Consulting sizni O’zbekiston va chet el universitetlariga *? talaba* bo’lishingizni kafolatlaydi!

? Yo'nalishlar:✔️ Ingliz/Rus tili va adabiyoti
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Boshlang’ich ta’lim
✔️ Maktabgacha ta’lim
✔️ Kompyuter texnologiyalari (IT)
✔️ Iqtisodiyot/Moliya
✔️ Bank ishi va audit
✔️ Bugalteriya hisobi va audit
✔️ Sport faoliyati
✔️ Davolash ishi

? Ta’lim shakli: Kunduzgi, Sirtqi va Kechki

? Yillik kontrakt:
Sirtqi - 12 mln
Kunduzgi - 17 mlndan boshlanadi

⌛️ Shoshiling joylar soni cheklangan, qabul tugashiga oz vaqt qoldi

Murojaat uchun:☎️ 934452999 | ☎️ 946422131
☎️ 936052999 | ☎️ 973290136

YouTube | Instagram | Telegram | Website

1 year, 1 month ago

Oʻqishini koʻchirgan talabalar qaysi hollarda taʼlim krediti olishi mumkin?

Bazaviy (oddiy) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, bemalol taʼlim krediti olishi mumkin. Agar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, unda taʼlim krediti berilmaydi.

Quyidagilarga taʼlim krediti beriladi:

Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar bor boʻlgan holatda mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa;
yoʻnalishi va OTMni oʻzgartirmagan holda faqat taʼlim shaklini (kunduzgidan sirtqiga va h.k.) yoki taʼlim tilini (oʻzbekdan rusga va h.k.) oʻzgartirgan boʻlsa.

Quyidagilarga taʼlim krediti berilmaydi:

◀️Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishni koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir OTM ichida boshqa yoʻnalishga uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda yoki mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago